TAYYORLASHNI TAKOMILLASHTIRISH
Isroilov Qobuljon Toshtemirovich
Samarqand Zarmed universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi, PhD
Haydarova Noila Pardaboy qizi
Husanova Mehribon Sherzod qizi
Samarqand Zarmed universiteti talabalari
Annotatsiya. Maqolada shaxsning rivojlanishini, uni kasbiy faoliyatga tayyorlashni akmeologik yondashuv asosida takomillashtirishda akmeogramma metodining ahamiyati yoritilgan. Akmeogramma professiogramma va psixogrammaga nisbatan individualllikning yuqori darajada namoyon etilishi bilan farqlanishi va uning yordamida bo‘lajak mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi, ijodkorlik qobiliyati, yangilik yaratishga xohishi va intilishi bilan bog‘liq bo‘lgan resurslar aniqlanishi ifoda etilgan.
Kalit so‘zlar: akmeologiya, akmeologik yondashuv, akmeologik qobiliyatlar, akmeogramma, psixogramma, avtopsixologik kompetentlik, kreativlik, professiogramma, akmeotexnologiya, avtokognitiv qobiliyat, kasbiy tayyorgarlik, ijodkorlik qobiliyati, akmeolog, kasbiy ijodkorlik, shaxsiy-professional rivojlanish.
Аннотация. В статье отображено о задачи совершенствование подготовки к профессиональной деятельности по основы акмеологического подхода, развитие личности в обучение, необходимости акмеологического подхода при подготовки к профессиональной деятельности личности.
Ключевые слова: aкмеологического подхода, профессиональной подготовки, профессиональной зрелости, профессиональной направленность подготовка к профессиональной деятельности,
Abstract. The improvement of preparation for professional activity on bases of acmeological approach, development of the personality in training, need of acmeological approach at preparation for professional activity of the personality tasks are displayed in this article.
Key words: acmeological approach, professional activity, personality tasks, preparation for professional activity, displayed in this article.
Dunyoning yetakchi mamlakatlarida o‘quv-bilish faoliyatini akmeоlоgik kasbiy yo‘naltirish, oliy ta’lim tаlаbаsining kasbni egallashida akmega yetishi, yuqori malakaga ega bo`lishi muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bo‘lajak kadrlarni kasbiy faoliyatga tayyorlashni rivojlantirishda akmeоlоgik yоndаshuvdan kengroq foydalanish, kasbiy kompetentlikni rivojlantirish, kasbiy tayyorgarlikni modernizatsiyalash, pedagogik kasbiy ta’lim sharoitida raqobatbardosh pedagoglar tayyorlashni takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Akmeologik yondashuvni muvaffaqiyatli amalga oshirish, maqsadga yo‘naltirilgan psixologo-pedagogik shartini tashkil etish, (shuningdek, shaxsni akmeologik yo‘naltirishni shakllantiruvchi metodlar va usullar), pedagogik ta’sir yo‘nalishining ijobiyligi o‘zgarishiga rioya etishni ta’minladi. V.D. Shadrikovning e’tirofiga ko‘ra, oliy pedagogik ta’lim tizimi har qanday pedagogni yuksak darajadagi tilni bilish madaniyatiga, o‘z fikr va mulohazalarini aniq va ravon turli til imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda ifodalay bilish, o‘zining predmeti yuzasidan har tomonlama mukammal bilimga ega bo‘lishi va uni o‘qitish usullarini yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak. Akmeologiya majmuaviy, integrativ fan sifatida, insonning rivojlanish va tiklanish dinamikasida, shaxs ijodiy potensialida o‘z-o‘zini namoyon etish qonuniyatlari va omillari hamda ta’limiy va kasbiy yutuqlarga erishish yo‘llarini tadqiq etadi. Subyyektning kasbiy faoliyat muammosi akmeologiyada dolzarb hisoblanadi.
Kasbiy ta’limning akmeologik modeli shaxsni kasbiy faoliyatga tayyorlashda yangi sifatga erishishga yo‘naltirilgan ta’lim muhiti, akmeologik yo‘naltirilgan ta’lim yangi integrativ fikrlash usullari, zamonaviy hayotga moslashtirishda va o‘z-o‘zini namoyon qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga ega bo‘lgan bo‘lg‘usi mutaxassislarni yaxlit va barqaror rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, pedagogik mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy mutaxassisda akmeologik fikrlashni shakllantirish va kreativ faoliyat usullari, innovatsiyaga, muvaffaqiyatga, kasbiy mohirlikka intilish, ijodiy potensialni namoyon etish qobiliyati, akmeologik va umumiy kasbiy madaniyatning zaruriy komponentlari hisoblanadi. Mutaxassislarni tayyorlashning refleksivli o‘z-o‘zini faollashtirish texnologiyasi keng qo‘llaniladi va kasbiy faoliyatni predmetli va ijtimoiy mazmunini yaratish imkonini beradi. Insonni yoshligidanoq ma’lum bir sohaga yo‘naltira oluvchi texnologiyalarning eng birinchisi va muhim mexanizmi – akmeogrammadir.
