ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

BOLALAR BILAN SОʼZLASHISH — DIALOG NUTQNI SHAKLLANTIRISH ORQALI MULOQOT KOʻNIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

Abstract

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni diolog nutqini shakllantirish ish mazmuni, sоʼzlashuv nutqiga qоʼyilgan vazifalar,  maktabgacha yoshdagi bolalar  rivojlanishiga qоʼyiladigan  davlat talablarida  sоʼzlashuv nutqiga quyidagi talablar  haqida    yoritib berildi.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

--⊱⊱ 537 ⊰⊰--

MULOQOT KOʻNIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

M.O.Normirzayeva

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va

mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning

malakasini oshirish instituti katta oʻqituvchisi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni diolog nutqini shakllantirish ish mazmuni, sоʼzlashuv nutqiga qоʼyilgan vazifalar, maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qоʼyiladigan davlat talablarida sоʼzlashuv nutqiga quyidagi talablar haqida yoritib berildi.

Tayanch sоʼz va iboralar:

Bolalar diolog nutqi, suhbat, faol ishtirok etish, berilgan savollar, til vazifalari, nutqiy sifatlar, innovatsion metodlar, bolalar kitoblari, voqeaband-ijroli оʼyinlar.

Аннотaция:

В данной статье рассматривается содержание работы по формированию диалогической речи у детей дошкольного возраста, задачи, поставленные для диалогической речи, и следующие требования к диалогической речи в государственных требованиях к развитию детей дошкольного возраста.

Ключевые слова и фразы:

Диалогическая речь детей, беседа, активное участие, задаваемые вопросы, языковые задачи, качества речи, инновatsiонные методы, детские книги, подвижные игры.

Abstract:

This article discusses the content of the work on the formation of dialogic speech in preschool children, the tasks set for dialogic speech, and the following requirements for dialogic speech in the state requirements for the development of preschool children.

Key words and phrases:

Childrenʼs dialogic speech, conversation, active participation, questions asked, language tasks, speech qualities, innovative methods, childrenʼs books, action-packed games.

Sоʼzlashuv nutqi ogʻzaki nutqning ancha oddiy shakli bоʼlib, u suhbatdoshlar tomonidan quvvatlanadi. Sоʼzlovchilar turli vositalardan (ifodali vosita, kоʼz qarashlar, imo-ishora, intonatsiya va hokazolar) foydalanib, bir-birlarini tushunadilar. Sоʼzlovchilar uchun muhokama etiladigan predmet (buyum, narsa) maʼlum bоʼladi. Bu nutq shakli sintaktik tomonidan ham juda oddiy: tugallanmagan gaplardan, xitob, undov sоʼzlardan foydalaniladi; u savol va javoblardan, luqma tashlashdan va qisqa xabarlardan iborat bоʼladi. Ruhshunoslikda oddiy dialog (tayyorlanmagan) bilan suhbat оʼrtasidagi farq aniqlangan. Suhbat оʼziga xos dialog bоʼlib, maʼlum bir mavzu yоʼnalishidan iborat bоʼladi. Suhbatning maqsadi qandaydir savolni (masalan, mavzuni) muhokama qilishdir. Suhbatni olib borish uchun suhbatda ishtirok etuvchilar oldindan tayyorlanadilar, unda kengroq maʼlumotlar kоʼproq bоʼladi.

Sоʼzlashuv nutqi bogʻlangan, tushunarli bоʼlishi kerak. Maktabgacha yoshidagi bolalar sоʼzlashuv nutqini kattalar rahbarligida egallashadi. 4-5 yoshli bolalar sekin-astalik bilan fikrni keng

--⊱⊱ 538 ⊰⊰-- va tоʼliq bayon etishga оʼta boshlaydilar. Sоʼzlashganda kоʼplab savollar (Nega? Nima uchun?) bera boshlaydilar. 5 yoshli bolalar uzoq vaqt davomida sоʼzlashish qobiliyatiga ega bоʼladi. Bola bunday sоʼzlashuvda savollarga javob beradi, suhbatdoshini tinglaydi va hokazo.

Оʼzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qоʼyiladigan davlat talablarida sоʼzlashuv nutqiga quyidagi talablar, vazifalar qоʼyilgan: Bolada nutqni tinglash va anglash, sоʼzlashish va muloqot qilish malakasini shakllantirish. Ularni savol bilan murojaat etishga оʼrgatish.

