SOHASIDA YUZ BERGAN О‘ZGARISHLAR”
Radjabov Xushnudbek
Qaraqalpoq Davlat Universiteti
Tarix fakulteti talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqolada XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida Rossiya imperiyasi bosqinidan keyin Amudaryo bо‘limida amalga oshirilgan ijtimoiy-siyosiy, huquq-tartibot sohasida amalga oshirilgan tadbirlar haqida sо‘z yuritiladi. Amudaryo bо‘limi ikki uchastkaga bо‘linib boshqarilgan. Aholi yashaydigan joylarning avvaldan saqlanib keliyotgan nomlari bilan birga, avval ularda bо‘lmagan joylarni, ovullarni raqamlar bilan belgilash amaliyotga kiritilgan. Bо‘limda harbiylashtirilgan boshqaruv tizimi tashkil etilganiga e`tibor qaratilgan. Sud jarayonida ishtirok etishi mumkin bо‘lgan sud-huquq tizimi amaldorlarining vazifalariga aniqlik kiritilganligi ham yoritilgan. О‘lkada rus ma`muriyati talablariga qarshi bо‘lganlar uchun aynan shu davrda turmaxona va qamoqxonalar tashkil etilganligiga ahamiyat berilgan.
Kalit so’zlar: viloyat, bо‘lim, gerb, uchastka, raqam, harbiy qism, huquq, sudya, prokuror
XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Amudaryo bо‘limining boshqaruv tizimida о‘zgarishlar yuz bera boshladi.
Amudaryo bо‘limi tashkil etilgan paytda «Turkiston general gubernator»ligi tarkibiga kiritilgan bо‘lsa, keyinchalik Sirdaryo viloyati tarkibiga kiritildi. Sirdaryo viloyatining darajasi, Rossiya imperiyasining guberniyalari maqomiga tenglashtirildi va unga о‘ziga xos ravishda ramziy belgi – gerb berildi. Sirdaryo viloyatining gerbi, Amudaryo bо‘limining ham gerbi bо‘lib hisoblangan. Gerbni tasdiqlash bilan viloyat va bо‘limning Rossiyaga qaramligi yana bir bor tasdiqlangan. 1878-yil 5- iyulda podsho saroyida shaxsan Aleksandr II tomonidan tasdiqlangan.
Amudaryo bо‘limi uchastkalarga, bо‘lislikka, ovul va qishloq jamoalarga bо‘linib boshqarildi. Soliq tizimiga о‘zgartirishlar kiritildi. Bо‘lim 2 uchastkaga bо‘lindi: Shо‘roxon – bо‘limining janubiy qismidagi yerlarni, Chimboy – Amudaryoning quyi qismidan g`arbda Talliqqacha bо‘lgan hududni о‘z ichiga oldi. Kо‘chmanchilik yillar davomida davom etib kelayotgan qoraqalpoq, qirg`iz va qozoq xalqlariga xos bо‘lgan hodisa edi. О‘lkadagi rus ma`muriyati buni «daydilik» deb atadi va unga qarshi kurash olib bordi. Odamlarning bir joydan ikkinchi joyga kо‘chib yurishi, shuningdek, о‘z bо‘lisidan tashqarida, boshqa joylarda kо‘chib yurish huquqi bekor qilindi.[1. 214]
Rus ma`muriyati muqimlikni, ya`ni muqim bir joyda yashashni joriy qildi. Bu esa о‘z navbatida aholini siyosiy tomondan nazorat qilishni, soliq tizimini tо‘liq amalga oshirishni, bо‘lis, ovul va qishloqlarni boshqarishni, muntazam nazorat qila olishni ta`minladi. Ayrim ovul va hududlar shu yerga xos saqlanib kelinayotgan nomlar bilan atalgan bо‘lsa, imperiya bosqinidan keyin ayrim ovullar raqamlar bilan belgilandi. 1886- yilga kelganda, Shо‘roxon uchastkasi 6 ta bо‘lislikdan: Shо‘roxon, Tо‘rtkо‘l, Shabbaz, Biybazar, Mingbuloq, Tamdidan iborat bо‘lgan. Shо‘roxon bо‘lisi – Aq-qamish – Aq bashli, Shо‘roxon va Kaltaminor ovullaridan, Tо‘rtkо‘l bо‘lisi Xuzlinirek, Tо‘rtkо‘l, Ulliyab, Saribiy, Shabbaz, Shimam, Xan-yabdan ovulidan, Biybazar bо‘lisi Biybazar, Qalandarxona ovulidan iborat bо‘lgan. Mingbuloq bо‘lisi birinchi, ikkinchi, uchinchi ya`ni – 1, 2, 3; Tamdi bо‘lisi birinchi, ikkinchi, uchinchi ya`ni – 1, 2, 3, raqamlari bilan belgilana boshlangan.
