MUSTAQIL FIKRLASHGA O‘RGATISHNING AMALIYOTDAGI TADQIQI
Eshboyeva Surayyo Qaxramon qizi
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi dotsenti,p.f.f.d.(PhD)
+998996436999
Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini kollaborativ yondashuv asosida mustaqil fikrlashga o‘rgatishning hozirgi holati tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida hamkorlikda o‘qitish texnologiyalarining ahamiyati, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlarning samaradorligi yoritilgan. Shuningdek, boshlang‘ich ta’limda interfaol metodlar, guruhli ishlash va muammoli vaziyatlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot davomida kollaborativ ta’limning afzalliklari hamda amaliyotdagi mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etishga doir tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, kollaborativ yondashuv, mustaqil fikrlash, hamkorlikda o‘qitish, interfaol metodlar, tanqidiy fikrlash, ijodiy fikrlash, pedagogik texnologiyalar, guruhli ta’lim, ta’lim samaradorligi.
Annotation: This article analyzes the current state of teaching primary school students to think independently based on a collaborative approach. The importance of collaborative learning technologies in the educational process, their role in developing students' independent thinking skills, and the effectiveness of modern pedagogical approaches are highlighted. Additionally, issues regarding the formation of students' creative and critical thinking skills through the use of interactive methods, group work, and problem-based situations in primary education are considered. During the study, the advantages of collaborative learning and existing problems in practice were analyzed, and recommendations for their elimination were developed.
Keywords: primary education, collaborative approach, independent thinking, collaborative learning, interactive methods, critical thinking, creative thinking, pedagogical technologies, group learning, educational effectiveness.
Аннотация: В данной статье анализируется современное состояние обучения учащихся начальных классов самостоятельному мышлению на основе коллаборативного подхода. Освещено значение технологий совместного обучения в образовательном процессе, их роль в развитии навыков самостоятельного мышления учащихся, а также эффективность современных педагогических подходов. Также рассмотрены вопросы формирования у учащихся навыков творческого и критического мышления посредством использования интерактивных методов, групповой работы и проблемных ситуаций в начальном образовании. В ходе исследования были проанализированы преимущества коллаборативного обучения и существующие проблемы на практике, а также разработаны рекомендации по их устранению.
Ключевые слова: начальное образование, коллаборативный подход, самостоятельное мышление, совместное обучение, интерактивные методы, критическое мышление, творческое мышление, педагогические технологии, групповое обучение, эффективность обучения.
Kirish. XXI asrda bilimlarning tez yangilanishi, axborot oqimining ortishi va raqamli texnologiyalarning keng joriy etilishi ta’lim jarayoniga yangi talablarni qo‘ymoqda. Bu esa o‘quvchilarning nafaqat tayyor bilimlarni egallashini, balki ularni tahlil qilish, baholash, qayta ishlash va amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirishni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, jumladan, uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish, kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish va xalqaro baholash dasturlarida (PISA, PIRLS, TIMSS) ishtirok etish orqali o‘quvchilarning bilim darajasi va tafakkurini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, amaldagi MO‘D va DTSlarida o‘quvchilarning muloqotga kirishish, hamkorlikda ishlash, muammoli vaziyatlarda mustaqil yechim topish, o‘z fikrini asoslab bera olish va uni himoya qilish kabi muhim kompetensiyalarni shakllantirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Boshlang‘ich ta’lim bosqichi shaxs rivojining poydevori bo‘lib, aynan ushbu davrda o‘quvchilarda bilishga bo‘lgan qiziqish, o‘rganishga bo‘lgan ijobiy munosabat, muloqot madaniyati va mustaqil fikrlash ko‘nikmalari shakllana boshlaydi.
