AXBOROT XAVFSIZLIGIGA TAHDIDLARNI TAHLILI VA BAHOLASH
Ibragimov Nodirjon Nusriddinovich
TATU Qarshi filiali AT-Servis kafedrasi dotsenti i.f.f.d (PHD)
Abduraxmanov Vohid Abdumuqim o‘g‘li
TATU Qarshi filiali АX -12-20 guruh talabasi
Amirov Akbarshox Dilshod o‘g‘li
TATU Qarshi filiali АX -11-20 guruh talabasi
Shukurova Sitora Zayir qizi
TATU Qarshi filiali TT -12-21 guruh talabasi
Gulboyeva Sabrina G‘ofur qizi
TATU Qarshi filiali TT 11-22 guruh talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada axborot tushunchasi, axborotlarning turlari, axborot xavfziligiga tahdid va ularning turlari, axborot xavfsizligning ahamiyati kabi tushunchalar bayon etilgan. Axborot xavfsizligiga tahdidlar zamonaviya asoslar asosida talqin etilgan.
Kalit so‘zlar: axborot, axborortlarning turlari, xavfsizlik turlari, axborot xavfsizlgi, axborot xavfsizligi turlari.
Insonning butun hayoti axborotni qabul qilish, saqlash va qayta ishlash bilan bog‘langan. Umuman olganda, inson bilimi ham to‘plangan va tartiblangan axborotdir. Ammo inson miyasi nechog‘li mukammal bo‘lmasin, juda katta miqdordagi axborotning hammasini xotirasida saqlay olmaydi va avloddan-avlodga hech bir o‘zgarishsiz uzatib bermaydi. Shu tariqa axborotlarni saqlab, eslab turadigan texnik vositalarga zaruriyat tug‘ildi. Bundan tashqari, axborot har bir millatning boyligi hisoblanadi, shu sababli uni shunday saqlash lozimki, undan kerakli vaqtda kerakli hajmda foydalanish mumkin bo‘lsin. Shundagina uning bahosi beqiyos bo‘ladi. Aynan shuning uchun kompyuterlar bugungi kun talabiga javob beradigan texnik vositalari va qurilmalaridan samarali foydalanishga harakat qiladi. Prezidentimiz va hukumatimizning diqqat markazidagi masalalar qatoriga ta’lim jarayonini axborotlashtirish masalasi ham kirib, ushbu masalani hal etish bo‘yicha qator qonunlar va qarorlar qabul qilindi. Bu qonun va qarorlarning asosini o’quv jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar hamda multimediya vositalarini keng joriy etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yaxshi biladigan va o‘z kasbiy faoliyatida ulardan samarali foydalanadigan yuqori malakali, axboriy madaniyatga ega mutaxassislarni tayyorlash tashkil etadi. Hech kimga sir emas, bugungi bozor iqtisodiyotiga o‘tilayotgan dorilomonzamonda jamiyatimiz taraqqiyoti xalq xo‘jaligining har sohasiga yangidanyangi texnologiyalarni, jumladan yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jalb qilishni ta’qoza etmoqda. Oxirgi paytda kompyuter tizimlarining turli sohalarda va keng ko’lamda ishlatilishi hamda axborotlashtirishning jadal taraqqiy etishi axborot xavfsizligi muammosini keltirib chiqarmoqda. Xavfsizlik muammosi har qanday tizim uchun uning murakkabligi, tabiatidan qat’i nazar birlamchi vazifa hisoblanadi. Tez rivojlanib borayotgan kompyuter axborot texnologiyalari bizning kundalik xayotimizning barcha jabxalarida sezilarli o’zgarishlarni olib kirmoqda. Shu bilan birga axborotning baxosi ko’p xollarda uning o’zi joylashgan kompyuter tizimining baxosida bir necha yuz va ming barobarga oshib ketmokda. Shuning uchun tamomila tabiiy xolda axborotni unga ruxsat etilmagan xolda kirishdan, qasddan uzgartirishdan, uni ug’irlashdan, yo’qotishdan va boshqa jinoiy xarakterlardan ximoya qilishga kuchli zarurat tug’iladi. Bugungi kunda axborot xavfsizligi jamiyatdagi bosh muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Bunga sabab, keng ko’lamda axborotlarni jamlash, saqlash, qayta ishlash va uzatishning turli xil vositalari va usullaridan foydalanishdir. Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi axborotni himoyalovchi texnikani qo‘llaydigan idoralar va ijro etuvchilar hamda himoya obyektlari majmuini ifodalaydi. Bu tizim axborotni muhofaza qilish sohasidagi huquqiy, tashkiliy boshqaruv va me’yoriy hujjatlarga muvofiq tashkil etiladi va faoliyat yuritadi. Shu bilan birga mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va davlat xavfsizligini axborot sohasidagi ichki va tashqi tahdidlardan himoyalashga yo‘naltirilgan.
Shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yо‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bо‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, kо‘zga kо‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bо‘lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin. Birgina sо‘ngi о‘n besh yillik ichida О‘zbekistonimizning Mustaqil taraqqiyotini kо‘ra olmayotgan diniy ekstremistik guruhlar beqarorlik urug‘ini sepish, xalqimizni о‘zi tanlagan yо‘ldan ozdirish, chalg‘itish uchun ne-ne kuchlarni ishga solmadilar, har qanday qabih vositalardan foydalandilar.
Quyidagi omillar ushbu mavzuning dolzarbligini ko‘rsatadi:
- mafkuraviy tahdid jamiyat taraqqiyoti uchun jiddiy xavf ekanligini ochibberish;
- globallashuv jarayonlari va ma’naviy-axboriy tahdidlarning
namoyonbо‘lish xususiyatlarini yoritish;
- mafkuraviy tahdidlarni oldini olishda ommaviy axborot
vositalariningahamiyatini tahlil qilish;
- ma’naviy tahdid – о‘zligimiz va kelajagimizga tahdid ekanligini yoritish;
- ma’naviy tahdidlarga qarshi immunitetni
shakllantirish omillarini tahlil qilish;
- fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish zaruriyatini yoshlarga tushuntirish;
- jamiyatimizdagi turli ma’naviy-axboriy tahdidlarga qarshi kurashishda axborot olish madaniyatini shakllantirishdan iborat.
Bugungi kunda har qanday taraqqiy etgan jamiyat hayotida axborotning ahamiyati uzluksiz ortib bormoqda. Uzoq o‘tmishdan davlatning harbiy-strategik ahamiyatiga molik bo‘lgan ma’lumotlar qat’iy sir tutilgan va himoyalangan. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish texnologiyalariga va mahsulotlarni sotishga tegishli axborot tovar ko‘rinishiga ega bo‘lib, ichki va tashqi bozorda unga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Axborot texnologiyalari avtomatlashtirish va axborotni muhofaza qilish yo‘nalishlarida muntazam mukammallashib bormoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalarining taraqqiyoti sanoat shpionaji, kompyuter jinoyatchiligi, konfedensial ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish, o‘zgartirish, yo‘qotish kabi salbiy hodisalar bilan birgalikda kuzatilmoqda. Shuning uchun axborotni muhofaza qilish har qanday mamlakatda muhim davlat vazifasi hisoblanadi. O‘zbekistonda axborotni muhofaza qilishning zaruriyati axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi yaratilishida va axborot xavfsizligining huquqiy bazasini rivojlantirishda o‘z ifodasini topmoqda. “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”, “Elektron hisoblash mashinalari dasturlari va ma’lumotlar bazalarini huquqiy himoya qilish to‘g‘risida” va boshqa qonunlar hamda bir qator hukumat qarorlari qabul qilindi va amalga tatbiq etildi. Ахbоrоtni qаndаy yo’qоtish mumkinligini vа bu qаndаy оqibаtlаrgа оlib kеlishini bаrchа hаm tushunаvеrmаydi. Misol uchun xаkеrlаr Yahoo.com, Amazon.com kаbi kоmpаniyalаrgа vа hаttо kоsmik tаdqiqоt аgеntiligi NASAga kаttа zаrаr yеtkаzdilаr. Хаvfsizlik хizmаti bоzоrining eng yirik nоmоyondаlаridаn biri RSA Security, hаr qаndаy tахdidgа qаrshi chоrа bоrligi хususidаgi o’ylаmаsdаn qilgаn bаyonоtidаn bir nеchа kundаn kеyin, хujumgа duchоr bo’ldi.
