ISHLASH
Turdimurodova Avazgul Xolto’ra qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika
intituti magistranti
Bobolov Nuriddin Tojiyevich Denov tadbirkorlik va pedagogika intituti
magistranti
Annotatsiya. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri so‘z ustida ishlash, ya’ni lug‘at ishidir1. Ona tili va o‘qish savadxonligida o’quvchilarni turli hayotiy vaziyatlardagrammatik jihatdan to’g’ri va komunikativ jihatdanerkin so’zlay oladigan yoshlarni voyaga yetkazish asosiy maqsadimizdan biri bo’lmog’i zarur.
Kalit so’zlar: ona tili, o’qish, savodxonlik, so’z, grammatika, imlo, usul, metod, bosqich.
Аннотация. В статье oдним из основных направлений развития речи младших школьников является работа над словом, то есть словарная работа. Одной из наших основных целей должно стать воспитание молодежи, умеющей грамотно и коммуникативно общаться с учащимися в различных жизненных ситуациях на родном языке и грамотности чтения.
Ключевые слова: родной язык, место, метод, слово, произношение, культура речи, глобализация, педагог, среда.
Abstract. One of the main directions for the development of speech of Primary School students is work on a word, that is, the work of a dictionary. In the mother tongue and reading basketry, it is necessary that we have one of the main goals of bringing up young people who can speak students in different life situations, both grammatically correct and communicative.
Keywords: native language, place, method, word, pronunciation, speech culture, globalization, pedagogue, environment
Kirish. Lug’at ishi boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilar nutqini ruvojlantirish uchun bajariladigan ko‘p qirrali va turli-tuman ko‘rinishdagi ishning 1 Roziqov O., Mahmudov M., Adizov V., Hamroev A. Ona tili didaktikasi. – Toshkent: asosiy tarkibiy qismlaridan biridir2. So’z ma’nolari ,lug’aviy va gramatik ma’noning farqi haqida tushunchalarni o’quvchilar yoshiga va xolqaro ta’limga mos leksik zahiralarni nutqiy faoliyatida qo‘llay olish qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan so‘z ustida ishlash boshlang‘ich sinflardagi ona tili mashg‘ulotining birinchi asosi bo‘lishi kerak. Adabiy tilning lug‘at tarkibini o‘zlashtirish o‘quvchilarning tilni, uning grammatyikasi va imlosini o‘rganishning muhim shartidir.
Ma’lumki, so‘z nutqda o‘z va ko‘chma ma’noda qo‘llanadi. So‘zning o‘z ma’nosi mutaqil jarayondagi ma’nosidir. So‘zning ko‘chma ma’nosi esa, uning nutqda nome’yoriy qurshovda, ya’ni matn, gap, so’z birikmasi tarkibida boshqa tushunchani obrazli tarzda ifodalovchi ma’nosidir.
So‘zlarni ko‘p ma’noda qo‘llashdan nutqning badiiyligini va ta’sirchanligi kuzatiladi. Kuzatishlarimizdan aniq bo’ldiki , kichik sinf o‘quvchilari so‘zdagi turli ma’nilarni ko‘chma ma’nosini tushunmaydi va nutqida ko’ chma ma’noni o’rinli ishlatish tushunchasiga ega emas. Shuning uchun 1-4-sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darsliklarida so‘z ma’nolarining ko‘p ma’noliligiga oid ishlar bilan shug’ullanish maqsadga muvofiq.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida lug’at ishi bilan shug’ullanish jarayonida so’zlarni ko’chma ma’noda qo’llashni o’rgatish, sifatli ta’lim jarayonida qator afzalliklarga ega. So’z ma’nolarini o’rganish real hayotdagi turli vaziyatlarda erkin fikrlashga yo’naltiradi va og’zaki va yozma nutqni rivojlantiradi.
Ma’lumki, so‘z nutqda o‘z va ko‘chma ma’noda qo‘llanadi. So‘zning o‘z tashqarida so‘z ongimizdagi o‘xshashlik qatorlarida yashaydi. So‘zning ko‘chma ma’nosi esa uning nutqda me’yoriy qurshovda boshqa tushunchani obrazli tarzda
So‘zlarni ko’chma ma’noda qo‘llash nutqni badiiylik va ta’sirchanlikka boyitadi. Shu sababli 1-4- sinflarda so‘zlarning ko‘chma ma’nosi bilan ishlashni yo’lga qo’yish ahamiyatlidir. Ku zatishlarimizdan shu aniq bo’ldiki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari so‘zni ko‘chma ma’noda anglay olmaydi va ularni ko‘chma ma’noda 2 Roziqov O., Mahmudov M., Adizov V., Hamroev A. Ona tili didaktikasi. – Toshkent: qo‘llashga qiynaladi. Shuning uchun boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida bu mavzu yuzasidan doimiy ishlash joiz.
