TALABALARNING AXBOROT MOBILLIGINI RIVOJLANTIRISH
Xurramov Anvar Xudayshukurovich, Abu Rayxon Beruniy universiteti, Huquqshunoslik va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi mudiri
Annotatsiya
KIRISH
globalizatsiya va raqamli texnologiyalarning rivojlanishi bilan ta’lim jarayoni axborot va telekommunikatsiya vositalariga bog‘liq bo‘lib qoldi. Talabalar uchun axborot resurslariga tezkor kirish, bilimni tahlil qilish va almashish qobiliyatini oshirish dolzarb vazifa hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, AT&T vositalari talablarning axborot mobilligini rivojlantirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.
MAQSAD
tadqiqotning asosiy maqsadi – axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari yordamida talablarning axborot mobilligini oshirishning metodik asoslarini aniqlash va uning samaradorligini tahlil qilishdir. Axborot mobilligi tushunchasini aniqlash. AT&T vositalarining didaktik va metodik imkoniyatlarini o‘rganish. AT&T yordamida talablarning axborot qidirish, tahlil qilish va samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish yo‘llarini ko‘rsatish.
MATERIALLAR VA METODLAR
ushbu tadqiqot ishida ilmiy maqolalar, ta’lim platformalari (Moodle, Google Classroom), elektron kitoblar va ilmiy resurslar, interaktiv o‘quv materiallari asosida amalga oshirildi. Talabalar AT&T vositalarini qo‘llash orqali mustaqil axborot izlash, ma’lumotlarni tahlil qilish va taqdim etish amaliyotini bajardilar.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki: axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari orqali talabalarning axborot mobilligini rivojlantirish AT&T vositalaridan muntazam foydalanish talablarning axborot qidirish va tahlil qilish qobiliyatini sezilarli darajada oshirdi. Interaktiv platformalar talabalarni faol ishtirok etishga rag‘batlantirdi va mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirdi. Talabalar axborot resurslarini tezkor aniqlash, ularni to‘g‘ri tashkil etish va boshqa talabalar bilan samarali almashish imkoniyatlarini mustahkamlashdi. Onlayn forumlar va virtual guruh ishlari hamkorlik ko‘nikmalarini oshirdi, muloqot va kommunikativ kompetensiyani rivojlantirdi.
XULOSA
axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo‘llash talablarning axborot mobilligini samarali rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu yondashuv talabalarni mustaqil izlanishga rag‘batlantiradi, axborotni tahlil qilish va taqdim etish ko‘nikmalarini oshiradi, shuningdek, muloqot va hamkorlik qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Kalit so‘zlar: axborot mobilligi, talabalar, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari, interaktiv ta’lim, mustaqil o‘qish, kommunikativ kompetensiya, elektron resurslar.
РАЗВИТИЕ ИНФОРМАЦИОННОЙ МОБИЛЬНОСТИ СТУДЕНТОВ С ПОМОЩЬЮ
ИНФОРМАЦИОННЫХ И ТЕЛЕКОММУНИКАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ
Хуррамов Анвар Худайшукурович, Университет имени Абу Райхона Беруни, Зав. кафедрой правоведения и социально-экономических наук
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ
в условиях глобализации и развития цифровых технологий образовательный процесс стал зависим от информационных и телекоммуникационных средств. Для студентов актуальной задачей является обеспечение быстрого доступа к информационным ресурсам, развитие навыков анализа знаний и обмена информацией. В этой связи ИКТ служат эффективным инструментом для развития информационной мобильности студентов.
ЦЕЛЬ
основная цель исследования — определить методические основы повышения информационной мобильности студентов с помощью информационных и телекоммуникационных технологий и проанализировать их эффективность. Задачи включают: определение понятия информационной мобильности; изучение дидактических и методических возможностей ИКТ; демонстрацию способов развития у студентов навыков поиска, анализа и эффективного использования информации с применением ИКТ.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ
исследование проводилось на основе научных статей, образовательных платформ (Moodle, Google Classroom), электронных книг и научных ресурсов, а также интерактивных учебных материалов. Студенты с использованием ИКТ выполняли практику самостоятельного поиска информации, её анализа и представления.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ
результаты исследования показали, что развитие информационной мобильности студентов с использованием ИКТ: регулярное применение ИКТ существенно повышает способность студентов искать и анализировать информацию; интерактивные платформы стимулируют активное участие студентов и развивают навыки самостоятельного обучения; студенты укрепили умение быстро определять информационные ресурсы, правильно их организовывать и эффективно обмениваться информацией с другими студентами; онлайн-форумы и виртуальные группы способствовали развитию навыков сотрудничества, коммуникации и коммуникативной компетенции.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ
Применение информационных и телекоммуникационных технологий в образовательном процессе способствует эффективному развитию информационной мобильности студентов. Такой подход стимулирует самостоятельное исследование, повышает навыки анализа и представления информации, а также способствует развитию коммуникативных и кооперативных навыков.
