KIRISH: mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim pedagoglarining axborot bilan ishlash kompetentligini sun’iy intellekt modellaridan foydalanish orqali rivojlantirish metodikasi yoritiladi. “inklyuziv ta’lim. gospital pedagogika” fanini o‘qitish jarayonida SI texnologiyalarining didaktik imkoniyatlari, metodik asoslari va samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil qilinadi. MAQSAD: tadqiqotning maqsadi — inklyuziv va gospital pedagogika sharoitida axborot bilan ishlash kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik modelni ishlab chiqish va SI vositalaridan foydalanish orqali pedagoglarning axborotni izlash, saralash va amaliy qo‘llash ko‘nikmalarini mustahkamlashdir. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda nazariy tahlil, pedagogik umumlashtirish, kontent-tahlil va didaktik modellashtirish metodlari qo‘llanildi. SI modellarining adaptiv o‘quv tizimlari va interaktiv mashg‘ulotlardagi imkoniyatlari sinovdan o‘tkazildi. NATIJALAR VA MUHOKAMA: natijalar shuni ko‘rsatdiki, SI texnologiyalaridan foydalanish maxsus ehtiyojli bolalar bilan ishlashda pedagoglarning axborot bilan ishlash kompetentligini sezilarli darajada rivojlantiradi. axborotni izlash, saralash va qo‘llash ko‘nikmalari mustahkamlanadi, ta’lim jarayoni esa individualizatsiyalashgan va transformatsion xarakter kasb etadi. XULOSA: SI modellaridan foydalanish boshlang‘ich ta’lim pedagoglari uchun zamonaviy metodik vosita bo‘lib, inklyuziv va gospital pedagogika sharoitida ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
INTRODUCTION: this article explores the methodology of developing informationhandling competence among future primary school teachers through the use of artificial intelligence (AI) models. the didactic potential, methodological foundations, and ways of increasing the effectiveness of AI technologies in teaching the subject “inclusive education. hospital pedagogy” are analyzed. PURPOSE: the aim of the study is to design a methodological model for enhancing information-handling competence in inclusive and hospital pedagogy settings, and to substantiate the opportunities of AI in improving teachers’ skills of searching, selecting, and applying information in practice. MATERIALS AND METHODS: methods included theoretical analysis, pedagogical generalization, content analysis, and didactic modeling. adaptive learning systems and interactive sessions based on AI technologies were tested. RESULTS AND DISCUSSION: the findings show that the use of AI significantly enhances teachers’ information-handling competence when working with children with special needs. skills of searching, filtering, and applying information are strengthened, while the educational process becomes individualized and transformational. CONCLUSION: AI models serve as a modern methodological tool for primary education teachers, contributing to the effectiveness of teaching in inclusive and hospital pedagogy contexts.