KIRISH: maqolada O‘zbekiston Respublikasining “Harakatlar strategiyasi” va shu asosda qabul qilingan Davlat dasturi, shuningdek, “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” doirasida amalga oshiriladigan ta’lim dasturlari asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning lingvistik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari metodologik jihatdan yoritilgan. Maqolada lingvistik kompetensiyaning nazariy asoslari, pedagogik jarayonda qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalar va ularning professional faoliyatga tatbiqlanishi tahlil qilingan. Shu bilan birga, o‘qituvchilik kasbiga tayyorlov jarayonida til bilimlari, kommunikativ va metakognitiv ko‘nikmalarni shakllantirishning amaliy strategiyalari ham batafsil ko‘rib chiqilgan. MAQSAD: maqolaning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarning lingvistik kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish texnologiyalarini ilmiy asosda tahlil qilish, ularning pedagogik jarayonda samaradorligini baholash hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishni taqozo etadi. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda dialektik yondashuv, tahlil va sintez, kompleks yondashuv, qiyosiy va klaster tahlil, guruhlash, so‘rovnomalar, ekspert baholash, statistik va matematik usullardan foydalanildi. Shu bilan birga, eksperimental pedagogik mashg‘ulotlar, interaktiv va metakognitiv strategiyalar, AKT vositalari orqali olingan natijalar tahlil qilindi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, bo‘lajak o‘qituvchilarning lingvistik kompetensiyasini rivojlantirishda kompleks texnologiyalarni qo‘llash samarali bo‘lib, talabalar tilni amaliyotda qo‘llash, kommunikativ va metakognitiv qobiliyatlarni shakllantirishda sezilarli ijobiy natijalarga erishdi. Interaktiv metodlar va AKT yordamida mashg‘ulotlar olib borish talabalarning til bilimlarini mustahkamlashga, ularni pedagogik vaziyatlarga moslashishga va ijodiy fikrlashga yo‘naltirishga imkon yaratdi. XULOSA: bo‘lajak o‘qituvchilarning lingvistik kompetensiyasi rivojlantirilganda ular nafaqat til bilimlarini chuqur o‘zlashtiradi, balki pedagogik vaziyatlarda tilni samarali ishlatish, kommunikativ ko‘nikmalarni mustahkamlash va metakognitiv qobiliyatlarni rivojlantirish imkoniga ega bo‘ladi. Lingvistik kompetensiyani ilmiy asosda rivojlantirish ta’lim jarayonining sifatini oshiradi va bo‘lajak o‘qituvchilarning professional faoliyatga tayyorgarligini ta’minlaydi.
INTRODUCTION: the article discusses technological approaches to developing the linguistic competence of future teachers within the framework of the “Action Strategy” of the Republic of Uzbekistan and the corresponding State Program, as well as in the “Year of Development of Science, Education, and Digital Economy.” Special attention is given to the methodological foundations for forming linguistic competence, theoretical concepts, and pedagogical strategies aimed at developing communicative and metacognitive skills in future educators. AIM: the purpose of the study is to examine and scientifically analyze technologies for developing the linguistic competence of future teachers, assess their effectiveness in the educational process, and develop practical recommendations for pedagogical practice. MATERIALS AND METHODS: the study employed a dialectical approach, analysis and synthesis, a comprehensive approach, comparative and cluster analysis, grouping, sociological surveys, expert assessment, and statistical and mathematical methods. In addition, pedagogical experiments, interactive and metacognitive strategies, as well as information and communication technologies (ICT), were applied. DISCUSSION AND RESULTS: the results indicated that the integrated use of modern educational technologies contributes to the formation of linguistic competence, the development of effective communication skills, and metacognitive thinking among students. Interactive methods and ICT allowed students to consolidate language knowledge, adapt to pedagogical situations, and develop creative thinking. CONCLUSION: developing the linguistic competence of future teachers ensures deep mastery of language knowledge, effective use of language in pedagogical situations, and the development of communicative and metacognitive skills. Scientifically grounded development of linguistic competence improves the quality of the educational process and prepares students for successful professional activity.