Boshlang‘ich sinf darslarida kompitensiyaning ahamiyati
Ergasheva Surayyo Yo‘ldoshevna
Termiz davlat pedagogika instituti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada zamonaviy kompyuter texnologiyalari asosida kompetensiyaviy yondashuv asosida ta’lim berish imkoniyatlaridan umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf darslarida foydalanishning afzallik va qulayliklari yoritilgan.
Kalit so‘zlar: kompetensiyaviy ta’lim, tayanch kompetensiya, fanga oid kompetensiya, baholash, o‘quvchi, ballik tizim.
АННОТАЦИЯ
В данной статье рассматриваются преимущества и удобства использования образовательных возможностей на уроках начальных классов общеобразовательных школ на основе компетентностного подхода на основе современных компьютерных технологий.
Ключевые слова: компетентностное образование, опорная компетенция, предметная компетенция, оценивание, ученик, балльная система
ANNOTATION
This article covers the advantages and benefits of using educational opportunities in elementary classes of secondary schools on the basis of a competency approach based on modern computer technologies.
Key words: competence education, core competency, subject competence, evaluation, student, point system
Davlatimiz rahbarining 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida an’anaviy tarzda o‘tgan yil yakunlari sarhisob qilinib, kelgusi yilga maqsad va vazifalar belgilab berildi. Prezidentimiz 2023-yilni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yili deb e’lon qildilar.
“Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir.” deya ta'kidladilar Yurtboshimiz. Buyuk shoir va mutafakkir Yusuf Xos Hojibdan iqtibos keltirgan holda: “Zakovat bor joyda ulug‘lik bo‘ladi, Bilim bor joyda buyuklik bo‘ladi.”, dedilar davlatimiz rahbari. Shuningdek, bu maqsadlarga erishish uchun bu sohada boshlangan islohotlarni davom ettirish, ustoz va murabbiylar bilan ko‘proq uchrashish, mavjud muammolarni birgalikda hal etish, bu boradagi vazifalarni hayotga tatbiq etishga ko‘maklashish zarurligini ta’kidladilar.
«Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot-bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi.» Jadidlar bobolarimizning bu so‘zlari deputat va senatorlar, siyosiy partiyalar, mahalliy Kengashlar, butun davlat apparati, jamoatchilik uchun amaliy qo‘llanma bo‘lishi kerak. Shuning bilan birga, maktablarda ta’lim sifati hamda jamiyatda o‘qituvchi kasbi nufuzini oshirish, ularning mehnat hamda hayotiy sharoitlarini yaxshilash 2023-yildagi eng asosiy vazifalarimizdan biri bo‘ladi. Hozirgi ochiqlik siyosati, chet el investitsiyalari va yangi korxonalarning ortib borayotgani yoshlarimizni zamonaviy bilimlar va xorijiy tillarni o‘rganishga undamoqda. Shu bois, maktablarga yuqori malakali xorijiy o‘qituvchilarni olib kelishga majbur bo‘lyapmiz.
Ta’lim sohasidagi navbatdagi muhim yo‘nalish, bu – yoshlarning zamonaviy kasb-hunar egallashi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Shuning uchun yoshlar zamonaviy axborot texnologiyalari asosida bilim berish bugungi davr talabi hisoblanadi.
Jahonda raqamli iqtisodiyot sharoitida kompetensiyaviy yondashuv asosida boshlang‘ich sinfda axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘qitishni takomillashtirish mexanizmlari tatbiq etish. Bugungacha 2015 yil may oyida Koreyaning Incheon shaxrida butun jahon forumida jahonning 160 dan ortiq davlatidan 1600 dan ortiq ishtirokchilari asosida form bo‘lib o‘tgan. Bu forumda ta’lim barqaror taraqqiyotini ta’minlovchi asosiy omil sifatidagi konsepsiyasi, ya’ni “Ta’lim-2030” Incheon deklaratsiyasi qabul qilindi va butun hayot davomida sifatli ta’lim olishga imkoniyat yaratish dolzarb vazifa sifatida belgilandi.
Kompetensiyaviy yondashuv asosida boshlang‘ich sinf fanlarini o‘qitishni takomillashtirish borasida ta’minot sifati darajasini oshirish, o‘quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga katta e’tibor qaratilmoqda. Jamiyatning ijodkor kompetentli mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoji shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirish texnologiyalarining muhimligini oshirib, dolzarblashtirilmoqda.
Kompetensiyaviy yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bilim berishni takomillashtirish ta’lim sohasida islohotlarni izchil amalga oshirish masalalari haqidagi ilmiy asoslangan xulosalar o‘z aksini topib kelmoqda. “Kompetensiya” va “Kompetentlik” tushunchalari dastlab turli millat olimlari o‘zaro muloqot zarurligini ifodalagan, bugungi kunda ta’lim tizimi uning mazmuni va amaliy moxiyatini bevosita qamrab oldi.