Ключевые слова: информационная мобильность, студенты, информационные и телекоммуникационные технологии, интерактивное обучение, самостоятельное обучение, коммуникативная компетенция, электронные ресурсы.
DEVELOPING STUDENTS’ INFORMATIONAL MOBILITY THROUGH INFORMATION
AND TELECOMMUNICATION TECHNOLOGIES
Khurramov Anvar Khudayshukurovich, Abu Rayhon Beruniy University, Head of the Department of Law and Socio-Economic Sciences
Annatation
INTRODUCTION
in the context of globalization and the development of digital technologies, the educational process has become dependent on information and telecommunication tools. For students, ensuring quick access to information resources, developing skills in knowledge analysis, and facilitating information exchange are urgent tasks. In this regard, ICT serves as an effective tool for developing students’ informational mobility.
AIM
the main objective of the study is to identify the methodological foundations for enhancing students’ informational mobility through information and telecommunication technologies and to analyze their effectiveness. The tasks include defining the concept of informational mobility, exploring the didactic and methodological potential of ICT, and demonstrating ways to develop students’ skills in searching, analyzing, and effectively using information with the help of ICT.
MATERIALS AND METHODS
the study was conducted based on scientific articles, educational platforms (Moodle, Google Classroom), electronic books and scholarly resources, as well as interactive learning materials. Students practiced independent information searching, analysis, and presentation using ICT tools.
DISCUSSION AND RESULTS
the study results showed that developing students’ informational mobility through ICT: Regular use of ICT significantly improves students’ ability to search for and analyze information; Interactive platforms encourage active student participation and foster independent learning skills; Students strengthened their ability to quickly identify information resources, organize them properly, and exchange information effectively with peers; Online forums and virtual groups enhanced collaboration skills, communication, and overall communicative competence.
CONCLUSION
the use of information and telecommunication technologies in the educational process contributes to the effective development of students’ informational mobility. This approach stimulates independent research, enhances skills in analyzing and presenting information, and supports the development of communication and collaboration skills.
Keywords: informational mobility, students, information and telecommunication technologies, interactive learning, independent learning, communicative competence, electronic resources.
Zamonaviy axborotlashgan jamiyat sharoitida oliy ta’lim tizimida raqamli texnologiyalar asosida ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarish masalalari ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Axborot va telekommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) samarali foydalanish talabalarning ta’lim jarayonidagi faolligini oshirish, mustaqil o‘quv faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ularning axborot mobilligini rivojlantirish uchun muhim pedagogik omil hisoblanadi. Axborot mobilligi talabaning turli raqamli axborot manbalaridan tezkor foydalanish, zarur axborotni izlash, tanlash, tahlil qilish va amaliy faoliyatga integratsiyalash qobiliyatini ifodalab, uning kasbiy tayyorgarligi va raqobatbardoshligini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Ta’lim muhiti elektron ta’lim platformalari, telekommunikatsiya tarmoqlari, mobil va bulutli texnologiyalar hamda interaktiv raqamli resurslarga tayanib, o‘quv jarayonining uzluksizligi va moslashuvchanligini ta’minlaydi.
