ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

BOʻLAJAK TARBIYACHILARNING IJODIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH ORQALI BOLALARDA MUSTAQIL FAOLLIKNI SHAKLLANTIRISH

Abstract

Ushbu maqolada boʻlajak tarbiyachilarning ijodiy kompetensiyalarini rivojlantirish yoʻnalishlari keltirilgan. Boʻlajak tarbiyachilar va ota-onalarga maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining asosiy yoʻnalishlari va metodlari tavsiya etilgan.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

--⊱⊱ 25 ⊰⊰--

SHAKLLANTIRISH

Salimova Dilmira Farxodovna

Alfraganus Universiteti

Pedagogika kafedrasi dotsenti, PhD

Annotasiya: Ushbu maqolada boʻlajak tarbiyachilarning ijodiy kompetensiyalarini rivojlantirish yoʻnalishlari keltirilgan. Boʻlajak tarbiyachilar va ota-onalarga maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining asosiy yoʻnalishlari va metodlari tavsiya etilgan.

Kalit soʻzlar: maktabgcha yosh, oʻyin, boʻlajak tarbiyachi, ijodiy kompetensiya, taʼlimtarbiya, qobiliyat, faoliyat, metod

Аннотация: В статье представлены направления развития творческих компетенций будущих педагогов. Основные направления и методы развития детей дошкольного возраста рекомендованы будущим педагогам и родителям.

Ключевые слова: дошкольный возраст, игра, будущий педагог, творческие компетенции, образование, способность, деятельность, метод

Abstract: This article presents areas for developing creative competencies in future teachers. Key areas and methods for developing preschool-age children are recommended for future teachers and parents.

Key words: preschool age, game, future teacher, creative competencies, education, ability, activity, method Mamlakatimizda maktabgacha taʼlim tizimini takomillashtirishga qaratilgan islohotlar doirasida taʼlim sifatini oshirish, har bir bolaning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda taʼlimtarbiya jarayonini tashkil etish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bu vazifalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi, avvalo, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar bilan olib boriladigan pedagogik faoliyatning toʻgʻri tashkil etilishiga bogʻliqdir.[2] Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi qonun ham maktabgacha taʼlim va tarbiyaning asosiy maqsadlari hamda davlat oldiga qoʻyiladigan vazifalarni belgilaydi. Unda maktabgacha taʼlim bolalarni har tomonlama rivojlantirish, umumiy oʻrta taʼlimga tayyorlash, shuningdek ijtimoiy, maʼnaviy va psixologik jihatdan shakllantirishga xizmat qilishi belgilangan.[1]

Maktabgacha taʼlim va tarbiya borasida olib borilayotgan islohotlar, amaliyotga tadbiq etilayotgan qaror va qonunlarda belgilanganidek, farzandlarimizni davr talabiga mos, goʻzal axloqli, komil inson qilib tarbiyalashdek muqaddas vazifalarni amalga oshirishimizga imkon yaratiladi. Bola tugʻilgan kunidan boshlab oila muhitida yashab tarbiyalanishni boshlaydi va maktabgacha yoshga yetganida bolaning kun tartibi, taʼlim-tarbiya jarayoni oʻzgara boshlaydi. Bu esa tarbiyachilardan bolalar bilan ishlash jarayonida atrof-olam obʼektlari va ular haqidagi bilimlarni oʻzlashtirish; taʼlim samaradorligini vujudga keltirish, faoliyatning avvalgi turlariga tayanishni taqozo etadi. Xususan, “Shaxsdagi ijodkorlik xususiyatlarini qanday tarbiyalash mumkin?”- degan dolzarb muammo bugun paydo boʻlib qolmagan. Aksincha azal-azaldan ijodkorlikning boshlanishi boʻlgan insondagi ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish masalasi bevosita bolalar taʼlim-tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi pedagoglarni ham, tadqiqotchilarni ham hozirgi

--⊱⊱ 26 ⊰⊰-- davrgacha qiziqtirib kelmoqda. Taʼlim va tarbiya, shaxsning jamiyatda shakllanishi, qobiliyatlarni rivojlantirish hanuzgacha pedagogikaning eng dolzarb masalasi boʻlib qolmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy faollikni shakllantirish texnologiyasini ishlab chiqish muammosi koʻp qirrali pedagogik- psixologik ijtimoiy vazifalardan biri boʻlib, jamiyat ijtimoiy rivojlanishi va taraqqiyoti uchun dolzarb vazifalardan biridir.