Akmeogramma–shaxsning kasbiylashuvi va muayyan mehnat ob’yektlari faoliyatining taraqqiyotiga imkon beradigan talablar sharoit va omillar tizimini namoyon etadi. Akmeogramma doim individual bo‘ladi, u shaxsning imkoniyatlari va istiqbollarini, xususiyatlarini o‘zida mujassam etadi. Akmeogramma ma’lumotlar bazasi orqali olib boriladi, uning ko‘rsatkichlar mumkin qadar foizlarda belgilanadi. Akmeogramma akmeografik yondashuvning asosiy metodi va u progressiv rivojlanishga hamda shaxsning professionalizmi konkret mehnat sub’yektlari faoliyatining taraqqiyotiga imkon beradigan talablar, sharoit va omillar tizimini namoyon etadi. Talabalar akmeogrammasi individual tavsifga ega, rasmiy ravishda bo‘lib, u samarali faoliyat ko‘rsatayotgan sub’yektning individual “kesimi”ni, uning imkoniyatlari va istiqbollarini, kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘zida mujassam etadi.
Akmeogramma professiogramma va psixogrammaga nisbatan individuallikning yuqori darajada namoyon etilishi bilan farqlanadi. Akmeogramma talaba faoliyatining barcha jihatlari (kasbiy faoliyatga tayyorgarlik, har kungi munosabat, shaxsiy rivojlanish va faoliyatning umumiy natijasi) hamda bundan kelib chiqib, bo‘lajak kadrning individual psixologik va psixofiziologik xususiyatlariga qo‘yiladigan talablarni o‘z ichiga oladi.
Akmeologiya pedagogika bilan hamkorlikda quyidagi uncha oddiy bo‘lmagan masalani yechishi zarur: inson o‘zining hayoti yo‘lida qanday alohida xususiyatga ega bo‘lgan, ta’kidlangandek mikroakmalarga erishib borishi kerakki, ya’ni u kelgusida katta “makroakma”ni hosil qilsin. Shunga ko‘ra, mutaxassislar tayyorlash jarayonida fanlarni integratsiyalab kredit modulli o‘qitish bilan bir vaqtda, talabaning individual istiqbol rejalarini ishlab chiqish, individual rivojlantirish dasturi bilan ishlash, kasbiy kompetensiyani shakllantirish, o‘quv portfolioni yuritish, kasbiy ta’lim akmeologiyasi fakultativ maxsus kursni olib borish, akmetexnologiyalarni, kreativlikni shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi metodlarni qo‘llash, guruh rahbarining ma’naviyat mashg‘ulotlarini mukammallashtirish, kasbiy yo‘naltirish faol o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish kabi ishlarni amalga oshirish natijasida har bir talabada o‘ziga xos mikro akmelarga va ularning majmuasida kasbiy tayyorlik makroakmega erishishga harakat qilinadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, akmeologik yоndаshuvdа muvаffаqiyаtgа erishish uchun motivаtsiyа berish, fаoliyаtdа o‘z-o‘zini tаkomillаshtirish vа muvаffаqiyаtni o‘zini kаsbidа аmаlgа oshirish istаgini shаkllаntirish, kаsbiy bilim vа ko‘nikmаlаrni rivojlаntirishgа yo‘nаltirish, kаsbiy mаhorаt cho‘qqilаrini egаllаshdа yаqqol nаmoyon bo‘lаdi. Ushbu yоndаshuvni tа’lim аmаliyotidа qo‘llаsh orqаli tаlаbа shаxsining akmeоlоgik yo‘nаlishini shаkllаntirish shuningdek, kаsbiy kreаtiv qоbiliyаtni rivojlаntirish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Akmeologiya: uchebnik/pod red. A.A.Derkacha. M.: Izdatelstvo
RAGS.2006, - 688s
2. Isroilov Q.T., Kаsbiy tаyyorgаrlik jаrаyonidа o‘qituvchilаrning ijodiy fаoliyаtini tаshkillаshtirish/ “Tаfаkkur ziyosi” Jizzаx dаvlаt pedаgogikа universiteti ilmiy-uslubiy jurnаli. 03. 2023 yil.
3. Mа’murov Bаhodir Bаxshullаyevich. Bo‘lаjаk tаrix o‘qituvchilаridа akmeologik yоndаshuv аsosidа tа`lim jаrаyonini loyihаlаsh ko‘nikmаlаrini rivojlаntirish tizimi Dis…ped. fаn. dok. – T., 2018. –224 bet.
4. Sаliyev А.Sh. Yoshlаrning intiluvchаnligini аniqlаshdа akmеоgrаmmаning аhаmiyаti// Yoshlаrning akmeologik qаrаshlаrini shаkllаntirishdа sog‘lom turmush tаrzining o‘rni.-Toshkent: Fаlsаfа vа huquq instituti, 2008. -227 bet.
5. Shadrikov V.D. Novaya model spesialista: innovasionnaya podgotovka i kompetentnostnыy podxod // Vыssheye obrazovaniye segodnya. - 2004 №8.- S. 120- 128.
6. Ernazarova G.O. Akmelogik yondashuvni amalga oshirishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari// Ta’lim, fan va innovatsiya. IMJ. T.:. 2017 yil, №3, -B 19-21.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.