Kompetensiya, axborotlar bilan ishlash, o‘zini o‘zi rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kabi tayanch kompetensiyalarning o‘quvchilarda shakllantirilishi bitiruvchilarning aqlan va ruhan barkamol topishiga, kelajak hayotda dadil va mustahkam qadam tashlashiga zamin hozirlaydi. Shu davrgacha o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini baholashga e’tibor qaratilgan bo‘lsa, endilikda o‘quvchilarning nafaqat bilimi, balki shakllantirilayotgan kompetensiyalari ham baholanishi nazarda tutilgan. Amaldagi Nizomlarga ko‘ra o‘quvchilarning bilimini baholash quyidan yuqoriga qarab ijobiy baholash mezoni asosida amalga oshirildi. Ya’ni “5” ballik tizimda har bir ball (“1”, “2”, “3”, “4”, “5”), o‘quvchining har bir imkoniyati e’tiborga olindi. E’tibor beradigan bo‘lsak, har bir ballni belgilashda imkoniyatlar sanab o‘tilgan. Imkoniyat deganda, o‘quvchining o‘zlashtirishi, darsga tayyorligi, daftar yuritishi, tirishqoqligi, ishtiroki, qo‘shimcha topshiriqlarga nisbatan moyilligi, mavzuga oid ma’lumotlarni tahlil eta olishi, mustaqil ish bajarishi va o‘z nuqtayi nazarini himoya qila olishi, dars va darsdan tashqari tadbirlarda namuna ko‘rsatishi kabi harakatlari nazarda tutildi. Ushbu fikrni rivojlantirish maqsadida har bir ballni (“1”, “2”, “3”, “4”, “5”) qo‘yishda o‘quvchining imkoniyatlari tavsifida quyidagi yondashuvni tavsiya etsa bo‘ladi: “1” ball — 5 ta imkoniyatning 1 tasidan foydalanish nazarda tutiladi. O‘quvchida shakllantirilishi lozim bo‘lgan fanga oid kompetensiya bo‘yicha: mavzuga oid o‘rganilgan hodisalar, tamoyillar va ularning farqlari, o‘xshashliklarini ajratishda topshiriqlarni noto‘g‘ri bajarsa-da, javob berishga harakat qilishi e’tiborga olinadi. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi. Mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olmasligi, kundalik faoliyatda uchraydigan sodda hujjatlar bilan ishlay olmasligi e’tiborga olinadi. Masalan matematik dars mashg‘ulotlarida kundalik ehtiyojlari bilan bog‘liq sodda hisobkitoblarga asoslangan shaxsiy iqtisodiy rejalarini tuza bilishi va sodda kichik loyihalarni ishlab chiqa olishi, fan va texnika yangiliklaridan qisman xabardorligi e’tiborga olinadi. Boshlang‘ich sinf dars mashg‘ulotlarida axborotlar bilan ishlash kompitensiyasini shakllantirishda quydagi metod va yondoshuvlar asosida ancha yuqori natijalarga erishish mumkin.
Interfaol yondashuv. O‘qituvchilar dars jarayonini yaxshi tashkil etish uchun qulay muhit yaratadi. O‘quvchilarning o‘zaro fikr (axborot) almashishlariga imkon beriladi. Yechimini kutayotgan masalalarni hamjixatlikda muhokama etadilar, yechadilar. Vaziyatdan chiqishda hamkorlikda yechim topadilar. Olgan axborotlari asosida bilimlarini bir-birlariga namoyish etadilar.
Loyihalash metodi. Loyihalash metodi – o‘quvchilar uzluksiz ravishda murakkablashib boradigan amaliy topshiriqni rejalash, konstruksiyalash va bajarish jarayonida bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo’ladigan o‘qitish tizimidir. Ta’lim oluvchilar keng miqyosdagi muammoli (ijodiy, axborot, kommunikatsiya va h.k.) masalalar bilan bog‘liq loyihalarni bajaradilar.
Loyihalash metodi orqali o‘quvchilarda quyidagi shaxsiy kompetensiyalar shakllanadi: komandada ishlash; ishchanlik; ma’suliyatni his etish; o‘ziga ishonch; o‘qitishlilik; tezkor fikrlash; jarayon rivojini ko’ra bilish; mushohada qila bilish; uzoqni ko‘ra bilish; tashxislash; motivatsiya.
Tanqidiy tafakkur metodi
Muammoli modulli ta’lim metodi.
Muammoli modulli ta’lim metodi olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llashni nazarda tutadi. Mazkur metod o‘qitishning turli modellarining didaktik asosini tashkil etib, o‘qitish vositalari va pedagogik texnikaning qo‘llash usulari bilan farqlanadi. U o‘quv predmetini nisbatan kichik bo‘laklarga – modullarga bo‘lishni ifodalaydi.
O‘quvchi shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim.
Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi va ijtimoiy taraqqiyotda faol ishtirok etuvchi odamni Shaxs deb ataladi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam keyinchalik shaxsgaaylanadi. Individ tushunchasida kishining nasl-nasabi mujassamlashgandir.
