FUQAROLIK KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH
Rustambekova Nigora Abduganisovna
Toshkent Shahar Yashnobod Tumani 454-Sonli Dmtt Direktori
ANNOTATSIYA
Kichik yoshdagi o‘quvchining ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirishda bir qator ichki va tashqi omillarni hisobga olish kerak. Tashqi omillarga ijtimoiy rivojlanishning hozirgi bosqichi, bolaning ijtimoiy hayoti, sharoitlari va ijtimoiy muhit kiradi. Ichki omillar - bu bolaning aqliy rivojlanish xususiyatlari, uning yoshiga xos rivojlanishi va individual individual xususiyatlari. Agar bir qator shartlar bajarilsa, boshlang'ich maktab o'quvchilarida ijtimoiy qobiliyatlarni samarali shakllantirish mumkin: Jamoada tegishli rivojlanish muhitini yaratish (o'qituvchi sinfda ishonch va xayrixohlik muhitini yaratishi kerak). Kichik yoshdagi o‘quvchi o'zini xavfsiz his qilishi, shu bilan birga bosimni his etishi kerak, o'qituvchi o'zining shaxsiy xususiyatlariga hurmat ko'rsatishi kerak.
Key words: tashqi omil, ichki omil, individual sifatlar, fuqarolik jamiyati, faol fuqarolik pozitsiyasi;
Kompetensiya tushunchasini shaxsga qo‘yiladigan, unga muayyan faoliyat sohasidagi hayotiy vazifalarni samarali yechishda imkon beradigan ob’yektiv talab sifatida qaraymiz va talabada ma’lum kompetensiyalarning mavjudligi zaruriy ob’yektiv komponent deb, hisoblaymiz. Talaba obyektiv komponenti pedagogikpsixologik rivojlanishning muayyan darajasini tushunish kerak, chunki talaba individual sifatlarining barcha sohalarini rivojlantirishdagi kompetensiyalarni egallash mumkin.
«Ijtimoiy faol fuqarolik kometensiya» tushunchasini, uning tuzilishi va uning tarkibiga kiruvchi kompetensiyalar nomenklaturasini aniqlash ham murakkab vazifa hisoblanadi. Mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida ijtimoiy faol, barkamol talaba - yoshlarni tarbiyalashda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirish mutaxassislar oldida turgan dolzab masaladir.
Chunki, mamlakatda demokratik davlat, fuqarolik jamiyati, fuqarolik huquq va majburiyatlarining butun majmuini faol, mas’ul va samarali amalga oshirish orqali, o‘z bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llashga imkon beruvchi tayyorgarlik qobiliyatiga ijtimoiy faol fuqarolik deyiladi.
Kompetensiyalarni samarali egallash shartlaridan biri, inson individual sifatlari barcha sohalarini rivojlantirishga xizmat qilish, shuning uchun biz ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirishda talaba-yoshlar individual xususiyatlariga murojaat etdik va maqolamizda yoritib berdik.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea,hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘ziningfuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolikmunosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarinishakllantirishni nazarda tutadi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik-psixologik jihatlarini bo‘yicha turli yondashuvlar mavjud bo‘lib, bu yondashuvlar asosida fuqarolik jamiyatini shakllantirish bilan uzviy bog‘liqlikda jamiyati qurish va adolatli jamiyat to‘g‘risida Markaziy Osiyo, MDH davlatlari va xorij olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlarda asosan sharq uyg‘onish davri olimlari IX-XV asrlarda davlatni boshqarish va adolatli jamiyat qurish, davlat rahbari va xizmatchilarining faoliyat tasniflari, ijtimoiy mas’uliyati mezonlarining nazariy jihatlari haqidagi g‘oyalar Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Nizomulmulk, Amir Temur, respublikamiz olimlaridan N.A.Muslimov, B.X.Xodjayev, xorijiy mamlakatlar olimlaridan Dj.Raven, B.Gershunskiy, Dj.Raven va boshqalar ijodida keng tahlil qilingan.
Izlanishlarimiz natijasida talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik-psixologik jihatlari, rivojlantirish omillari, asosiy tushunchalari ularning ijtimoiy ahamyati va mamlakatimiz taraqqiyotida har bir shaxsning mas’ulyat, individual xusussiy sifatlarini shaklantirish orqali talabalarda ijtimiy faol fuqorolik kompetensiyasini shaklantirish mumkinligini maqolamiz mazmunida yoritib berdik.
Shunday qilib ilmiy tadqiqotlarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasiga keng ta’rif berishga va uni shakllantirish, rivojlantirish sharoitlarini aniqlashga uringan bo‘lib, u ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini demokratiya, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish sharoitlaridagi hayot bilan bog‘liq murakkab vazifalarni hal etish qobiliyatlarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Demak, yosh - avlod tarbiyasida qadriyat, faol fuqarolik pozitsiyasiga yo‘naltirish, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasining asosiy komponenti hisoblanib, muayyan xulq va faoliyatning uzluksizligi sifatida xizmat qiladi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirish sharoitlari orasida ob’yektiv (ta’lim muassasasining demokratik hayot tarzi, uning tarbiyaviy tizimining ochiqligi, ta’lim va tarbiya texnologiyalari va b.q.) hamda sub’yektiv (ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi va pedagoglarning shaxsiy sifatlari) sharoitlar orqali rivojlanadi. Ammo ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasining mazkur mezonlarni aniqlashtirish, jumladan ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirish bilan qiyoslash va ularda baholash mezonlari va vositalarini aniqlashni talab etadi.
N.A.Muslimov «kompetensiya» va «kompetentlik» tushunchalarining etimologik tahliliga to‘xtalar ekan. Kompetensiyani – bilim, malaka va shaxsiy sifatlarini ma’lum sohada muvaffaqiyatli faoliyat uchun qo‘llay olish, kompetentlik tushunchasini, “shaxsning muayyan ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassisligi bo‘yicha olgan bilim, malaka va ko‘nikmalari hamda shakllangan shaxsiy xislatlarini mehnat faoliyatida muvaffaqiyatli qo‘llay olish qobiliyati” deb, ifodalagan.
REFERENCES
1. https://azkurs.org/informatika-va-axborot-texnologiyalari-fani-ortatalim-barcha.html?page=13
2. https://www.fayllar.org/2-amaliy-mashgulot-mavzusi.html?page=6
3. http://hozir.org/kommunikativ-kompetensiya.html?page=2
4. http://nauchniyimpuls.ru/index.php/ni/article/download/2886/2135/21
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.