Boʻlajak tarbiyachilar rivojlangan ijodiy kompetensiyalari orqali maktabgacha yoshdagi bolalarning shaxsiy rivojlanishini, mustaqil fikrlay olishini, ijodiy qobiliyatini va kelajakda oʻz muammolarini oʻzi hal olish salohiyatini namoyon qiladilar. Buning uchun faoliyatlar jarayonida oʻyinlar, suhbatlar, turli koʻrgazmalar va ijodiy mashgʻulotlardan keng foydalanish ahamiyatlidir.

Ijodiy kompetensiyani taʼriflar ekanmiz, unda har bir maktabgacha taʼlim yoʻnalishi talabalarini fikrlashlari, tasavvurlarining kengligi va albatta yangi gʻoyalarni yarata olish qobiliyatiga ega boʻlishlarini tushunishimiz mumkin.

Boʻlajak tarbiyachilarning ijodiy kompetensiyalari quyidagilar orqali namoyon boʻladi.

- Taʼlim tarbiya jarayonida anʼanaviy fikrlashdan farq qilgan holda oʻzgacha yechim topa olishlari

- Faoliyatlar jarayonida qanday qilib bolalarni diqqatini jalb qila olish mumkinligi haqida turlicha yoʻllarni oʻylab topishi

- Mashgʻulotlarga kreativ yondashishi yoki oʻzi yaratgan faoliyat ishlanmalarini jarayonga qoʻllay olishi

- Rasm, musiqa, sheʼr yoki qoʻshiq orqali hissiyot va gʻoyalarini yetkazishi

Tarbiyachilar maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishi uchun teatrlashtirilgan oʻyinlardan, ertaklarni oʻqish va takrorlashdan, shuningdek, tasavvurni, nutqni va hissiy sohani rivojlantiruvchi turli ijodiy faoliyatdan foydalanishlari muhimdir. Buning uchun ular uylarida yoki taʼlim jarayonida liboslar va rekvizitlar bilan maxsus ijodiy burchak yaratishlari, bolalarning mustaqilligi va tasavvurini ragʻbatlantira olishlari, oʻz gʻoyalarini hayotga tatbiq eta olishlari va bolalar bilan ishlash jarayonida ularning muvaffaqiyatsizlikka uchraganliklari taqdirda qoʻllab-quvvatlay olishlari kerak.

Boʻlajak tarbiyachilar va ota-onalarga maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining quyidagi asosiy yoʻnalishlarini tavsiya etamiz:

1. Teatrlashtirilgan oʻyinlardan foydalanish:

- maktabgacha yoshdagi bolalarga dramatizatsiyalashgan oʻyinlarni oʻtkazishni, ularga maxsus kiyimlar kiyishini, niqoblardan va qoʻgʻirchoqlardan foydalanishlarini taklif qiling.

- bolalarga oʻz hikoyalari va rollarini yaratish, shuningdek, oʻz gʻoyalarini taklif qilish imkonini beradigan oʻyin muhiti uchun sharoit yarating.

2. Kitoblar bilan ishlash:

- ertak va boshqa bolalar yoshiga mos adabiy asarlarni oʻqib bering.

- bolalarni hikoyalarni qayta aytib berishga, oʻz fikrlari bilan ertak yoki hikoyani yakunini yaratishga yoki hatto qofiyalar va sheʼrlar yozishga undash.

