VOSITASIDA RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Sharipova Iroda Rashid qiz
O’zMPU ,,Boshlang’ich ta’lim’’ yo’nalishi 1-bosqich magistranti
ANOTATSIYA
Ushbu tezezda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yozma nutqini insho vositasida rivojlantirishning nazariy asoslari va metodik yondashuvlari yoritilgan. Insho bolalarda mustaqil fikrlash, izchil bayon, ijodiy tasavvur va savodxonlikni shakllantiruvchi asosiy vosita ekanligi ilmiy va amaliy dalillar bilan asoslangan. Maqolada insho yozish ko‘nikmasini shakllantirish bosqichlari, o‘qituvchining metodik roli, rasm asosida hikoya, klaster, erkin yozuv kabi samarali metodlar tahlil qilingan. Shuningdek, boshlang‘ich sinflarda qo‘llaniladigan insho turlari va baholash mezonlari keng yoritilgan. Tadqiqot natijalari insho vositasida yozma nutqni rivojlantirish o‘quvchining nutqiy madaniyati va fikrlash faolligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, yozma nutq, insho, metodika, rasm asosida hikoya, reja tuzish, klaster, ijodiy fikrlash, matn tuzish, savodxonlik.
"Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yozma nutqini o‘stirishda diktantlarning tutgan o‘rni" mavzusi o‘zining dolzarbligi bilan ta'lim sohasida muhim ahamiyat kasb etadi. Yozma nutq o‘quvchilarning tilni to‘g‘ri va aniq ifodalash, fikrni bayon etishdagi ko‘nikmalarni rivojlantirishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Diktantlar esa bu jarayonda o‘quvchilarning yozma nutqini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Diktantlar o‘quvchilarga yozuvni o‘rganish va uni mustahkamlashda yordam beradi. Ular o‘quvchilarning imlo, tinish belgilari, so‘z va gap tuzish qoidalariga rioya qilishlarini tekshirish imkoniyatini yaratadi. Bu o‘z navbatida o‘quvchilarning yozma nutqini yanada sifatli va ravon qilishga yordam beradi. Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchining shaxs sifatida shakllanishi, nutqiy madaniyati, tafakkuri va fikrlash doirasining kengayishi uchun poydevor vazifasini bajaradi. Ayniqsa, yozma nutqni rivojlantirish jarayoni o‘quvchini keyingi bosqichlarda mustaqil o‘qish, tahlil qilish, fikr bildirishga tayyorlaydi. Yozma nutqning takomillashuvida inshoning tutgan o‘rni beqiyosdir. Chunki insho — o‘quvchining o‘z qarashi, kuzatuvi, tasavvuri, hissiyoti va fikrini mustaqil bayon qilish imkonini beradigan ijodiy faoliyatdir.
Yozma nutqni rivojlantirishda inshoning o‘rni
Insho yozish jarayoni o‘quvchilarda izchil fikrlash, til boyligini oshirish, mantiqiy bog‘liqlikni saqlash, ijodiy tasavvur va savodxonlikni rivojlantiradi. Shu sababli insho o‘rgatish o‘qish, ona tili va nutq o‘stirish bilan chambarchas bog‘langan jarayondir.
Insho yozish ko‘nikmasini shakllantirish bosqichlari
1. Tayyorgarlik bosqichi: rasm asosida gap tuzish, matnni qayta hikoyalash, kuzatish
asosida kichik matn yaratish.
2. 2. Reja tuzish: mavzuni tushunish, asosiy fikrni aniqlash, reja bandlarini tuzish.
3. Mustaqil yozish: kirish, asosiy qism va xulosa qismidan iborat matn yaratish.
4. Tahlil va tahrir: xatolarni tuzatish, matnni takomillashtirish
Samarali metodlar
Rasm asosida insho, klaster, erkin yozuv, savollar orqali reja tuzish, insert
metodlari o‘quvchilarda ijodkorlik va mustaqil fikrlashni rivojlantiradi. Darslarda o‘quvchilar zo‘r qiziqish bilan ishtirok etadigan, hamda o‘quvchilarning yozma nutqini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan o‘yindan namuna keltirib o‘tamiz.
”Safar” o‘yini “
Safar” o‘yinini o‘tkazish uchun o‘quvchilarga maktabdan, uylaridan yoki biror xonadan ma’lum bir masofagacha bo‘lgan yo‘lni tasvirlash topshirig‘i beriladi. O‘quvchilar esa berilgan topshriqni ko‘z oldilariga keltirib yo‘lakdan kelayotganda yo‘lda va uning yonatrofida ko‘rgan barcha narsa va hodisalarni tasvirlab daftarlariga yozadilar. Bu o‘yin o‘quvchilardan sinchkovlik, kuzatuvchilik va ziyraklik qobiliyatlari tekshirish imkonini beradi. Bu o‘yinning tag zaminida Vatanni sevish, atrof-muhitga e’tiborli bo‘lish talab etiladi, hamda bu hisslarini tarbiyalaydi. Bundan tashqari ona tili darslarida o‘qituvchi bu o‘yindan foydalanadigan bo‘lsa, o‘quvchilarning yozma nutqi rivojlanadi, mustaqil fikrlash malakasi shakllanadi, lug‘at boyligi yanada ortadi.
Xulosa qilib aytganda diktantlar orqali o‘quvchilarning yozma ko‘nikmalari mustahkamlanadi, bu esa ularning tilni to‘g‘ri ishlatish va bilimlarni mustahkamlash imkoniyatini yaratadi. Diktantlar o‘quvchilarning xotira va tafakkurini rivojlantirishga ham yordam beradi, chunki ular eslab qolish, tushunish va ifodalay olishni talab qiladi, diktantlarni muntazam ravishda o‘tkazish, o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tahlil qilish qobiliyatini oshiradi va ularni yozma nutqda xatolardan xoli bo‘lishga undaydi. Shu sababli, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yozma nutqini o‘stirishda diktantlarning o‘rni juda katta ahamiyatga ega. O‘qituvchilar bu usulni o‘quvchilarning yozma ko‘nikmalarini yaxshilash, ular orasida tilni tushunish va ifodalashdagi aniq bilimlarni shakllantirish uchun samarali vosita sifatida ishlatishlari lozim. Diktantlar orqali o‘quvchilar faqatgina imlo va yozuvni o‘rganmay, balki o‘z fikrlarini aniq va ravon ifodalashda mustahkam asos hosil qiladilar
Foydalanilgan adabiyotlar 1. To‘raqulova, N. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2020. 2. G‘ulomov, A. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2018. 3. Yo‘ldosheva, D. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida nutq o‘stirish ishlari. – Toshkent:
Innovatsiya ziyo, 2021. 4. Shodmonov, Q., Yuldashev, M. Pedagogika. – Toshkent: Iqtisod-moliya, 2019. 5. Vygotskiy, L.S. Pedagogik psixologiya. – Moskva: Pedagogika, 1996. 6. Ziyomuhamedov, B., Jabborov, A. Pedagogik texnologiyalar asoslari. – Toshkent: Fan
va texnologiya, 2017. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Davlat ta’lim standartlari (DTS).
Boshlang‘ich ta’lim. – Toshkent, 2021. 8. Xodjieva, N. Insho o‘rgatish metodikasi: boshlang‘ich sinflar uchun qo‘llanma. –
Toshkent, 2019.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.