ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

Boshlang’ich sinflarda yuzaga keladigan psixik muammolarni o’qituvchining pedagogik mahorati orqali hal qilish

Abstract

mazkur maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarida kuzatiladigan psixologik o’zgarishlar va ularning pedagog o’qituvchi tomonidan o’zining pedagogik mahoratidan foydalangan holda hal etilish yo’llari haqida bayon etilgan.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

Boshlang’ich sinflarda yuzaga keladigan psixik muammolarni o’qituvchining

pedagogik mahorati orqali hal qilish

Murodova Mahbuba Farhod qizi

Sattorova Fazilat Xolmurod qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika institute Pedagogika fakulteti 2-bosqich talabalari

murodovamahbuba220@gmail.com

Annotatsiya: mazkur maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarida kuzatiladigan psixologik o’zgarishlar va ularning pedagog o’qituvchi tomonidan o’zining pedagogik mahoratidan foydalangan holda hal etilish yo’llari haqida bayon etilgan.

Kalit so’zlar: temperament, pedagogik mahorat, 7 yosh inqirozi, ijtimoiylashuv.

Аннотация: в данной статье описываются психологические изменения, наблюдаемые у учащихся начальных классов, и пути их решения педагогом с использованием своего педагогического мастерства.

Ключевые слова: темперамент, педагогическое мастерство, семилетний кризис, социализация.

Abstract: this article describes the psychological changes observed in elementary school students and ways to solve them by the pedagogue using his pedagogical skills.

Key words: temperament, pedagogical skill, 7-year-old crisis, socialization.

Kirish. Ma’lumki, har bir yosh davrining o’ziga yarasha sifatlari, xususiyatlari va psixik muammolari mavjud. Asosan bunday muammolar maktabga endigina qadam qo’yayotgan o’quvchilar orasida ham kuzatiladi. Shu kabi muammoga misol qilib 7 yosh inqirozini olsak bo’ladi. Har bir inson o’smirlik inqirozi, katta yosh inqirozi haqda biladi. Biroq, ko’pchilik ota-onalar bog’chadan maktabga ko’chib o’tadigan bolalar ham 7 yosh inqirozi haqida bilishmaydi. Bu inqiroz davrida bolalarda asosan kattalarga taqlid qilish orqali namoyon bo’ladi. Shuningdek, kattalarni xatti-harakatlarini nusxalash, oqsoqollarga taqlid qilish va shu kabilar. Bu davrda bolalar o’zlarining xattiharakatlari orqali jamiyatdagi mavqeyini baholay boshlaydilar. Bunga sabab, ular yetakchi o’rinni egallash uchun va hammadan ajralib turishga harakat qiladilar. Yana keltiradigan bo’lsak, o’quvchilarda do’stlari orasida ham bir-biri bilan chiqisha olmaslik, darsning unga yoqmasligi albatta tabiiy holdir. Ushbu davr maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda ijtimoiylashuv hodisadi yaxshi rivojlanadigan davr bo’ladi. Turli xil bolalar va ular bilan kelisha olishlari, davralarga, jamoalarga moslashib keta olishlari va shu kabi vaziyatlarga ijtimoiylashuv jarayoni alohida o’rin egallaydi.

Asosiy qism. Pegagoglar ijtimoiylashuv hodisasini ijtimoiy peagogika nazariyasi asosida o’quvchilarda shakllantiradi. Pedagogikaning o’rganish predmeti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblansa, ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlaridir1. Ijtimoiylashtirishda o’qituvchilar o’quvchilarga ijtimoiy tarbiya va ijtimoiy ta’limni ham berib borishlari maqsadga muvofiqdir. O’quvchilarda turli xil temperament kuzatilishi natijasida ham ayrim muammolar kelib chiqadi. Buning oqibatida esa o’quvchida ijtimoiylashuvi ancha susayadi. Shunga qarab o’qituvchi pedagog o’quvchining psixikasini o’rgangan holda unga to’g’ri yondasha olishi, ota-onasi bilan doimiy muloqotda bo’lishi, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tishi va kerakli bililarniolishi uchun ko’plab sharoitlarni yaratib bera olishi zarur. Odatda ta’lim berish jarayoni ota-ona bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Chunki maktabda doimiy shug’ullanib uyga borgandan so’ng nazorat bo’lmasa yoki sust bo’lsa o’quvchida rivojlanish bo’lmaydi. Yuqorida keltirilgan holatlarda pedagog o’qituvchilarning ham ta’limiy, ham psixik rivojlanishini nazoratga olishi zarur. Bu yerda o’qituvchida yuqori darajada shakllangan pedagogik mahorat bo’lishi kerak. Shundagina sinfdagi har bir bola bilan individual ish olib borish yaxshi natija beradi. Odatda, o’qituvchilik kasbi o’z mohiyatiga ko’ra o’ta individualdir.

Pedagogik mahorat – shaxsning pedagogik sifatlari majmui va o’qituvchi tomonidan kasbiy pedagogik faoliyatni mustaqil ravishda samarali tashkil etishni ta’minlash bo’lib, u pedagogning faoliyat mohirligini eng yuqori cho’qqisiga erishganligini bildiradi2.

