O’STIRISHDA XALQARO BAHOLASH TIZIMINING TUTGAN O’RNI.
Madina Xurramova Abdunazar qizi
Termiz davlat pedagogika instituti 1-kurs talabasi
Shabbazova D. R.
Ilmiy rahbar: p.f.f.d (PhD). TerDU
Annotatsiya: Mazkur maqolada xalqaro baholash dastur talablari va ta'lim tizimiga joriy etish tamoyillari haqida so'z yuritish bilan birga, PISA, PIRLS xalqaro baholash dasturlarining muhim belgilari xorijiy olimlar fikrlariga, ilmiy-tadqiqot ishlariga tayangan holda ochib berilgan.
Kalit so'zlar: xalqaro baholash dasturlari, PISA, PIRLS, xorijiy tajribalar, ta'lim sifatini baholash milliy markazi, kasbiy kompetentlik, o’qish savodxonligi, tushunish darajasi, ta'lim tizimi.
KIRISH. So'nggi yillarda yurtimizda yuz berayotgan keskin yangilanish va tub o'zgarishlar insoniyat hayotidagi barcha sohalarni globallashuv va integratsiyalashuv jarayonlari nuqtai nazaridan yangicha qarashlar, tushunchalar va munosabatlar bilan qayta ko'zdan kechirishni taqazo etmoqda. Hozirgi kunda butun dunyo bo'ylab har bir sohada globallashuv va integratsiya jarayonlari o'z aksini ko'rsatmoqda. Shu qatorda ta'lim ham davlat siyosatining ustuvor sohasiga aylandi va ushbu sohada ta'limni yangicha innovatsion g'oyalar asosida rivojlantirish bo'yicha islohotlar amalga oshirila boshlandi.
Jamiyat va hayotda sodir bo'layotgan yangilanishlar ta'lim tizimiga ham yangicha innovatsion yondashuvni, ta'lim, fan va ishlab chiqarish o'rtasidagi integratsiya jarayonlarini yanada tezlashtirishga zamin yaratadi, natijada yangicha innovatsiyalarni ta'lim jarayoniga tatbiq etish dolzarb masalalar qatoridan joy oldi.
Ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda xorij tajribalarni o'rganish, tizimga xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tajribalarni o'rganish, mavjud tizim bilan qiyosiy, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilish, tizimda ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro loyihalarni joriy qilish, zamon talablariga javob beradigan munosib milliy baholash tizimini takomillashtirish muhim sanaladi. O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo'lga kiritgach, o'rta ta'lim muassasalari, xususan boshlang'ich ta'lim o'quvchilari ta'lim tuzilmasi va mazmunini tubdan yaxshilash ustuvor axamiyat kasb etmoqda. Baholash ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida, o’quv maqsadlariga erishilganlik darajasini oldindan belgilab qo’yilgan me’zonlar asosida belgilash, o’lchash va tahlil qilish jarayonidir. Bilimlarini tekshirmasdan ta’lim oluvchi o’z bilimlarini chuqur, har tomonlama va to’g’ri baholashga qodir emas. Ba’zan baholash jarayonida ta’lim oluvchi qo’shimcha bilim, ko’nikma va malakalarga ham erishadi. Ta’lim jarayonida o’zlashtirmagan tushunchalarning mohiyatiga tushunib yetadi. Shu bois ham baholashni ta’lim olish jarayonining mezoni deb ham aytish mumkin. Bilimlarni nazorat qilish va baholash davlat ahamiyatiga ega va bu jarayonda xalqaro baholash tizimining o’rni katta.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi «O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida» gi 5712-son Farmonida 2030-yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg'or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida ta'lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarini tashkil etish chora tadbirlari to'g'risida"gi 997-sonli qarorida eng ustuvor vazifa qilib quyidagilar olindi :- xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda o'qish;