XULOSA
Ushbu resursdan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirishni ta’minlaydi. Bunday jamiyatda axborot almashuvi tezligi yuksaladi, axborotlarni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo’yicha ilg’or axborot – kommunikatsiyalar texnologiyalarini qo’llash kengayadi. Turli xildagi axborotlar xududiy joylashishidan qat’iy nazar bizning kundalik hayotimizga Internet halqaro kompyuter tarmog’i orqali kirib keldi. Axborotlashgan jamiyat shu kompyuter tarmog’i orqali tezlik bilan shakllanib bormoqda. Axborotlar dunyosiga sayohat qilishda davlat chegaralari degan tushuncha yo’qolib bormoqda. Jahon kompyuter tarmog’i davlat boshqaruvini tubdan o’zgartirmoqda, ya’ni davlat axborotlarning tarqalishi mexanizmini boshqara olmay qolmoqda. Shuning uchun xam mavjud axborotlarga noqonuniy kirish, ulardan foydalanish va yo’qotish kabi muammolar dolzarb bo’lib qoldi. Bularning bari shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligi darajasining pasayishiga olib kelmoqda. Davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi milliy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy va ajralmas qismi bo’lib, axborot himoyasi esa davlatning birlamchi masalalaridan biri bo’lib bormoqda.
Adabiyotlar ro‘yxati: 1. Nusriddinovich, I. N., & Ilhomkhojayevna, A. N. (2022). CYBER THREATS,
VULNERABILITIES AND RISKS IN ECONOMIC SECTORS. Galaxy International
Interdisciplinary Research Journal, 10(9), 139-140. 2. Ibragimov, N., Amirov, A., & Abduraxmanov, V. (2022). AXBOROT TIZIMLARINING TAHDIDGA ZAIFLIGI. Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: Muammolar va yechimlar, 1(28), 15-18. 3. Ibragimov, N. N. (2021, April). AN IMITATION MODEL OF THE DEVELOPMENT OF PUBLIC UTILITIES. In Archive of Conferences (Vol. 19, No. 1, pp. 18-20).
4. Ibragimov, N. N. (2021, April). EMPIRICAL MODELING OF PUBLIC
UTILITIES. In Archive of Conferences (Vol. 18, No. 1, pp. 19-20).
5. Ibragimov, N. N. (2021, April). ECONOMETRIC MODELING OF PUBLIC
UTILITIES. In Archive of Conferences (Vol. 20, No. 1, pp. 54-55). 6. Mukhitdinov, S. K., & Ibragimov, N. N. (2021, April). THE IMPORTANCE OF
IMPROVING THE QUALITY OF INFORMATION AND COMMUNICATION
TECHNOLOGIES IN THE PROVISION OF UTILITY SERVICES. In Archive of
Conferences (Vol. 20, No. 1, pp. 52-53). 7. Mukhitdinov, K. S., & Ibragimov, N. (2021). Providing household goods and computer repair services to the population of the region. South Asian Journal of Marketing & Management Research, 11(2), 22-32. 8. Ibragimov, N. N., Aliev, G. M., Abdinov, D. S., Mamedov, S. M., & Mekhtieva, S. I. (1970). Certain results of research on selenium. Soviet Physics Uspekhi, 12(6), 792. 9. ISO 15190:2003. Medical laboratories — Requirements for safety. 10. Reason J. Human error. — New York: Cambridge University Press, 1990. — 316 p 11. CWA 15793:2008. Laboratory biorisk management standard. 12. ISO/IEC 51:1999. Safety aspects — Guidelines for their inclusion in standards. 13. . ISO/IEC Guide 73:2009. Risk management — Vocabulary — Guidelines for use in standards. 14. ISO 31000:2009. Risk management — Principles and guidelines.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.