--⊱⊱ 111 ⊰⊰--
RIVOJLANTIRISHDA O‘YIN, HOBBI VA FAOLIYATNING ASOSIY YO’NALISHLARI
Aliyeva Iroda Otabek qizi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor
va mutaxassislarini qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish instituti doktoranti
Annotatsiya: mazkur maqolada bolalarning intellektual, hissiy va raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishda o‘yin, hobbi va faoliyatning integratsiyasi haqida fikr mulohazalar yuritiladi.
Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, o‘yin, hobbi, faoliyat, intellektual salohiyat, emotsional intellekt, raqamli intellekt, pedagogik shart-sharoitlar.
Abstract: This article discusses the integration of play, hobbies, and activities in the development of children's intellectual, emotional, and digital competencies.
Keywords: preschool education, play, hobbies, activities, intellectual potential, emotional intelligence, digital intelligence, pedagogical conditions.
Аннотatsiя: В статье рассматривается интегрatsiя игры, увлечений и занятий в развитие интеллектуальных, эмоциональных и цифровых компетенций детей.
Ключевые слова: дошкольное образование, игра, увлечения, занятия, интеллектуальный потенциал, эмоциональный интеллект, цифровой интеллект, педагогические условия.
Maktabgacha ta’lim tizimida milliy metodik yondashuvlarni kelajak ta’lim ko‘nikmalariga integratsiya qilish tarbiyachilarning kasbiy kompetensiyasi, ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash mahorati hamda bolalarning individual rivojlanishiga yo‘naltirilgan metodik yondashuvlarga bog‘liqdir.
David Elkind “oʻyin, hobbiy va faoliyat inson rivojlanishidagi oʻrni va ahamiyati chuqur tahlil qilib bu bu uchta asosiy ehtiyojni bolalar oʻsishining ajralmas qismi sifatida koʻradi va ularning oʻzaro bog’liqligini ta’kidlaydi. Bolalar oʻyin, hobbiy va faoliyat oʻzaro uyg’unlikda rivojlantirib, oʻz qobiliyatlarini va shaxsiyatini shakllantiradilar”2. Tadqiqotchining fikricha, “kattalar bolalarning bu jarayonlarini rag’batlantirishi va qoʻllab-quvvatlashi kerak. Oʻyin, masalan, bolalarga oʻz qiziqishlarini amalga oshirishga imkon beradi va ular oʻzlarini ifodalashni oʻrganishadi. Oʻyinchoqlarni tanlashda ham Elkind ta’kidlaganidek, uch oʻlchamli, interaktiv va yaratuvchan oʻyinchoqlar bolalarga yanada chuqurroq oʻrganish imkoniyatini beradi. Yog’ochdan yasalgan bloklar va boshqa turli materiallar bolalarga oʻz fikrlarini yaratish va rivojlantirishda yordam beradi”.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning kelajak ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirishga uch tomonlama ta’sirini o‘yin, hobbiy va faoliyat orqali (kognitiv (IQ), emotsional (EQ) va raqamli (DQ) kompetensiyalar shakllantirishni ko’rib chiqamiz. Ushbu uch asosiy omil ularning kelajakdagi ta’lim va hayotiy ko‘nikmalarini shakllantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
O‘yin – bolaning hayoti va oʻrganish usuli. O‘yin bolaning atrof-muhit bilan muloqotga kirishish va unga moslashish jarayonining ajralmas qismidir. Har bir yosh bosqichida o‘yin bolaga dunyoni o‘rganish, qoidalarga rioya qilish va muhitga moslashish imkonini beradi. Tadqiqotchilar ta’kidlashicha, bolalar o‘yin orqali atrof-muhitni o‘z tasavvurlariga moslashtiradilar, bu esa ularning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi.
2 Elkind D. The Power of Play: Learning What Comes Naturally //American Journal of Play. – 2008. – Т. 1. – №. 1. –
С. 1-6.
--⊱⊱ 112 ⊰⊰--
Hobbi – shaxsiy qiziqish va hissiy rivojlanish manbai. Hobbi bolalarning shaxsiy qiziqishlarini rivojlantirish bilan birga, ularning emosional va ijtimoiy jihatdan yetuklikka erishishiga xizmat qiladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, bola o‘ziga yoqadigan mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanganda, u o‘z his-tuyg‘ularini anglaydi va boshqarishni o‘rganadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar odatda o‘zlarini dunyoning markazida deb hisoblaydilar va narsalarga egalik hissini kuchli his qiladilar. Biroq, ular ulg‘aygan sari, o‘z histuyg‘ularini boshqalar bilan bo‘lishish, hamdardlik va ijtimoiy munosabatlar kabi muhim ko‘nikmalarni o‘zlashtira boshlaydilar.