- PISA, PIRLS, baholash dasturi yo'nalishidagi savollar milliy bazasini yaratish va o'quv dasturlariga integratsiya qilish. O'zbekiston Respublikasida xalq ta'limi tizimida olib borilayotgan amaliy ishlar, ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning tashkil etilishi to'g'risida hukumat qarorining qabul qilinishi ta'lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasidek (IEA) nufuzli tashkilot bilan hamkorlik aloqalarining yo'lga qo'yilishi ta'lim tizimida muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda davlat hamda jamiyat ahamiyatiga molik dolzarb masalalar bilan bir qatorda, taʼlim sifatini oshirish va xalqaro baholash jarayonlariga munosib tayyorgarlik koʻrish masalasiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Taʼkidlash joizki, davlatimiz rahbarining Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlangan boʻlib, unda Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA xalqaro baholash dasturining reytingi boʻyicha jahonning birinchi 30 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishish ustuvor vazifa etib belgilangan edi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida dunyoda taʼlim sifatini baholash boʻyicha yetakchilik qilib kelayotgan xalqaro baholash dasturlari, jumladan, TIMSS, PISA va PIRLS dasturlarida ishtirok etishga kirishildi Xalqaro baholash dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish, bevosita taʼlim sifatini oshirish bilan bogʻliqdir. Unda ishtirok etish, nafaqat Oʻzbekiston, balki jahon hamjamiyatida oʻquvchilarning oʻquv dasturlarini yodda saqlab qolganligini baholashdan ularning kompetensiyalarini baholash, yaʼni maktabda egallagan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qoʻllay olishi, ijodiy va mantiqiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirish va uni baholashga oʻtishda muhim vosita boʻlib hisoblanadi. Nutq va uni o'stirish tushunchasi. Nutq - kishi faoliyatining turi, til vositalari (so'z, so'z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o'zaro aloqa va xabar funksiyasini, o'zaro fikrni his-hayajon bilan ifodalash va ta'sir etish vazifasini bajaradi. Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishining aktiv faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O'quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta'lim olish qurolidir. Nutq o 'stirish nima? Agar o'quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko'zda tutilsa, nutq o'stirish deganda, tilni har tomonlama (talaffuzi, lug'ati, sintaktik qurilishini, bog'lanishli nutqni) aktiv amaliy o'zlashtirish tushuniladi. Agar o'qituvchi ko'zda tutilsa, nutq o'stirish deganda, o'quvchilar tilning talaffuzi, lug'ati, sintaktik qurilishi va bog'lanishli nutqni muhim aktiv egallashlariga yordam beradigan metod va ish turlarini qo'llash tushuniladi. Nutq faoliyati uchun, shuningdek, o'quvchilar nutqini o'stirish uchun bir necha shartga rioya qilish zarur:
1. Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo'lishi kerak. O'quvchilar nutqini o'stirishning metodik talabi o'quvchi o'z fikrini, nimanidir og'zaki yoki yozma bayon etishi, xohishi va zaruriyatni yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi 2..Har qanday nutqning mazmuni, materiali bo'lishi lozim. Bu material qanchalik to'liq, boy, qimmatli bo'lsa, uning bayoni shunchalik mazmunli bo'ladi.
3. Fikr tinglovchi tushunadigan so'z, so'z birikmasi, gap, nutq oborotlari yordamida ifodalansagina tushunarli bo'ladi. Shuning uchun nutqni muvaffaqiyatli o'stirishning uchinchi sharti - nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi. O'quvchilar nutqini o'stirishda aniq belgilangan bir qator talablarga rioya qilinadi.
