ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

BOSH AYLANISHINI XALQ TABOBATIDA DAVOLASH USULLARI

Abstract

Bosh aylanishi – muvozanat buzilib, atrofdagi narsalar aylanayotgandek sezilishidir. Bunda bemorning koʼngli aynib qusadi, qulogʼi shangʼillaydi, yaxshi eshitmaydi, rang oʼzgaradi, tomir urishi susayadi, oʼrnidan turganida aksari yiqilib tushadi. Sogʼlom odam ham keskin harakat qilganida, masalan, oʼridan sakrab turganida aylanganida, paroxodda, transportda ketayotganida, juda balandda yurganida boshi aylanishi mumkin, bu fiziologik bosh aylanishi hisoblanadi.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

BOSH AYLANISHINI XALQ TABOBATIDA DAVOLASH USULLARI

Abdukarimova Farida Abdumalik qizi

Samarqand davlat tibbiyot universiteti Farmatsiya fakulteti talabasi

Abdugafforov Javohir Shuhrat o’g’li

Samarqand davlat tibbiyot universiteti Davolash fakulteti talabasi

Аnnotatsiya: Bosh aylanishi – muvozanat buzilib, atrofdagi narsalar aylanayotgandek sezilishidir. Bunda bemorning koʼngli aynib qusadi, qulogʼi shangʼillaydi, yaxshi eshitmaydi, rang oʼzgaradi, tomir urishi susayadi, oʼrnidan turganida aksari yiqilib tushadi. Sogʼlom odam ham keskin harakat qilganida, masalan, oʼridan sakrab turganida aylanganida, paroxodda, transportda ketayotganida, juda balandda yurganida boshi aylanishi mumkin, bu fiziologik bosh aylanishi hisoblanadi.

Kalit soʼzlar: Limonoʼt, tibbiyot, tomir urishi, sabzi, yalpiz, bosh aylanishi.

Bosh aylanishi (vertigo) — atrofdagi fazoda o’z tanasining nazoratsiz harakatlanishi, tayanchning siljishi yoki ko’ruv zonasida joylashgan obyektlarning harakatlanishini his etish tuyg’usidir. Zamonaviy tibbiyot ilmiy asosda shakllanishi va rivojlanishi kasalliklarning oldini olish va davolash usullari asrlar moboynida takomillashuvi uchun xizmat qiladi. Muolajasi ogʼir va bedavo xastaliklarni ham davolash, ayniqsa jarrohlik sohasida aql bovar qilmas muvaffaqiyatlarga erishayotgan zamonaviy tibbiyot uchun asl maʼnoda tamal toshi boʼldi. Xalq tabobati juda qadimiy tarixga ega boʼlib jamiyat tarraqiyotining barcha bosqichlarida hayotiy ehtiyojga aylanganidan dalolat beradi. Аna shu sharafli va mashaqqatli mas’uliyatni zimmalariga olgan paygʼambarlar, tabiblar, xalq tabobatining vakillari xatarli kasalliklarni oldini olishni dardiga shifo istab kelgan bemorga tashxis qoʼyish va davolashni shunchaki tabiblik amaliyoti emas, balki oʼzlarining muqaddas burchlari deb bilgan.

Xalq tabobatida kasallikni asosan mijozga qarab aniqlashgan, shunga koʼra davo belgilangan. Bemorning mijozi tomir, til, koʼz, badan va axlat rangidan aniqlab olingach, shunga mos dori-darmonlar buyurilgan.

Bosh aylanishi – muvozanat buzilib, atrofdagi narsalar aylanayotgandek sezilishidir. Bunda bemorning koʼngli aynib qusadi, qulogʼi shangʼillaydi, yaxshi eshitmaydi, rang oʼzgaradi, tomir urishi susayadi, oʼrnidan turganida aksari yiqilib tushadi. Sogʼlom odam ham keskin harakat qilganida, masalan, oʼrnidan sakrab turganida aylanganida, paroxodda, transportda ketayotganida, juda balandda yurganida boshi aylanishi mumkin, bu fiziologik bosh aylanishi hisoblanadi.

Vestibulyar apparati (eshituv nervining muvozanat saqlovchi qismi) oʼta taʼsirchankishilarda bosh aylanishi koʼproq kuzatiladi. Bunday kishilar bolalik vaqtidayoq transportda yurganida, argʼimchoq uchganida juda balandda yurganida boshi aylanishi mumkin va oʼzini yomon his kiladi. Gipertoniya, bosh miya tomirlari aterosklerozi, oʼrta quloq kasalliklari, shikastlanish, shuningdek, zaharlanish (alkogol, nikotin, is gazi va b) oqibatida ham bosh aylanishi mumkin. Bosh aylanish sababini aniqlash uchun bemorni shifokor sinchiklab tekshirishi va tegishli davo choralarini tavsiya etishi kerak. Bosh kuchli ogʼriganda bemor oʼrinda yotishi va albatta, shifokor chaqirishi lozim.

Sabzi-sharbati ovqatdan yarim soat oldin yarim yoki bir stakandan kuniga 3-4 mahal ichilsa, bosh ogʼrigʼi va aylanishiga shifo boʼladi.

Sabzidan 3 qism, lavlagidan bir qism, anordan 2 qism olinadi. Sharbatlarini aralashtirib, ovqatdan 30 daqiqa oldin kuniga 3 mahal ichiladi. Bosh ogʼriganda va aylanganda davo boʼladi.