Faoliyat – amaliy ko‘nikmalar va hayotga tayyorgarlik. Bolalar o‘zlari uchun foydali va qiziqarli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanganida, bu ularga hayotiy muhitga moslashish imkonini beradi. Faoliyat orqali bola o‘zining harakatlarini muvofiqlashtirish, vazifalarni bajarish va ijtimoiy muhit talablariga moslashish kabi ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Tadqiqotchilar ish va o‘yin o‘rtasidagi farqni quyidagicha tushuntiradilar: ish jarayonida bola muhitga moslashishga harakat qiladi, o‘yinda esa aksincha – atrofmuhitni o‘z tasavvuriga moslashtirish orqali o‘z g‘oyalarini ifodalashga intiladi. Shunday qilib, bu ikki jarayon o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bolalarning har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi.
Mazkur nuqtayi nazardan kelib chiqib, IQ, EQ va DQ kompetensiyalarining rivojlanishida o‘yin, hobbi va faoliyatning ahamiyatini quyidagi sxema (2.2.1-rasm) orqali vizual tarzda ifodalash mumkin.
Oʻyin orqali:
IQ: Oʻyin orqali bolalar mantiqiy fikrlash, muammolarni hal qilish va kreativlikni rivojlantirishadi. Masalan, yogʻoch bloklar yordamida qurilish loyihalari yaratish.
EQ: Oʻyin davomida bolalar hissiyotlarini boshqarish, boshqalar bilan hamkorlik qilish va empatiya qilishni oʻrganadilar.
DQ: Raqamli oʻyinlar va interaktiv oʻyinchoqlar orqali bolalar texnologiyani qoʻllash, raqamli koʻnikmalarni rivojlantirishadi.
Hobbi orqali:
IQ: Hobbi va qoʻllab-quvvatlash muhitida bolalar oʻzlariga ishonch hosil qiladi, bu ularning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
EQ: Hobbi bolalarga hissiy xavfsizlikni taʼminlaydi, ularning hissiy tushunchalarini mustahkamlaydi va ijtimoiy munosabatlarni yaxshilaydi.
DQ: Hobbi va qoʻllab-quvvatlash bolalarni raqamli dunyoda xavfsiz va mas’uliyatli harakat qilishga oʻrgatadi.
Faoliyat orqali:
IQ: Faoliyat (masalan, uy vazifalari, loyihalar) bolalarga muntazamlik, intizom va muammolarni hal qilish koʻnikmalarini oʻrgatadi.
EQ: Faoliyat jarayonida bolalar mas’uliyatni oʻrganadilar, shaxsiy va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirishadi.
DQ: Raqamli texnologiyalar bilan ishlash (masalan, dasturlash, raqamli loyihalar) bolalarning raqamli savodxonligini oshiradi.
Ushbu jadvalga koʻra bolalarning IQ, EQ va DQ ni rivojlantirishda oʻyin, hobbi va faoliyatning har bir elementi bolalarning rivojlanishida ularni shaxs sifatida shakllantirishga yordam beradi.
Z.T.Sagatovaning tadqiqotlarida ta’lim sifatini ta’minlash masalalari chuqur tahlil qilingan bo’lib, bunda pedagogik shart-sharoitlarning muhimligi alohida ta’kidlangan. “Tadqiqotda maktabgacha ta’lim tizimida sifatni ta’minlashga oid mavjud ziddiyatlar va metodologik yondashuvlar ko’rib chiqiladi. Bu tahlil, ta’lim jarayonining muvaffaqiyatli tashkil etilishida pedagogik shart-sharoitlarning to’g’ri shakllantirilishi va ularga asoslangan tizimli yondashuvning zarurligini ko’rsatadi”.
