ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

AHOLINING TURLI GURUHLARI BILAN OLIB BORILADIGAN IJTIMOIY ISHNING O`ZIGA XOSLIKLARI

Abstract

Bu maqola pedagogika jarayonida  Aholining turli guruhlari bilan olib boriladigan ijtimoiy ishning o`ziga  xosliklari yoritib berilgan.Bu odamlar va ijtimoiy guruhlarga qoʻllab quvvatlash himoya qilish tuzatish va ijtimoiy reabilitatsiya qilish orqali shaxsiy va ijtimoiy qiyinchiliklarni yengishda yordam berishga qaratilgan professional faoliyatlar va Yordam berishning asosiy guruhlari va ular bilan ishlashda oʻziga xosliklari keltirilgan.Bundan tashqari ijtimoiy ishning Fan sifatida qoʻllanishi Ijtimoiy ish kasbiy faoliyat sifatida qoʻllanishi bundan tashqari Uning Tarixi haqida maʼlumot berib oʻtiladi


Full PDF Document

Related Articles

Full text

ISHNING O`ZIGA XOSLIKLARI

Xolova Mohigul Shavkatovna

Termiz davlat pedagogika instituti

Ismatova Zarina Ismat qizi

Termiz davlat pedagogika instituti talabasi Annotatsiya: Bu maqola pedagogika jarayonida Aholining turli guruhlari bilan olib boriladigan ijtimoiy ishning o`ziga xosliklari yoritib berilgan.Bu odamlar va ijtimoiy guruhlarga qoʻllab quvvatlash himoya qilish tuzatish va ijtimoiy reabilitatsiya qilish orqali shaxsiy va ijtimoiy qiyinchiliklarni yengishda yordam berishga qaratilgan professional faoliyatlar va Yordam berishning asosiy guruhlari va ular bilan ishlashda oʻziga xosliklari keltirilgan.Bundan tashqari ijtimoiy ishning Fan sifatida qoʻllanishi Ijtimoiy ish kasbiy faoliyat sifatida qoʻllanishi bundan tashqari Uning Tarixi haqida maʼlumot berib oʻtiladi Kalit soʻzlar: ijtimoiy ish, ijtimoiy guruhlar,qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy reabilitatsiya ,Nafaqaxoʻr, jamiyat,faoliyat,yetim bolalar,tarbiyaviy yondashuv.

Ijtimoiy ish — bu odamlar va ijtimoiy guruhlarga qoʻllab-quvvatlash, himoya qilish, tuzatish va ijtimoiy reabilitatsiya qilish orqali shaxsiy va ijtimoiy qiyinchiliklarni yengishda yordam berishga qaratilgan professional faoliyat. U yolgʻiz nafaqaxoʻrlar va nogironlarga yordamni ham, shuningdek, qiynalgan bolali oilalar, uysizlar, giyohvandlar, aroqxoʻrlar va ruhiy kasallarga yordamni ham oʻz ichiga oladi.

2001-yil 27-iyunda Kopengagenda Ijtimoiy ish maktablari xalqaro assotsiatsiyasi va Xalqaro ijtimoiy ishchilar federatsiyasi tomonidan qabul qilingan ijtimoiy ish taʼrifidan kelib chiqqan holda, „ijtimoiy ishchilarning kasbiy faoliyati jamiyatdagi oʻzgarishlarga, insoniy munosabatlar muammolarini hal qilishga hissa qoʻshadi; jamiyatda funktsional mavjudlik qobiliyatini mustahkamlashga va odamlarning farovonlik darajasini oshirish maqsadida ularni qutqarishga yordam beradi. Inson xulq-atvori va ijtimoiy tizimlar nazariyalaridan foydalangan holda, ijtimoiy ish odamlarning oʻz atrofidagilar bilan hamkorlik qilishga targʻib qiladi. Inson huquqlari va ijtimoiy adolat tamoyillari ijtimoiy ishning asosidir“.

Ijtimoiy ish fan sifatida ijtimoiy faoliyatning buzilishi holatlarida shaxs, oila yoki jamiyatning ichki va tashqi resurslaridan foydalanish jarayonini boshqarish qonuniyatlari haqidagi ilmiy bilimlar sohasi sifatida tushunilishi mumkin (B. V Kupriyanov). Ijtimoiy ishning boshqa fanlar bilan oʻzaro taʼsirini aniqlash uning keng hajmlilik xususiyatini, shuningdek, sotsiologiya, psixologiya va boshqalar kabi tegishli bilim sohalaridan farqini koʻrsatdi.

