ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA AXBOROTLARNI TIZIMLI TARKIBLASHTIRISH KO‘NIMALARINI SHAKLLANTIRISHDA DIDAKTIK YONDASHUVLARNING AHAMIYATI

Abstract

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axborot va bilim olish madaniyatini shakllantirishda didaktikaning ahamiyatini yoritish, bugungi kunda global rivojlanib borayotgan giper muhit texnologiyalaridan maqsadli foydalanish borasida e’tibor berishimiz lozim bo‘lgan tarbiya va milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatni shakllantirish borsida amalga oshirilishi lozim bo’lgan masalalar yoritilgan.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

Tojiyev Husniddin Baxtiyorovich

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

Pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi

Termiz (O‘zbekiston)

Tel: +998996792519

DIDAKTIK YONDASHUVLARNING AHAMIYATI

Annotatsiya: Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axborot va bilim olish madaniyatini shakllantirishda didaktikaning ahamiyatini yoritish, bugungi kunda global rivojlanib borayotgan giper muhit texnologiyalaridan maqsadli foydalanish borasida e’tibor berishimiz lozim bo‘lgan tarbiya va milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatni shakllantirish borsida amalga oshirilishi lozim bo’lgan masalalar yoritilgan.

Kalit so‘zlar: boshlang‘ich sinf, didaktika, tarkiblashtirish, ko‘nikma, metodlar, videotopishmoq, texnologiya.

Kirish. Bilamizki, bugungi kunda globallashuv davrida axborotlarni tarqatish zamonaviy qiyofaga kirdi. Ta'lim sohasida ham axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish dolzarb masala hisoblanadi. Dars jarayonida zamonaviy axborot muhitini yaratish, o'quvchilarga qulay usullarda dars berish, ularning bilim salohiyatini oshirish kelajakda jamiyatimizga kerakli shaxs bo'lib yetishishlariga katta hissa qo'shadi. Hozirgi paytda usul, uslub atamalar bilan bir qatorda “metod” atamasi ham keng qo‘llanilmoqda. Aslida har ikkala atama ham bir xil ma’noni bildiradi. Chunki “metod” yunoncha so‘z bo‘lib, “yo‘l” ma’nosini anglatadi. 20-30-yillarda “Pedagogik ensiklopediya”da “Metod — qo‘yilgan maqsadga erishish uchun oldindan belgilangan yo‘l” - deb ta’riflangan. Keyinchalik esa M.N. Danilov va B.P.Yesipovlar tomonidan metod tushunchasi o‘qituvchi va o‘quvchilarning ish usuli sifatida talqin etildi. 1978 yilda “Metod” so‘zining yunoncha tarjimasi “tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo‘li” kabi ma’nolarni anglatadi. Filosofiya lug‘atida ushbu tushuncha umumiy tarzda “maqsadga erishish usullari” deya sharhlangan. Metod tushunchasi tadqiqotchilar tomonidan turlicha sharxlangan[7]. Masalan, O.Roziqov va boshqalarning “Didaktika” deb nomlangan o‘quv qo‘llanmasida berilishicha T.A.Ilina: “O‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish usuli”, V.A.Slastyonin: “O‘qituvchi va o‘quvchilarning kasbiy o‘quv tarbiyaviy vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan kasbiy harakat usuli”, S.K.Islamgulova: “O‘quvchining o‘quv bilish faoliyatini tashkil etish shuningdek, ta’lim darajasini oshirishga yo‘naltirilgan usul”, - deb ta’kidlagan.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. O‘quvchilarning axborot madaniyatini shakllantirish, axborot tushunchasi va uning mohiyati haqida lug‘atlar “O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi”, statistik to‘plamlar, davriy matbuot materiallari, shuningdek, Sh.Bo‘riyeva, Е.В. Оспенникоеа, А.А. Оспенникое kabi olimlarning tadqiqotlari muhim manba vazifasini o‘tab, ulardagi ko‘pgina ma’lumotlar ilmiy tadqiqot doirasiga kiritildi.

Tadqiqot metodologiyasi. Maqola umum qabul qilingan tarixiy metodlar - tarixiylik, qiyosiy-mantiqiy tahlil, ketma-ketlik, xolislik tamoyillari asosida yoritilgan bo‘lib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axborotlarni tizimli tarkib-lashtirish ko‘nimalarini shakllantirishda didaktik yondashuvlarning ahamiyati yoritilgan.

Tahlil va natijalar. Muhtaram yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev o‘z nutqlaridan birida tarbiya haqida: “Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan” – deya ta’kidlagan edilar. Kishilik jamiyati tomonidan to‘plangan tajribalarni yosh avlodga o‘rgatish jamiyatda yashashning zarur shartidir.