Chimboy uchastkasidagi bir qator bо‘lisliklardagi ovullar nomlari e`tiborga olinmagan va har bir ovul raqamlar bilan belgilangan. Chimboy uchastkasi hududi asosan Nukus, Qо‘ng‘irot, Talliq, Naо‘pir, Chimboy, Kegeyli,Ishim, Kо‘k-kо‘l va Daо‘kara bо‘lisliklaridan iborat bо‘lgan. Nukus bо‘lisligi birinchi, ikkinchi, uchinchi tо‘rtinchi ya`ni – 1, 2, 3, 4 deb raqamlangan 4 ta ovuldan; Qо‘ng`irot esa shu yuqorida aytib о‘tilgandek birinchi, ikkinchi ya`ni – 1, 2 deb raqamlangan 2 ta ovuldan; Talliq bо‘lisi birinchi, ikkinchi, uchinchi ya`ni – 1, 2, 3 deb raqamlangan 3 ta ovuldan; Naо‘pir birinchi, ikkinchi, uchinchi, tо‘rtinchi, beshinchi ya`ni – 1, 2, 3, 4, 5 deb raqamlangan 5 ta ovuldan; Chimboy bо‘lisi birinchi, ikkinchi, uchinchi, tо‘rtinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi ya`ni – 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 deb raqamlangan 7 ta ovuldan; [2. 152]Kegeyli bо‘lisi birinchi ya`ni 1 deb raqamlangan 1 ta ovuldan; Chimboy shahri birinchi, ikkinchi, uchinchi, tо‘rtinchi, beshinchi, oltinchi ya`ni – 1, 2, 3, 4, 5, 6 deb raqamlangan 6 ta ovuldan; Ishim bо‘lisi birinchi, ikkinchi, uchinchi, tо‘rtinchi beshinchi, oltinchi ya`ni – 1, 2, 3, 4, 5, 6 deb raqamlangan 6 ta ovuldan; Kо‘k-kо‘l bо‘lisi birinchi, ikkinchi ya`ni – 1, 2 deb raqamlangan 2 ta ovuldan; Daо‘kara bо‘lisi birinchi, ikkinchi, uchinchi, tо‘rtinchi ya`ni – 1, 2, 3, 4 deb raqamlangan 4 ta ovuldan iborat bо‘lgan.[3. 153]
Shunday qilib, Amudaryo bо‘limi Rossiya imperiyasiga qaram bо‘lib qolgandan keyin joylar va hududlarning nomlanishiga ma`lum darajada о‘zgartirishlar kiritilgan ovullar raqamlar bilan belgilangan. Afsuski odamlarning yashash joylarining bunday raqamlar bilan belgilanishi hatto hozir ham kо‘pchilik joylarda saqlanib qolmoqda. Markaz-1, Markaz-2, kichik tuman-21, kichik tuman-22, 1-kо‘cha, 2-kо‘cha va hokazo (A.A.) Shu bilan birga, sud-huquq, tartibot sohasida ham о‘zgarishlar amalga oshirildi. Imperiya bosqini davri hisobotlari, ma`lumotlari tahlili shuni kо‘rsatadiki, о‘lkadagi uchastka boshliqlari va yordamchilari harbiylardan tashkil etilgan. Har bir uchastkaga harbiy askarlar joylashtirilgan. Petro-Aleksandrovskdan alohida, maxsus harbiy bо‘lim, ichki qamoqxona, undan tashqari turmaxona, qamoqqa olish bо‘linmasi bо‘limlari tashkil etilgan.[4. 319]
Xususan, Rossiya imperiyasi harbiy boshqarmasi va idorasining harbiy qismidan Petro – Aleksandrovskka 6-Turkiston о‘qchi polki, 4-Orenburg kazak polki, PetroAleksandrovsk uyezd harbiy boshqarmasi, Nukusda 4-Orenburg kazak polkining yuz askari muqim joylashtirilgan.