Ijtimoiy muammolarni yuzaga keltiruvchi sabablarni oʻrganish davomida ijtimoiy jarayonlarni, ijtimoiy munosabatlarni tavsiflashda, ijtimoiy guruhlarning xususiyatlarini tahlil qilishda ijtimoiy ish fan sifatida ilmiy gʻoyalardan, predmeti ijtimoiy fanlarga yaqin boʻlgan boshqa ijtimoiy fanlarning kontseptual vositalaridan muqarrar ravishda foydalanadi. Ijtimoiy ish — kasbiy faoliyat sifatida, yordamga muhtojlarga (ogʻir yashash sharoitida boʻlganlarga), oʻz hayotiy muammolarini tashqi yordamsiz hal qila olmaydigan va koʻp hollarda hatto, yashay olmaydigan odamlarga yordam berishga qaratilgan (Pavlenok P. D.).

Har qanday faoliyat, shu jumladan ijtimoiy ish ham oʻziga xos tuzilishga ega boʻlib, unda har bir element uzviy bogʻlangan va boshqalar bilan oʻzaro taʼsirlashadi, oʻz vazifalarini bajaradi. Ijtimoiy ish ajralmas tuzilma boʻlib, quyidagi elementlardan iborat: subyektlar; funksiyalar orqali ochiladigan tarkib; vositalar (tashkiliy-texnik, moliyaviy va boshqalar), nazorat va maqsadlar.Ijtimoiy ishning kasbiy faoliyat sifatidagi maqsadi, bir tomondan, mijozning manfaatlarini qondirish boʻlsa, ikkinchi tomondan, jamiyatda barqarorlikni saqlashdir. Ushbu muammoning eng maqbul yechimi bu ikki maqsad oʻrtasida murosaga erishishdir. Aholining turli guruhlari bilan olib boriladigan ijtimoiy ishning o‘ziga xosliklari har bir guruhning yosh, ijtimoiy holat, ehtiyoj va muammolariga qarab farqlanadi. Quyida ayrim asosiy guruhlar bilan ishlashdagi o‘ziga xos jihatlar keltirilgan: 1. Bolalar bilan ijtimoiy ishHimoyaga muhtojlik: Yetim bolalar, nogironligi bo‘lgan bolalar, zo‘ravonlikka uchraganlar.Tarbiyaviy yondashuv: Emotsional va psixologik qo‘llab-quvvatlash muhim.O‘yin va ta'lim asosidagi metodlar qo‘llanadi. 2. Yoshlar bilan ijtimoiy ish Kasbga yo‘naltirish, bandlikni ta'minlash.Psixologik maslahatlar (masalan, stress, depressiya bilan kurashish).Narkotik, jinoyatchilik, radikalizm kabi xavf-xatarlardan himoya qilish. 3. Ayollar bilan ijtimoiy ishAyollarning huquqlarini himoya qilish.Oilaviy zo‘ravonlik qurbonlariga yordam.Kasb-hunar o‘rgatish va iqtisodiy mustaqillikni ta’minlash. 4. Nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishJamiyatga integratsiya qilish. Maxsus ijtimoiy xizmatlar: reabilitatsiya, texnik vositalar bilan ta'minlash.Teng imkoniyatlar yaratish. 5. Keksalar bilan ijtimoiy ish Yolg‘izlikni kamaytirish, psixologik yordam.Tibbiy va ijtimoiy xizmatlarni uy sharoitida ko‘rsatish.Faol qarilikni qo‘llab-quvvatlash dasturlari. 6. Muhojirlar va ijtimoiy nochorlar.

Huquqiy yordam va hujjatlarni rasmiylashtirish.Til va madaniyatga moslashishda yordam.Ijtimoiy himoya tizimlariga yo‘naltirish.Aholining har bir guruhi bilan ishlashda madaniy, diniy, hududiy omillar ham hisobga olinadi. Ijtimoiy ishchi har bir guruh ehtiyojlariga mos yondashuvni tanlashi zarur.XIX asrning ikkinchi yarmida Buyuk Britaniyada vujudga kelgan Uyushgan xayriya jamiyati va Turar joy harakati kabi tashkilotlar professional ijtimoiy ishning paydo boʻlishi uchun asos tayyorladilar. 1887- yilda asos solingan Uyushgan xayriya jamiyati, 1886-yilda Nyu-Yorkda tashkil topgan Qoʻshnilar gildiyasi andozalari asosida 1880-yillarda AQShning Baffalo shahrida ham xayriya tashkiloti tashkil topdi. Bu tashkilotlarning ikkalasi ham kambagʻallarga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida tashkil etilgan boʻlib, ularning ishida aholining yuqori va oʻrta qatlamlaridan boʻlgan oʻqimishli kishilar qatnashgan. Bunday tadbirlar, ayniqsa, ijtimoiy ishni oʻzlarining ijtimoiy mavqeini yaxshilash va iqtisodiy mustaqillikka erishish imkoniyati sifatida koʻrgan yosh ayollarni oʻziga tortardi. 1892-yilga kelib, AQSH va Kanadaning yirik shaharlarida ushbu turdagi 92 ta xayriya tashkilotlari tashkil etildi. Baltimordagi uyushgan xayriya jamiyatida ishlagan Meri Richmond xayriya ishlarini yaxshilash masalalarini hal qilishda taʼlimni birinchi oʻringa qoʻygan. Shu bilan birga, u ikkita yoʻnalishni ajratib koʻrsatdi: maʼrifiy ishlar (maqolalar chop etish, davriy nashrlar tashkil etish, ommaviy nutqlar, seminarlar, jamoatchilik, oʻquvchilar va talabalar bilan uchrashuvlar) va xayriya ishlari bilan shugʻullanuvchi mutaxassislarni tayyorlash, kasbiy taʼlim berish. 1898-yilda Nyu-Yorkda Ijtimoiy ish maktabi ochildi.

