ADABIY MATNLARNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat òzbek tili va adabiyoti universiteti
Òzbek tili ta’limi fakulteti Isayeva Shoira Baltabayevna filalogiya fanlari
nomzodi dotsenti
O`zga tilli guruhlarda o`zbek tili ta`limi kafedrasi
Norgitova Shahrizoda Sherzod qizi 1-kurs talabasi
O`zbek tili ta`limi fakulteti talabasi
ANNOTATSIYA
Adabiyot darslarini tashkil etishda yosh avlodni ezgu maʼnaviyatli shaxs sifatida shakllantirish uchun taʼlimning bir necha tamoyillari yetakchilik qiladi. Anʼanaviy taʼlimda darslarning hayot bilan aloqadorligini taʼminlash o‘qituvchining vazifasi hisoblanadi. O‘quvchining maʼnaviy kamolotiga qaratilgan darslarda hayotiy hodisalar asosida fanning tushuncha va qonuniyatlarini ularning o‘zlari o‘zlashtiradilar, nazariyadan yana hayotga qaytadilar. O‘qituvchi yo‘naltiruvchi savol-topshiriqlari va vazifalari bilan bu jarayonga rahbarlik qiladi. O‘quvchilar o‘zlari topgan ilmiy va hayotiy haqiqatlarga hurmat bilan qaraydilar. Nazariy tushunchalar mavjud borliqni anglash yo‘li bilan tiniqlashadi va chuqurlashadi. O‘quvchilar adabiy qahramonlar shaxsi va asarda ifodalangan narsa-hodisalarni tahlil qilish bilan o‘zlari hayotda duch kelishlari mumkin bo‘lgan har xil hodisalarning asosini topishga o‘rganadilar.
Key words: o‘qituvchining vazifasi, sòz san’ati, doston, “òqing , òylang , toping”
Taʼlimning hayot bilan to‘laqonli aloqasi o‘qitishning tashkiliy jihatlari va metodlari o‘rtasida uzviylikni talab qiladi. Taʼlim tizimi amaliyotiga har xil sunʼiy metod va usullarni olib kiravermay, ularning hayot, mavjud tabiiy qonuniyatlar bilan bog‘liq bo‘lishiga erishish kerak. O‘quvchi darsda o‘rgangan bilimlarini hayotda qo‘llasin yoki hayotda ko‘rganlari asosida darsda o‘z kuchi bilan ilmiy xulosa chiqarsin. Shundagina berilgan bilimlar o‘quvchining xotirasigagina emas, tafakkur va ruhiyatiga o‘rnashib, uning ko‘ngil mulkiga aylanadi. Maktabda bir narsani eshitib, hayotda boshqa narsani ko‘rgan o‘quvchida darslarda singdirilgan haqiqatlarga ishonch yo‘qoladi. Eng to‘g‘ri yo‘l – hayotiy haqiqatlar asosida tarbiyalash.
Adabyot fani – kelajakda ham òzining sòz san’ati sifatidagi mavqeyini yòqotmaydi . Bu fannig òziga xos qonuniyatlari va ijtimoiy hayotidagi òrni juda katta, chunki tarixda adabyot fanida yuksak insonlarning hayoti va ijodi haqida juda ko`plar ma`lumotlar berilgan. Tabiiyki , adabyotshunoslik fanisiz òqitishni ta’savvur qilib bòlmaydi, chunki òtimishda yaratilgan madaniy – adabiy meros dastlab ,,Adabyot tarixi “fanida o`z bahosini oladi . Adabyot òqitish metodikasi va vazifalarinj anglashda uning tarkibiy qismlarini belgilashda muhim òrin tutadi . Bòlajak fan òqituvchilari òz ish faoliyatida òquvchilarning adabyot faniga, nafaqat ular yoshlikdan eshitib kelgan ertaklar tòplami emas, balki qo`shiqlar, she`rlar, ibratomuz hikoyalar ham mavjudligini his qilishlari lozim . Buning uchun biz ularga yaxshi insoniy fazilatlarni tarĝib qilishga , urushni , zòravinlikni qoralab , tinchlik , xalqlarning osoyishta hayoti hamda gòzallikni tarĝib qilishga undaydigan kalit bòlib xizmat qilishini tushuntira olishimiz lozim . Agar buni kuzatadigan bo`lsak, umumiy òrta ta’lim maktablarida, òzbek tili fani darsining 6-sinf 2022 -yilgi nashridagi , 3 – 4 betlarida mundarija qismida;