--⊱⊱ 113 ⊰⊰--
Muallif ta’kidlaganidek, maktabgacha ta’lim tizimi sifatini ta’minlashda tizimli yondashuvni ishlab chiqish zarur. Bu yondashuv, ta’lim jarayoniga ta’sir etuvchi barcha omillarni bir tizim sifatida ko’rib chiqish va har bir shart-sharoitni o’zaro uyg’unlashtirishni talab etadi. Pedagogik tizimda sifatni oshirishga yo’naltirilgan o’zgarishlar va yangiliklar, shuningdek, pedagoglarning kasbiy malakasi, ta’lim mazmuni va pedagogning bolalar bilan o’zaro aloqalari kabi ichki omillarga asoslanadi. Bu omillarni hisobga olish, ta’lim jarayonining samarali tashkil etilishiga yordam beradi va ta’lim sifatining uzluksiz rivojlanishini ta’minlaydi.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifatini oshirishda tashqi va ichki omillar o’rtasidagi uyg’unlikka alohida e’tibor qaratiladi. Pedagogik shart-sharoitlarning samarali tashkil etilishi, ta’lim jarayonida ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sharoitlarni ham o'z ichiga oladi. Bu omillar ta’lim tizimining sifatini oshirishga yordam beradi va bolalarning rivojlanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Shunday qilib, maktabgacha ta’lim tizimida sifatni ta’minlash masalalari kompleks tarzda koʻrib chiqilishi kerak. Pedagogik shart-sharoitlarni ishlab chiqishda ta’lim sifatini oshirish uchun barcha ichki va tashqi omillarni bir tizim sifatida baholash zarur. Ushbu kompleks yondashuv, nafaqat pedagogik bilim va malakalar, balki ijtimoiy va madaniy sharoitlarga ham asoslangan holda ta’lim sifatini ta’minlashda o’z rolini o’ynaydi. Bunda, davlat ta’lim siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida, maktabgacha ta’lim tizimining sifatli rivojlanishi ta’minlanadi.
Biz tadqiqotimizda, maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagogik shart-sharoitlarni ishlab chiqishda bolalar uchun oʻyinni tashkil etish va ularning rivojlanishini qoʻllab-quvvatlashni muhim omil sifatida belgilaymiz. Pedagog-tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari va madaniy kontekstlarini hisobga olgan holda ular uchun xavfsiz, ragʻbatlantiruvchi va rivojlantiruvchi muhit yaratadi. Ushbu jarayonda quyidagi jihatlarga eʼtibor qaratiladi.
Bolalar uchun qulay sharoitlar yaratish:
Pedagog tarbiyachi bolalarning yoshiga, qiziqishlariga va rivojlanish ehtiyojlariga mos keladigan xavfsiz va qulay muhit tayyorlaydi. Bu muhit bolalarning erkin harakatlanishi, oʻzlarini ifoda etishi va ijodiy faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlarni oʻz ichiga oladi.
Oʻyin maydonchasi, resurslar (masalan, oʻyinchoqlar, materiallar) va vaqtni rejalashtirish orqali bolalarning oʻyin faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga harakat qilinadi. Xona ichida ham, tashqarisida ham bolalarning faol ishtirok etishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
Xavfsizlik talablariga qatʼiy rioya qilinadi, shuningdek, bolalarning oʻyin jarayonida qoʻllabquvvatlanishi va ragʻbatlantirilishi taʼminlanadi.
Bolalar oʻyinini rivojlantirish:
Pedagog bolalarning individual xususiyatlarini, qiziqishlarini va rivojlanish bosqichlarini kuzatish orqali ularga moslashtirilgan oʻyin faoliyatini rejalashtiradi. U bolalarni oʻyin jarayoniga jalb qilish, ularning qiziqishlarini uygʻotish va yangi koʻnikmalar olishlariga yordam beradi.
Pedagog bolalarning oʻyin holatiga kirishiga va uni davom ettirishiga yoʻnaltiruvchi koʻnikmalarni shakllantirishda muhim rol oʻynaydi. U bolalarni mustaqil fikrlash, ijod qilish va oʻzlarini erkin ifoda etishga undaydi.
Bolalarning oʻzaro munosabatlarini shakllantirish:
Pedagog bolalarning oʻyin jarayonida bir-birlari bilan hamkorlik qilishlariga, munosabatda boʻlishlariga va ijtimoiy koʻnikmalarini rivojlantirishlariga yordam beradi. U bolalarning oʻzaro muloqot qilish, baham koʻrish va birgalikda muammolarni hal qilish qobiliyatlarini oshirishga koʻmaklashadi.
Oʻyin orqali bolalarga ijtimoiy munosabatlar qurish, hissiy jihatdan bogʻlanish va guruhda ishlash qobiliyatlari rivojlantiriladi.