Mazkur tadqiqot nazariy-tahliliy xarakterga ega bo‘lib, ilmiy adabiyotlarni tizimli tahlil qilish metodidan keng foydalanildi. Tadqiqot doirasida 2008-2025 yillar oralig‘ida nashr etilgan milliy va xorijiy ilmiy manbalar, jumladan Web of Science, Scopus va Google Scholar ma’lumotlar bazalarida indekslanadigan maqolalar, monografiyalar va dissertatsiyalar chuqur tahlil qilindi. Qiyosiy-taqqoslash metodi yordamida turli muallif va davlatlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlardagi yondashuvlar, natijalar va xulosalar qiyosiy tahlil qilindi. Xususan, rivojlangan davlatlar, jumladan AQSh, Malayziya va Chili hamda O‘zbekiston sharoitida axborot mobilligini rivojlantirishdagi umumiy va o‘ziga xos jihatlar aniqlanishga e’tibor qaratildi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ta’limni boshqarish tizimlari, xususan Moodle, Canvas va Blackboard kabi LMS platformalari ta’limda axborot mobilligini ta’minlovchi asosiy texnologik platforma hisoblanadi. Elov va Yuldasheva tadqiqotida LMS tizimlarining talabalar taraqqiyotini kuzatish, topshiriqlarni samarali boshqarish, avtomatlashtirilgan baholash tizimini yaratish va o‘quv jarayonining shaffofligini ta’minlashdagi muhim roli ta’kidlangan. LMS platformalarining axborot mobilligini ta’minlashdagi asosiy afzalliklari bir necha yo‘nalishda namoyon bo‘ladi. Avvalo, markazlashtirilgan resurs bazasi barcha o‘quv materiallarini bitta platformada joylashtirish orqali talabalarning axborotni qidirish vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi.
Mtebe Sub-Sahara Afrikasi oliy ta’lim muassasalari misolida olib borgan tadqiqotida LMS tizimlaridan foydalanish samaradorligini belgilovchi muhim omillarni aniqladi[1]. Uning tadqiqotiga ko‘ra, tizim sifati, foydalanuvchilarning qoniqishi, o‘qituvchilarning kasbiy-raqamli kompetensiyalari, talabalarning raqamli savodxonligi hamda institutsional qo‘llab-quvvatlash darajasi LMS platformalarining samaradorligini bevosita belgilaydi. Mazkur omillarning yetarli darajada ta’minlanmasligi LMS orqali axborotga tezkor kirish va ta’lim jarayonida moslashuvchanlikni jiddiy cheklaydi. Ushbu yondashuv LMS platformalarini ta’lim jarayonida axborot mobilligini rivojlantirishning muhim texnologik vositasi sifatida qarashda pedagogik va institutsional omillarni kompleks hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi. Ta’limda axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi talabalarning axborotga tezkor va uzluksiz kirishini ta’minlash bilan birga, o‘quv jarayonining interaktivligini ham kuchaytirmoqda. Molnar va Nagy zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda sun’iy intellekt vositalarining ta’limdagi imkoniyatlari va mavjud muammolarini tahlil qilib, raqamli tengsizlik va ta’lim resurslariga kirishdagi cheklovlar o‘quv jarayonida axborot mobilligini to‘liq ta’minlashga to‘sqinlik qiluvchi omillar ekanini ko‘rsatadilar[2].
Martin, Sun va Westine tomonidan 2009-2018 yillar oralig‘ida onlayn o‘qitish va o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning tizimli tahlilida ta’lim jarayonida telekommunikatsiya texnologiyalarining samaradorligi va qo‘llanilish tendensiyalari aniqlangan[3]. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, sinxron vositalar talabalarning ishtirokini, motivatsiyasini va faol interaktivligini oshiradi, biroq ularning samaradorligi internet tezligi va qurilma sifati kabi texnik cheklovlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Asinxron aloqa vositalari, xususan elektron pochta, forumlar va LMS platformalaridagi xabar tizimlari talabalarga vaqt zonasi yoki shaxsiy jadval cheklovlaridan qat’i nazar o‘quv jarayonida barqaror ishtirok etish imkoniyatini beradi.
Ta’lim jarayonida multimedia resurslari va interaktiv kontentlar talabalarning axborot mobilligini boyituvchi muhim vosita hisoblanadi. Videodarslar, podkastlar, interaktiv simulyatsiyalar va animatsiyalar talabalarning tushunishini chuqurlashtiradi va ishtirokni oshiradi. Mayer multimedia ta’limi bo‘yicha fundamental tadqiqot olib borib, Multimedia ta’limi kognitiv nazariyasini ishlab chiqdi. Ushbu nazariya bir necha asosiy tamoyillarga asoslanadi[4]. Ikki kanal prinsipi bo‘yicha insonlar vizual va audio axborotlarni alohida kanallarda qayta ishlaydilar. Cheklangan hajm prinsipi shuni ko‘rsatadiki, har bir kanal cheklangan miqdordagi axborotni bir vaqtning o‘zida qayta ishlashi mumkin. Faol qayta ishlash prinsipi esa mazmunli o‘rganish talabalarning tegishli kognitiv jarayonlarni faol amalga oshirishini talab qilishini ta’kidlaydi. Mazkur yondashuvlar talabalarning axborotni tezkor qabul qilishi, uni tushunishi va mustahkamlashini ta’minlashda muhim didaktik vosita sifatida xizmat qiladi.