1- chorak ,,Òzbekistonga xush kelibsiz “
2- chorak ,,Qani ketdik “
3-chorak qismida ,, Texnopark “
4-chorak qismida ,,Boriga baraka “
kabi mavzularning berilganini ko`ramiz .Kitobning 6 -7 betidan boshlab mavzuga kirish ; òqing , òylang , toping kabi rasmli mashqlar berilgan . Kitobning kirish qismidagi mavzularning o`zi ham òquvchilarni òzbek tili faniga qiziqishini,mavzuga oid muammo bo`yicha fikrini jamlashga yordam beradi .Shu o`rinda men taklif kiritmoqchiman: bu mavzulardan sòng , badiiy matnlar kengroq tarzda ifoda qilinsa, mavzu haqida ham boshlanĝich tushuncha - metodlar bilan rasmli va òyin sifatida òquvchilarga ma’lumot berilsa maqsadga muvofiq bòladi . Chunki, ular òzbek tiliga loqaydlik bilan emas , balki òzbek tili va uning shoirlari, yozuvchilariga , ular tomonidan yaratilgan asarlarga ham qiziqish uyĝonadi . Kitobda Òzbekistonga sayohat bilan kitob tugallangani -bu achinarlidir. O`quvchilar Òzbekistonda yashab, uning tarixini -nafaqat shaharlarini , balki ijodkorlarini ham , yozgan asarlarini , she’rlarini ham tahlil qilishni òrganishadi . Badiiy matn o`quvchilarga qiziqish bilan fikrini jamlashga yordam beradi . Masalan ; 6-sinf òzbek tili darslikning 10 – betida mustaqil topshiriqlar berilgan, topshiriqda ,,Afrosiyob tezyurar poyezdi” haqida ma’lumot bering va “ Transportlar” mavzusida kollaj tayyorlang deyilgan . Bu topshiriqlarni nafaqat kollaj qilish , balki badiiy matn tuzing deyilsa , ular zamonaviy transportlarni badiiy matn orqali tayyor fikrlarni havola qiladi. Shu orqali òquvchilarni kòproq vaqtini o`z lig`at boyligini oshirishga, badiiy matn bilan shuĝullanishga saflaydilar.Badiiy matn orqali ular avlodlarimizning bizga me’ros qilib bergan asar va dostonlarni keyingi avlodga qoldiradilar.
Shu bilan birga kelajak avlod bizni dunyoga tanitgan buyuk shoirlarimizning asarlari , dostonlarini chuqurroq òrganib, katta hayotga qadam qòyishdan va tòĝri yòlni tanlashgan . O`quvchilarning yuqorida keltirilgan darslari , yangicha metodlari orqali intellektual qobilyatlari yanada kuchayadi . Badiiy matn xususiyatlarini ular òzlarining darsliklarida qòllasalar , aynan adabyot faniga kòproq e’tibor bersalar , kitob òqish , uni mutolaa qilishni hamda tahlil qilishni bilasalar biz òz maqsadimizga erishgan bòlamiz. Nafaqat aniq fanlarni , balki tabiiy fanlarni òzining yashab turgan , nafas olayotgan yurtining tarixini va kelajagini bilishlari muhimdir . Adabyot ana shu xususiyatlarni òzida jamlagan fandir . Uning ichidagi hayotni yosh avlod baland chòqqilarga kòtarishi , uning naqadar qadrli me’ros ekanligini yodda tutmoĝi lozim . Badiiy matn orqali òquvchilar òz fikrlarini yanada òtkirligini oshiradilar hamda yuqori chòqqilarni egallaydilar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI
1. Husanboyeva Q.,Niyozmetova R.Adabiyot o`qitish metodikasi.- O`quv qo`llanma ,Toshkent.,2018.
2. O`zbek tili darsligi 6 - sinf 2022-yilgi yangi nashri
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.