ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI PIRLS XALQARO BAHOLASH DASTURIGA TAYYORLASHDA “MILLIY O‘QUV DASTURI”DAN FOYDALANISH

Abstract

ushbu maqolada PIRLS xalqaro baholash dasturi doirasidagi savodxonlikning o‘quvchilar bilimini shakllantirish, zehnini oshirishga qaratilgan yo‘llari, “Milliy o‘quv dasturi”ning xalqaro baholash dasturiga uzviy ravishda bog‘liqligi hamda ona tili va o‘qish savodxonligini PIRLS dasturidagi o‘qish savodxonligi bilan birgalikda olib borish haqida fikr yuritilgan


Full PDF Document

Related Articles

Full text

DASTURIGA TAYYORLASHDA “MILLIY O‘QUV DASTURI”DAN FOYDALANISH

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabasi

Hayrullayeva Nasima Sunnatulloyevna

Ilmiy rahbar: M.X. Xaydarova

Annotatsiya: ushbu maqolada PIRLS xalqaro baholash dasturi doirasidagi savodxonlikning o‘quvchilar bilimini shakllantirish, zehnini oshirishga qaratilgan yo‘llari, “Milliy o‘quv dasturi”ning xalqaro baholash dasturiga uzviy ravishda bog‘liqligi hamda ona tili va o‘qish savodxonligini PIRLS dasturidagi o‘qish savodxonligi bilan birgalikda olib borish haqida fikr yuritilgan.

Kalit so‘zlar: o‘qish savodxonligi, matn, konstruktiv, interfaol, milliy o‘quv dasturi.

Аннотация: В данной статье рассматриваются пути формирования знаний и повышения интеллектуальных способностей учащихся в рамках международной программы оценки PIRLS. Также освещается неразрывная связь «Национальной учебной программы» с международной программой оценки, а также вопросы совместного преподавания родного языка и читательской грамотности в соответствии со стандартами чтения PIRLS.

Ключевые слова: читательская грамотность, текст, конструктивный, интерактивный, национальная учебная программа.

Abstract: This article discusses the methods of forming students' knowledge and enhancing their intellectual abilities within the framework of the PIRLS international assessment program. It highlights the integral connection between the "National Curriculum" and the international assessment program, as well as the integration of mother tongue and reading literacy with the PIRLS reading literacy standards.

Keywords: reading literacy, text, constructive, interactive, national curriculum.

Ta’lim bor joyda tarbiya ham bor bo‘lgandek, ta’lim sifatli bo‘lsa, mamlakat tayanchi bo‘lgan yoshlar har tomonlama taraqqiy etib boradi. Unib, o‘sib kelayotgan yoshlarimizni bilimli, kuchli va tarbiyali qilib voyaga yetkazish barchamizning burchimizdir. Shu munosabat bilan yurtimizda qilinayotgan ulkan ishlar, olib borilayotgan islohotlar va bir necha yaqin yillar ichida ta’lim tizmining ko‘zgusi bo‘lgan baholash tizimining isloh qilinishi, monitoring jarayonlari, reyting va modulli tizimi kabilar sinab ko‘rilayotgani hali bu boradagi muammolarning keng qamrovli taklif va yechimlar kutilayotgani buning yana bir bor isbotidir.

Yurtimizning ham ta’lim tizimini yuksaltirish maqsadida ulkan ishlar olib borilmoqda va shulardan biri bu xalqaro baholash tizimiga a’zo bo‘lganimizdir. Bu orqali o‘quvchilarning kreativ, tanqidiy va mantiqiy fikrlashini oshiriga qaratilgan bo‘lib, bularni rivojlantirishda PIRLS xalqaro baholash dasturining ham o‘rni beqiyosdir. PIRLS xalqaro baholash dasturining asosiy maqsadi o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini oshirishga qaratilgan va unda 4-sinf o‘quvchilarining qatnashishi ko‘zda tutilgan. Buning sababi esa, ushbu rivojlanish davrida o‘quvchilar o‘qish ko‘nikmasini hosil qilgan bo‘lib, endi bu ko‘nikmadan boshqa fanlarni o‘rganishda foydalanayotgan bo‘ladi.