Tadqiqot metodologiyasi va adabiyotlar tahlili. Tadqiqot mavzusini yoritishda pedagogika, psixologiya va metodika sohalariga oid mahalliy va xorijiy ilmiy adabiyotlar tahlil qilindi. Xususan, o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni rivojlantirish masalalari bo‘yicha B.S.Blumning ta’lim maqsadlari taksonomiyasi, L.S.Vygotskiyning ijtimoiy-madaniy rivojlanish nazariyasi, R.Pol va L.Elderlarning tanqidiy fikrlash konsepsiyalari metodologik asos sifatida o‘rganildi.
Zamonaviy pedagogik yondashuvlar o‘quvchini ta’lim jarayonining markaziy subyekti sifatida ko‘rib, uning bilish faolligi, shaxsiy tajribasi va ijtimoiy munosabatlar orqali bilimlarni egallashiga asoslanadi. Shu nuqtayi nazardan, boshlang‘ich sinf bosqichidayoq o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tahlil qilish, solishtirish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish ta’lim sifatini oshirishning muhim omili hisoblanadi.
Mustaqil fikrlash tushunchasi pedagogik va psixologik adabiyotlarda shaxsning o‘quv jarayonida berilgan axborotni passiv qabul qilmasdan, balki uni anglash, tahlil qilish, baholash va yangi vaziyatlarga mos ravishda qo‘llash qobiliyati sifatida talqin etiladi. Bunday fikrlash turi o‘quvchining bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida faol pozitsiyani egallashini, savollar qo‘yishini, muammoli vaziyatlarni anglashini va ularni hal etish yo‘llarini mustaqil izlashini taqozo etadi1.
Mahalliy olimlardan N.S.Sayidahmedov, J.G‘.Yo‘ldoshev, F.R.Qodirova, Sh.S.Tursunovlarning boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi va zamonaviy ta’lim texnologiyalariga oid ishlari tahlil qilindi. Ushbu manbalarda o‘quvchilarning bilish faolligi, mustaqil fikrlashi va interfaol metodlarning samaradorligi masalalari yoritilgan.
Boshlang‘ich ta’limda kollaboratsion (hamkorlikka asoslangan) faoliyatni tashkil etish o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, muloqot madaniyati va ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim pedagogik omil hisoblanadi. Xalqaro va milliy ta’lim tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilar bilimlarni birgalikda o‘zlashtirgan sharoitda ularning o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasi oshadi, o‘zlashtirish darajasi barqarorlashadi hamda bilimlarni amaliy vaziyatlarda qo‘llash ko‘nikmalari shakllanadi2.
Kollaboratsion yondashuvning asosiy xususiyati o‘quvchilarning o‘quv jarayonida passiv tinglovchi emas, balki faol ishtirokchi sifatida qatnashishidir. Bu yondashuvda bilim olish jarayoni o‘qituvchi tomonidan biryoqlama beriladigan axborotga emas, balki o‘quvchilarning o‘zaro muloqoti, fikr almashuvi va birgalikda muammolarni hal etish faoliyatiga asoslanadi. Shu sababli kollaborativ o‘qitishda o‘quvchilar o‘z bilim va tajribasini tengdoshlari bilan bo‘lishadi, o‘z nuqtayi nazarini asoslaydi va boshqalarning fikrini tahlil qilish orqali o‘z qarashlarini boyitadi.
Ilmiy manbalarda kollaboratsion ta’limning samaradorligi bir nechta muhim didaktik tamoyillarga tayanishi qayd etiladi. Ular orasida o‘zaro ijobiy bog‘liqlik, individual mas’uliyat, yuzmayuz muloqot, ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va guruh faoliyatini tahlil qilish (refleksiya) asosiy o‘rin tutadi. Mazkur tamoyillar asosida tashkil etilgan ta’lim jarayonida har bir o‘quvchi umumiy natijaga hissa qo‘shishga intiladi, shu bilan birga shaxsiy javobgarlikni ham his etadi.