Buyuk allomalarimiz davrida pedagog so’zi o’rnida mudarris so’zi qo’llanilgan. Bu kasb, ya’ni mudarrislik kasbi o’ta nozik va mas’uliyatli kasblardan biri bo’lgan. Mudarrislarga qo’yiladigan asosiy talablar shogirdlar bilan munosabatga kirishish mahorati, yaxshi xulqi va muomalasi bo’lgan. Uyg’onish davrining yetuk namoyondalari hisoblangan Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Kaykovus, Abdurahmon Jomiy, Sadiy Sheroziy, Alisher Naoiy kabilarning ijodiy, 1 Q. Shodiyeva “Nutq o’stirish uslubiyoti”, “O’QITUVCHI” NASHRIYOT – MATBAA IJODIY UYI. T:2008 2“ Pedagogik mahorat” A.Xoliqov. Toshkent:””IQTISOD-MOLIYA”, 2011 bitmas-tuganmas boy merosi orqali pedagogik mahoratni shakllantirish, qo’llash kabi jarayonlarni mohirlik bilan yoritib bergan.

Avvalo pedagog o’quvchilarga dars berishidan oldin o’zini ustida ko’p ishlagan, ilmiy manbalarni ko’p o’qigan, mantiq ilmidan ham xabardor bo’lishi lozim. Boshlang’ich sinflarda asosan o’qituvchilar o’quvchilarning xarakter xususiyatlarini aniqlagan holda darsni maroqli va qizg’in jarayon sifatida olib borishi kerak. Ma’lumki, birinchi ta’lim turidan ikkinchi ta’lim turiga o’tish jarayonida o’quvchilarga turli xil muammolar, muloqot jarayonida sustkashliklar, o’zini olib qochish va dars mashg’ulotlariga tezda moslasha olmaslik kuzatiladi. Bu kabi yuz beradigan turli muammolarni pedagog tezda payqashi va unga qarshi kurashishi lozim bo’ladi. Negaki, bola ilk maktab davridayoq bu muhitga moslasha olmasa keyingi faoliyati ham yaxshi davom etmaydi. Maktabga borgisi kelmaydi, harxasha qiladi, o’rtoqlarini xushlamaydi, darsda o’tirgisi kelmaydi va hokazo. Tevarak-atrofimizdagi hayotiy hodisalarga ba’zi odamlar o’ta yengillik bilan, ba’zilari shoshmasdan va qiyinchilik bilan, boshqalari esa sust va befarq bo’ladilar, ya’na ba’zilari keskin, g’ayratli, ayrimlari esa bir xil maromda va mulohazali bo’ladilar. Temperament va xarakter odamlarni jamiyatda ijtimoiy munosabatlarida namoyon bo’ladigan individual xususiyatlaridir. Odatda shaxsda to’rt xil temperament rivojlangan bo’ladi. Bular: xolerik, sangvinik, melanxolik va flegmatik.

Xolerik – kuchli his-hayajon, tez-tez o’zgarib turuvchi kayfiyat, muvozanatsiz asab tizimi va umumiy harakatchanlikka ega kishilar. B unda tipdagi temperament egalarining xarakteri juda tez o’zgaruvchan bo’ladi.

Sangvinik – harakatchan, taassurotlari tez o’zgaruvchan, muloqotga kirishuvchan, faol kishilar. Bu tipdagi insonlar boshlagan ishini oxiriga yetkazadigan insonlar hisoblanadi.

Flegmatik – kuchli his-hayajon, tez-tez o’zgarib turuvchi kayfiyat, muvozanatsiz asab tizimi va umumiy harakatchanlikka ega kishilar.

Melanholik – bu tip tez ta’sirlanuvchan, arzimagan hodisalar haqida chuqur qayg’uradigan kishilarda uchraydi.

Har bir temperamentda o’ziga yarasha iste’dod va qobiliyat mavjud bo’ladi. Bunda asosiy rol o’qituvchining mahoratida bo’ladi. O’quvchilarda ularning qobiliyatini sezgandanoq o’sha qirralariga ko’proq ahamiyat berishi kerakligi ya’ni, to’g’ri yo’l ko’rsatuvchi ham o’qituvchi bo’ladi. O’quvchilarda yuz beradigan psixik muammolarga turli yosh davri inqirozlarini olsak ham bo’ladi. Yuqorida aytib o’tanimizdek 7 yosh inqirozi bunga misol bo’la oladi.

Xulosa. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, hozirgi kunda ya’ni, axborot texnologiyalari rivojlanayotgan davrda yashayotgan ekanmiz, o’qituvchilar faoliyatida olib borilayotgan yuksak o’zgarishlar, o’qituvchilar malakasini oshirish bo’yicha qilinayotgan mehnatlar bular barchasi kelajak avlod uchundir. Bolalarni yoshligidan o’z fikrini aytib bera olishi, ko’p yutuqlarga erish olishi mumkinligi, davr talabiga mos ish o’rinlariga ega bo’lishi, hayotda o’zini ideal shaxs sifatida namoyon bo’lishi va shu kabi sifatlar boshlang’ich sinf o’qituvchisi tomonidan o’quvchi ongida rivojlantirilishi lozim bo’ladi. Bu yo’lda o’quvchida yuz beradigan turli xil vaqtinchalik kasalliklar, psixik o’zgarishlar, turli xil inqirozlar to’sqinlik qilmasligi kerak. Buning uchun esa o’qituvchi hozirgi davr talablariga to’laqonli mos bo’lishi pedagogika, psixologiya fanlarini chuqur o’zlashtirishi, o’zining ustida doimiy shug’ullanib borishi muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda mamlakatimizda bu boradagi ishlar jadallashib bormoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Q. Shodiyeva “Nutq o’stirish uslubiyoti”, “O’QITUVCHI” NASHRIYOT

– MATBAA IJODIY UYI. T:2008

2. Pedagogik mahorat” A.Xoliqov. Toshkent:””IQTISOD-MOLIYA”, 2011

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.