ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

BINOLARDAN SAMARALI VA TEJAMKOR FOYDALANISH ASOSIDA UY-JOY QURILISHINI TASHKIL ETISH MASALALARI

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada mamlakatimiz hududlarida uy-joy qurilishida va ekspluatasiya davrida kam mablagʻ talab etuvchi texnologiyalarni qoʻllash va binolardan samarali foydalanishni tashkil etish, uy-joy qurilishida resurs tejamkor energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanish masalalari. Shuningdek, hududlarda  aholini uy-joy bilan ta'minlash  tahlili asosida mavjud  muammoni echishda, bozor mexanizmlarini samarali qoʻllash yoʻli bilan bu muammoni echish boʻyicha xulosa, tavsiya va takliflar berilgan.


В данной научной статье речь идет об использовании малозатратных технологий при строительстве жилья и в период его эксплуатации, организации эффективного использования зданий, использовании ресурсосберегающих и энергосберегающих технологий в жилищном строительстве. Также на основе анализа обеспечения жильем населения в регионах даются выводы, рекомендации и предложения по решению существующей проблемы путем эффективного использования рыночных механизмов.

Full PDF Document

Related Articles

Full text

UY-JOY QURILISHINI TASHKIL ETISH MASALALARI

Iqtisodiyot va servis instituti i.f.f.d. (Phd) Norqobilov N Iqtisodiyot va servis instituti

мagistranti

Abdullaev J

ANNOTASIYA

Ushbu ilmiy maqolada mamlakatimiz hududlarida uy-joy qurilishida va ekspluatasiya davrida kam mablagʻ talab etuvchi texnologiyalarni qoʻllash va binolardan samarali foydalanishni tashkil etish, uy-joy qurilishida resurs tejamkor energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanish masalalari. Shuningdek, hududlarda aholini uy-joy bilan ta'minlash tahlili asosida mavjud muammoni echishda, bozor mexanizmlarini samarali qoʻllash yoʻli bilan bu muammoni echish boʻyicha xulosa, tavsiya va takliflar berilgan.

ВОПРОСЫ ОРГАНИЗАЦИИ ЖИЛИЩНОГО СТРОИТЕЛЬСТВА НА

ОСНОВЕ ЭФФЕКТИВНОГО И ЭКОНОМИЧНОГО ИСПОЛЬЗОВАНИЯ

ЗДАНИЙ

Аннотация (рус)

В данной научной статье речь идет об использовании малозатратных технологий при строительстве жилья и в период его эксплуатации, организации эффективного использования зданий, использовании ресурсосберегающих и энергосберегающих технологий в жилищном строительстве. Также на основе анализа обеспечения жильем населения в регионах даются выводы, рекомендации и предложения по решению существующей проблемы путем эффективного использования рыночных механизмов.

ISSUES OF ORGANIZING HOUSING CONSTRUCTION ON THE

BASIS OF EFFICIENT AND ECONOMIC USE OF BUILDINGS

АBSTRAKT

This scientific article deals with the use of low-cost technologies in the construction of housing and during the period of operation, the organization of efficient use of buildings, the use of resource-saving and energy-saving technologies in housing construction. Also, based on the analysis of providing housing to the population in the regions, conclusions, recommendations and suggestions on solving the existing problem by effectively using market mechanisms are given.

Key words: Economy, exploitation, project. initial-permitting documents, technical and economic basis.

Ключевы слова Экономика, эксплуатация, проект, исходноразрешительная документация, технико-экономическая основа. рост, занятость, эффективность, предпринимательство, рыночная инфраструктура, процветание, сервис.

Kalit so‘zlar: tejamkorlik, ekspluatasiya, loyiha. boshlangʻich-ruxsat beruvchi hujjatlar, texnik iqtisodiy asosnoma.

