ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

Bolalar va oʻsmirlar orasida tashkilotchilik qobiliyatini rivojlantirish

Abstract

Ushbu maqolada bolalar va oʻsmirlar orasida tashkilotchilik qobiliyatini shakllantirishning bosqichlari, bu qobiliyatning ular hayotidagi ahamiyati, afzalliklari yoritib berilgan. Shuningdek, tashkilotchilik qobiliyatining oʻsib borishiga toʻsqinlik qiluvchi omillar ham koʻrsatilgan


Full PDF Document

Related Articles

Full text

Bolalar va oʻsmirlar orasida tashkilotchilik qobiliyatini rivojlantirish

Umirzaqova Oynura Hamidovna

Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti Madaniyat va sanʼat

muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish yoʻnalishi 4-bosqich talabasi

ANNOTASIYA

Ushbu maqolada bolalar va oʻsmirlar orasida tashkilotchilik qobiliyatini shakllantirishning bosqichlari, bu qobiliyatning ular hayotidagi ahamiyati, afzalliklari yoritib berilgan. Shuningdek, tashkilotchilik qobiliyatining oʻsib borishiga toʻsqinlik qiluvchi omillar ham koʻrsatilgan.

Kalit soʻzlar: Tashkilotchilik, obyekt, subyekt, muzokarali vaziyat.

"Tashkilotchilik faoliyati amalda ob'yekt (boshqariluvchi) va sub'yekt (boshqaruvchi) mavjud bo'lgan paytda, pirovard maqsadni amalga oshirish jarayonida kechadi. Ko'rinib turibdiki, tashkilotchilik tor ma'noda bir kishining ish jarayonida boshqa kishilarni boshqarishi, ularning amaliy faoliyatiga rahbarlik qilishi, keng ma'noda esa, ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar, muassasalar va davlatlarning ana shunday faoliyati tushuniladi. Tashkilotchilikning alohida faoliyat ekanligi boshqarish jarayonini ko'zdan kechirganimizda aniq ko'rinadi. Umuman boshqarish o'z ichiga uchta jarayon: rejalashtirish, tashkil qilish va hisob-kitobni, ularni ko'zlangan maqsad bilan taqqoslashni qamrab oladi. Tashkilotchilik (amaliy tashkil qilish) ushbu jarayonning markazi hisoblanadi¹". Shunday ekan, kishida tashkilotchilik qobiliyati oʻz-o'zidan paydo boʻlib qolmaydi. U yillar davomida, chuqur va keng kuzatuvlar asnosida shakllantirib boriladi. Mustaqil davlatni ham albatta, oʻzining shaxsiy, mustaqil fikriga ega, keng dunyoqarashi asosida atrofidagilarni oʻzining ezgu maqsadlari ortidan ergashtirish mahoratiga ega shaxslar boshqaradi. Bu shunday mas'uliyatli ish ekan, tashkilotchilik mahoratini bolalikdan boshlab rivojlantirish lozim.

Tashkilotchilik qobiliyati oʻzi nima uchun kerak? Bu qobiliyatni shakllantirishning bosqichlari qanaqa? "Tashkilotchi" degani keng maʼnoda lider, atrofdagilarga nisbatan yetakchi shaxs degani. Tashkilotchilik qobiliyatiga ega kishining oʻz sohasida ulkan yutuqlarga erishishi boshqalarga nisbatan ancha oson boʻladi. Chunki u shijoatli, mard va dovyurak shaxs deganidir. Bolalik yoki oʻsmirlik davridan tashkiliy ishlarga qiziqadigan, nimalarnidir uyushtirib, rejalashtirib amalga oshirib yurgan bolalarda kelajakda qoqilish jarayonlari deyarli uchramaydi. Chunki bolalikdan tashkilotchilik qobiliyatining kuchayib borishi bolaning kelgusidagi maqsad va orzulariga erishishida, oʻzining shaxsiy yoki ijtimoiy hayotini izga solishida qo'rquv hissini yengishga yordam beradi. "Bo'ladigan bola boshidan ma'lum" degan maqol qaysidir maʼzmunda koʻchma ma'noga ega, chunki bola tarbiyasi bilan ona qornidaligidan va qolaversa, besh-olti yoshgacha boʻlgan davrdan boshlab jiddiy shug'ullanilmas ekan undan kelajakda ulkan natijalar kutish yomgʻirli kunda quyoshni izlash bilan barobardir. D1emak, tashkilotchilik salohiyati bolalar va oʻsmirlar uchun kelajakda oʻz maqsadlarini qoʻrqmasdan amalga oshirishlari uchun kerak. Ularda bu qobiliyatni rivojlantirish uchun esa avvalo ularni yosh toifalariga ajratib olib, qiziqishlari, kelajakdagi maqsadlari boʻyicha guruhlarga ajratib olish shart. Chunki, birbiriga qarama-qarshi qiziqishga ega bolalar va oʻsmirlar bilan ishlash qiyinchilik tugʻdiradi. "O'sib kelayotgan yosh avlodning xar bir kategoriyasi oziga xos xususiyatlar bilan xarakterlanadi. Yuqori sinfdagi maktab yoshida dunyoqarash shakllanadi, barqaror qiziqishlar yuzaga keladi. Aniqlangan qiziqishlar va manfaatlarga tayanuvchi muhitga aylantirilgan pedogogik ta'sir samarali bo'ladi. Yuqori sinflarda har bir o'quvchi hayotiy muammo - «Kim bo'lishni» hal etar ekan, kasb tanlashga alohida e'tibor beradi. Maktabning ayrim tadbirlariga qiziqish siyosat, fan, texnika, san'atning turli muammolariga tomon o'sib boradi. Shuning uchun to'garak is2hlarida aktual, hayotiy masalalarni qo'yish juda muhim. Nihoyat, xuddi ana shu yoshda bo'sh vaqt bilan bog'liq bo'lgan barqaror qiziqishlar shakllanadi²". Oʻz-o'zidan koʻrinib turibdiki, yosh toifalariga va qiziqishlariga koʻra mos oʻquvchilarda tashkilotchilikni paydo qilish va yuksaltirish uchun:

a) ularni qiziqishlari boʻyicha toʻgaraklarga jalb qilish;

b) turli xil cheklovlardan ularni xalos qilish va erkin fikrlashlariga imkon bergan holda tashkiliy ishlar yuzasidan topshiriqlar berib borish;

c) notanish kishilar bilan suhbat jarayonlariga jalb qilish;

d) kunlik, haftalik, oylik rejalarini tuzib borishlarini muntazam yoʻlga qoʻyish;

e) jamoa bilan ishlash koʻnikmalarini asta-sekinlik bilan yoʻlga qoʻyish;

f) koʻpchilik bilan " muzokarali vaziyat" mashqini bajartirib borish va muammoga qanday yechim topish usullarini oʻrgatib borish; kabi muntazam mashgʻulotlar olib borish natijaviy ahamiyatga ega. Jumladan, tashkilotchilik qobiliyatining rivojlanishiga oila bolaga qoʻyiladigan ayrim cheklovlar toʻsiq boʻlishi 1 Tashkilotchilik madaniyati fanidan ma'ruzalar matni. 22-bet 2 Tashkilotchilik madaniyati fanidan ma'ruzalar matni.27-bet mumkin. "Har bir ota-ona farzandini turli muammolardan himoya qilishni istaydi. Ammo oʻsmir yoshda bola oʻqishi, maktabi, baholari bilan bogʻliq qarorlar qilishi va shu qarorlarning natijasiga javob berishni oʻrganadi. Shu joyda ularga erkinlik berilmasa katta hayotda ham ularni kimdir boshqarishi kerak boʻladi3". Demak, bolalarda oʻz ishonchiga, xohishiga tayanib biror ishni bajarishlari, qaror qabul qilishlari uchun erkinlik berish kerak. Bola ota-onasining buyruqlarini bajarishga koʻnikib qolsa hayotda oʻz kuchi bilan hech qachon biron muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Aksincha, "Ota-ona hamma narsani muhayyo qilishi bolada hech narsaga intilmaslikni keltirib chiqaradi⁴". Bolani jo'rttaga qandaydir qiyin vaziyatlarga solib koʻrish, ota-ona koʻzi oldidaligi payti mushkul jarayonlarga tashlab koʻrish usullaridan foydalanish orqali ham farzandida oʻz shaxsiy fikrlarini rivojlantirish, erkin qaror qabul qilish, nimanidir rejalashtirish, tashkil qilish, yaratish kabi qobiliyatlarni paydo qilishi mumkin.

Mustaqil fikrlay olmaydigan, kimningdir ko'rsatmasiga tayanib ish koʻradigan kishilarda tashkilotchilik qobiliyati boʻlmaydi. Bu qobiliyatning oʻsib borishiga toʻsqinlik qiladigan omillar quyidagilar:

1. Ma'naviy-ruhiy bo'shliqning borligi.

2. Yaqinlarning bolaga ishonchsizlik, umidsizlik bilan muomala qilishi.

3. Ota-onaning oʻz xohishlari tomon yoʻnaltirish yoʻlidagi xatti-harakatlari

4. Bolaning qiziqishlariga bepisand munosabatda boʻlish.

Xullas, tashkilotchilik mahoratining afzalliklari har qanday shaxsning kelajakda oʻz oʻrnini topishi, ulkan islohotlar sari dadil qadam tashlashi bilan oʻlchanadi.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR

1. Tashkilotchilik madaniyati fanidan ma'ruzalar matni.

2. "Oʻsmirlar tarbiyasi: Bolani boshqarish usullari, xatolar va xulosalar. Psixolog Rozaliya Gabdulhakova intervyusi. Kun.uz. 3 "Oʻsmirlar tarbiyasi: Bolani boshqarish usullari, xatolar va xulosalar. Psixolog Rozaliya Gabdulhakova intervyusi. Kun.uz. ⁴ . "Oʻsmirlar tarbiyasi: Bolani boshqarish usullari, xatolar va xulosalar. Psixolog Rozaliya Gabdulhakova intervyusi. Kun.uz.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.