Оʼrta va katta guruhlar uchun ularning sоʼzlashuv nutqiga qоʼyilgan vazifalar ancha murakkablashadi: suhbat vaqtida faol ishtirok etish; mavzu bоʼyicha berilgan savollarga tushunib, qisqa va tоʼla javob berish, оʼrtoqlarining berayotgan javoblariga eʼtibor berish malakasi oshiriladi. Bolalarni sоʼzlashuv nutqiga оʼrgatish til vazifalarini (javob shakllari, savol) bajaribgina qolmasdan, balki nutqiy sifatlarni (samimiylik, dilkashlik, xushmuomalalik, vazminlik va hokazo) va bir qancha xulq-odob qoidalarini ham hal qilishi lozim.

Tarbiyachining bolalar sоʼzlashuv nutqiga taʼsir etish yоʼllari juda xilma-xildir. Hamma guruhlarda bu vazifani amalga oshirishga yordam beruvchi vosita — bu kundalik hayot jarayonida bolalarning sоʼzlashuv nutqiga rahbarlik qilishdir. Shuningdek, sоʼzlashuv nutqi turli xil mashgʻulotlarda ham shakllantirib boriladi.

Kichik guruhlarda nutq faolligi va sоʼzlashish malakasi hayotiy vaziyatlardagi muloqot va bolalarning faoliyatlari jarayonida tarbiyalanib boradi. Bu jarayon bolaning maktabgacha taʼlim tashkilotiga kelgan kunidanoq boshlanadi.

Tarbiyachi bolalar bilan sоʼzlashganda buyumlarning nominigina sоʼrab qolmasdan, balki ularning sifatlarini, qismlarini, u bilan qilinadigan harakatlarni ham sоʼraydi.

Tarbiyachining оʼzi bolalarni sоʼzlashishga undashi (tarbiyachi yordamchisining ismini, otasining ismini, ayrim bolalarning ismini, qushning, gulning nomini aytishni sоʼrash va hokazo), ularning tashabbusini quvvatlashi kerak. Agar bola maktabgacha taʼlim tashkilotida birinchi kelgan kunida gapga aralashmasa, odamovi bоʼlib оʼtirsa, tarbiyachi bunday bola bilan alohida munosabatda bоʼlishi, unga shirin sоʼz aytishi, u bilan оʼynashi, buyumni harakatda kоʼrsatishi va harakatlarni aytishi kerak.

Bolalar bilan sоʼzlashishni tashkil etishda tarbiyachi yordamchisiga ham faol ishtirok etishi lozim. Tarbiyachi yordamchisiga bolani оʼziga qarata iltimos va murojaat qilishiga, uni sоʼzlar, jumlalar bilan ifodalashga оʼrgatib borishi kerak.

Tarbiyachi bolalardan bugun qayerga borganlarini, yer maydonchasi yoki tabiat burchagida qanday yangiliklarni kоʼrganlarini sоʼraydi. Bunday sоʼzlashuvga kоʼproq kam gapiradigan, indamas bolalarni (ularga murojaat qilish: Ahmad ham bordimi? Sayyora ham quyonlarga sabzi berdimi?) jalb qilish juda zarurdir. Bolalarda sоʼzlashuv nutqi malakalarini shakllantirish uchun sоʼzli topshiriqlar berish usulidan foydalaniladi. Buning uchun tarbiyachining оʼzi iltimos qilish nanumasini aytib beradi, baʼzan esa kichkintoyga buni takrorlashni taklif etadi. Bunday topshiriq samimiy nutq shaklini mustahkamlashga yordam beradi.

Tarbiyachi sоʼzlashuv nutqining rivoji uchun bolalar bilan birgalikda rasmlarni, bolalar kitoblarini va ulardagi suratlarni kоʼrib chiqishni tashkil etadi. Maʼlum bir mavzuda sоʼzlashish uchun tarbiyachining uncha katta bоʼlmagan (Men avtobusda nimani kоʼrdim?) hikoyalari bоʼlib оʼtgan xuddi shunga оʼxshash voqeani bolalar yodiga tushirishga yordam beradi, mulohaza yuritishi va baho berishini faollashtiradi.

--⊱⊱ 539 ⊰⊰--

Bunda eng natijali usullardan biri — turli yoshdagi bolalarni birlashtirish va boshqa guruhlarga borishni tashkil etishdir. Chunki kichik guruhga kelgan katta guruh bolalari kichkintoylardan ularning оʼyinchoqlari, kitoblari va boshqalar haqida sоʼraydilar.

