FOYDALANISH – DAVR TALABI
Xaitmamatova Saodat Ulug’bek qizi
Sharopova O’g’iloy Abdusamat qizi
Shayeva Aziza Erkinbayevna
Sirdaryo viloyati Guliston shahar 17-umumta’lim maktabi boshlang’ich sinf
o’qituvchilari
xaitmamatovasaodat@gmail.com
Tel:+998904040428
Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizda ta’limga berilayotgan e’tibor, o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ona tilining ahamiyati haqida gap boradi.
Kalit so‘zlar: inson kapitali, aql,idrok, bilimli kadr, innovatsion tarbiya, rivojlanish, uyg’unlik, zamon talabi,
Rivojlangan mamlakatlarda ta’limning to’liq sikliga investitsiya kiritishga, ya’ni, bola 3 yoshdan 22 yoshgacha bo’lgan davrda uning tarbiyasiga sarmoya sarflashga katta e’tibor beriladi. Chunki ana shu sarmoya jamiyatga 15-17 barobar miqdorda foyda keltiradi. Bizda esa bu ko’rsatkich atiga 4 barobarni tashkil etadi. Binobarin, inson kapitaliga e’tiborni kuchaytirishimiz, buning uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz shart. Umumiy o’rta ta’lim tizimini bugungi kun talablari asosida tashkil etish, farzandlarimiz har tomonlama kamol topishi uchun barcha sharoitlarni yaratish lozim. Xususiy maktablar tashkil etish, davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlaridan keng foydalanish kerak,” – deb yurtboshimiz 2018- yilning 29-aprel kuni “O’zbekiston respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi Farmonni imzoladi. Farmon bilan Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish uchun yo’l xaritasi tasdiqlandi. Konsepsiya ta’lim tizimini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini belgilaydi. Xususan, umumiy o’rta ta’lim tizimi takomillashtiriladi. 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlab o’tganlar. Zero, ta’lim o’sib kelayotgan yosh avlodning ichki imkoniyatlarini, qobiliyotlarini yuzaga chiqarish bilan birga, kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishning ham asosiy manbai hisoblanadi. Bu qobiliyat va iste’dodlar o’sib-ulg’yib Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo’shishi aniq. Modomoki, ijtimoiy-iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishda yosh avlodga tayanar ekanmiz, avvalambor ta’lim sohasini tubdan o’zgartirishimiz lozim. Ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o’zgartirish, barkamol insonni shakllantirish ertangi taqdirimizni belgilab beruvchi dolzarb masalalardan biriga aylanadi. Yangi O’zbekistonning yangi shaxslarini, fuqarolarini shakllantirishda, eng yaxshi insoniy his-tuyg’ularni, yuksak insoniy fazilatlarni kamol toptirishda keng xalq ommasi o’rtasida, mahallalarda, kollejlar, litseylarda, o’quv yurtlari yoshlari o’rtasida olib boriladigan ma’ruzalar, o’tkaziladigan suhbatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois boshlang’ich sinf o’quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda ta’lim-tarbiya tizimiga innovatsion, yangi ilg’or pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish davr talabi bo’lib kelmoqda.
Pedagogika fanlari doktorlari professor M.Qurbonov, S.Nishonova, U.Maxkamov, M.Inomova tadqiqotlari, barkamol avlodni milliylik ruxida tarbiyalash, axloqiy madaniyatni shakllantirish, yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash kabi dolzarb muammolarni tadqiq etdilar.
Maktabning vazifasi tilni kishilar orasidagi munosabatning rivojlangan nozik quroliga aylantirish hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar singari respublikamizda ham ta’lim olishning zamonaviy shakllari va ularni joriy qilish “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunda ko’rsatib o’tilgan. Qonunda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy siyosati belgilab berildi: - ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; - ta’limning uzluksizligi va izchilligi; - umumiy o’rta, shuningdek, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limining majburiyligi; - ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; - davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; - ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
- bilimli bo’lishni va iste’dodni rag’batlantirish; -ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtirish. Ta’limda bolalarning so’z boyligini va nutqining jozibadorligini oshirish muammosi bir qancha tilshunos olimlar tomonidan o’rganilgan. O’quvchilarining tafakkur qilish qobiliyatini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o’z fikrini og’zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqatda bo’la olish ko’nikma va malakalrini rivojlantirishga oid metod va usullarni ishlab chiqqanlar.
Xulosa qilib aytganda, o’z ona tilini yaxshi bilgan, so’zlarni o’z o’rnida qo’llay olgan inson nutqini hamma eshitadi, tushunadi. Notiq bo’lish uchun, avvalo, insonning so’z boyligi ko’p bo’lishi zarur. Ma’lumki, jamiyatda til kishilar o’rtasidagi aloqaning zaruriy vositadir. Tilning aloqa vositasi sifatidagi ahamiyati uzluksiz ortib boradi. Til borliqni oqilona, mantiqiy bilish vositasidir. Til birliklari yordamidagina bilish jarayonida umumlashtirish, tushunchani muhokama va xulosa bilan bog’lash amalga oshadi. Til va nutq tafakkur bilan uzviy bog’lanadi. Tilni egallash va nutq o’stirish bilan o’quvchining fikrlash qobiliyati ham o’sib boradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. “O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF. 2019-yil 29-aprel 2. “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga
Muroojatnomasi 3. Ravshanbek Mahmudov. “Notiqlik san’ati va nutq madaniyati” – T.: “Mumtoz
so’z” 2021. 6,11-bet. 4. K.Qosimova va boshqalar “O’na tili o’qitish metodikasi” . – T.: “Noshir” 2009.
6-bet. 5. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni. Barkamol avlod -
O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent:”Sharq”, 1997. 20-bet
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.