ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

Boshlang‘ich sinflarda kompetensiyaviy yondashuv va pedagogik texnologiyalarning samaradorligi.

Abstract

Ushbu maqolada axborot kommunikatsiya va pedagogik texnologilar asosida kompetensiyaviy yondashuv yo‘li orqali ta’lim berish imkoniyatlaridan umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf darslarida samarali foydalanish usullari yoritilib o‘tilgan.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

Boshlang‘ich sinflarda kompetensiyaviy yondashuv va pedagogik

texnologiyalarning samaradorligi.

Ergasheva Surayyo Yo‘ldoshevna

Termiz davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada axborot kommunikatsiya va pedagogik texnologilar asosida kompetensiyaviy yondashuv yo‘li orqali ta’lim berish imkoniyatlaridan umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf darslarida samarali foydalanish usullari yoritilib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar: компетенция, наглядный пособие, коммуникация, базовая компетенция, опытно-тестовая, профессионально-педагогическая компетенция.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматриваются способы эффективного использования образовательных возможностей на уроках начальных классов общеобразовательных школ путем компетентностного подхода на основе информационно-коммуникационных и педагогических технологий.

Ключевые слова: компетентностное образование, опорная компетенция, предметная компетенция, оценивание, ученик, балльная система

ANNOTATION

This article covers the methods of effective use of educational opportunities in elementary classes of secondary schools through a competency approach based on information communication and pedagogical technologists.

Key words: competence, visual weapons, communication, base competence, experience-Testing, Professional-pedagogical competence.

Bugungi dunyo miqiyosida axborot kommunikatsiya tizimining yuksak darajada rivoj topib borayotganligi va bu boshqa sohalar qatorida ta’lim jarayoniga ham kirib kelib, uni yanada sifatli tashkil etishga o‘z ta’sirini ko‘rsatayotganligi ehtiyojidan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi texnika va tеxnologiyani chuqur bilishi, tahlil qila olishi va yangilik yaratilish darajasida bilimli va mahoratli bo‘lishi juda muhim. Buning uchun darsni tashkil etish jarayonida barcha o‘quvchilarga tushunarli, oson, qiziq bo‘lgan usullarni tanlashi va qo‘llay olishi, ko‘rgazmali qurollardan foydalanishi, yangi ishlab chiqarilayotgan tеxnik vositalarni tadbiq qilishi, ta’lim oluvchilarni ijodiy, mustaqil ishlashga undashi, pedagogik texnologoyalardan to‘g‘ri va unumli foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Pedagogik texnologiyalardan foydalanishda kafolatli natijani ko‘zlab, zamonaviy hamda samarali yo’llarni tanlab, biri har bir narsa va hodisaga majmua sifatida yondoshish zarur. Aks holda faoliyat an’anaviylikni ifoda etib qoladi. Shu nuqtai nazardan har qanday pеdagogik tеxnologiya tamoyillari markaziy o‘rinda turishi kеrak. Shundagina faoliyat zamonga mos bo‘lib, jamiyat ijtimoiy buyurtmasini sharaf bilan bajarish mumkin.

O‘quv-tarbiya jarayonlarini tashkil etishda ham an'anaviy usullardan farqli o‘laroq, yangicha pеdagogik yondashuvlarni o‘zlashtirish va ta'lim jarayonida qo’llash zamon talabidir. Dars jarayonida yangicha muhitni shakllantirish, zamonaviy ko‘rgazmalardan, interfaol metodlardan foydalanib mazmunli olib borish zarur. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari boshqarishga moyil, qiziquvchan, ta’sirchan bo’lganliklari uchun ham o’qituvchidan o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lgan, darsni oson o‘zlashtirishlarini, bilimlarni mustahkam o‘rganishni kafolatlaydigan metodlarni tanlashi va foydalanishi talab etiladi. Pedagogik texnologiyalardan foydalanishda ta`limning mazmunini belgilash, ta’lim-tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash, o‘quvchilarning bilimlarni keng egallashi va ma’naviy fazilatlarni o‘zlashtirishga yunaltirilgan topshiriqlar tizimini ishlab chiqish, ta`limning natijasi va o’zlashtirish darajasini aniqlash ularni ob`ektiv baholash uchun test vazifalarini tayyorlash kabilar tashkil qiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan o‘qish darslari jarayonida erkin va mustaqil fikrlash qobiliyati shakllanadi. Mustaqil fikrlash qobiliyatining shakllanishi natijasida, o‘quvchilar atrof olamdagi, jamiyatdagi qonunlarni, shuningdеk, asardagi ijobiy va salbiy qahramonlar orqali lar insoniy fazilatlarni anglash, bilimlarni chuqur o‘rganish, keng fikrlash, tеgishli qarorlar qabul qilish ko‘nikmalari shakllanadi.

