--⊱⊱ 24 ⊰⊰--
MILLIY STRATЕGIYASIDA MUHIM YO‘NALISHIDIR
Sultanova E’tibor Sidikovna
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori,
siyosiy fanlar doktori, professor
Annotatsiya: Maqola xalqaro munosabatlarning transformatsiya bo‘layotgan davrda Barqaror Rivojlanishni ta’minlashda bolalar xuquqlarini O‘zbekiston misolida barcha jaxon maydonidagi davlatlar strategiyasida xuquqiy tomonidan ko‘rib chiqilishiga bag‘ishlangan.
Kalit so‘zlar: bolalar xuquqlarini ximoyalash, xalqaro munosabatlar, transformatsiya, davlatlararo nizolar, migratsiya, milliy strategiya, ijtimoiy-siyosiy masalalar, inson qadri, munosib mehnat, ta’lim, tarbiya
Аннотatsiя: Статья посвящена рассмотрению прав детей в условиях трансформatsiи международных отношений посредством обеспечения задач Устойчивого Развития, предоставления правовых гарантий государств мирового сообщества, опираясь на опыт Узбекистана
Ключевые слова: защита прав детей, международные отношения, трансформatsiя, межгосударственные конфликты, мигрatsiя, нatsiональная стратегия, общественнополитические вопросы, статус личности, достойный труд,образование, воспитание
Annotation: The article examines the legal aspects of protecting children's rights within the strategies of states across the global arena, using the case of Uzbekistan, during a period of transformation in international relations and efforts to ensure Sustainable Development.
Keywords: protection of children's rights, international relations, transformation, interstate conflicts, migration, national strategy, socio-political issues, human dignity, decent work, education, upbringing.
Bugungi kunda dunyoda xalqaro munosabatlar keskin ravishda transformatsiya bo‘lishi, turli ijtimoiy-siyosiy muammolar avj olishi, geosiyosiy qarama-qarshiliklar tufayli davlatlararo nizolar ko‘payishi, terrorchilik, separatizm, migratsiya jarayonlar, milliy, diniy tusdagi xarakatlar, giyoxvandlik, uyushgan jinoyatchilik, shular bilan birgalikda ijtimoiy inqiroz natijasida kambag‘allik, qashshoqlik, onalar va bolalar o‘limi, odam savdosi kamaymaganligi - barchasi, tabiiyki, davlatlar ichidagi muvozanatga ta’sir etadi, Barqaror Rivojlanish maqsadlarini ta’minlashga, umuminsoniy qadriyatlariga putur yetkazadi.
Vujudga kelgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy muammolar siyosiy injeneriya nuqtayi nazardan hal qilinishni talab etadi. Jumladan, biz bugungi kundagi muammolar sabablarini aniqlashimiz va kerakli, uzoq muddatga mo‘ljallangan strategik va taktik vazifalarni belgilab, muayyan dasturlarni ishlab chiqishimiz lozim. O‘z vaqtida Nobel mukofoti sovrindori, taniqli siyosiy arbob Uinston Cherchil shunday degan edi: ”Siyosatchi-ertaga, bir xaftadan keyin,bir oydan so‘ng va bir yil ichida nima sodir bo‘lishini oldindan aytib bera olishi kerak. Keyin esa, nima uchun bu voqealar yuz bermaganini tushuntirib berishi lozim”. [1]
Esimizda tutishimiz kerakki, dunyodagi zamonaviy yoshlar, bolalar - ertangi insoniyat kelajagini, intellektual salohiyatini belgilovchilardir.
Fikrimizcha, kelajagimizni qanday bo‘lishida quyidagi siyosiy jihatdan muhim bo‘lgan omillarga diqqatimizni qaratishimiz lozim.