Bolalarni oʻyin jarayonida kuzatish va baholash:
--⊱⊱ 114 ⊰⊰--
Pedagog bolalarning oʻyin faoliyatini kuzatish orqali ularning rivojlanish bosqichlarini, qobiliyatlarini va oʻrganish ehtiyojlarini aniqlaydi. U bolalarning oʻyin orqali qanday koʻnikmalarni namoyon qilishini, qanday yangi bilimlar olishini va qanday ijtimoiy xulq-atvor koʻrsatishini kuzatadi.
Pedagog oʻzining faol ishtiroki orqali bolalarning til bilan ifodalash, tushuntirish, asoslash va ijtimoiy munosabatlar qurish qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Bolalarga oʻzlarini va qobiliyatlarini namoyon qilish imkoniyatini berish:
Pedagog bolalarga erkin oʻyin uchun yetarli vaqt ajratadi va ularning oʻz gʻoyalari asosida yoki tashabbusi bilan oʻynashlariga imkon yaratadi. Bu jarayonda bolalar shoshmasdan, kattalarning haddan tashqari aralashuvisiz oʻzlarini ifoda etishlari va qobiliyatlarini namoyon qilishlari mumkin.
Pedagog bolalarning mustaqil fikrlash, ijod qilish va oʻzlarini erkin ifoda etish qobiliyatlarini ragʻbatlantirishga qaratilgan yondashuvni qoʻllaydi.
Pedagogik yondashuvning asosiy tamoyillari:
Pedagogik shart-sharoitlarni ishlab chiqishda bolalarning individual ehtiyojlari, qiziqishlari va rivojlanish bosqichlari asosiy omil hisoblanadi.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, o‘yin, hobbi va faoliyat bolalarning IQ, EQ va DQ ni rivojlantirishda markaziy o‘rin tutadi. Pedagogik shart-sharoitlarni ishlab chiqishda bu uch tomonlama ta’sirni hisobga olish zarur, chunki ular bolalar uchun yangi ko‘nikmalar va ijtimoiy qobiliyatlarni shakllantirishga imkon yaratadi. O‘yin jarayonida bolalar nafaqat mantiqiy va kreativ fikrlashni rivojlantiradi, balki hissiy xavfsizlikni ham ta’minlaydi, bu esa ularning ijtimoiy va hissiy rivojlanishiga yordam beradi.
Shuningdek, pedagog-tarbiyachi bolalar uchun xavfsiz, rag‘batlantiruvchi va rivojlantiruvchi muhit yaratish orqali o‘yin, hobbi va faoliyatni to‘g‘ri tashkil etish kerak. Pedagogning individual yondashuvi bolalarning ehtiyojlarini hisobga olib, ularni mustaqil fikrlash, ijod qilish va ijtimoiy munosabatlar qurish imkoniyatlari bilan ta’minlaydi.
FOYDALANILGAN ADAIYOTLAR
1. Sagatova Z.T. Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy tillarni o’qitish: metodika, zamonaviy yondashuvlar //Modern educational system and innovative teaching solutions. – 2024. – Т. 1. – №. 4. – С. 1284-1288.
2. Elkind D. The Power of Play: Learning What Comes Naturally //American Journal of Play. – 2008. – Т. 1. – №. 1. – С. 1-6.
3. Irisqulov, B. J. (2024). Finlandiya ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlari. OʻzbekistonFinlandiya ta’limi va barkamol avlod tarbiyasi muammolari: Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari.
4. Abdullayeva N.Sh. Leader competency and its specific characteristics in managing the school
education system// American Journal Of Social Sciences And Humanity Research eISSN:2771-
2141Pages:152-158|Crossref DOI:https://doi.org/10.37547/ajsshr/Volume04Issue02-23 Published
Date: 2024-02-29http://theusajournals.com/index.php/ajsshr/article/view/2548
5. Abdullayeva N.Sh. Improving the preschool education system on the basis of cluster technologies//
Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation, B. 36872-36886 2021 y
6. Валиева Ф.Р Теоретические основы и эволюция системы kpi в управления человеческими
ресурсами// Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish institutida boʻlib oʻtgan “Maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarini
rivojlantirish: amaliyot va xorijiy tajriba” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
MATERIALLAR TOʻPLAMI 1-qism 2024-yil 23-24-may
7. Валиева Ф.Р. Роль женщин-ученых в области социально-гуманитарных наук в формировании
фундамента третьего возрождения в новом Узбекистане// «Эконмика и социум» №3(118)
2024/www.iypr.ru
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.