- farzandingiz bilan oʻqiganlari haqidagi taassurotlarini muhokama qiling va oʻzlarini shu qahramonlar oʻrnida tasavvur qilishlarini soʻrang.

3. Ijodiy faoliyatlarini rivojlantirish:

- ijodiy qobiliyatlarini va dunyoviy fikrlashlarinini rivojlantirish uchun chizishga, loy ishiga va qurish-yasashga qiziqishlarini ragʻbatlantiring.

- tasavvur va mavhum fikrlashni rivojlantiradigan oʻyinlarni qoʻshing.

--⊱⊱ 27 ⊰⊰--

- uylar yoki hatto butun shaharlar kabi noyob dizaynlarni yaratish uchun turli xil rang va shakllardagi qismlardan foydalanishingiz mumkin.

4. Ragʻbatlantiruvchi muhit yaratsh:

- chizilgan ishlar, loy ishlari va qurish-yasash materiallari bilan tarkib topgan oʻz "ijodiy burchak"larini oʻrnating.

- atrof-muhitlarini ularning tasavvurlarini ragʻbatlantiradigan oʻyinchoqlar bilan toʻldiring.

- farzandingizning jismoniy rivojlanishiga yordam bering (yirik va mayda motorikalarini muvofiqlashtirish). [3]

Yuqorida keltirilgan yoʻnalishlar boʻyicha faoliyat olib borish davomida biz quyida keltirilgan metod va yondashuvlarni taklif qilamiz:

1. Bolalar faoliyatlarida mustaqilligini qoʻllab-quvvatlang: maktabgacha yoshdagi bolalarga tanlov va harakat erkinligini taʼminlang, koʻrsatgan tashabbuslari va mustaqil bajarganliklarini ragʻbatlantiring.

2. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish: yuz ifodalari, imo-ishoralar, intonatsiya, pantomimika va ovoz modulyatsiyasiga eʼtibor bering.

3. Qoʻllab-quvvatlay oladigan sheriklari boʻling: kerak boʻlganda yordam bering va bolalarning qobiliyatiga ishoning. (sen uddalayapsan yoki sen qila olasan)

4. Ijobiy muhit yarating: Ishonchli munosabatlar oʻrnating va bolani qoʻllab-quvvatlang, ayniqsa kuzatilishi mumkin boʻlgan muvaffaqiyatsizliklar vaqtida.

5. Jarayonning qiymatini koʻrib chiqing: unutmangki, bola uchun nafaqat natija, balki ijodiy jarayonning oʻzi ham qimmatlidir.

Xulosa qilib aytganda jаmiyаt rivоjlаnishining hоzirgi bоsqichidа bоlа uchun ijodiy kompetensiyaga ega tarbiyachilar bilan birgаlikdа olib boriladigan tаʼlim-tarbiya jarayoni sogʻlom ijtimоiy muhit yаrаtish, shu bilаn birgа ijtimоiy fаzilаtlаrini оchib berаdigаn rivojlantiruvchi oʻyinlаr vоsitаsidа оilаviy tаrbiyа uslublаrini oʻrganish, mаktаbgаchа tаʼlim-tаrbiyаning shаrtshаrоitlаriga koʻnikish, mаktаb taʼlimiga sifatli tayyorlashning imkoniyatlarini sezilаrli rivоjlаnishigа tаʼsir koʻrsаtаdi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 16- dekabrdagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi OʻRQ 595-son qonuni 1-bob 4-moddasi

2. Ilk qadam davlat oʻquv dasturi (takomillashtirilgan 2-nashri) 2022-yil

3. D.F.Salimova “Syujetli-rоlli оʼyinlаr vоsitаsidа mаktаbgаchа оʼrtа guruh bоlаlаrining аxlоqiy sifаtlаrini rivоjlаntirish metоdikаsini tаkоmillаshtirish” nomli monografiya –Toshkent

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.