Bolalarning sоʼzlashuv nutqini rivojlantirishga ularning оʼyinlari, ayniqsa, voqeaband-ijroli оʼyinlar: “Kasalxona” “Sartaroshxona”, “Haydovchi-haydovchi", “Dоʼkon-dоʼkon”, “Dengiz va chоʼl”, “Kitoblar suhbati”, “Tuya va tuyaqush”(оʼrta guruhda) va hokazolar katta ahamiyatga ega.

Shuningdek, bolalarning mehnat faoliyati ham sоʼzlashuv nutqini rivojlantirish imkonini beradi. Masalan: tuvakdagi pomidor kоʼchatini jоʼyaklarga ekish jarayonida tarbiyachi bolalar bilan quyidagi mazmunda sоʼzlashadi (biror bir tuvakka kоʼchat egasining — bolaning ismi yoziladi):

Tarbiyachi: Bolalar, hammangiz kоʼchat ekilgan tuvaklaringizni olib keldingizmi? Bolalar: Ha!

Tarbiyachi: Bolalar, aytinglar-chi, tuvakdagi kоʼchatni yerga оʼtkazganimizdan keyin kimning kоʼchati qayerda ekanligini qanday bilasiz?

Lola: Tuvakni yerga tоʼliq kоʼmmasdan, ism yozilgan joyni kоʼrinarli qilib qоʼyish kerak.

Akmal: Tuvakka uzun xivich (chоʼp) tiqib qоʼyib, unga ismlarimiz yozilgan qogʻozchalarni osib qоʼyish kerak.

Tarbiyachi: Mana, ikkita taklif: Lola tuvakni tоʼliq kоʼmmaslikni, ismlar yozilgan joyni kоʼrinarli qilib qoldirishni, Akmal esa tuvakka yoki tuvak yoniga uzun chоʼp tiqib, unga ismlar yozib qоʼyilgan qogʻozlarni osib qоʼyishni taklif etishyapti. Bu ikki taklifni muhokama qilamiz. Qaysi taklif yaxshiroq? Gavhar, sen nima deb оʼylaysan?

Gavha r: Kelinglar, kоʼchat ekilgan tuvakni yerga oxirigacha kоʼmamiz.

Tarbiyachi: Shuhrat, sen ayt-chi, agar biz tuvakni yerga oxirigacha kоʼmmasak, yozuvini kоʼrinarli qilib qoldirsak-da, kоʼchatni sugʻorish uchun suv quysak, unda bolalarning ismi yozilgan joy nima bоʼladi?

Shuhrat: Tuvakdagi yozuvlarga loy yopishib, yozuv kоʼrinmaydi.

Tarbiyachi: Tоʼgʻri aytasan, Shuhrat.

Akmal: Mening taklifim Lolaning taklifidan yaxshiroq!

Tarbiyachi: оʼz-оʼzini maqtab gapirish yaxshi emas. Bu beodoblik hisoblanadi. Sening taklifing yaxshi yoki yaxshi emasligini boshqa bolalar aytishsin.

Behzod: Akmal yaxshi taklifni aytdi.

Tarbiyachi: Nima uchun?

Behzod: Chunki uzun chоʼpga yozib qоʼyilgan yozuvlar yaxshi kоʼrinadi. Tarbiyachi: Kоʼchatni bemalol sugʻorish mumkin. Yozuvlar оʼchib ketmaydi. Hozir Sherzod bilan Gavhar duradgor Ahmad akaga borib, ulardan uzun chоʼp (reyka) borligini aniqlashadi. Bizga 25 ta uzun chоʼp kerak. Siz buni Ahmad akaga qanday tushuntirasiz?

Har bir bola duradgor bilan bоʼladigan sоʼzlashuvlarning mazmunini aytishadi. Tarbiyachi aytilgan fikrlarning ichidan eng qisqa va tushunarlisini tanlab oladi va kichkintoyga duradgorga borib, оʼzining iltimosini xuddi shunday tushuntirishni tavsiya etadi.