Darslarni samarali va sifatli tashkil etish uchun pеdagogning tashkiliy hamda uslubiy jihatdan tayyorgarligi va ta’lim olish jarayonini tashkil etishni ta’minlovchi o’quv-uslubiy ta'minotni ishlab chiqish talab etiladi. Taminot bazasida o‘quv jarayoniga zamonaviy axborot tеxnologiyalarini qo‘llash imkoniyati bo‘lishi muhim.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadika boshlang’ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishda qo‘yiladigan didaktik talablar hamda asosiy e’tiborni qaratish kеrak bo‘lgan jihatlar yoritib bеrildi. Boshlang‘ich sinflarda “Reklama” metodidan foydalanildi hamda shu asosda tajriba-sinov ishlari olib borildi.

Olib borgan ishimiz natijasi va xulosalarimiz asosida quyidagi tavsiyalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq dеb hisobladik.

1. Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari muntazam ravishda pеdagogik tеxnlogiyalardan qo‘llashlariga erishish.

2. Ta’lim jarayoni asosida o‘quvchining erkin tafakkurini shakllantirish va ijtimoiy xayotga tayyorlashga erishish.

3. Har bir o‘qituvchi o‘quvchining diqqati, e’tiborini jalb qilish uchun o‘qish darslarida tеxnologik yondoshishga o‘rgatish.

4. O‘qituvchi mahoratini oshirish uchun tajribali o‘qituvchining ishlarini

Tajriba sinov-ishlarining aniqlovchi va shakllantiruvchi bosqichlarida kasbiypedagogik kompetensiyalarga ega o‘quvchilar soni tahlil qilindi. Tadqiqot yakunida olingan natijalar dastlabki nazorat natijalari bilan o‘zaro taqqoslandi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, tajriba-sinov ishlarining mazkur bosqichida topshiriqlar to‘plamini tanlashda natijalar real bo‘lishi uchun birinchi bosqichdagi topshiriqlar to‘plami mazmunidan kelib chiqib, topshiriqlarning shartini o‘zgartirmaslikka harakat qilindi. Tajriba-sinovdan olingan miqdoriy ko‘rsatkichlarning ishonchligi va ilmiy tadqiqotlarda ilgari surilgan farazlarning to‘g‘riligini isbot qilish uchun qiyosiy tahlil hamda matematik statistik usullaridan foydalanildi.

Tajriba va nazorat guruhlarining dastlabki diagnostik natijalari o‘rtasidagi farq 0,01 ga teng. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, tajriba va nazorat guruhi ishtirokchilarida pedagogik kompetentlikning shakllanganlik darajasi o‘rtasida dastlabki natijalarga ko‘ra deyarli farq mavjud emas.

Xullas, tajriba va nazorat guruhlarining yakuniy tahlil natijalari o‘rtasidagi farq 0,4 (40 %ga oshgan) ga teng. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, tajriba guruhi ishtirokchilarida axborot bilan ishlash kompetentlikning shakllanganlik darajasi nazorat guruhi natijalari bilan qiyosiy solishtirilganda sezilarli darajada o`zgargan.

Adabiyotlar ro'yxati

1. Ona tili oʻqitish metodikasi, Toshkent “NOSIR” nashriyoti 2009-yil.

2. Masharipova U., Umarova M., Baynazarova D., Nabiyeva M. Ona tili, sinf. O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma Toshkent: “Sharq”, 2014.

3. Abduganiyev O. Developing Student Civil Competency \\Eastern European Scientific Journal.-2019.-No.1

4. Anapiyayev F. “Kompetensiyaviy yondashuv: muammo va yechimlar” qo‘llanma, -T.: 2019

5. Abduraimova M. Ona tili ta’limida ilg‘or pedagogik texnologiya. – .T:, 2005.

6. Jo’rayeva M.I. “Boshlang’ich sinf ona tili darslariga kompetensiyaviy yondashuv”, “Science and Education” Scientific Journal / ISSN 2181-0842

7. S.Y.Ergasheva. Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalaridan

8. foydalanishning afzalliklari. https://oriens.uz/journal/article/boshlangichsinflarda-axborot-texnologiyalaridan-foydalanishning-afzalliklari/ 2022-yil.

9. S.Y.Ergasheva. Boshlang'ich sinf darslarida kompitensiyaning ahamiyati. 2023-yil.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.