Tahlil va natijalar. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, kollaboratsion ishlash jarayonini tashkil etishda 1-sinfdan boshlab kichik guruhlar (3–5 nafar o‘quvchi) bilan ishlash eng samarali shakl sifatida qaraladi. Amaliy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bunday guruhlar o‘quvchilarning faolligini saqlab qolishga, har bir ishtirokchining fikr bildirish imkoniyatini ta’minlashga va muloqot jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Kollaborativ faoliyatni yo‘lga qo‘yishda o‘qituvchining roli ham o‘zgaradi. U an’anaviy bilim beruvchi subyekt sifatidan ko‘ra, jarayonni boshqaruvchi, yo‘naltiruvchi va maslahat beruvchi fasilitator vazifasini bajaradi. O‘qituvchi guruhlar faoliyatini kuzatadi, muammoli vaziyatlar yuzaga kelganda 1 Абдуллаева Қ. Ҳамкорликда ўқитиш технологиялари ва уларнинг педагогик аҳамияти. – Тошкент: Fan, 2021. – 156 б. 2 Выготский Л.С. Педагогическая психология. – Москва: Педагогика, 1991. – 480 с. yo‘naltiruvchi savollar beradi, o‘quvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtiradi va natijalarni umumlashtiradi3.
Kollaboratsion ishlashga yo‘naltirishda topshiriqlarning mazmuni muhim ahamiyat kasb etadi. Topshiriqlar ochiq turdagi, bir nechta yechimga ega, tahlil va muhokamani talab qiladigan bo‘lishi zarur. Bunday topshiriqlar o‘quvchilarni faktlarni solishtirishga, sabab-oqibat munosabatlarini aniqlashga va xulosalar chiqarishga undaydi. Natijada mustaqil fikrlash ko‘nikmalari tabiiy ravishda shakllanadi.
Boshlang‘ich ta’lim amaliyotida kollaborativ yondashuv ko‘pincha “Think–Pair–Share” (o‘yla – juftlikda muhokama qil – sinf bilan baham ko‘r), kichik guruhlarda muammoli vazifalarni bajarish, rolli o‘yinlar, loyiha asosida o‘qitish va munozara elementlari orqali amalga oshiriladi. Ushbu metodlar o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash bilan birga, ularning muloqot, tinglash va fikrini asoslash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi4.
Tadqiqotimiz izlanishlari shuni ko‘rsatadiki, kollaboratsion ta’lim jarayonida o‘quvchilarning ijtimoiy moslashuvi va emotsional holati ham ijobiy tomonga o‘zgaradi. Guruhli faoliyat davomida o‘quvchilar o‘zaro yordam ko‘rsatish, tengdoshlarini qo‘llab-quvvatlash va umumiy natija uchun mas’uliyatni bo‘lishish tajribasiga ega bo‘ladi. Bu esa sinf jamoasida ijobiy psixologik muhitni shakllantiradi. Shu bilan birga, kollaboratsion ishlashni tashkil etishda muayyan muammolar ham mavjud. Amaliy kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, ba’zi hollarda faol o‘quvchilar guruh ishida yetakchi bo‘lib, kamroq faol o‘quvchilar esa passiv ishtirokchi sifatida qolib ketadi. Bu holat individual mas’uliyat tamoyilining buzilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun o‘qituvchi topshiriqlarni taqsimlashda har bir o‘quvchining ishtirokini ta’minlovchi mexanizmlarni ishlab chiqishi zarur5.