Bulutli xizmatlar, xususan Google Drive, Microsoft OneDrive va Dropbox o‘quv materiallarini saqlash va ulashishda muhim texnologiyalar bo‘lib, guruhli ishlashni qo‘llabquvvatlaydi. A.M.Mengliboyevich o‘z tadqiqotida talabalarning media savodxonligini rivojlantirish jarayonida bulut texnologiyalarining ahamiyatini ta’kidlab, bu xizmatlar talabalarning o‘quv materiallarini istalgan qurilmadan, istalgan vaqtda olish va tahrirlash imkoniyatini berishini ko‘rsatdi[5]. Bulut texnologiyalari sinxronizatsiya funksiyasi orqali talabalarning turli qurilmalardagi ishlarini avtomatik ravishda yangilab turadi, bu esa o‘quv jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi. Masud va Huang bulut kompyuteriga asoslangan elektron ta’lim tizimi arxitekturasini taklif qilgan va bulut texnologiyalarining ta’limdagi afzalliklarini tahlil qilganlar[6]. Ularning fikriga ko‘ra, bulutli xizmatlar bir qator muhim imkoniyatlarni ta’minlaydi. Moslashuvchan resurslar jihatidan talabalar soni yoki tizim hajmi o‘zgarganda tizim avtomatik ravishda miqyoslanadi, bu esa o‘quv jarayonining uzluksiz va barqaror bo‘lishini ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan o‘quv muassasalari qimmat serverlar va infratuzilmaga sarmoya kiritish o‘rniga bulut xizmatlarini ijara asosida ishlatish orqali xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi. Global mavjudlik talabalarning istalgan qurilmadan va istalgan vaqtda o‘quv resurslariga kirish imkonini ta’minlaydi. Hamkorlik imkoniyati bir nechta foydalanuvchiga bir xil hujjat ustida real vaqt rejimida ishlash imkoniyatini beradi, bu jamoaviy loyihalar va guruh ishlarini samarali tashkil etishni ta’minlaydi. Avtomatik zaxiralash va tiklash funksiyasi esa ma’lumotlarning yo‘qolish xavfini minimal darajaga tushiradi.
Bulutli texnologiyalar ayni paytda talabalarning hamkorlikdagi ishlashini sezilarli darajada osonlashtiradi. Google Docs, Sheets va Slides orqali bir nechta talaba bir hujjat, jadval yoki taqdimot ustida real vaqt rejimida ishlay oladi, o‘zgarishlar darhol barcha ishtirokchilarga ko‘rinadi va versiyalar tarixi saqlanadi. Maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida bulutli texnologiyalarining maxsus qo‘llanilish sohalari ham mavjud. GitHub va GitLab kabi versiya nazorati xizmatlari talabalarning dasturlash loyihalarini saqlash, hamkorlikda ishlab chiqish va versiyalarni boshqarish imkonini beradi. Replit va CodeSandbox kabi onlayn dasturlash muhitlari talabalarning hech narsa o‘rnatmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri brauzer orqali kod yozish va bajarish imkoniyatini taqdim etadi.