O‘qish savodxonligi insonlarning o‘qishdan ko‘zlangan maqsadlari bilan bevosita bog‘liqdir. Ko‘pgina yosh o‘quvchilar endigina o‘qishni boshlaganlarida asosan hikoyali matnlar (masalan, hikoyalar yoki suratli kitoblar) yoki o‘quvchilar o‘zlarini o‘rab turgan muhit haqida informatsion va savollarga javob beruvchi ma’lumotlarga boy matnlarni o‘qiydi. O‘quv dasturiga ko‘ra, kitob va boshqa bosma materiallardan ma’lumot olish uchun o‘qish muhim ahamiyatga ega ekanligi bois, yosh o’quvchilar o‘qish savodxonligini rivojlantirib, o‘rganish uchun o‘qishlari kerakligi talab qilinadi. Unda o‘quvchilarning matnni o‘qib tushunishlari, yangidan-yangi g‘oyalar, boshqa madaniyatlari va turli mamlakatlar haqida tasavvurga ega bo‘lishlariga imkon beradigan qobiliyat haqida kengroq tushunchaga ega bo‘lishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Bundan tashqari, u shaxsni hamda jamiyatni o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish, shuningdek, “biror harakatni bajarish uchun o‘qish”, vositasi sifatida yozma matnlar va boshqa turdagi ma’lumotlar ustida mulohaza yuritishni o‘z ichiga oladi. Endilikda o‘quvchilardan ravon o‘qish va asosiy tushunish ko‘nikmasi orqali tushungan yoki idrok etganlarini yangi vaziyatlar yoki loyihalarga nisbatan qo‘llay olish qobiliyatini namoyon etishga o‘tishni talab etilmoqda.

Bir yuqorida o‘qish savodxonligi haqida fikr yuritdik, ammo, o‘qish savodxonligi nima ekanligini aytib o‘tmadik. Keling, birinchi o‘qish savodxonligi nima degan savolga javob beraylik.

O‘qish savodxonligi - shaxs o‘zining bilim va salohiyatini rivojlantirish, jamiyatda o‘z o‘rnini topish maqsadiga erishishi yo‘lida matnlarni tushunish, ulardan foydalanish, ular ustida mulohaza yuritish hamda ularga munosabat bildirish qobiliyatidir. Undan tashqari o‘quvchilarning tushunish va shaxs tomonidan qadrlanadigan hamda jamiyat tomonidan talab etiladigan barcha yozma til shakllaridan foydalana olishi hamdir. O‘qish savodxonligiga nisbatan bildirilgan bunday yondashuv konstruktiv va interfaol jarayon sifatida o‘qish savodxonligiga oid turli nazariyalar aks ettiradi. O‘qish savodxonligida birinchi navbatda matnga alohida e’tibor beriladi, chunki savodxonlikda o‘quvchi matnni tushunishi orqali barcha ko‘zlangan maqsadga erishiladi. Savodxonlikda matn mazmuni muayyan o‘qish tarzi asosida o‘quvchi va matn o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik orqali hosil qilinadi. O‘quvchi matndan anglashilgan ma’noni tez ilg‘ab oladigan, matn ustida mulohaza yuritadigan, samarali o‘qish strategiyasidan xabardor va o‘qish ustida tafakkur qiladigan shaxs sifatida gavdalanadi.

Matnlar odatda, ulardan anglashilgan mazmunni turli usulda shakllantirish yordamida, ularda aks etgan fikr-mulohazalarni qay tartibda tashkillashtirilgani va taqdim etilganiga qarab farqlanadi. Matn tuzilishi va shakliga ko‘ra, yozma materiallari bilan to‘ldirilgan qisqa so‘zlar va iborali matnlargacha bo‘lib, ular bir-biridan keskin farq qiladi. Ma’lum matn janriga xos bo‘lgan mazmun, tarkib va uslub o‘quvchiga matnni o‘qib tushunishga yaqindan yordam beradi. Mamlakatimizning ham xalqaro baholash dasturiga a’zo bo‘lganligi va bu test jarayonida yaqin yillar ichida yurtimizning ham ishtirok etishi munosabati bilan turli xildagi innovatsiyalar kiritilmoqda. Shular jumlasidan biri sifatida “Milliy o‘quv dasturi” ishlab chiqildi va o‘quvchilarning kreativ fiklashiga ham alohida e’tibor berildi. Maktablarda ham o‘quvchilarning kreativ fikrlashini rivojlantirishning ahamiyati mehnat bozori talabiga ko‘ra ortib borilmoqda. Maktab o‘quvchilarni o‘z qobiliyatlarini kashf etishlariga, rivojlanishlariga va aniqlashlariga shu bilan bir qatorda, kreativ qobiliyatini namoyon etishga PIRLS dasturda ham alohida e’tibor berilgan va bizning “Milliy o‘quv dasturi”miz shu dastur yuzasidan qisman bo‘lsada ishlab chiqilganini ko‘rishimiz mumkin.

“Milliy o‘quv dasturi”mizni yanada shakllantirib o‘quvchilarning mantiqiy fikrlanini oshirish uchun ularda PIRLS dasturidagi kabi matn doirasida test ishlab chiqilsa, o‘quvchilarning har jihatdan shakllantirishimiz va qaysidir jihatdan ko‘zlangan maqsadga erishishga keng yo‘l ochilishi ehtimoldan holi emas. Keling, biz sizlar bilan “Milliy o‘quv dasturi” asosida o‘qitilayotgan 2-sinf ona tili va o‘qish savodxonligidagi kitobidan bir matnni misol sifatida keltiraylik.

Ixtirochilar tanlovi

“Galaktikada bir kun” asaridan

Uzoq kutilgan tanlov boshlandi. Birinchi bo‘lib sahnaga Ibrohim ismli bola chiqdi.