1-4-sinf “Ona tili va o‘qish savodxonligi kitobi” darsliklarida ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlar ko‘p keltirilgan. Ko’plab ko‘chma ma’nodagi so’zlar metafora va metanomiya usullarida shakllanadi. 1-4- sinflarda so‘zlarning ko‘chma ma’nosi ustida ishlash jarayonini to’rt bosqichda bajarish mumkin:
1. O‘quvchilarga so‘zga so’roq berishni o’rgatish.
2. O‘quvchilarda so‘zning lug’aviy manosini aniqlashni shakllantirish.
3. O’quvchilar ko’p ma’nolilik tushunchasini shakllantirish.
4. So’zlarni ko’chma ma’noda qo’llay olishni o’rgatish.
So‘zning ko‘chma ma’nosini tushuntirishni va so’zlarni ko’chma ma’noda qo’llashni o’rgatishni amalga oshirishni 2 davrga ajratishimiz mumkin.
1- davr 1-2-sinflar uchun ko’p ma’noli so’zlar haqida nazariy malumot bermasdan ularni darslikdagi mashqlar va real hayotida faol qo’llanuvchi so’zlar orqali bolalar nutqida shakllantirish.Bu jarayonda dastavval 1-sinfda so’zlarning shakl va ma’no munosabati bilan mashqlar jarayonida ishlanadi, 2-sinfdan boshlab quydagi manolarga ko’chma ma’nodagi so’zlarni ham amaliyot jarayinida nazariy ma’lumotlarsiz muloqot jarayonoda qo’llaymiz.
2-davr 3-4 - So‘zning ko‘chma ma’nosi haqida o‘quvchida tuhuncha hosil qilish uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin:
1. So‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’noda qo‘llangan shakllarini qiyoslash.
2. So‘zning o‘z va ko‘chma ma’noda qo‘llanadigan birikmalarini qiyoslash.
3. Matndan ko‘chma ma’nodagi so‘zlarni toptirish. Bu ish o‘quvchilarda ko‘chma ma’noli so‘z haqida tushuncha hosil bo‘lgandan keyin amalga oshiriladi.
O‘quvchilarni so‘zlarni ko‘chma ma’noda qo‘llashga o‘rgatish birmuncha murakkabroq bo‘lib, buni 3-, 4-sinflarda amalga oshirish mumkin. O‘quvchilarga so‘zni ko‘chma ma’noda qo‘llashga o‘rgatishda quyidagi mashqlardan foydalansa bo‘ladi:
1. So‘zlarni nome’yoriy qurshovda qo‘llab, so‘z birikmasi tuzdirish.
2. O‘quvchilarga ma’lum bir so‘z berilib, uni ko‘chma ma’noda qo‘llab, so‘z birikmasi tuzish topshiriladi.
O‘quvchilar to‘g‘ridan to‘g‘ri so‘z birikmasi tuza olmasliklari mumkin. O‘quvchilarni so‘zni ko‘chma ma’noda qo‘llashga o‘rgatish uchun quyidagi usuldan foydalanish mumkin: Ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zga ma’nodosh bo‘lgan o‘z ma’nosida qo‘llangan so‘z topiladi. O‘z ma’nosida qo‘llangan so‘z ishtirokida so‘z birikmalari tuzdiriladi. Shundan so‘ng bu birikmalardagi o‘z ma’nosida qo‘llangan so‘z ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘z bilan almashtiriladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan usullardan ona tili va o‘qish darslarida muntazam ravishda foydalanib borilsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari so‘zlarni ko‘chma ma’noda qo‘llashni o‘rganadi. Bu esa ularning nutqini obrazli va ta’sirchan qiladi.