Ta’lim jarayonida axborot mobilligini rivojlantirishning asosiy muammolaridan biri raqamli tafovut, ya’ni talabalar o‘rtasida texnologik resurslarga kirish imkoniyatining tengsizligidir. Barcha talabalar yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i, zamonaviy raqamli qurilmalar va barqaror texnik qo‘llab-quvvatlashga ega emasligi axborotni izlash, qayta ishlash va undan samarali foydalanish imkoniyatlarini jiddiy cheklaydi. Van Dijk raqamli tafovutni to‘rtta asosiy darajaga ajratadi: motivatsion kirish ya’ni texnologiyadan foydalanishga bo‘lgan qiziqish va ehtiyoj, fizik kirish ya’ni kompyuter, internet va boshqa qurilmalarning mavjudligi, raqamli ko‘nikmalar ya’ni texnologiyalardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan malakalar hamda foydalanish darajasi ya’ni texnologiyalardan samarali va maqsadli foydalanish imkoniyati [7]. Uning ta’kidlashicha, raqamli tafovutni bartaraf etish faqat qurilmalar bilan ta’minlash bilangina cheklanmaydi, balki foydalanuvchilarning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish va texnologiyalardan ongli foydalanishni tizimli qo‘llabquvvatlashni ham talab qiladi. Jamalova O‘zbekiston sharoitida raqamli texnologiyalar ta’lim tizimiga jadal joriy etilayotganini qayd etgan holda, hududlar kesimida raqamli infratuzilma rivojlanishida sezilarli nomutanosiblik mavjudligini ko‘rsatadi [8]. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yirik shaharlar va markaziy hududlardagi ta’lim muassasalari internet va raqamli qurilmalar bilan nisbatan yaxshi ta’minlangan bo‘lsa, qishloq va chekka hududlarda internet aloqasining barqaror emasligi hamda shaxsiy raqamli qurilmalarning yetishmasligi talabalarning ta’lim platformalaridan samarali foydalanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Raqamli savodxonlik yetishmasligi yana bir muhim muammo hisoblanadi. Hargittai “raqamli mahalliylar” tushunchasiga shubha bilan qarab, yoshlarning internetdan foydalanish darajasi va sifati o‘rtasida sezilarli tafovutlar mavjudligini empirik jihatdan isbotladi [9]. Po‘latova O‘zbekiston sharoitida asosiy e’tibor ko‘pincha texnologik platformalar va infratuzilmani yaratishga qaratilishini, biroq talabalarning raqamli savodxonligi va axborot bilan mustaqil ishlash kompetensiyalarini rivojlantirish masalasi yetarli darajada tizimli yondashuv asosida amalga oshirilmayotganini ta’kidlaydi [10].
Raqamli ta’lim muhitida talabaning faol va mustaqil subyekt sifatida shakllanishi aynan ushbu kompetensiyalarni rivojlantirish bilan bog‘liqdir. Ta’lim jarayonida yuzaga kelayotgan muhim muammolardan yana biri texnologiyadan ortiqcha foydalanish natijasida vujudga keladigan raqamli charchash hisoblanadi. Fauville va hamkasblari “Zoom charchoqligi” fenomeni ilmiy jihatdan tahlil qilinib, videokonferensiya asosidagi darslarda uzoq vaqt ishtirok etgan talabalarda energiya darajasining pasayishi, diqqatni jamlashdagi qiyinchiliklar va umumiy ruhiy charchоq holatlari kuzatilishi aniqlandi[11]. Mannopova ta’kidlashicha, uzoq davom etuvchi sinxron onlayn mashg‘ulotlar talabalarda tez charchash, diqqatning susayishi va motivatsiyaning pasayishiga olib keladi[12]. Mazkur muammoni hal etish va ta’lim jarayonining barqarorligini ta’minlash maqsadida sinxron va asinxron o‘quv faoliyatlari o‘rtasida muvozanatni ta’minlash, mustaqil o‘rganishga yo‘naltirilgan asinxron topshiriqlar bilan boyitish talabalarda ortiqcha psixologik bosimni kamaytiradi.
Olib borilgan tadqiqot axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari orqali talabalarning axborot mobilligini rivojlantirish ko‘p qirrali va murakkab jarayon ekanligini ko‘rsatdi. Ushbu jarayon texnologik innovatsiyalar, pedagogik strategiyalar, institutsional qo‘llab-quvvatlash va talabalarning shaxsiy ko‘nikmalarining uyg‘unlikda ishlashini talab qiladi. Tadqiqot natijalariga asoslanib bir qator muhim xulosalar shakllantirildi. Birinchidan, texnologik infratuzilma muhimligi shundaki, LMS platformalari, videokonferensiya vositalari va bulutli texnologiyalar axborot mobilligini ta’minlovchi asosiy texnologik komponentlar hisoblanadi, biroq ularning samaradorligi nafaqat texnik imkoniyatlarga balki pedagogik va institutsional shart-sharoitlarga ham bog‘liqdir. Ikkinchidan, sinxron va asinxron integratsiya jihatidan eng samarali ta’lim dasturlari ikkala vositani muvozanatli tarzda birlashtirishga asoslanadi, bu talabalarning turli o‘rganish uslublari va vaqt cheklovlarini hisobga oladi.
