ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

BOLALARDA TABIATGA MUNOSABAT ODOBINI TARBIYALASH

Abstract

              Maqolada MTT  tarbiyachilarining mashgʻulotlar jarayonida tarbiyalanuvchilarda atrof-olam, tabiatga boʻlgan munosabat odobi, tirik jonzotlarga nisbatan mehr-shavqat, vatanparvarlik tuygʻusi shakllantirish, tabiatni asrab avaylash koʻnikmalarini rivojlantirish ishlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

--⊱⊱ 58 ⊰⊰--

BOLALARDA TABIATGA MUNOSABAT ODOBINI TARBIYALASH

Ruzimboyeva Xusnura Raximberganovna, Matchonova Nilufar Ismoilovna

Xorazm viloyati, Shovot tumani 39-

son DMTT tarbiyachilari

ANNOTATSIYA

Maqolada MTT tarbiyachilarining mashgʻulotlar jarayonida tarbiyalanuvchilarda atrof-olam, tabiatga boʻlgan munosabat odobi, tirik jonzotlarga nisbatan mehr-shavqat, vatanparvarlik tuygʻusi shakllantirish, tabiatni asrab avaylash koʻnikmalarini rivojlantirish ishlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan.

Kalit soʻzlar: atrof-muhit, bolalar, havo, oʻsimliklar, fasl, tabiat, tarbiyachi, ekologiya.

Inson onadan tugʻilib, olamga kelgan chogʻidanoq tabiat ehsonidan bahramand boʻladi. Ilk bor havodan toʻyib nafas oladi. Odamzot oʻsib-unish uchun oziq-ovqat, suv, quyosh, harorati juda zarur boʻlib, u bularning hammasini tabiatdan oladi. Tabiat musaffo boʻlsa, odam ham sogʻlom, baquvvat oʻsadi.

Odam har nafas olganda uning oʻpkasiga yarim litrgacha havo kiradi. Odam bir minutda 16- 18 marta nafas oladi yoki tanaga 8-9 litr havo kiradi. Bu miqdor bir kecha-kunduzda 11 ming litrdan ortadi. Demak, havo inson tanasi uchun eng muhim va zarur tabiat inʼomidir. Havoga muntazam ravishda aralashib turadigan iflos chang oʻpkada gaz almashuviga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Bu insonning sogʻligʻini bora-bora izdan chiqarib, turli-tuman xastaliklarni vujudga keltiradi.

Tabiat shunday odil moʻʼjizaki, atrof-muhitni muvozanatga keltiradi. Chunonchi, chiqarilgan karbonat angidridni oʻsimliklar yutib, uni kislorodga aylantiradi, demak oʻsimliklar dunyosi, ramziy maʼnoda aytganda, havoni chang va karbonat angidriddan tozalab beruvchi bebaho vositadir. Bunday inson oʻz atrofini oʻrab turgan tabiatni, uning oʻsimliklar dunyosini koʻz qorachigʻiday asrabgina qolmay, uni boyitishi, qoʻlidan kelganicha koʻproq daraxt ekishi, koʻkalamzorlashtirishga intilishi zarur degan xulosa chiqadi. Shuning uchun ota-bobolarimiz daraxt ekish, bogʻ-rogʻ yaratishni savobli ish deb bilishgan. Bir tup mevali daraxt ekkan kishining ikki dunyosi obod boʻladi, deb bejiz aytishmagan.

Muhammad allayhissalom hadislarida bu ishning savobi xususida quyidagilar aytilgan: “Ekmoq niyatida qoʻlingizda koʻchat turgan paytda, behosdan qiyomat qoim boʻlib qolishi aniq boʻlganda ham, ulgursangiz, uni ekib qoʻying”.

Inson ehtiyoji uchun zarur boʻlgan suv, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak ham tabiatdan olinadi, hattoki insonning xastalikdan qutulishi, salomatligini tiklashi uchun zarur boʻlgan dori darmonlar ham ona-tabiatda yetishgan mevalar, turli giyohlar va ziravorlardan tayyorlanadi. Inson tanasida birorta ortiqcha aʼzo boʻlmagandek, tabiatda ham ortiqcha yaratilgan birorta narsa yoʻq. Ularning hammasi hayot uchun zarur. Bugungi kunda sayyoramiz ekologiyasi keskin buzilmoqda. Daraxtlarning kesib yuborilishi, qush va hayvonlarning shavqatsizlik bilan ovlab yoʻq qilinishi tabiat muvozanati qonunlarining buzilishiga sabab boʻldi va boʻlmoqda. Dengiz va daryolarga, okeanlarga neft qoldiqlari quyilib, yer yuzidagi suv ekologiyasi tubdan izdan chiqarilmoqda. Inson uchun quyosh

--⊱⊱ 59 ⊰⊰-- nuri, toza havo, toza suv naqadar zarur boʻlsa, ona zamin ham shunday zarur, uni asrab-avaylash insonning oʻz qoʻlidadir.

Bolalarda tabiatga nisbatan aqliy, estetik munosabatlar ham, u oʻzlashtirayotgan bilimlarning mazmuni ham aynan atrof-olam, tabiatni asrab avaylash bilan bevosita bogʻliqdir. Ekologik mazmun bilan bogʻliq boʻlgan bilim tabiatda bolalar faoliyati va ularning oʻzini tuta bila olishi, intizomini boshqarib turadi va maqsad sari yoʻnaltiradi. Tabiatga boʻlgan munosabatni shakllantirishda bolalar idrokiga yetarli darajada yetib boruvchi tabiat qonunlari boʻyicha bilim alohida oʻrin egallaydi. Tabiatga nisbatan boʻlgan munosabatni rivojlantirish (mashgʻulot, ekskursiya, sayr qilish kabi hayotiy vaziyatlar) bolaning maʼnaviy-ijobiy, ruhiy kechinmalariga asoslangan pedagogik jarayonni tashkil qilish bilan yakindan bogʻliq.

Tarbiyachi bolada tirik jonzotga nisbatan achinish, uni asrab-avaylash, jonli tabiat bilan uchrashganda undan bahra olish, quvonish, taajjublanish, oʻzining qilgan ishidan magʻrurlanish, qoniqish hissini uygʻota bilishi kerak.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni tabiat, yilning turli fasllarida unda roʻy berib turadigan oʻzgarishlar bilan tanishtirib boriladi. Hosil qilingan bilimlar asosida tabiat hodisalarini aniq tushuna bilish, qiziquvchan boʻlish, kuzata bilish, mantiqan fikr yurita olish, jamiki tirik narsaga zavq-shavq bilan qarash kabi fazilatlar shakllanib boradi.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.