1899-yilda Amsterdamda ikki yillik oʻquv dasturi boʻyicha Ijtimoiy ishchilarni tayyorlash instituti ochildi. Shu yili Berlinda ijtimoiy sohada ishlashni istagan yosh ayollarni bir yillik tayyorlash dasturi ish boshladi. 1910-yilga kelib, dunyoda 15 dan ortiq (ulardan 5 tasi AQShda) ijtimoiy ishchilarni tayyorlaydigan taʼlim muassasalari mavjud edi.

Birinchi jahon urushidan soʻng, Qoʻshma Shtatlarda ijtimoiy ishda diagnostika deb ataladigan yoʻnalish paydo boʻldi, u Nyu-Yorkdagi Smit kollejiga aloqador boʻlib, bu yerda ijtimoiy ishchilarni psixiatriya xizmatlarida ishlash uchun tayyorlashgan. Ularga boʻlgan ehtiyoj juda katta edi, chunki Birinchi jahon urushi qatnashchilari turli xil psixologik muammolarni boshdan kechirardilar. Ushbu yoʻnalish ijtimoiy ishni mijozni davolashdan, uning shaxsiyatini oʻzgartirishdan va atrof-muhitga moslashishiga yordam berishdan iborat deb tushungan.

1930-yillarda Pensilvaniya shtatida ijtimoiy ishda funktsional yoʻnalish paydo boʻldi, bu ijtimoiy ishchi va mijoz oʻrtasidagi hamkorlikka qaratilgan boʻlib, rasmiy va avtoritar munosabatlardan voz kechishni koʻzda tutadi. Ushbu yoʻnalish ijtimoiy ishni davolash sifatida emas, balki xizmat sifatida koʻrib chiqdi.Elberfeld sistemasi zamonaviy Ijtimoiy yordam tizimi shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. 1852-yilning Aprel oyida Prussiyaning Elberfeld shahri tadbirkorlari (hozirgi vaqtda shahar Wuppertal tarkibida) D. fon der Haydt, G. Shliper va D. Peters shahar Kengashiga jamoatchilik ruhining yangi kontseptsiyasini taqdim etdilar. Muhtojlar ikki guruhga boʻlindi: „uydagi“ va „tashqi“. „Uydagi“ muhtojlar shaharning ijtimoiy muassasalarida (uysizlar yotoqxonasi, tashlab ketilgan bolalar uchun boshpana, ruhiy kasallar shifoxonasi) edi. Qolganlar barcha muhhtojlar esa „tashqi muhtojlar“ deb nomlangan. Ular bilan ishonchli vakillar ish olib borgan. Vakillarning vazifasi ota-onalar farzandlariga yaxshi tarbiya berishlari uchun ularga „dalda berish“ boʻlgan; bolalarda esa ota-onani hurmat qilish, ularga yordam berishga intilish kabi hislatlarni tarbiyalashlari kerak edi. Vasiylar har bir oila ehtiyojining sabablarini oʻrganib, haqiqiy muhtojlarni aniqlashgan. Agar shoshilinch moliyaviy yordam talab etilsa (bolalar tugʻilishi, dafn marosimi, kasallik), vasiy uni oʻzi bergan boʻlsa-da, nafaqani uzaytirish uchun maxsus ruxsatnoma kerak edi. Elberfeld tizimining tamoyillari (bepullik, individualizatsiya, markazsizlashtirish va qisqa muddatli yordam) 1880-yilda Nemis kambagʻallar farovonligi va xayriya uyushmasi tomonidan qabul qilingan. Foydalangan adabiyotlar roʻyxati: 1.Egamberdiyeva N.M. Ijtimoiy pedagogika (darslik) –T.: 2009 2.Mavlonova R. va boshqalar. . Ijtimoiy pedagogika (o‘quv qo‘llanma) –T.: 2009 3.Begmatov A., Quraev M. Ijtimoiy pedagogikaning dolzarb masalalari. T.: OPI to‘plami. 4.Quronov M.Q. Qurboniyazova Z.Q. Ijtimoiy pedagogika. T.: 2003 5.Qurboniyazova Z.Q. Ijtimoiy tarbiya muammolari. Halq ta’limi, 2003, 6-son

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.