1. O'quvchilar nutqi mazmundor bo'lsin.
2. Nutqda mantiqiylik bo'lsin.
3. Nutq aniq bo'lsin.
4. Nutq til vositalariga boy bo'lsin.
5. Nutq tushunarli bo'lsin.
6. Nutq ifodali bo'lsin.
7. Nutq to'g'ri bo'lsin.
8. Nutq madaniyatli bo'lsin.
Nutq o'quvchilar tafakkurini o'stirishda muhim vositadir. Nutq fikrni bayon etish vositasi bo'libgina qolmay, uni shakllantirish quroli hamdir. Fikr nutqning psixologik asosi vazifasini bajaradi, uni o'stirish sharti esa fikrni boyitish hisoblanadi. Aqliy faoliyat sistemasini egallash asosidagina nutqni muvaffaqiyatli o'stirish mumkin. Shuning uchun o'quvchilar nutqini o'stirish materialni tayyorlash, takomillashtirish, mavzuga oidini tanlash, joylashtirish, mantiqiy operatsiyalarga katta ahamiyat beriladi. Tafakkur til materiali yordamida nutqiy shakllantirilsa va bayon etilsagina muvaffaqiyatli o'sadi. Tushuncha so'zlar yoki so'z birikmalari bilan ifodalanadi, shunday ekan, tushuncha til vositasi bo'lgan so'zda muhim aloqa materialiga aylanadi. Kishi tushuncha ifodalaydigan so'z (so'z birikmasi) ni bilsagina, shu tushunchaga asoslangan holda, tashqi nutqda fikrlash imkoniga ega bo'ladi. Nutqda fikr shakllantiriladi, shu bilan birga, fikr nutqini yaratadi. «Nutq tafakkur bilan chambarchas bog'langandir. Nutq bo'lmasa, tafakkur ham bo'lmaydi, til materiali bo'lmasa, fikrni ifodalab berib bo'lmaydi». Fikrni nutqiy shakllantirish uning aniq, tushunarli, sof, izchil, mantiqiy bo'lishini ta'minlaydi. Tilni egallash shu tilning fonetikasini, lug'at sostavini, grammatik qurilishini bilib olish, fikrni takomillashtirish uchun, tafakkurni o'stirish uchun shart-sharoit hozirlaydi. Bilimlar, faktlar, har xil axborotlar tafakkurning ham, nutqning ham materialidir. Nutq tafakkur jarayonini o'rganishning muhim vositasi bo'lib xizmat qiladi. Nutqdan o'quvchiniig fikriy rivojining asosiy o'lchovlaridan biri sifatida foydalaniladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini o‘stirish yuzasidan olib borilgan kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchilarning ko‘pchiligi o‘z fikrini ifodalashga qiynaladi, uni mantiqan izchil bayon qila olmaydi, bog‘lanishli jumlalarni noto‘g‘ri yoki noo‘rin tuzadi. Zero, ular hali gap qurilishini, mustaqil gaplarning o‘zaro bir-birlari bilan bog‘lanish shartlaridan xabardor emas. Shuning uchun o‘qish darslarida amalga oshirilayotgan o‘quvchilarda nutq o‘stirish borasidagi harakatlarning ona tili darslarida matn ustida ishlashga oid mashqlar bilan uzviy bog‘lab olib borilishini ta’minlash maqsadga muvofiqdir. Uzluksiz ta’limning har bir bosqichi muayyan vazifaning hal qilinishini ta’minlaydi. Savodga o‘rgatish nutqning tovush xususiyatini anglashning asosiy bosqichlaridan biridir. Shunga bog‘liq holda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolada so‘zning tovush tarkibini tahlil qilishga qiziqishlar yuzaga keladi. Bola ayrim tovushlarni farqlay olsada, ularni so‘z tarkibida mustaqil tahlil eta olmaydi. Shu sababli savodga o‘rgatish davrida bunday tahlilni amalga oshirish tovushlarni anglashda yangi bosqichni yuzaga keltiradi.
NATIJA VA MUHIKAMALAR
PISA - o'quvchilarni ta'lim sohasidagi yutuqlarini jahon davlatlaridagi maktab o'quvchilarining bilimi va ularni amaliyotda qo'llay olish mahoratini baholash bo'yicha xalqaro dastur bo'lib, asosiy maqsadi - 15 yoshli o'quvchilarning o'qish savodxonligi, matematika, tabiiy fanlar bo'yicha savodxonlik darajalarini turli xil testlar ko'rinishida baholashdan iboratdir. Ushbu loyihalar o'quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlashlariga, olgan bilimlarini hayotda qo'llay olish qobiliyatlariga baho berish va keyinchalik bu ko'nikmalarni hosil qilishga undashdir. Ushbu dastur 1997 yilda joriy etilgan bo'lib, har uch yilda bir marta o'tkazib kelinadi. PISA dasturi ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga ta'sir ko'rsatib, har bir davlat o'tkazgan tadqiqot natijalari asosida o'zining ta'lim sohasidagi yutuq va kamchiliklarini aniqlab, boshqa davlatlarga nisbatan mavqyeini taqqoslaydi. Ta'lim tizimini takomillashtirish va rivojlantirishda o'z strategiyasini belgilab oladi.
PIRLS (Progress in International Reading and Literacy Study) boshlang'ich sinf o'quvchilarining matnni o'qib tushunish darajasini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqot dasturidir. PIRLS - tadqiqotida 50 dan ortiq davlatlar ishtirok etib kelmoqda. Mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta'lim tizimidan iborat bo'lgan davlatlardagi boshlang'ich maktab o'quvchilarining matnni o'qish va qabul qilish bo'yicha tayyorgarligi hamda o'quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo'luvchi ta'lim tizimidagi o'ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat.