Dengiz karamining tolqoni har kuni tushlikdan oldin bir choy qoshiqdan kappalab turilsa (soʼlak bilan yutishi kerak), nomaʼlum sabablarga koʼra bosh tez-tez aylanishiga foyda kiladi.

Limonoʼtdan 15 gramm olib, ustiga bir stakan qaynoq suv qoʼyib, yarim soat oʼrab damlab qoʼyiladi. Kuniga 5-6 mahal bir-ikki osh qoshiqdan ichiladi. Bu damlama bosh ogʼrigʼi, aylanishi, yurak tez urishi, qorin dam boʼlishi va uyqusizlikda davo buladi.

Limonoʼt oʼsimligining hoʼl yoki quruq bargidan bir osh qoshigʼi ustiga bir stakan qaynoq suv qoʼyib 30 daqiqa damlab qoʼyiladi. Keyin choy kabi ichish lozim. Kuniga 5-6 mahal, 1-2 osh qoshiqdan ichilsa bosh aylanishiga shifo boʼladi.

Limonoʼt, igir ildizi va doʼlana gulidan 100 gramm dan olib aralashtiriladi. 3 osh qoshigʼini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin, 150 grammdan ichiladi.

Limonoʼt va oq omila oʼtidan 100 grammdan olib aralashtiriladi. 2 osh qoshigʼini kechqurun termosga solib ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi. Ertalab suzib olgach, kuniga 4 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin, yarim stakandan ichiladi.

Yalpiz, qizil qonchoʼp va togʼ rayxonidan 100 grammdan olib aralashtiriladi. Shu yigʼmadan bir osh qoshigʼi ustiga yarim litr qaynoq suv qoʼyib, yarim soat oʼrab damlab qoʼyiladi. Dokadan suzib olgach, bosh ogʼriganda kuniga bir stakandan ichiladi.

Mumiyodan 0,2-0,3 gram olib sut va asal bilan 1:20 nisbatda kuniga 2 mahal – nahorda va kechkurun uyqu oldindan 25 kun ichilsa, bosh ogʼrigʼi va aylanishi qoladi. Kasallik oʼtib ketgan boʼlsa, 40 kun tanaffus qilib, davolash davom ettiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Nortosh Oʼljaboeva. Halq tabobati xazinasidan javoxirlar. Toshkent. “Yangi asr avlodi” 2009 yil

2. https://mymedic.uz/kasalliklar/nevrologiya/bosh-aylanishi/

3. https://tophit.uz/uz/article/656848-bosh-aylanishi-sabablari-va-davolashusullari

4.Gulomovna, S. X., Ergashboyevna, E. M., & Ergashboy, A. (2020). Range of measuring of base error of selective thermocatalytical sensor on methane. European science review, (1-2), 140-143.

5.Eshkobilova, M. E., Хodieva, N., & Abdurakhmanova, Z. E. (2023). Thermocatalytic and Semiconductor Sensors for Monitoring Gas Mixtures. World Journal of Agriculture and Urbanization, 2(6), 9-13.

6.Kholmirzayev, F. F., Eshkobilova, M. E., Urokov, D. M., & Abdurakhmanov, E. (2018). The influence of temperature on the sensitivity of a semiconductor methane sensor. In Materials of the Republican conference" Development of analytical chemistry in Uzbekistan”. Tashkent (pp. 78-81).

7.Эшкобилова, М. Э., Эгамов, У. Б. Ў., Толибов, А. А. Ў., Шукурова, Д. Б.,

& Абдурахмонов, Э. (2023). МЕТАННИ АНИҚЛОВЧИ ТЯГ-CН4 ГАЗ

АНАЛИЗАТОРИНИНГ МЕТРОЛОГИК ТАВСИФЛАРИГА ТУРЛИ

ОМИЛЛАРНИНГ ТАЪСИРИ. Research Focus, 2(11), 17-22.

8.Eshkabilova, M., Abdurakhmanov, I. E., Muradova, Z., Abdurakhmanov, E., & Abdurakhmanova, Z. (2022, December). Development of selective gas sensors using nanomaterials obtained by sol-gel process. In Journal of Physics: Conference Series (Vol. 2388, No. 1, p. 012155). IOP Publishing.

9.Er, A. I. (2022). STUDY OF REGULARITIES OF FORMATION

SEMICONDUCTOR GAS-SENSITIVE FILMS BASED ON OXIDES OF

METALLS TI, ZN AND W. Universum: химия и биология, (2-2 (92)), 43-46.

10.Abdurakhmanov, E., Eshkabilova, M. E., Muminova, N. I., Sidikova, K. G., & Pardaeva, S. M. (2022). Template Synthesis of Nanomaterials based on Titanium and Cadmium Oxides by the Sol-Gel Method, Study of their Possibility of Application As A Carbon Monoxide Sensor (II). Journal of Pharmaceutical Negative Results, 1343-1350.

11.Эшкобилова, М. Э., & Насимов, А. М. (2019). Газоанализатор (тпг-сн4) для мониторинга метана на основе термокаталитических и полупроводниковых сенсоров. Universum: химия и биология, (6 (60)), 17-20.

12.Ergashboyevna, E. M., Gulomovna, S. X., & Ergashboy, A. (2019). Selective thermocatalytic sensor for natural gas monitoring. Austrian Journal of Technical and Natural Sciences, (9-10), 49-51.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.