Ma’lumki, so‘z nutqda o‘z va ko‘chma ma’noda talqin qilinadi. So‘zning o‘z tashqarida so‘z ongimizdagi o‘xshashlik qatorlarida yashaydi. So‘zlarning ko‘chma ma’nosi esa, uning nutqda no‘meyoriy qurshovda boshqa tushunchani obrazli tarzda
So‘zni ko‘chma ma’noda qo‘llash nutqning badiiyligi, ta’sirchanligini oshiradi. Shuning uchun boshlang‘ich sinflarda so‘zning ko‘chma ma’nosi ustida ishlash muhim amaliy ahamiyatga ega. Kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari so‘zning ko‘chma ma’nosini tushunmaydi va so‘zni ko‘chma ma’noda qo‘llay olmaydi. Shu sababli boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi kitobi darsliklarida so‘zning ko‘chma ma’nosiga doir muntazam ish olib borish lozim.
Ma’lumki, 1-sinf o’quvchilariga ko’p ma’noli so’zlarni tushuntirmaymiz, shunchaki ular bilan real hayotda ko’p qo’llaydigan so’zlari bilan nutqini tanishtirib boramiz. Bunda bolaning tishi deb tasvir ko’rsatamiz va yonidan arraning ham rasmini qo’yib,bu arraning tishi tarzida mashlarni ona tili va o’qish savod xonligi kitobidagi she’rlar va sofiyali matnlardan foydalanamiz.
2-sinfda esa kochma manoli so’zlarni borligini lug’aviy ma’noni tushuntirayotganda aytib o’tamiz va ularga so’roq berilishi haqida qisqacha ma’lumotlar berib amaliyot bilan bog’laymiz.Masalan 2-sinf ona tili va o’qish savodxonligi kitobida Abdurahmon Akbarning so’zning tami mavzusi bor.
Quyosh osmonga chiqdi,
Qushlar sayray boshladi.
Teraklar tebranishdi,
Gullarga shabnam tushdi
bu to’rtlikga to’g’ri ma’noli so’zlar o’rnida ko’p manoli so’zlarni qo’llasak, ma’no va ohangda joziba sezasiz
Quyosh kuldi osmonda,
Qushlar kuylay boshladi.
Qarsak chaldi teraklar,
Gullar ko’zin yoshladi.
Kuldi-charaqlashini, kuyladi - sayrashini, qarsak chalmoq-tebranishini, ko’zin yoshladi-shudring tushushini chiroli ifodalashida ko’chma ma’nodan foydalangandir.
Bu to’rtlikda ham xuddi o’sha ma’no lekin ko’chma ma’nodagi so’zlar she’r matniga joziba berganini ko’ramiz.Bu jarayonni o’quvchilar bilan birga yuqoridagi 2- bosqichga monand tahlil qilqmiz.
4-sinf “O‘qish kitobi” darsligida ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlar ko‘p uchraydi. Misol uchun “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi”ni olib ko‘ramiz. She’rning birinchi bandi quyidagicha:
Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!
Yashnagay toabad ilm-u fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Bu bandda yashnagay va porlasin so‘zlari ko‘chma ma’noda qollangan. Yashnamoq so‘zining o‘z ma’nosi barq urib o‘smoq, gullamoq, guli ochilmoq bo‘lib, o‘simliklarga nisbatan ishlatiladi. Ko‘chma ma’nosi esa rivoj topmoq, kamolga erishmoq, avj olmoq bo‘lib, keltirilgan bandda bu so‘z shu ma’noda qo‘llangan. Ya’ni shoir yurtimizda toabad ilm-u fan, ijod rivojlanadi demoqchi. Porlamoq so‘zining o‘z ma’nosi yorqin nur sochib turmoq. Yuqoridagi parchada esa taralmoq ma’nosini ifodalagan. Ya’ni shoir shuhrating taralsun demoqchi. Biroq porlasin so‘zi bu ma’noni obrazli, ta’sirchan tarzda ifodalayapti.
She’rning ikkinchi bandini tahlil qilamiz:
Oltin bu vodiylar ‒ jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor.
Bu bandda oltin va jo‘sh urmoq so‘zlari ko‘chma ma’noda qo‘llangan. O‘zbek tilining izohli lug‘atida oltin vodiy so‘z birikmasiga noz-ne’matlarga boy, obod, yashnagan vodiy deb izoh berilgan. Demak, madhiyada oltin so‘zi noz-ne’matlarga boy, obod, yashnagan degan ma’noda qo‘llangan. Jo‘sh urmoq so‘zining o‘z ma’nosi qattiq to‘lqinlanmoq, mavj urmoq bo‘lib, dengiz, ummon kabi narsalarga nisbatan ishlatiladi. Ko‘chma ma’nosi esa qaynamoq, to‘lib-toshmoq bo‘lib, she’rda bu so‘z shu ma’noda qo‘llangan. Ya’ni shoir buyuk xalq qudrati to‘lib-toshgan zamon demoqchi.