KIRISH

Kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlari orasida turar-joyga boʻlgan ehtiyoj eng birinchi va asosiy ehtiyojlardan biri hisoblanadi. Zero, turar-joyga nisbatan ehtiyoji qondirilmasdan turib inson xotirjam hayot kechirish va oʻzini erkin his qilish imkoniyatiga ega boʻlmaydi. Oʻzbekiston Respublikasining Sh.M.Mirziyoevning tashabbusi avvalo fuqkorolarimiz turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan konun va farmoyishlar ustida ish olib bormoqda. Ushbu qonun hujjatlarida uy-joy islohotlarining eng muhim jihati – mulkdorlar sinfini shakllantirishning dastlabki asosi sifatida uyjoyga boʻlgan xususiy mulkchilikni vujudga keltirish, kishilarda mulkdorlik hissini vujudga keltirish va eng muhimi aholini uy-joy bilan ta'minlashga qaratilgan ehtiyojni qondirish hisoblanadi. Bizga ma'lumki, iqtisodiyotning bosh masalasi cheksiz ehtiyojlarni cheklangan resurslar bilan samarali qondirish hisoblanadi. Uy-joy qurilishida tejamkorlikka erishish va binolardan samarali foydalanishda aholining ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish masalasi yotadi.

Iqtisodiy tomondan uy joy qurilishida har yil sarflanadigan mablagʻlardan tejamkorlik bilan foydalanib koʻproq foyda olishga harakat qilinadi, ammo iqtisodiy yondashuvdan koʻra uy joy binolari qurilishida bino sathidan unumli foydalanishni tashkil etish qurilish jarayonidagi iqtisodiy samaradan koʻra bir necha marta katta ahamiyatga ega hisoblanadi.

Aynan qurilgan binoning mustahkam, chidamli, isitish uchun koʻp energiya sarf qilinmaydigan, kommunal resurslardan tejamli foydalanish imkonini buruvchi, teztez qayta ta'mirlashga ehtiyoj hosil qilmaydigan xususiyatga ega boʻlishi binoga qoʻyiladigan zarur talablaridan biri boʻlib uning samarasi bino faoliyat koʻrsatib tugatilguniga qadar davom etadi.

Shu ma'noda tejamkorlik va uydan samarali foydalanish masalalari bir-biriga qarama-qarshi kategoriyalardir.

Shuning uchun uy-joy qurilishi va uning faoliyati davomida ushbu qarama-qarshi koʻrsatkichlarni bir-biriga ta'sirini kamaytirish, ya'ni tejamkor va ekspluatasiya davrida kam mablagʻ talab etuvchi texnologiyalarni qoʻllash oʻta muhim masala hisoblanadi. Hozirgi fan va texnika taraqqiy etgan sharoitda qurilishni tejamkorlik bilan olib borishda qurilish jihozlarini va qurilmalarni toʻgʻri tanlash, ya'ni foydalanish jarayonida eng tejamkor texnologiyalarni tanlash samaradorlikning asosiy manbai hisoblanadi. Bundan tashqari binoning qavati qurilish hajmini toʻgʻri tanlash ham tejamkorlik omillaridan biridir.

Respublikamizda mutaqillikka erishilganidan keyin arxitektura-qurilish sohasida ishlab chiqilgan me'yoriy hujjatlarda mahalliy sharoitni va tejamkor texnologiyalarni qoʻllashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shuning uchun uy-joy sohasida bino qurilishi hamda kapital ta'mirlash va rekonstruksiya qilish jarayonlarida arxitektura me'yorlaridan toʻliq va unumli foydalanish zarur. Demak, loyiha tanlashda bir necha xil loyihalardan texnik va iqtisodiy tomon yuqori samaradorlikka ega boʻlganini tanlash yaxshi natija beradi.

