KIRISH: mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy qadriyatlar tizimini shakllantirishda etnopedagogik omillar hamda zamonaviy ta’lim talablarining o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash masalalari tadqiq etiladi. milliy an’analar va zamonaviy “yumshoq ko‘nikmalar” o‘rtasidagi mushtaraklik ilmiy asosda yoritiladi. MAQSAD: tadqiqotning maqsadi — bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy qadriyatlarni shakllantirishda etnopedagogik omillarni zamonaviy ta’lim talablariga uyg‘unlashtirish, milliy an’analar va “soft skills”ni integratsiyalashgan model asosida o‘qitish metodikasini ishlab chiqishdir. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda aksiologik yondashuv, etnopedagogik tahlil, raqamli didaktika vositalari va integrativ model asosida pedagogik kuzatuv metodlari qo‘llanildi. NATIJALAR VA MUHOKAMA: natijalar shuni ko‘rsatdiki, etnopedagogik qadriyatlar va zamonaviy “yumshoq ko‘nikmalar” uyg‘unligi bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy kompetensiyani rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. innovatsion didaktik vositalar yordamida qadriyatlar tizimi zamonaviy ta’lim ehtiyojlariga moslashtiriladi. XULOSA: etnopedagogika va zamonaviy ta’lim talablarining integratsiyasi bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy qadriyatlar tizimini shakllantirishning samarali yo‘li bo‘lib, bu jarayon kasbiy kompetensiyani mustahkamlash va ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
INTRODUCTION: this article explores the role of ethnopedagogical factors and modern educational requirements in shaping the system of professional values among future teachers. it highlights the intersection of national traditions and contemporary “soft skills.” PURPOSE: the aim of the study is to scientifically substantiate the commonalities between national traditions and soft skills, and to develop an integrative model for teaching them through innovative didactic tools. MATERIALS AND METHODS: the study employed an axiological approach, ethnopedagogical analysis, digital didactics, and pedagogical observation within an integrative framework. RESULTS AND DISCUSSION: findings indicate that the synthesis of ethnopedagogical values and modern soft skills is crucial for developing professional competence in future teachers. innovative didactic tools enable the adaptation of value systems to contemporary educational needs. CONCLUSION: integrating ethnopedagogy with modern educational requirements provides an effective pathway for shaping professional values among future teachers, strengthening their competencies, and enhancing the quality of education.