So‘zning o‘z va ko‘chma ma’noda qo‘llanadigan birikmalarini qiyoslash.
Doskaga so‘zlar o‘z va ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘z birikmalari osiladi. Masalan, quyidagicha:
shirin qovun shirin so‘z
qalin qor qalin do‘st
temir qozon temir iroda
tulkining dumi akasining dumi
O‘qituvchi o‘quvchilarga quyidagi savollarni beradi:
- O‘quvchilar, ikki tomonda ham shirin, qalin, temir hamda dum so‘zlari qo‘llangan, bu so‘zlarning ikkala ustunchadagi ma’nolari bir xilmi?
- Qaysi ustunchadagi so‘zlar ko‘chma ma’noda qo‘llangan?
Shu tarzda har bir so‘z birikmasi tahlil qilinadi. Bu mashq orqali o‘quvchilar o‘ng ustunchadagi birikmalarda shirin, qalin, temir va dum so‘zlari ko‘chma ma’noda qo‘llanganini bilib oladilar.
Xulosa. Xulosa sifatida aytish joizki, faqat yosh-avlod emas, jamiyatda yetarli darajaga ega bo’lgan shaxslar ham o’z ona tilida to’g’ri so’zlashni bilmasligini kuzatamiz. Endi e’tibor bersangiz o’z onasini sevmagan, ardoqlamagan insonning boshqa tilni ya’ni boshqa kishining onasini sevishi, ardoqlashi o’rinlimi? Demak so’zga, tilga mehrni, to’g’ri grammatikani yosh niholligida ya’ni boshlang’ich sinf o’quvchilarida boshlasak, maqsadga muvofiq bo’ladi.
Аdabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi), 2020 y.
2. Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
4. Sayfullayeva R.va boshqalar. Hozirgi o’zbek adabiy tili. - Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2009.
5. Mahmudov N. Davr va ona tili ta`limi/Yigirma birinchi asrda o`zbek tili masalalari. - Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007
6. Qosimova K.va B. Ona tili o`qitish metodikasi. - Toshkent “NOSIR” nashriyoti, 2009
7. Tursunoy Ziyodova “O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish” T .: O’qituvchi -2001
8. Masharipova U. va b. “O’qituvchilar uchun metodik qo’llanma” T.:sharq-
9. G’ulomov A., Qodirov M., Ernazarova M., Bobomurodova A., Alovuddinova N., Karimjonova V. Ona tili o’qitish metodikasi. - Toshkent: “Fan va texnologiya”, 212.
10. To`xliyev B., Shamsiyeva M., Ziyodova T. Ozbek tili o`qitish metodikasi. - O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi, Adabiyot jamg`armasi nashriyoti. – Toshkent, 2006.
11. Ziyodova T. O`quvchilarni mustaqil firlashga o`rgatish. – Toshkent: “O`qituvchi”. 2001.
12. Xushbaxtova Dilnoza Jaylov qizi, Xushbaxtova Dilnoza Jaylov qizi, & Shuhratova Dilfuza. (2023). NUTQ MADANIYATI. Journal of Universal Science Research, 1(3), 164–167. Retrieved from
13. qizi Xushbaxtova, D. J. (2022). SHEROBOD DOSTONCHILIK
MAKTABINING SHAKILLANISH TARIXI VA TARAQQIYOT
TAMOYILLARI. Eurasian Journal of Academic Research, 2(4), 48-52.
14. Xudayqulov, X., & Odinaboboev, F. (2022). ПЕДАГОГИК МОДУЛЛИ
ЎҚИТИШДА ИННОВАЦИОН ТАРАҚҚИЁТНИНГ УСТУВОР
ЙЎНАЛИШЛАР. Science and innovation, 1(B7), 960-967.