PIRLS dasturi 2001-yilda Ta'lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan. Har besh yilda o'tkaziladigan PIRLS dasturi 4-sinf o'quvchilarining o'qish savodxonligini xalqaro darajada baholaydi. O'qish savodxonligi o'quvchilarning ilmiy va shaxsiy muvaffaqiyatini o'sishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi. So'nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassilarga bo'lgan talabni yanada oshirmoqda Bu o'zo'zidan o'quvchilarimizning darslarga qiziqishlarini oshirish va o'qituvchilarning har tomonlama ta'lim tarbiyaga e'tiborini kuchaytirishni talab etadi.
PISA (Programme for International Student Assessment) – o’quvchilarning savodxonligini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqot dasturi bo’lib, dasturning asosiy maqsadi 15 yoshli o’quvchi yoshlarning o’qish, (matnni tushunish), matematika va tabiiy fanlar bo’yicha savodxonlik darajalarini hamda ijodiy fikrlash ko’nikmalarini turli xil testlar yordamida baholashdan iboratdir. Ushbu loyihalar o’quvchi yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlashi, egallagan bilimlarini hayotda qo’llay olish layoqatiga baho berish va keyinchalik bu ko’nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Har uch yilda amalga oshiriladigan PISA dasturi mamlakatlarga ta’lim tizimining yutuq va kamchiliklari yuzasidan o’z vaqtida axborot berish, tegishli dasturlarning ta’sirini tahlil qilish imkoniyatini yaratib, ta’lim siyosati sohasida qarorlar qabul qilishni qo’llabquvvatlaydi. Ta’lim sifatini baholashga yo’naltirilgan PISA kabi xalqaro tadqiqotlar O’zbekiston ta’lim tizimida ilk marta o’tkazilayotganligi sababli ularni to’g’ri, samarali va ob’ektiv o’tkazish muhim ahamiyat kasb etadi.
PISA–o’quvchilarning o’qish (matnni tushunish), matematika va tabiiy fanlardan bilim darajalarini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi bo’lib, o’quvchilarning maktab davrida orttirgan bilim va ko’nikmalarini aniqlashga mo’ljallangan.
PISA xalqaro baholash dasturi shuningdek, o’quvchilar munosabati va motivastiyasi haqida qimmatli ma’lumotlar to’playdi, o’quvchilarda muammoni hal qila olish kabi ko’nikmalarni ham baholaydi. Masalan, global ahamiyatga ega masalalarni hal etishda o’quvchi-yoshlarning fikr- mulohazalari, ular bergan taklif va echimlarni baholaydi.
PISA–xalqaro baholash dasturlarining natijalari asosida dunyo mamlakatlari o’quv dasturlarida mavjud bo’lgan talablar doirasida o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarni qo’llash, fikrlash va muloqot qilish qobiliyatlariga baho beriladi.
PISA hech qanday o’quv dasturini belgilamaydi yoki targ’ib qilmaydi yoki umumiy e’tirof etishni taqozo etmaydi.
Ishtirokchi mamlakatlar ekspertlari va iqtisodchilarining fikricha, o’quvchilarda tabiiy fanlardan o’zlashtirilgan bilim va ko’nikma darajalari shakllanishi, mustahkamlanishi davlatlarning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun muhim dastlabki qadamlar deb hisoblanishini e’tirof etadi.
PISA – o‘quvchilarning ta’limiy yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur, PISA (inglizcha - Programme for International Student Assessment) – turli davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligini (o‘qish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur. PISA bo‘yicha bahoning 50 ballga oshishi har yillik Yalpi ichki mahsulot (YaIM) ning 1% ga o‘sishini ta’minlaydi.
PISA-ni so’ngi yillardagi vazifalarining asosiy jihati nimalardan iborat?
Bu proektda test sinovlari o’quvchiga qiyinchilik tug’dirmaydi, bunda o’quvchining bilimlari asosiy o’rin tutmaydi, faqatgina bolaning ongini ishlatishni talab qiladi.
PISA- ning interaktiv vazifalari nimadan iborat:
2012 yilda birinchi marotoba ommaviy test sinovlari ishtirokchilariga maxsus turdagi vazifalar, ya’ni interaktiv turdagi vazifalar kiritilishi taklif qilingan. Interaktiv - o’quvchidan yangi qiyin sistemani oldindan xususiyatini bilmay turib mustaqil tadqiqot qilishni talab qiladi, tizim bilan bevosita amaliy hamkorlik orqali gipotezalarni (xayoliy) o’rtaga tashlaydi, ularni eksprimental tarzda sinab, ob’ektni tekshirihsga harakat qiladi.