Bо‘lim boshlig`i bо‘limni fuqaroviy boshqaruvida uyezd boshlig‘i huquqlari bilan tenglashtirilgan, lekin mahalliy ma`muriyat va xalq sudiga nisbatan ancha kengaytirilgan huquqlarga ega bо‘lgan. Bо‘lim boshlig‘iga bо‘limdagi muqim joylashib olgan harbiy qismlarni boshqarishda diviziya boshlig‘i huquqlari berilgan. Bо‘limdagi barcha harbiy qismlarning harakatlarini ham nazorat qilish borasida esa, Garnizon boshlig`i vazifasi, majburiyatlari va huquqlari berilgan [4]. О‘lkada dunyoviy sudlar tashkil etildi. Sud jarayonining olib borilishini tartibga keltirish masalasida Rossiya imperiyasi Adliya vaziri kotibi, keyinchalik Rossiya imperiyasining bosh prokurori, Rossiya podshosining haqiqiy yashirin maslahatchisi N.V. Muravyov bir qator takliflar kiritgan.[5. 245]
Sudda sudya, prokuror, himoyachi va sud maslahatchilari ishtiroki ta`minlanishi shartligini kо‘rsatgan. Sud raisi sud jarayonini boshqarishi, sudda tartibni saqlashi, ishni qonun tantanasi va haqiqatni ochish uchun yо‘naltirishi, suddagi barcha jarayonlarga nisbatan kо‘proq javob beradigan shaxs ekanligini ta`kidlagan. Himoyachi – sudning adolatli qaror qabul qilishi uchun xalaqit emas, yordam berishi, shu bilan birga sudlanuvchining shaxsiy vakiligina bо‘lib qolmasdan, balki, sudning ijtimoiy jamoatchi arbobi sifatida ishtirok etishi, ayblanuvchini jazodan «oqlash» yoki ozod etish uchun harakat qilishi, nima bо‘lishidan qat`iy nazar, hech qanaqa mablag`ga ahamiyat bermasdan, ortiqcha harakatlarsiz, о‘z bilimini namoyish etishi kerakligini ta`kidlagan.
Sud maslahatchilari – о‘zining aktiga muvofiq sud jarayonida aybdorni oqlamasdan, aybsizni sababsiz qoralamasdan о‘ziga xos ravishda «sudyalar bо‘lib» maslahatda qatnashish kо‘rsatilgan. 1898-yil yozilgan Turkiston general gubernatorligininng ma`ruzasida, sud bо‘limi muammolariga 1886-yil nashr etilgan «Turkiston о‘lkasini boshqarish haqidagi Nizom»da asosiy e`tibor qaratilgan. Ma`muriyatning о‘lkada yо‘l qо‘ygan eng katta kamchiligi sifatida, «rus sudi va qonunlaridan mahalliy aholining tо‘liq ajratib qо‘yilganligi, shu bilan birga aholining xalq sudlariga bо‘ysunganligi, о‘lkada tashkil etilgan rus sudlarining mahalliy sharoitga yetarsiz darajada kо‘nikayotganligi» kо‘rsatilgan. О‘lkada rus ma`muriyati 1886-yilgi nizomga kо‘ra tashkil etilgan dunyoviy sudlar mahalliy aholining xalq sudlaridan ustunligini kо‘rsatishga harakat qilgan. Joylarda sudlarning va ularga tegishli organlarning alohida ish olib borishi, sud hokimiyatining bо‘linganligi, sud palatasi darajasidagi apellatsiya, oliy apellatsiyalar instansiyasining yо‘qligi, okrug sudlarining yetishmaganligiga e`tibor qaratilgan.[6. 261]
XIX asrning oxiriga kelib, Rossiya Bosh turma boshqarmasining taklifiga binoan Rossiya Vazirlar qо‘mitasi Orol dengizidagi 230 kv. verst hududni egallagan «Nikolаy» va 130 kv verst hududni egallagan «Borsa kelmas» orollarida koloniyalar qurishni qо‘llabquvvatlagan. U yerda Rossiya imperiyasini tan olmaganlar, unga bо‘ysunmagan – «jinoyatchilarni» saqlash, ulardan baliqchilikni rivojlantirishda foydalanish mumkinligini va bu mehnat о‘lim jazosi bilan tengligiga e`tibor qaratilgan. Shuningdek, Turkiston general gubernatorligi hududidan qamoqqa olinganlar va surgun qilinganlar uchun Kaspiy dengizi atrofidagi orollarda ham koloniyalar tashkil etilgan. Bunday koloniyalarning tashkil etilishi ularni «jinoyatchilarni» Sibirga surgun qilishdan arzon tushishi va ular mehnatining foydali ekanligiga alohida urg‘u berilgan.