--⊱⊱ 25 ⊰⊰--
Birinchidan, barcha davlatlarda insonni yoshidan, millatidan, diniy e’tiqodidan qat’i nazar barcha huquqlariga qonuniy ravishda amal qilishni ta’minlashga xarakat qilishimiz kerak. Bu borada davlatimizda, muayyan ijobiy tajriba mavjud. Unda to‘xtalsak. Yangi O‘zbekistonda turli islohotlar negizida - Insonga bo‘lgan g‘amxo‘rlik turadi. O‘zbekiston Respublikasi yangi taxrirdagi Konstitutsiyasida bu g‘oya asosiydir. Muqaddimasini o‘zida: ”inson, uning xayoti, erkinligi, sha’ni va qadr qimmati oliy qadriyat”ligi qayd etildi. Konstitutsiyaning 26 moddasida ”Insonning sha’ni va qadr qimmati daxlsizdir. Hech narsa uni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emas” deyilgan, 27 moddada ”Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega”, 29 moddada ”Har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Sakkizinchi bobda fuqarolarni siyosiy huquqlari nimadan iboratligi, jumladan, fuqarolarni davlat ishlarini boshqarishda, kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalari va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish mumkinligi qayd etilgan.
To‘qqizinchi bob ”Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar“ deb nomlanib, unda har bir shaxsni 41 modda asosan ”mulkdor bo‘lishga haqligi”, 42 moddaga muvofiq ”Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash”, ”har kim dam olish huquqiga egaligi” (45 modda), ”har kim o‘yli, joyli bo‘lish huquqiga egaligi” (47modda), ”Har kim sog‘ligini saqlash va malakali tibbiy xizmatidan foydalanish huquqiga egaligi” (48 modda), ”Har kim ta’lim olish huquqiga ega“ bo‘lishi va bu borada davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat tashkilotlarini rivojlanishini ta’minlanishi (50 modda) o‘qituvchining mavqeini oshirish borasida, uning mehnati, kamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalashdagi hissasini e’tirof etish (52 modda) lozimligiga qonun darajasida qayd etilgan.
Konstitutsiyaning o‘n to‘rtinchi bobi ”Oila, bolalar va yoshlar” deb nomlanib, unda 76 moddada ”Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir”, 77 moddada ”Ota onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandlar voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar.
Davlat va jamiyat yetim bolalarni hamda ota onasining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqishni, tarbiyalashni, ularning ta’lim olishini, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishini ta’minlaydi, shu maqsadda xayriya faoliyatini rag‘batlantiradi” deyilgan. [2]
Ikkinchidan, bolalar huquqlari davlat ximoyasida bo‘lishini halqaro maydonda ratifikatsiya qilinayotgan xujjatlarda namoyon bo‘lishini har bir davlat o‘z siyosatida qo‘llashi lozim. Jumladan, 1989 yil 20 noyabrdagi BMT tomonidan qabul qilingan. ”Bola huquqlari” to‘g‘risidagi Konvensiyadagi asosiy g‘oyalarini ko‘rib chiqsak. [3]
Unda shunday aytilgan: ”Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqlari Ustavida insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsining sha’ni va qadr-qimmatiga bo‘lgan o‘z ishonchlarini tasdiqlaganliklari hamda ijtimoiy taraqqiyot va turmush sharoitlarini yaxshilash borasida ko‘maklashishga ahd qilganliklarini e’tiborga olib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi hamda Inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda har bir inson irqi, tanasining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tug‘ilishi yoki boshqa holatlar bilan bog‘liq belgilariga ko‘ra har qanday tafovutdan qat’i nazar, mazkur hujjatlarda ko‘rsatib qo‘yilgan huquq va erkinliklarga ega bo‘lishini e’lon qilganligi va rozilik bildirganligini e’tirof etib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida bolalar alohida g‘amxo‘rlik va yordam huquqiga egadirlar, deb jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblangan oila va tabiiy muhitga uning barcha a’zolari, ayniqsa, bolalar o‘sishi va farovonligi uchun jamiyat doirasidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga to‘liq oladigan
--⊱⊱ 26 ⊰⊰-- bo‘lishida zarur himoya va yordam bilan ta’minlanishi lozim ekanligiga ishonch hosil qilgan holda, bolaning shaxsi sog‘lom va har tomonlama uyg‘unlashgan holda kamoloti uchun u oila g‘amxo‘rligida, baxt, mehr-muhabbat va ongli tushunish vaziyatida o‘sishi zarurligini e’tirof etib, bola jamiyatda mustaqil hayotga to‘la tayyorlanishi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavida e’lon qilingan g‘oyalar ruhida, ayniqsa, tinchlik, qadr-qimmat, sabr, erkinlik, tenglik va birdamlik ruhida tarbiyalanishi lozimligini hisobga olib, bolaning himoya qilinishi va uyg‘un ravishda rivojlanishi uchun har bir xalqning an’analari va madaniy qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etishini munosib tarzda hisobga olib, har bir mamlakatda, jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalarning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun xalqaro hamkorlik qilishning muhimligini e’tirof etib” muayn vazifalarni belgilab beradi.
