Boshlang’ich sinf tarbiya fanini o’quvchilarining tarbiyalashda sharq
allommalarining ma’naviy merosi orqali takomillashtirish.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi
4-BT-S-2022 guruh talabasi
Xudoyberdiyeva Ug’iloy Davron qizi
Annotatsiya: Boshlang’ich sinflarda tarbiya darslari nazariy tarzda olib boriladi, natijada o’quvchilar nazariy bilimlarga ega bo’lib, boradilar. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga dars berishda o’qituvchilardan yuksak mahorat va sabr talab qilinadi. Har bir dars zamonaviy texnologiyalar va metodlar bilan tashkillashtirilganda o’quvchilarning o’zlashtirish darajasi o’sadi.
Tayanch so’zlar: metod, pedagogik mahorat, bilim, ko’nikma, malaka va konpetinsiya, dars, metod, multimediya, o’qish-yozish uslubi, kinestetik uslub, eshitish uslubi, visual (kosmik) uslub.
Kirish: umumta’lim maktablarida tarbiya fanini amalga oshirishning bir qancha o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilarda tarbiya darslari orqali aqliy va jismoniy mehnat turlari, kasblar olami bilan tanishtirish, ularda dastlabki bilim, ko’nikmalari, malakalari va kompetensiyalari, va kasblarni qadrlashga o’rgatib boriladi. Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi. Bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasidir.
Asosiy qism: Islom Abdug’aniyevich Karimovning ta’lim to’g’risidagi islohotlari va barkamol insonni ma’naviy tarbiyalash masalalari mustaqillikning poydevorini mustahkamlashda o’zbekistonimizning buyuk davlatga aylanishida ta’lim tarbiya ishlarini oqilona yo’lga qo’yish fuqorolarni zamonaviy ilm, fan texnologiyalari yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish katta ahamiyatga ega. Shunday ekan yosh avlod taqdirida komil inson taqdiri turibdi. Bolalarimiz merosini o’rganib idrok etmoqdamiz.
Ulug’ bobokalonimiz Imom Al-Buxoriy, Imom-At-Termiziy Xo’ja AhmadYassaviy, Xo’ja Bahoviddin-Naqshbandiy, Najmiddin Kubro, Abdulla Avloniy kabi bobokalonlarimiz allomalarimiz insoniy-ma’naviy yetuklikka chorlovchi, ta’lim tarbiyaga yo’naltiruvchi huquqiy hikmatlari qaytadan jaranglay boshladi. Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir degan edilar. Tarbiya-pedagogika, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdir. Bolaning salomat va saodati uchun yaxshi tarbiya muhimdir.
Maktab misni tillo qilur,
Maktab sizni mullo qilur,
Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo’lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydigan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidir degan edilar. Sh.Mirziyoyev Ta’lim va tarbiyaning asosi poydevori bu maktabdir, Maktabni maktab qiladigan kuch esa o’qituvchilardir degan edilar Sh.Mirziyoyev.Tarbiya – muayyan, aniq maqsad va ijtimoiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o’sterish, uning ongi, xulgi- atvori dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir. Tarbiya fani boshga o’quv fanlaridan tubdan farq qiladi. Fanni o’qitishda amaliy va nazariy mazmun ustuvorligi, barcha fanlar bilan bevosita uzviy va cham barchas bog’liqligi, mujassam fan ekanligi, yani uni o’qitishda o’ndan ziyod o’quv fanlari bilan aloqadorligi hamda bir necha mustaqil fanlarni qamrab olganligi. O’qitishda o’g’il va qiz bolalar tarbiyasining o’ziga xosligi, Tarbiya mahoratining shakllanishi bilim, ko’nikma va malakalarining o’ziga xosligi, o’quvchilarni ilk maktab yoshidanoq karb-hunarga tarbiyaga yo’naltirish ishlari amalga oshirilishi, kasb tanlashga tarbiya fani darsligining takomillanishi, Umum ta'lim maktab o’quvchilari tarbiya fanidan boshlab to umrlarining oxirigacha organadilar, o’rganish bilan birga ularning ish uslublari o’rganiladi. Keng manodagi tarbiya shaxsga jamiyatning tasir etishi ijtimoiy hodisa sifatida qaratadi. Tor manodagi tarbiya degan sharoitida ta'lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning, maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi bo’lib, tarbiyaviy jarayon mazmuni tamoyillari qonuniyatlari uni tashkil etish masalalari, metodikasi shakillari, metodlari vositalari usullari va muammolarini o’rganadi.
Tarbiya tamoyillari
1. Tarbiya maqsadining aniqligi
2. Bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati
3. Axtiyoriylik tarbiyasi.
4. Yo’naltirilganlik tarbiyasi
6. O’z-o’zingni anglash tarbijasi
6. Jamoaviylik tarbiyasi
7. Insonparvarlik tarbiyasi
8. Ilmiylik tarbiyasi
9. Pedagogik jarayonning hayot va amaliyot bilan bog’liq tarbiyasi
10. Azchillik tarbiyasi
11. Uzluksizlik tarbiyasi.
12. Tizimlilik tarbiyasi
13. ko’rsatmalilik tarbiyasi.
14. Estetik g’oyalar ustuvorligi tarbiyasi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini har tomonlama tarbiyalashimiz lozim, bunda tarbiya haqida, tarbiyaning murakkabligi haqida “Amir Temur” bobomiz shunday degan edilar: “Men farzand tarbiyalashda davlatni boshqarishdan ko‘ra chuqurroq mushohada, undan ham chuqurroq donishmand kerakligiga ishonch hosil qildim” desalar, “Abdulla Avloniy bobomiz esa tarbiyani oiladan shakillantirib borish kerakligi, buning uchun ota-onaning o‘zi tarbiyalangan bo‘lishi kerakligi haqida aytib o‘tganlar. Abdulla Avloniy bobomizning o‘gitlari va hikmatli gaplari bolalar qalbini balki kattalar qalbini ham tarbiyaga yetaklay oladi.