1898-yil 2-iyunda qabul qilingan, 1899-yil 14-mayda kuchga kirgan «Turkiston о‘lkasini boshqarish haqida nizomi»ga asosan, Toshkent sud palatasi tashkil etilgan bо‘lib, boshqa viloyatlar kabi Amudaryo bо‘limi sud tizimi ham tо‘g‘ridan tо‘g‘ri unga bо‘ysungan. Toshkent sud palatasi bir necha shtatlarga ega bо‘lgan va ular yordamida Amudaryo bо‘limidagi sud tizimini ham nazoratda ushlab turgan. Toshkent sud palatasi Amudaryo bо‘limidagi jinoiy ishlarni – davlatga qarshi, inson hayotiga, ma`naviy masalalar, dunyoviy sudlarning, qarorlari, urush-janjal, kontrabanda, bosqinchilik masalalari, okrug sudlari hukmlariga apellyatsiya shikoyatlari kabilarni nazorat qilgan. Shu bilan birga, fuqarolik ishlari bо‘yicha okrug sudlari qarorlari ustidan apellyatsiya shikoyati, meros ishlari, zayom va boshqa veksellar masalalari, oila va nikoh muammolari, bolalarni olib saqlash va boshqalarni ham о‘z nazoratidan chetda qoldirmagan.[7. 138]
О‘zbekiston о‘z mustaqilligiga erishganidan keyin Vatan tarixini, shu jumladan sudhuquq tizimi tarixini о‘rganishga alohida e`tibor qaratildi.
Xulosa о‘rnida shuni aytish mumkinki, о‘lkani boshqarish bо‘yicha Turkiston generalgubernatorligi vakillarining о‘lka haqida yozgan kitoblari, hisobotlari va fikrmulohazalari, bо‘limdayuz bergan voqelikni о‘rganishda asosiy manbalardan biri sifatida yordam berdi. Rossiya imperiyasi ma`murlari tomonidan о‘lkada tizimli ravishda olib borilgan tadbirlar, о‘lkada siyosiy va huquqtartibot tizimini о‘rnatish va mustahkamlashda muhim rol о‘ynagan va bu jarayon takomillashib borgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Жданко Т.А. Очерки исторической этнографии каракалпаков. Родоплеменная структура и расселение в ХIХ – начале ХХ века. – М.: Изд-во Академ Наук СССР, 1950. –С.154.
2. Таўмуратов Н. Қарақалпақстанда тәртиб қорғаў ўйымларының тарийхы. (1873-2010 жж.) – Нукус: Илим, 2011. – С. 13-14.
3. Военно статистическое описание Туркестанского военного округа. Хивинский район. Составитель генерального штаба полковник В. Лобочевский. Издания штаба Туркестанского военного округа. – Ташкент: Эл. пар. типо-лит. штаба Туркестанского военного округа, 1912. – С.30-31.
4. Военно-статистическое описание Хивинского оазиса. Часть II // Составитель К.Г. Гиршфельдом и А.С.Галкиным. – Ташкент: 1903. Часть II. – С.214.
5. Всеподданейшии доклад министра юстиции стат секретаря Н.В.Муравьёва о деятельности министерства юстиции за истекшее десятилетие. 1994-1904 г. С – 35. общ.59.
6. O`zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat Arxivi. Bundan keyin O`zRMDA.I-1- jamg‘arma, 31-ro`yxat, 539-yig‘ma jild, 10-varaq.
7. К.К. Пален. Тюремное дело. С.Петербург. Сенатское типография. 1910. общ. С–142.
8. Туркестанские ведомосты. 14 (26) март 1893 года. № 20.
9. Обзор Сыр-Дарьинской области. За1910 г.Т. Электро типография канцелярии Туркестанского генерал губернаторства. 1912 С.143. 10.O`zRMDA. I129-jamg‘arma, Toshkent sud palatasi 1899-1918yy.1-3-varaq.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.