PISA –bu eng katta Xalqaro o'quvchilar bilimining tadqiqot qilish programmasi
PISA- natijalari butun dunyo yoshlarining qanday bilim va ko'nikmalarga ega ekanligini ko'rsatadi. Umumta'lim fanlari bo'yicha kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o'quv topshiriqlarini ishlab chiqishda xalqaro tajribadan foydalanish,
Timss (Trends in Mathematics and Science Study) – matematik va tabiiy-ilmiy ta'lim sifatini tadqiqot etadigan xalqaro monitoringdan iborat. Unda 4-, 8-, 11- sinf o'quvchilari ishtirok etadilar. 1995 y., 1999 y., 2003 y., 2007 y., 2008., 2011 y., 2015 yillarda o'tkazilgan.
XULOSA. Xulosa qilib aytganda, savod o‘rgatishga tayyorgarlik bosqichida og‘zaki nutq va grafik tasvirlangan nutqning garmonik birligi boshlanadi. Bu o‘quvchilarga keyinroq og‘zaki nutqdan yozma nutqqa o‘tishda yengillik tug‘diradi. Shu bois savod o‘rgatish bo‘yicha har bir darsda bog‘lanishli og‘zaki nutqni rivojlantirishga e’tibor qaratish talab qilinadi. Bunday darslar og‘zaki nutqni rivojlantirish bilan birga o‘quvchilarning lug‘at boyligini orttirish, fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga ham yordam beradi. Ona tili darslari grammatik-orfografik materialni nutq madaniyatini shakllantirish bilan bog‘lash uchun keng imkoniyatlarga ega. Bunday ishni tashkil qilish nafaqat nutq o‘stirishga doir zarur malakalarni shakllantirishni ta’minlaydi, balki ona tilini o‘rganishga qiziqish, unga nisbatan hurmat va muhabbat uyg‘otadi. Yuqoridagi talablarning ta'lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta'lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg'or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi. Davlatimizga ta'lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta'lim sifati va uning xalqaro standartlarni hisobga olgan holda egallagan o'rni to'g'risida xulosalar chiqarish imkonini beradi. O’quvchilarni xalqaro PISA, PIRLS baholashning asl mohiyati o'quvchilarda tafakkur uyg'oqligi, ularni ixtirochi, ijodkorlikka o'rgatishning asosiy belgisi hisoblanadi. O'zbekistonda ta'lim tizimiga xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda o'quvchilarning bilim darajasini baholash va monitoring qilishning "Milliy dasturi"ni yaratish hozirgi kun talabiga mos keladi. Yana shuni aytish joizki, ushbu dastur zamon bilan hamnafas qadam tashlaydi hamda o'zining baholash mezonlarini zamonaviy talablarga muvofiq ravishda takomillashtirib boradi. 2008 yilda Timss Advanced monitoring tadqiqotlari matematika va fizikani chuqur o'rganadigan maktablarning o'quvchilari o'rtasida o'tkazgan. Bu ikki predmet o'sib kelayotgan avlodning yangi texnologiyalardan foydalanish va takomillashtirish qobiliyatlarini hamda mamlakatning intellektual potensialini baholashda ustuvor soha hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining —O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risidagill 2019-yil 29-apreldagi PF-5217 sonli Farmoni
2. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.
3. Assessing Reading, Mathematics and Scientific Literacy: A framework for
PISA 2009. OECD, 2009
4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori.
5. Khodjamkulov, U., Botirova, S., Shofkorov, A., & Abdirimova, I. (2020). Bases of Organizing Cooperation between Educational Institutions through Clusters (on the Example of the Education System of Uzbekistan). Journal of Critical Reviews, 7(12), 243-247.
6. Abdirimova, I. K. (2020). Loyihalash faoliyatining bosqichlari loyihaga yondashuv mohiyati va maqsadlar uyg'unligi. Science and Education, 1(Special Issue 2). 18-26.22
7. Abdirimova, I. Methods and tools for the implementation of project activity in education.
8. И. К. Абдиримова Гармония образования в формировании любви к стране у молодежи Academic Research in educational sciences volume 2 (Issue 2)
2021 ISSN: 2181-1385, 1416-1421
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.