ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

BOSHLANG‘ICH TA’LIM METODIKASI TARAQQIYOTINING NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI:AN’ANAVIY TAJRIBA HAMDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA

Abstract

Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim metodikasining taraqqiyot jarayoni nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. An’anaviy pedagogik tajribalarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan uyg‘unlashuvi masalalari yoritiladi. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni shakllantirishda innovatsion yondashuvlarning samaradorligi haqida so’z yuritilgan.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA

Obidova Dilshoda Ruxiddin qizi

Nizomiy nomidagi O’zbekiston milliy

Pedagogika universiteti 1-bosqich magistranti

Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim metodikasining taraqqiyot jarayoni nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. An’anaviy pedagogik tajribalarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan uyg‘unlashuvi masalalari yoritiladi. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni shakllantirishda innovatsion yondashuvlarning samaradorligi haqida so’z yuritilgan. Kalit so‘zlar: Boshlang‘ich ta’lim, metodika, pedagogik texnologiyalar, an’anaviy ta’lim, innovatsiya, kompetensiya, shaxs, pedagogika, rivojlanish, nazariy, o’quvchi.

Аннотация: В данной статье анализируются процесс развития методики начального образования с теоретической и практической точек зрения. Рассматриваются вопросы значимости традиционного педагогического опыта в образовательном процессе, а также его интеграции с современными педагогическими технологиями. Кроме того, обсуждается эффективность инновационных подходов в формировании знаний, навыков и компетенций у учеников начальных классов.

Ключевые слова: начальное образование, методика, педагогические технологии, традиционное обучение, инновации, компетенция, личность, педагогика, развитие, теоретический, ученик.

Abstract: This article analyses the development process of primary education methodology from both theoretical and practical perspectives. It discusses the significance of traditional pedagogical experiences in the educational process and issues related to their integration with modern pedagogical technologies. The effectiveness of innovative approaches in forming knowledge, skills, and competencies in primary school students is also addressed.

Keywords: Primary education, methodology, pedagogical technologies, traditional education, innovation, competence, personality, pedagogy, development, theoretical, student.

Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy sohada islohatlarning amalga oshirilishi kelajagi buyuk davlatimizning yoshlarini har tomonlama yetuk, jismonan baquvvat, raqobatbardosh, intellektual salohiyatli bo’lgan barkamol avlod tarbiyasi oldiga muhim vazifalarni qo’ymoqda. Bu, avvalo, kelajak avlodni ma’naviy – ahloqiy jihatdan har tomonlama tarbiyalashni, ularda bilim, keng dunyoqarash va e’tiqodga ega bo’lishni talab etadi. Chunki mamlakatimiz kelajagi va istiqboli ana shu avlod tarbiyasiga har tomonlama bog’liq.

Boshlang‘ich ta’lim tizimi umumiy ta’limning poydevori bo‘lib, unda o‘quvchilarning shaxsiy rivoji, bilimga bo‘lgan munosabati va asosiy kompetensiyalari shakllanadi. Boshlang’ich ta’lim o’quvchilarini maktabga ilk qoygan qadamidanoq fanga va kitobga muhabbat uyg’otish o’quvchilarni o’z vaqtida uyga vazifa qilish va dars jarayonida faol ishtirok etishini ta’minlaydi.Shu sababli boshlang‘ich ta’lim metodikasining taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqdir. Globallashuv va raqamli texnologiyalar davrida boshlang‘ich ta’lim metodikasiga qo‘yilayotgan talablar yanada ortib bormoqda.

BOSHLANG‘ICH TA’LIM METODIKASINING TARIXIY TARAQQIYOTI

Boshlang‘ich ta’lim metodikasining shakllanishi uzoq tarixiy jarayon bo‘lib, u jamiyat taraqqiyoti va pedagogik fikr evolyutsiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Sharq mutafakkirlari Forobiy, Ibn Sino, Beruniylarning pedagogik qarashlari bugungi ta’lim metodikasining nazariy asosini tashkil etadi

AN’ANAVIY METODLARNING PEDAGOGIK AHAMIYATI

An’anaviy ta’lim metodlari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlariga mos bo‘lib, bilimlarni izchil o‘zlashtirishga xizmat qiladi. Tushuntirish, mashq va takrorlash metodlari hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini saqlab qolmoqda.

ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, jumladan, interfaol metodlar, raqamli ta’lim vositalari, STEAM yondashuvi boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Ular o‘quvchilarning faolligini oshiradi va mustaqil fikrlashini rivojlantiradi.

XULOSA

Xulosa o’rnida ta’kidlash joizki, boshlang‘ich ta’lim metodikasi taraqqiyoti an’anaviy tajriba va zamonaviy pedagogik texnologiyalar uyg‘unligi asosida samarali rivojlanadi. O‘qituvchining metodik kompetensiyasi ta’lim sifatini oshirishning asosiy omillaridan biridir. Boshlang’ich ta’lim o’quvchilarini shaxs sifatida shakllantirish, dars jarayonlarida o’quvchilarni interfaol metodlardan foydalanib yangi mavzularni tushuntirish, barcha o’quvchilarni darsda faol ishtirok etishini va yangi bilimlarni o’zlashtirishiga katta yordam beradi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Qodirov B. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi. – Toshkent, 2020. 2. Davletshin M. Pedagogika nazariyasi. – Toshkent, 2018. 3. UNESCO. Education in a Digital World. – Paris, 2021. 4. Hattie J. Visible Learning. – London, 2019. 5. Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, 2017. 6. “Maktabgacha ta’lim- tarbiya to’g’risida“gi Qonun,.-T.;O’zbekiston. 2020 y. 7. F.Qodirova, Sh.Toshpo’latova, M.A’zamova. “Maktabgacha pedagogika”- T.,”Ma’naviyat”.2013 8. Yusupova P. Maktabgacha tarbiya pedagogika.T.; O’qituvchi, 1993. 9. Xasanboeva O.U. va boshqa. Maktabgacha ta’lim pedagogika .T.; Ilm ziyo. 2006. 10. N.M.Kayumova “Maktabgacha pedagogika”. “TDPU” nashiroti T.;

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.