Ushbu halqaro xujjatga javoban: 1) O‘zbekiston Milliy Qonunchiligida qator xuquqiy xujjatlar qabul qilindi. Eng avvalo 2007 yil 23 noyabrda qabul qilingan “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni; 2) Farzandlarni uyushgan jinoyatchilikga kirishni oldini olish va bartaraf etishda muhim bo‘lib 2010 yilda qabul qilingan “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni; 3) Ota-onasiz qolgan bolalarni nazoratsiz qolib qolishini oldini olish maqsadida 2013 yilda “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni; 4) 2017 yil “Bolalarni ularning sogligiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘grisidagi”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni; 5) 2024 yilda bolalar ximoyasida nihoyatda muhim bo‘lib qolgan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar Ombudsmani) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni; 6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 fevraldagi PQ4185-sonli “Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar” qarori qabul qilingan.
Uchinchidan, Bolalarni xuquqlarni ta’minlash bilan birgalikda,milliy strategiyamizda, bolalarni, ota-onasi va tarbiyachilaridan ma’naviy jihatdan tarbiyaga diqqat qaratishlari lozim. Abdurauf Fitrat shunday degan: “O‘zingiz xoxlaganinggizcha bolangizniing aqliy va badan tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lishingiz mumkin va qo‘lingizdan kelguncha uni dono va baquvvat qiling. Lekin ahloqiy tarbiya talab darajasida bo‘lmasa hamda jismoniy kuchini o‘zi yoki atrofdagilar zarariga ishlatadi... Ahloqiy tarbiya - odam ahloqini kamolga yetkazish demakdir, ya’ni odamni shunday tarbiya qilish kerakki, fe’li va amali o‘ziga ham, boshqalarga ham foydali va manfaat keltiradigan bo‘lsin”. [4]
Demak, bolalar huquqlarini ta’minlashda biz ularni nafaqat milliy, xalqaro huquqshunoslik orqali himoya qilishimiz, balki ma’naviy jixatdan-ilmu fan, ta’lim, milliy qadriyatlarimizda muhim bo‘lgan axloqiy tarbiya orqali yod g‘oyalardan asrashga xarakat qilishimiz lozim.
Foydanalingan adabiyotlar ro‘yxati
1. К.Грей. Уинстон Черчилль. Время – плохой союзник. М.: АСТ. 2022
2. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. Тошкент. 2023
3. “Bola huquqlari toʻgʻrisida Konvensiya”. 1989-yil 20-noyabr. Oʻzbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 9-dekabrdagi 757-XIIsonli “Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyaga qoʻshilish haqida”gi Qaroriga muvofiq qoʻshilgan. Oʻzbekiston Respublikasi uchun 1994-yil 29-iyuldan kuchga kirdi.
4. Абдурауф Фитрат. Оила ёки оила бошқариш тартиблари.//Танланган асарлар. Т., 2006, 291 бет
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.