Kollaboratsion yondashuv samaradorligini oshirishda baholash tizimi ham muhim o‘rin tutadi. Zamonaviy baholash amaliyotida faqat yakuniy natijani emas, balki jarayonni, o‘quvchining guruhdagi faolligini, muloqot madaniyatini va mustaqil fikrlash darajasini ham inobatga olish tavsiya etiladi. Bunday yondashuv o‘quvchilarning ta’lim jarayoniga bo‘lgan mas’uliyatini oshiradi. Kollaboratsion faoliyatni tashkil etish jarayonida o‘quvchilar o‘rtasidagi muloqotning sifat jihatlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy tadqiqotlarda muloqotning konstruktiv shakllari, ya’ni savol-javob, fikrni asoslash, dalillar keltirish va qarama-qarshi nuqtayi nazarlarni muhokama qilish o‘quvchilarning kognitiv rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi qayd etiladi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun og‘zaki nutqni rivojlantirish, fikrni mantiqiy izchillikda bayon etish va tengdoshlarining fikriga munosabat bildirish jarayonlari mustaqil tafakkurning shakllanishida muhim bosqich hisoblanadi. 3 Жумаев Р. Бошланғич таълимда мустақил фикрлашни ривожлантириш методикаси. – Тошкент: Tafakkur, 2022. – 174 б. 4 Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. – Toshkent: Fan, 2006. – 260 b. 5 Ибрагимов Х.И., Юлдашев У.А. Педагогик психология. – Тошкент: Fan va texnologiya, 2019. – 320 б.
Xulosa qilib aytganda, o‘quvchilarni kollaboratsion ishlashga yo‘naltirishning o‘ziga xos xususiyatlari ularning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olish, kichik guruhlarda faoliyatni tashkil etish, o‘qituvchining fasilitatorlik rolini kuchaytirish, ochiq turdagi topshiriqlardan foydalanish hamda jarayon va natijani kompleks baholash bilan tavsiflanadi. Ushbu xususiyatlarning izchil va tizimli ravishda amalga oshirilishi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil fikrlash kompetensiyasini rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Shuningdek, xalqaro ta’lim standartlari va ilmiy tadqiqotlar tahlili mustaqil fikrlash, kreativlik, tanqidiy tafakkur hamda hamkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish zamonaviy jamiyat taraqqiyotining muhim sharti ekanini tasdiqladi. Shu nuqtai nazardan, boshlang‘ich ta’lim jarayonida muammoli o‘qitish, loyihaviy faoliyat, ochiq savollar, debatlar va refleksiv yondashuvlar kabi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qilishi aniqlandi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Абдуллаева Қ. Ҳамкорликда ўқитиш технологиялари ва уларнинг педагогик аҳамияти. – Тошкент: Fan, 2021. – 156 б.
2. Выготский Л.С. Педагогическая психология. – Москва: Педагогика, 1991. – 480 с.
3. Johnson D.W., Johnson R.T., Holubec E. Cooperation in the Classroom. – Boston: Allyn & Bacon, 1998. – 312 p
4. Жумаев Р. Бошланғич таълимда мустақил фикрлашни ривожлантириш методикаси. – Тошкент: Tafakkur, 2022. – 174 б.
5. Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. – Toshkent: Fan, 2006. – 260 b.
6. Ибрагимов Х.И., Юлдашев У.А. Педагогик психология. – Тошкент: Fan va texnologiya, 2019. – 320 б.
7. Eshboeva, Surayyo Kahramon Qizi (2021). USE OF PEOPLE'S ORAL CREATIVITY IN THE
FORMATION OF ECOLOGICAL CONCEPTS OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS ON A
CREATIVE BASIS. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (10), 763-769. doi: 10.24412/2181-1784-2021-10-763-769
8. Эшбоева С. и др. Бошланғич синф ўқувчиларининг экологияга оид тушунчаларини
9. Эшбоева С. и др. Бошланғич таълимда экологик таълим-тарбияни шакллантиришда креативликни такомиллаштириш методикаси //E Conference Zone. – 2023. – С. 29-36.
10. Эшбоева, С. (2023, January). Бошланғич таълимда экологик таълим-тарбияни шакллантиришда креативликни такомиллаштириш методикаси. In E Conference Zone (pp. 29-36).
11. Эшбоева С. и др. Бошланғич синф ўқувчиларининг экологияга оид тушунчаларини 12. Eshboeva S. Creative approach to forming ecological concepts in primary class students. – 2022. 13. Eshboeva, S. (2022). Creative approach to forming ecological concepts in primary class students.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.