Loyihalash metodi – o‘quvchilar uzluksiz ravishda murakkablashib boradigan amaliy topshiriqni rejalash, konstruksiyalash va bajarish jarayonida bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘ladigan o‘qitish tizimidir.
ta’lim oluvchilar keng miqyosdagi muammoli (ijodiy, axborot, kommunikatsiya va h.k.) masalalar bilan bog‘liq loyihalarni bajaradilar.
KLASTER (Klaster-tutam, bog‘lam)-axborot xaritasini tuzish yo‘li - barcha tuzilmaning mohiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g‘oyalarni yig‘ish.
Bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo‘yicha yangi o‘zaro bog‘lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi.
Klasterni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Yozuv taxtasi yoki katta qog‘oz varag‘ining o‘rtasiga asosiy so‘z yoki 1-2 so‘zdan iborat bo‘lgan mavzu nomi yoziladi.
Birikma bo‘yicha asosiy so‘z bilan uning yonida mavzu bilan bog‘liq so‘z va takliflar kichik doirachalar "yo‘ldoshlar” yozib qo‘shiladi. Ularni "asosiy” so‘z bilan chiziqlar yordamida birlashtiriladi. Bu "yo‘ldoshlarda” "kichik yo‘ldoshlar” bo‘lishi mumkin. Yozuv ajratilgan vaqt davomida yoki g‘oyalar tugagunicha davom etishi mumkin.
Toifa-xususiyat va munosabatlarni muhimligini namoyon qiluvchi (umumiy) alomat.
Ajratilgan alomatlar asosida olingan ma’lumotlarni birlashtirishni ta’minlaydi.
Tizimli fikrlash, ma’lumotlarni tuzilmaga keltirish, tizimlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Toifalarni jadval ko‘rinishida rasmiylashtiradilar. Foyalarni ma’lumotlarni toifaga mos ravishda bo‘ladilar. Ish jarayonida toifalarning ayrim nomlari o‘zgarishi mumkin. Yangilari paydo bo‘lishi mumkin. Ish natijalarining taqdimoti
BBB Jadvali - Bilaman/ Bilishni hohlayman/ Bilib oldim.
Mavzu, matn, bo‘lim bo‘yicha izlanuvchilikni olib borish imkonini beradi.
Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Jadvalni tuzish qoidasi bilan tanishdilar. Alohida kichik guruhlarda jadvalni rasmiylashtiradilar.
“Mavzu bo‘yicha nimalarni bilasiz” va "Nimani bilishni hohlaysiz” degan savollarga javob beradilar (oldindagi ish uchun yo’naltiruvchi asos yaratiladi). Jadvalning 1- va 2-bo‘limlarini to’ldiradilar.
Ma’ruzani tinglaydilar, mustaqil o‘qiydilar.
Mustaqil kichik guruhlarda jadvalning 3-bo‘limini to‘ldiradilar.
VENNA diagrammasi 2- va 3-jihatlarini hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo‘yish uchun qo’llaniladi.
Tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
VENNA diagrammatuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda diagramma Vennani tuzadilar va kesishmaydigan joylarni (x) to’ldiradilar.
Juftliklarga birlashadilar, o‘zlarining diagrammalrini taqqoslaydilar va to‘ldiradilar. ma’lumotlar ro’yxatini tuzadi.
1. Aylana yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shakllaridan foydalanishni o‘zingiz tanlaysiz.
2. Chizmaning ko‘rinishini-mulohazalar zanjirini to‘g‘ri chiziqli, to‘g‘ri chiziqli emasligini o‘zingiz tanlaysiz.
3. Yo‘nalish ko‘rsatkichlari sizning qidiruvlaringizni: dastlabki holatdan izlanishgacha bo‘lgan yo‘nalishingizni belgilaydi.
Bugun rivojlangan axborot texnologiyalri asrida o‘quvchilarning bilim olish darajasi yuqori darajaga erishtirish uchun zamonaviy texnologiyalar hamda noodatiy interfoal metodlardan keng miqiyosida foydalanish talaba qilib kelmoqda. Bugungi maqolada maktab o‘quvchilariga interfaol metodlar va kompetensiyaviy yondashuv asosida ta’lim berish masalasi ko‘rib chiqilgan.
Adabiyotlar ro'yxati
1. Burxonov S., Xudoyorov O‘., Norqulova Q. Matematika. Umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 3-sinfi uchun darslik. “Sharq” nashriyot matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. –T.: 2012 yil.
2. Zufarova M.E. Umumiy psixologiya. –T.: “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2010 y.
3. Yo‘ldoshev J. Yo‘ldosheva F. Yo‘ldosheva G. Interfaol ta'lim sifat kafolati. –T.: 2008 y.
4. Mavlonova R., Arabova M., Pedagogik texnologiya (metodik qo‘llanma) –T: 2008 yil.
5. To‘raeva O., Xoliqberdiev K., Pedagogika (darslik) –T: “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2008 yil.
6. Hasanboeva O., Hasanboev J., Hamidov H. Pedagogika tarixi. –T.: “O’qituvchi” nashriyoti , 1997-yil
7. https://oriens.uz/journal/article/boshlangich-sinflarda-axborottexnologiyalaridan-foydalanishning-afzalliklari/
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.