Katta guruhlarda ham shu usullardan foydalaniladi, biroq sоʼzlashuv nutqining mavzulari, topshiriq va hikoyalarning mazmuni murakkablashadi. Ushbu guruhda kоʼproq kattalar bilan muloqotda bоʼlish malakalarini оʼstirishga, jamoat joylarida sоʼzlashish qoidalariga amal qilishga katta ahamiyat beriladi. Jamoa bоʼlib sоʼzlashishda bolalarning javobini tоʼldirishga, tuzatishga, sоʼrashga, qayta sоʼrashga оʼrgatadi Shu tariqa kundalik hayot jarayonida bolalarning sоʼzlashuv nutqi shakllantirib boriladi. Bolalarning sоʼzlashuv (dialogik) nutqini tarkib toptirishda maxsus mashgʻulotlar ham olib boriladi. Bu mashgʻulotlar:

--⊱⊱ 540 ⊰⊰-- 1) suhbatlar; 2) taʼlimiy оʼyinlar; 3) suratlarni kоʼrib chiqish va u haqda suhbat.

Suhbat taʼlim-tarbiyaviy ishning murakkab turidir. Suhbat tarbiyachining guruhdagi hamma bolalar bilan maʼlum bir mavzu yuzasidan maqsadga qaratilgan holda tashkiliy sоʼzlashishidir.

Maktabgacha taʼlim tashkilotida bolalar bilan оʼtkaziladigan suhbat ularning kundalik faoliyatlari va turli voqea-hodisalarni kuzatishi natijasida olgan tushunchalarini aniqlash va ularni bir tizimga solish maqsadida оʼtkaziladi. Tarbiyachi bolalar bilan suhbatni tashkil etar ekan, u bolalarga haqiqatni tоʼliq va chuqur idrok qilishga yordam beradi, ularning diqqatini tushunish qiyin bоʼlgan voqea-hodisalarga jalb qiladi. Suhbat mashgʻulotida bola ilgari kоʼrgan, kuzatgan voqea va hodisalarni qaytadan esga tushiradi, mantiqiy fikr yuritadi, tahlil va muhokama qiladi. Suhbat bolalarni jamoaga birlashtiradi, bir-birlariga bоʼlgan qiziqishni oshiradi, bilim va tasavvurlarini mustahkamlaydi, ularning nutqiga (lugʻatini faollashtirishga, grammatik shakllarni takomillashtirishga) sezilarli darajada taʼsir etadi, tarbiyachining gaplarini, оʼrtoqlarining berayotgan javobini eʼtibor bilan eshitishga odatlanadilar. Suhbat bolalarni оʼz fikri bilan оʼrtoqlashishga, jamoada sоʼzlashishga, faolligini oshirishga, оʼz-оʼzini tuta bilishga odatlantiradi, dunyoqarashini shakllantiradi, yaʼni yuqori axloqiy sifatlarni tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi. Suhbat metodikasi bolalarda bilim, axloqiy sifatlarni tarkib toptirish bilangina cheklanmay, balki ularning bogʻlanishli nutqini оʼstirishda, tevarak-atrofdagi narsalarga qiziqishiga, ularni aniq kоʼrishga va ushbu narsalarga nisbatan tоʼgʻri munosabatda bоʼlishga оʼrgatishda muhim vosita hisoblanadi.

ADABIYOTLAR ROʻYXATI

1.Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi OʻRQ 595-sonli Qonuni.

2.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 30-sentabrdagi PF–152- son Farmoni.

3.Oʻzbekiston Rrespublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024 yil 8 noyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida malaka oshirishning “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy etish toʻgʻrisida”gi 362-sonli buyrugʻi

4.Oʻzbekiston Respublikasining maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi (2-nashr), 2022-yil.

5.Oʻzbekiston Rrespublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida malaka oshirishning “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” oʻquv qoʻllanmasi, 2024-yil.

6. Abdullayeva N.Sh. va boshqalar. “Nutq oʻstirish metodikasi” Toshkent -2020- y

7. Qodirova F.R., Fayzullayeva M.Z., Rizayeva M.M. “Katta guruhda savodxonlikka oʻrgatish. Tarbiyachilar uchun oʻquv qoʻllanma. Toshkent -2025.

8. Qodirova F.R., Fayzullayeva, M.Z., Fayzullayeva Sh.Sh “Maktabga tayyorlov guruhlarida nutq, oʻqish va yozish malakalarini rivojlantirish taʼlimiy faoliyatini tashkil etish” Tarbiyachilar uchun oʻquv qoʻllanma. Toshken

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.