Uchinchidan, multimedia va kognitiv optimallash nuqtai nazaridan matnli va vizual axborotlarni to‘g‘ri birlashtirib talabalarning kognitiv yuklamasini optimallashtirish va chuqurroq tushunishni ta’minlash mumkin. Amaliy tavsiyalar bir necha yo‘nalishda shakllantirildi. Ta’lim muassasalari uchun LMS platformalarini to‘liq funktsional tarzda joriy etish, o‘qituvchilar uchun doimiy malaka oshirish dasturlarini tashkil etish, talabalarni raqamli savodxonlik bo‘yicha o‘qitish va texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchilar uchun sinxron va asinxron vositalarni muvozanatli qo‘llash, multimedia materiallarni kognitiv tamoyillarga muvofiq yaratish, formativ feedback berish tizimini joriy etish va talabalarning individual ehtiyojlarini hisobga olish tavsiya etiladi. Talabalar uchun raqamli savodxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, vaqtni samarali boshqarish strategiyalarini o‘zlashtirish, akademik halollik prinsipiga rioya qilish va raqamli charchashdan qochish uchun muvozanatli rejim saqlash zarur.
Kelajak tadqiqotlar yo‘nalishlari sifatida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida talabalarning axborot mobilligini empirik baholash, informatika va maxsus fanlarni o‘qitishda AKT samaradorligini eksperimental o‘rganish, sun’iy intellekt va adaptiv platformalarning ta’lim jarayoniga ta’sirini tahlil qilish hamda raqamli tafovutni bartaraf etishning milliy darajadagi strategiyalarini ishlab chiqish belgilandi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Mtebe, J.S. (2015). Learning Management System Success: Increasing Learning
Management System Usage in Higher Education in Sub-Saharan Africa.
International Journal of Education and Development using ICT, 11(2), 51–64.
2. Molnár G. Current Issues in Effective Learning: Methodological and Technological
Challenges and Opportunities Based on Modern ICT and Artificial Intelligence / G.
Molnár, E. Nagy // 15th International Scientific Conference on Distance Learning
in Applied Informatics (DiVAI 2024) : proceedings. — Cham : Springer, 2025. —
P. 1–12. — (EAI/Springer Innovations in Communication and Computing)
3. Martin F. A systematic review of research on online teaching and learning from
2009 to 2018 / F. Martin, T. Sun, C. D. Westine // Computers & Education. —
2020. — Vol. 159. — Art. 104009. — DOI: 10.1016/j.compedu.2020.104009.
4. Mayer R. E. Multimedia Learning / R. E. Mayer. — 2nd ed. — Cambridge :
Cambridge University Press, 2009. — 318 p.
5. Mengliboyevich A. M. Development of media literacy of students in the process of
studying informatics and information technologies in our country / A. M.
Mengliboyevich // Web of Teachers: Inderscience Research. — 2024. — Vol. 2,
№ [aniq son, masalan 6 yoki 8]. — P. [sahifalar, masalan 113–118]. — URL:
6. Masud M. A. H. An E-learning System Architecture based on Cloud Computing /
M. A. H. Masud, X. Huang // World Academy of Science, Engineering and
Technology. — 2012. — Vol. 62. — P. 74–78. — URL:
learning+System+Architecture+based+on+v62-15.pdf (ochilgan sana:
21.01.2026).
7. Van Dijk J. A. G. M. The Digital Divide / J. A. G. M. van Dijk. — Cambridge:Polity
Press, 2020. — 208 p. — ISBN 978-1-5095-3880-5.
8. Jamalova U.N. Digital technology in the education system of Uzbekistan //
International Journal of Science and Technology. — 2025. — Vol. 2, Iss. 6. — P.
86–87. — DOI: 10.70728/tech.v2.i06.031.
9. Hargittai E. (2010). Digital Na(t)ives? Variation in Internet Skills and Uses among
Members of the "Net Generation". Sociological Inquiry, 80(1), 92–113. DOI:
10.1111/j.1475-682X.2009.00317.x
10. Po‘latova E. O‘zbekistonda raqamli ta’lim: tahlillar, muammolar va yechimlari //
Journal of New Century Innovations. — 2024. — T. 54, № 4. — B. 155–160.
11. Fauville, G., Luo, M., Queiroz, A.C.M., Bailenson, J.N., Hancock, J. (2021).
Nonverbal Mechanisms Predict Zoom Fatigue and Explain Why Women
Experience Higher Levels than Men. SSRN Electronic Journal. DOI:
10.2139/ssrn.3820035
12. Mannopova R. Zoom fatigue (Zoomdan charchash) hodisasining kognitiv
yuklamaga ta’siri va uni kamaytirish yo‘llari // Naука и технологии в
современном мире. — 2025. — № 23. — B. 141–143.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.