Kishilik jamiyatining dastlabki davrlarida hali insonlar endigina tabiat qiyinchiliklari bilan kurasha boshlagan davrda ham o‘zlarining uncha ko‘p bo‘lmagan tajribalarini yosh avlodga o‘rgatganlar. Masalan: gulxanni yoqish, yovvoyi hayvonlarini ovlash uchun qurollar tayyorlash yo‘llari va shu kabilarni o‘rgatganlar. Bu davrda Bolalarga hayot uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikmalarni o‘rgatish stixiyali holda amalga oshirilib, uni alohida faoliyat turi deb sanalmagan. Lekin bu biz hozir ta’lim deb atayotgan faoliyatning o‘zi bo‘lgan. Shuning uchun ham yosh avlodga insoniyat to‘plagan tajribalarni o‘rgatish orqali ularning jamiyat hayotiga qatnashtirish hamma vaqt hamma xalqlarning asosiy ijtimoiy funksiyasi bo‘lgan. Kishilik jamiyati yashar ekan ta‘lim hamma vaqt zarur bo‘lib qolaveradi.

Tarixiy taraqqiyot davomida ijtimoiy tajribalar ko‘paya borgan sari, ta‘lim jarayonida beriladigan bilimlar mazmunining xarakteri va doirasi ham o‘zgaradi. Shunday qilib, ma‘lum dasturga asoslangan, ma‘lum maqsadga qaratilgan maxsus ijtimoiy dorilfunun-maktab paydo bo‘ladi. Endi esa maktabdagi faoliyat turi, uni amalga oshirish usuli va vositalarini asoslab berish zaruriyati paydo bo‘lgan.

Shunday qilib didaktika fani yuzaga keladi. Didaktika (grekcha didasko – o‘qitaman) ta‘lim va ma‘lumot haqidagi fandir.Insonning tarbiyasi rivojlanishi va shaxs sifatida shakllanishida ta‘lim va ma‘lumot muhim ahaiyatga ega.

Ma’lumot — bu egallagan, tizimlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalar, hosil qilingan dunyoqarashlar majmui.

Mamlakatimizda ta'lim sohasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda ilg'or xorijiy tajribalar asosida darslarni tashkil etish, o'quvchilarga zamonaviy axborot tizimi asosida ta'lim berish, shuningdek, axborot madaniyatini rivojlantirish muhim sanaladi. Ta'lim tizimini modernizatsiyalashda ta'limning barcha bo'g'inlarida tobora faol qo'llanilayotgan ilg'or pedagogik texnologiyalarning turli yo'nalishi o'quvchilarning ma'naviy kuchi, qobilyatlarini ochish uchun maqbul sharoit yaratib bermoqda. Dars mavzusiga oid multemidiya, animatsiya, grafika, diafilm va videofilmlardan foydalanish dars jarayonini yanada qiziqarli bo'lishiga ko'mak beradi. O'quv mashg'ulotlari davomida pedagogik jarayon o'z navbatida, o'qituvchi darsni zamonaviy tashkil etishi, takomillashtirishi o'quvchilarni mustaqil fikrlashga, axborotlarni to'g'ri va asosli qidirib ularni tahlil qilishi o'quvchilarni fikrlashga va muammoli vaziyatlardan chiqishga, asosiysi, xulosa qilishni o'rgatadi.

Axborot komunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilarning nazariy, ijodiy va refleksiv tafakkuri rivojlanishiga katta ta'sir etadi. O'quvchining xotirasida u yoki bu hodisa, jarayonning obrazli ifodalanishi o'quv materialini boyitib, uning ilmiy jihatdan o'zlashtirilishiga yordam beradi. O'quv mashg'ulotlarini mavzu qilishi, o'qituvchining darsni samarali hamda ta'lim sifatini yanada rivojlantirishiga o'quvchilarni zukko va ilmli bo'lishlariga zamin yaratadi.

Boshlang'ich sinflarda turli fanlarni axborot komunikatsiya texnologiya-laridan asosli foydalanib dars o'tish o'quvchilarni ta'lim jarayonida ijobiy motivatsiyalar berish, darsda bajariladigan ish hajmini ham 1.5 - 2 baravarga oshirish, bilimni nazorat qilish o'quvchilarning faoliyatida izlanish, ijod qilish samaradorligini oshiradi. O'quv jarayonlarida o'quvchining berilgan vazifasini anglab olish motivini kuchaytiradi. Sinfdagi o'quvchilarning darsga faol qatnashishi ta'minlanadi. Boshlang'ich ta'limda zamonaviy axborot komunikatsiyalarining keng joriy etilishi fan sohasida axborotlashtirishni, o'quv faoliyatini intellektual-lashtirishni, integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishni ta'lim tizimini infratuzil-masi va uni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga olib keladi. Darsni zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil qilish bola ruhiyatiga yaqinroq bo'ladi. O'quvchilarning o'quv materiallarini o'zlashtirishga bo'lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo'zg'atish asosida maqsadga erishish motivatsiya bo'lib, bu o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro ichki yaqinlashuvidir.