- Men ko‘p ixtirolar qilganman, - Ibrohim jiddiy ohangda gap boshladi. Hozirda robotlarim qishloq xo‘jaligida mehnat qilyapti.

- Xo‘sh Ibrohim, bu safar bizni nima bilan lol qoldirasiz? – deb so‘radi hakamlarning biri.

Bolakay biroz hozirlandi. Uning ko‘krak kerib turishidan biror olamshumul ixtiro qilganini payqash qiyin emasdi.

- Marhamat, Bog‘bonrobot bilan tarnishing, - dedi u qo‘llarini ko‘tarib.

Sahnaga to‘rt g‘ildirakli, bir qarashda changyutkichni eslatadigan droid chiqib keldi. Bog‘bonrobot sahna bo‘ylab turli harakatlar qilib yurarkan, yosh ixtirochi g‘oz turib unga ta’rif bera boshladi:

- Bog‘bonrobot yirik bog‘larda ishlash uchun yaratildi. Unga daraxtlarni sug‘orish, hasharotlardan himoya qilish va hosilni yig‘ib olish dasturlari o‘rnatilgan.

So‘ng Ibrohim Bog‘bonrobotga o‘rnatilgan uskunalarni ham birma-bir tanishtirib chiqdi:

- Bu qurilmaning qo‘llari, - u robotning ikki yonidagi uzun-uzun qo’llarga ishora qildi. – ular bilan hosilni yig‘ib olish mumkin. Temir qo‘llar belkurak vazifasini ham bajaradi. Daraxt tagini yumshatish ham, uni sug‘orish ham shu qo‘llar bilan qilinadi. Robotning orqa tarafidagi maxsus naycha bilan dori purkaladi. Bu esa mevali daraxtni turli hasharotlardan himoya qilish uchun zarur.

Tanlovga yig‘ilgan hayrat bilan Bog‘bonrobotni kuzatishardi. Ular ixtirochi bolani “Oyangga rahmat!”, “E, qoyil!” deb olqishlardi.

Matn yuzasidan savollar.

1. Ixtirochilar tanlovini o‘tkazishdan maqsad nima?

A. Xalqni og‘irini yengillatish

B. Eng yaxshi ixtirochini aniqlash

D. Hech qanday maqsadsiz o‘tkazilgan

2. Sahnaga birinchi bo‘lib kim chiqdi?

A. Ibrohim

B. Hakamlardan biri

C. Bog‘bon

3. Bog‘bonrobotning boshqa robotlardan afzaligi nimada edi?

Javob___________________________________________.

4. Bog‘bon robotni bir ko‘rganda nimaga o‘xshatdi?

Javob___________________________________________.

5. Robotning ikki yonidagi uzun qo‘llari nima vazifani bajaradi?

A. Dori purkalaydi

B. Mevali daraxtlarni hashoratlardan qo‘riqlaydi

C. Hosilni yig‘ib oladi.

Yuqorida ko‘rib o‘tgan namuna matnimiz singari sinf darsliklarini takomillashtirish orqali yuqori marralarni bemalol ko‘zlay olamiz hamda xalqaro baholash dasturining maktabda tutgan o‘rni va o‘quvchilarni o‘qib o‘zlashtirishlari orasidagi ijobiy bog‘lanishni yanada takomillashtirishga erishamiz.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, PIRLS xalqaro baholash tadqiqotida o‘quvchilarni o‘qitish jarayonining ahamiyati, o‘qitish jarayonining tashkil etilishida birgalikdagi samaradorligini oshirish, o‘qib o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini rivojlantirishda muhim ekanligi ko‘rsatib o‘tiladi. PIRLS tadqiqotida o‘quvchilarning bilim olishlari uchun alohida ahamiyatga ega va bularni o‘rganish uchun yaratilgan muhit va o‘quvchilarning savodxonlik darajasiga beriladigan urg‘uni o‘z ichiga oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ismoilov.A.A va boshqalar. O‘quvchilarni xalqaro tadqiqotlarga tayyorlashga mo‘ljallangan axborotnoma 3-son. Toshkent-2021

2. Ina V.S. Mullis va Michael O. Martin. PIRLS 2021 baholash qamrov doirasi. Toshkent –

3. Von Davier, M. Cho, Y &Pan T. (2019) Effects of Discontinue Rules on Psychometric Properties of TestnScores. Psychometrika, vol. 84

4. Yamamoto K, Khorramdel L & von Davier, M. (2013) Chapter 17: Scaling PIAAC Cognitive Data. In: Technical Report of the Survey of Adult Skilla (PIAAC).

5. Yan D, von Davier, A & Lewis L. (2014; Eds). Compyuterized multistage testing: Theory and applications (pp. 3-20). New York, NY:CRC Press.

6. Mavlonova K va boshqalar. Ona tili va o‘qish savodxonligi. Toshkent:Respublika ta’lim markazi, 2021 – 120 b.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.