“Tarbiya - pedagogika, ya'ni bola tarbiyasining fani demakdir”. Tarbiyaning asosi bu har bir oilada shakllanadi.
“ Otasini og‘ritgan el ichida xor bo‘lar.
Onasini og‘ritgan parcha nonga zor bo‘lar”.
Ma’naviy merosimizdagi tarbiyaviy g‘oyalar rivojiga bir nazar solsak, qanchalik ma'naviy javohirlarga ega ekanligimizgа ishonch hosil qilamiz. Ular tubsiz ummon bitmas tuganmas boylikdir. Har bir inson bu ummonga sho‘ng‘iganda o‘zining fe'latvorí, dunyoqarashi, bilim saviyasi va boshqa xususiyatlariga qarab tarbiyalanishi muqarrardir.
Tarbiya metodlari:
1 Shaxs ongini shakllantiruvchi metod.
2 Ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari.
3 Xulq va faoliyatni rag‘batlantirish metodi.
4.O‘z-o‘zini tarbiyalash metodi.
Tarbiya turlari:
1. Aqliy tarbiya jarayoni.
2. Jismoniy tarbiya jarayoni.
3. Axloqiy tarbiya jarayoni.
4. Estetik tarbiya jarayoni.
5. Ekologik tarbiya jarayoni.
6. Fuqorolik tarbiya jarayoni.
7. Mehnat tarbiya jarayoni.
8. Huquqiy tarbiya jarayoni
Bulardan axloqiy tarbiyani misol qilib olsak, bu axloqiy tarbiya “Axloq”, „ Xulq" va atvor so‘zlari arabcha so‘z bo‘lib ular o‘zbek tilida ham, o‘z ma’nosida qo‘llaniladi. Axloqiy tarbiya odamlarni nomusli, vijdonli, adolatli, vatanparvar, mehnatsevar bo‘lishga o‘rgatadi. Axloqiy tarbiyada, yaxshi xulqni takomillashtirish uchun kurashiladi. Xalq ta’limi tizimida o‘qitish tarbiyalanuvchilarining axloqiy mukammallashishi bilan bogʻliq bo‘ladi. Ularda ong bilan xulq birligi tarbiyalanadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi dars paytida ta'lim bilan bir vaqtda tarbiyalab borishini, o‘quvchilarning ongiga singdirishini, uning natijasida qanday ko‘nikma, bilim va malakalarini egallashlarini anig‘ bilish kerakligi nazarda tutilgan.
Natija va muhokama: O‘quvchilarni tarbiya faniga qiziqtirishning yana bir usuli bu zangori ekranlarda ko‘rsatadigan tarbiya haqidagi vedioroliklarni misol qilib olishimiz mumkin. O‘quvchilar eshitgandan ko‘ra, ko‘rgan narsasini xotirasida yaxshi saqlaydi. O‘qituvchi darsni yaxshi tashkillashtirish uchun bir qancha, qulayliklar yaratilgan, har bir darsning multimediyasi va video darslarni misol keltirishimiz mumkin. Har bir o‘quv yilida va barcha sinflarda tarbiya jarayoni va turlari shu tartibda olib boriladi. Birinchidan, o‘quvchilar maʼlum nazariy bilimlarga ega bo‘ladilar, ularning fanlararo tarbiya xususiyatlarini, ularning hayotda qo‘llanilishi bilan birga oiladan va maktabdan oladigan bilimlari bilan birga tarbiyalanib boraveradilar. Eshitish orqali o‘rgatish uslubi matnlarni, hikoyalarni, audio materiallarni yaxshi ko‘radigan o‘quvchilarga mos keladi. Aksariyat o‘quvchilarda eshitish sezgi a’zosi yaxshi rivojlangan bo‘ladi, ular filmlar, videoroliklar va boshqalarni tomosha qilish jarayonlarda sodir bo‘lgan harakatlarni emas, ko‘pincha eshitgan narsalarini eslab qoladilar. O‘quvchilarga darsni turli o‘yin va musobaqa tarzida tashkillashtirib o‘tilganda bolalarning darsga bo‘lgan diqqati jamlanadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, rivojlangan mamlakatlar hayotiga nazar tashlasak, ularda tarbiyaning yaxshi yo‘lga qo‘yilganligining guvohi bo‘lamiz. Buning uchun avvalo, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ta'lim olishiga befarq bo‘lmasligimiz lozim. Ayni vaqtda maktab darsliklarining yangilanishi, yangicha tarbiya kitoblarining kirib kelishi ta'lim tizimining tubdan isloh qilinishi va jahon tajribalariga asoslanganligini his qilgan holda o‘z ishimizga mas’uliyat bilan yondoshmog‘imiz zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Vazirlar Mahkamasi 06.07.2020 yildagi. “Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida Tarbiya fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi 422-son qarori
2. N. Isatova, Tarbiya: baxt va muvaffaqiyat sirlari 2-sinf darslik. T. “G‘afur G‘ulom” 2020y.
3. D. Ro‘zieva Tarbiya: baxt va muvaffaqqiyat sirlari. 3-sinf darslik.
4. Tarbiya baxt va muvaffaqqiyat sirlari fanidan 1-4-sinflar uchun taqvimiy mavzu rejalar.
Internet saytlari:
5. http:// Ziyonet.
6. http://edu.uz
7. www.nad lib, uz
8.http://teoriya.ru
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.