Ta'limda o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglash va shu fikrni og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon eta olishga o‘rgatish masalasiga e'tibor qaratilgan bo‘lib, mustaqil fikrlaydigan, nutq madaniyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish asosiy o‘rin egallaydi. Millatning turmush tarzi, madaniy yaratuvchanligi uning boy tarixiy merosi asosida o‘rganiladi.

Bugungi kun o‘qituvchidan ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalaridan o‘quv jarayonida foydalanishni talab etmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, tajribalarimiz asosida dars mashg‘ulotlarida interfaol metodlarni qo‘llash orqali ta'lim-tarbiya berish yo‘llariga doir fikrlarimizni bayon etamiz. O‘ylaymizki, u o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishda hamkasblarimizga amaliy yordam beradi. Shuningdek, o‘quvchilarni o‘z yo‘nalishini tanlash va mustaqil hayotga tayyorgarlik ko‘nikmalarini shakllantirishdek mas'uliyatli vazifani bajarishda ularning yaqin ko‘makchilardan biriga aylanadi. Quyida sinflar kesimida ayrim mavzular asosida o‘qitishning zamonaviy usullarini tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar beramiz.

«Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi ...) ortiqcha» metodi

O‘quvchilar mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarida ushbu metod alohida ahamiyatga ega. Uni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

 O‘rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi tushunchalar tizimini shakllantirish;

 hosil bo‘lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo‘lgan to‘rtta (beshta, oltita, ...) va taalluqli bo‘lmagan bitta tushunchaning o‘rin olishiga erishish;

 o‘quvchilarga mavzuga taalluqli bo‘lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish vazifasini topshirish;

 o‘quvchilarni o‘z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga ham izoh berib o‘tishlari hamda ular o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni asoslashlarini talab etish lozim).

Mazkur metod o‘quvchilardan o‘rganilayotgan mavzu (yoki bo‘lim, bob) yuzasidan tahliliy mulohaza yuritish, shuningdek, eng muhim tayanch tushunchalarni ifodalay olishni talab etadi.

Metodni qo‘llashda quyidagi harakatlar tashkil etiladi:

 o‘qituvchi o‘zaro teng nisbatda mavzuga (bo‘lim, bob) oid va oid bo‘lmagan asosiy tushunchalar tizimini yaratadi;

 o‘quvchilar mavzuga (bo‘lim, bob) oid va oid bo‘lmagan asosiy tushunchalarn aniqlaydilar va daxldor bo‘lmagan asosiy tushunchalarni tizimdan chiqaradilar;

 o‘quvchilar o‘z harakatlarining mohiyatini izohlaydilar.

Metoddan individual, guruhli va ommaviy shaklda o‘quvchilar tomonidan mavzuning puxta o‘zlashtirilishini ta'minlash hamda ularning bilimlarini aniqlash maqsadida foydalanish mumkin.

1-sinf darsligidagi «Oshxona jihozlari», «Qushlar», «Uy hayvonlari va parrandalar» kabi mavzularini o‘rganishda yangi mavzuni mustahkamlash uchun mazkur metodni qo‘llash ijobiy natija beradi. Bunda mavzuga oid to‘rtta va taalluqli bo‘lmagan (ortiqcha) bitta so‘z (tushuncha, fikr) beriladi.

O‘quvchilar ana shu so‘zni (tushuncha, fikr) aniqlaydilar.

Masalan, 1-sinf darsligidagi 1-mashqda berilgan topshiriqni bajarishda quyidagicha qo‘llash mumkin. Yozuv ekranda ko‘rsatiladi. O‘quvchilar ortiqcha so‘zni aniqlashadi.

Uy hayvonlari: sigir, qo‘y, toshbaqa, ot, it.

So‘ng bu so‘zlar ishtirokida gap tuzish topshirig‘i beriladi va tuzilgan gaplar asosida axloqiy tarbiya beriladi.

Namuna: Ot - insonning eng ishonchli do‘sti.

O‘quvchilar tomonidan tuzilgan gaplar asosida o‘quvchilar qalbida ona tabiatga muhabbat uyg‘otiladi, uy hayvonlariga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishga o‘rgatiladi.