15. Odinaboboyev Fazliddin Bahriddin o‘g‘li. (2023). BOSHLANG‘ICH
SINF O‘QUVCHILARIDA MILLIY HUNARMANDCHILIKNING
MEXANIZMLARINI RIVOJLANTIRISH ORQALI KASBIY TARBIYANI
TAKOMILLASHTIRISH. Scientific Impulse, 1(9), 136–141. Retrieved from
16. Абдуразаков, Ф. (2022). У^ УВ МАШЕУЛОТЛАРИДА У^
УВЧИЛАРНИНГ НОТЩЛИК МАДАНИЯТИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ.
17. Аbdurаzаqоv Fаzliddin Аbdunаbiyеvich. (2023). ОLIY TА’LIM
MUАSSАSАSI TАLАBАLАRIGА TАRBIYА BЕRISHDА PЕDАGОG
NUTQI. Journal of Universal Science Research, 1(4), 16–23. Retrieved from
18. Jumaevich, K. K., & Abdullajonovna, A. G. (2021). Technology of Cooperation in the Formation of Spiritual and Moral Education of Young People in Society and Its Qualimetry. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 7062- 7068.
19. Jumaevich, K. K., & Mengliboevna, B. D. (2021). FORMATION OF
EDUCATIONAL CONCEPTS RELATED TO ENTREPRENEURSHIP AND
SAVING IN THE LABOR PROCESS OF PRIMARY SCHOOL
STUDENTS. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 152-
156.
20. Jumaevich, K. K., Ergashovich, P. A., & Ismailovich, A. A. (2021). Development of Young Generation In The Spirit of National Ideas in The Process of Spiritual and Moral Education. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2173-2188.
21. Jumaevich, K. K., & Mengliboevna, B. D. (2021). Family Cooperation Technology in the Formation of the Concepts of Entrepreneurship and Savings in Primary School Students. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 7069- 7076.
22. Д. М. Бобоқулова (2021). БОШЛАНҒИЧ СИНФ ЎҚУВЧИЛАРИДА
ТЕЖАМКОРЛИК ВА ИҚТИСОДИЙ ТАРБИЯНИ ШАКЛЛАНТИРИШНИНГ
ПЕДАГОГИК АСОСЛАРИ. Academic research in educational sciences, 2 (NUU Conference 1), 204-207.
23. Jumaevich, K. K., & Mengliboevna, B. D. (2021). Problems of entrepreneurship, economy and economic education in the pedagogical heritage of eastern Thinkers. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(8), 565-572.
24. Saidova Parvina Mirzo qizi, & Saparova Shalola Sheraliyevna. (2023).
ABDURAUF FITRATNING “OILA” ASARIDAGI MA`NAVIY-AXLOQIY
QARASHLARI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 352–362. Retrieved from
25. Saidova Parvina Mirzo qizi, & Pardayeva Sevara Abdunosir qizi. (2023).
1-4-SINF O`QUVCHILARIDA MA`NAVIY TARBIYA INDIKATORLARINI
SHAKLLANTIRISH MAZMUNI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 363– 373. Retrieved from http://universalpublishings.com/index.php/jusr/article/view/667
26. Xushboqov, Q. (2022). BIR YOZUVDAN IKKINCHI YOZUVGA O
`TISHDAN TARXIY SABOQ. Eurasian Journal of Academic Research, 2(5), 306-310.
27. Qobilbek Shokirovich Xushboqov (2022). O`ZBEK KIRILL VA LOTIN ALIFBOSI BORASIDAGI TURLI QARASHLAR. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2 (5), 385-391.
28. Djoraevich, E. B., Shokirovich, K. K., Shodievna, K. K., & Gayratovna, Y. G. A Commentary on a Poem. International Journal on Integrated Education, 4(3), 122-125.
29. Xushboqov, Q. (2022). BIR YOZUVDAN IKKINCHI YOZUVGA O
`TISHDAN TARXIY SABOQ. Eurasian Journal of Academic Research, 2(5), 306-310.
30. Xushboqov, Q. S. (2022). O `ZBEK KIRILL VA LOTIN ALIFBOSI
BORASIDAGI TURLI QARASHLAR. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2(5), 385-391.
31. Saidova Parvina Mirzo qizi, & Murodullayeva Zaytuna Abdulloyevna.
(2023). SHARQ MUTAFAKKIRLARINING MA`NAVIY TARBIYA HAQIDAGI
TA`LIMOTLARI . Journal of Universal Science Research, 1(5), 340–351. Retrieved from http://universalpublishings.com/index.php/jusr/article/view/665
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.