Uy joy, kommunal xoʻjaligi sohasida binolardan foydalanishni samarali tashkil etish masalasi kommunal xizmatlar uchun toʻlov miqdorini kamaytirish, uy xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish, resurslardan oqilona foydalanish va uy joy mulkdorlarining moliyaviy mablagʻlaridan samarali foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Binodan foydalanishni samarali tashkil etish masalasi bino qurilishi uchun loyiha tayyorlash jarayonida Texnik iqtisodiy asosnoma (APZ) tayyorlashdan boshlanadi. Texnik iqtisodiy asosnomada binoga qoʻyiladigan muhandislik va kommunal servis vazifalari yoritib beriladi. Aynan, bino qurilayotgan hudud va ushbu hududagi 24 mahandislik kommunikasiyalarining mavjudligi bino qurilishida xonadonlarning obodolashganligini ta'minlash imkonini beradi. Bunda binoning joylashishi asosiy kommunal xizmatlar turlari tarkibiga kiruvchi kommunikasiyalari mavjudligi va ularga binoni ulanish imkoniyati mavjudligidan kelib chiqqan holda asoslanishi lozim. Bu kommunikasiyalarga ulanish i mkoniyatini asoslash uchun mazkur xizmatlarni koʻrsatuvchi har bir kommunal xoʻjaligi korxonalari bilan binoni qurilish joyini kelishish lozim boʻladi.

Bino qurilishi joyini kelishish ishlari bino qurilishiga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibiga asolangan holda amalga oshiriladi. Bino qurilishiga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022 yil 24 avgustdagi PF-198-son farmoniga muvofiq davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etishda ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash hamda sohada davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 11 martdagi 124-son Qaroriga muvofiq tasdiqlangan - Investisiya loyihasi uchun boshlangʻich ruxsat berish hujjatlarining tarkibi, ularni ishlab chiqish, kelishtirish va tasdiqlash toʻgʻrisidagi Nizom ga muvofiq tayyorlanadi. Bino va inshootlar qurilishi uchun boshlangʻich ruxsat beruvchi hujjatlar kapital qurilish va arxitektura sohasida amal qiladigan qonunlar va me'yoriy hujjatlar asosida tayyorlanadigan loyiha va tender hujjatlarini ishlab chiqish uchun zarur hujjatlar paketidan iborat.

Bino qurilishini loyihalashda muhandislik kommunikasiyalari trassasi va ularga binoni bogʻlovchi kommunikasiyalarni optimal joylashtirish va qurilayotgan binoda eng soʻnggi fan-texnika yutuqlari asosida ishlab chiqarilgan muhandislik uskunalarining oʻrnatilish kommunal xizmatlar koʻrsatishda resurslardan eng optimal foydalanish imkonini beradi. Shuningdek, binodan samarali foydalanishni tashkil etish binoni Davlat qabul komissiyasi tomonidan ekspluatasiyaga qabul qilish jarayonida muhandislik tarmoqlarini toʻla quvvatda va mukammal faoliyat koʻrsatayotgan holda qabul qilishga va ularni ekspluatasiya qilish ishlarini binoning texnik pasportida keltirilgan me'yor va talablar asosida tashkil etishga bogʻliq boʻladi.

REFERENCES

Norqobilov, N. (2020). The role of foreign investment in the development of the economy of Kashkadarya region. Business Expert, 1, 145.

Norqobilov, N., & Abdullayev, J. (2023). Specific features of solving the housing problem in our country in the context of economic reforms. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 3(2), 21-23.

Норқобилов, Н. Н. (2017). Таълим тизимини бюджетдан ташқари молиялаштириш ва кадрлар тайёрлашда маркетингнинг ўрни. Современное образование (Узбекистан), (8), 36-40.

Norqobilov, N., & Rasulov, F. (2023). THE ROLE OF SOCIAL PROTECTION

IN IMPROVING THE LIVING WELL-BEING OF THE

POPULATION. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 3(2), 24-25.

Norkobilov, N. N. (2021). Structure and features of expanding investment in the southern region of uzbekistan. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 11(11), 704-709.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.