«Videotopishmoq» metodi

Hozirgi kunda pedagogik faoliyatda turli axborot vositalari (kompyuter, televideniye, radio, nusxa ko‘chiruvchi qurilma, slayd, video va audio magnitofonlar) yordamida ta'lim jarayoni tashkil etilishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. O‘qituvchilar oldida ta'lim jarayonida turli axborot vositalaridan o‘rinli va maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi turibdi.

Videotopishmoq metodidan foydalanishda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

 o‘quvchilar e'tiboriga o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga yordam beruvchi izohlarsiz bir nechta videolavha namoyish etiladi;

 o‘quvchilar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganini izohlashadi;

 jarayonlarning mohiyatini daftarlariga qayd etishadi;

 o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishadi.

Mazkur metod asosida mavzuga doir kompyuter orqali videolavha namoyish etiladi. O‘quvchilar videolavha mavzusi, unda ifodalangan mavzu haqida o‘z fikrmulohazalarini bildirishadi.

Masalan, «Elektr jihozlari» (1-sinf), «Yil fasllari» (2-sinf) kabilar asosida o‘quvchilarga milliy an'analarimiz, urf-odatlarimiz, iqtisodiy munosabatlar haqida tushunchalar beriladi.

Xulosa. Ta’lim sohasi har bir millatning kuch-qudratini ko‘rsatuvchi ko‘zgudir. Ta’lim va tarbiya bir-biridan ajralmas tushuncha bo‘lib, ular bizning o‘zbek millatida doim yonma-yon holatda qo‘llaniladi. Ta’limda yuksak insoniy marralarni zabt etishda tarbiyaning o‘rni beqiyos hisoblanadi. Shu sababli muhtaram yurtboshimiz ham ta’limga bo‘lgan e’tiborni davlat siyosati darajasida kuchaytirib bormoqdalar. Jumladan, Mustaqilligimizning 31 yilligiga bag‘ishlangan tantanali nutqida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev “Birinchidan, ta’lim sohasida farzandlarimiz zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni puxta egallashlari uchun eng qulay sharoitlar yaratishni izchil davom ettiramiz. Buning uchun maktablarning o‘quv dasturlari, o‘qitish uslubi, darsliklar mazmuni tubdan qayta ko‘rib chiqiladi.

Ushbu tizim avval ilg‘or xorijiy mutaxassislar tomonidan ekspertizadan o‘tkazilib, keyingina hayotga tatbiq etiladi. Natijada Yangi O‘zbekiston maktab bitiruvchisi zamonaviy ko‘nikmalarni egallagan, axborot texnologiyalarini puxta o‘zlashtirgan, kreativ fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan, dunyoqarashi keng shaxs bo‘lib yetishadi. Buning uchun barcha hududlarimizda, ayniqsa qishloq joylarda maktablar qurish, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor beramiz” – deb ta’kidlaganlari fikrimizning yaqqol dalilidir. Zero, buyuk ajdodimiz Imom al-Buxoriy bobomiz aytganlaridek, ta’limdan o‘zga najot yo‘q va bo’lmagay.

Adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoni. – Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06/19/5712/3034-son, 29.04.2019 y.

2. K.Abrorxonova, Sh.Bo‘riyeva, Boshlang’ich sinf o’quvchilarida axborot bilan ishlash madaniyatini shakllantirish texnologiyasi. INTERNATIONAL

SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

3. Shodiyeva Sh. “Boshlang‘ich sinflarda so‘z birikmasi va gap ustida ishlash metodikasi” BMI Samarqand-2016.

4. Tojiyev H. Gipermuhit texnologiyalarining boshlang‘ich ta’limdagi tutgan

o‘rni. MUALLIM HAM UZLIKSIZ BILIMLYENDIRI 2023 4/1-son.

5. K.Qosimova va boshq. Ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent. “O‘qituvchi” nashriyoti 2009.

6. Tojiyev H. O‘quvchilarda axborotlarni tizimli tarkiblashtirish texnologiyasi-ning zamonaviy usullari va tamoyillari. International Multidisciplinary Conference Hosted from Manchester, England. 2022.

7. J.G‘.Yo‘ldoshev va S.A.Usmonovlarning “Pedagogik texnologiya asoslari” (Xalq-ta’limi xodimlari uchun qo`llanma).-T., “O`qituvchi”, 2004.

Internet saytlari:

8. www.lex.uz

9. www.ZiyoNet.uz

10. www.pedagog.uz

11. www.edu.uz

12. www.uzedu.zu

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.