ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

BRONXIAL ASTMA KASALLIGINI DAVOLASHDA OMALIZUMAB DORI VOSITASINI QO’LLASHNING AFZALLIGI

Abstract

Bronxial astma – bu surunkali yallig‘lanish bilan kechuvchi, havo yo‘llarining torayishi va giperreaktivligi bilan xarakterlanadigan kasallikdir. Ayniqsa, allergik shakllarida immunologik mexanizmlar asosiy rol o‘ynaydi. Standart terapiya, jumladan inhalatsion kortikosteroidlar va beta-2 agonistlar ba’zida yetarli bo‘lmagan hollarda, yangi biologik davo usullariga ehtiyoj tug‘iladi. 


Full PDF Document

Related Articles

Full text

TERMIZ 2025

“TIBBIYOTNING DOLZARB MUAMMOLARIGA INNOVATSION

YONDASHUVLAR” TALABALAR VA YOSH OLIMLAR 1-ILMIY-AMALIY

KONFERENSIYASI

OMALIZUMAB DORI VOSITASINI QO’LLASHNING AFZALLIGI

Adxamov Asror Adxam o’g’li

2-son davolash ishi fakulteti 401-guruh talabasi

Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti, Samarqand, O’zbekiston

Ilmiy rahbar: ass. X.R. Xasanova Mavzuning dolzarbligi: Bronxial astma – bu surunkali yallig‘lanish bilan kechuvchi, havo yo‘llarining torayishi va giperreaktivligi bilan xarakterlanadigan kasallikdir. Ayniqsa, allergik shakllarida immunologik mexanizmlar asosiy rol o‘ynaydi. Standart terapiya, jumladan inhalatsion kortikosteroidlar va beta-2 agonistlar ba’zida yetarli bo‘lmagan hollarda, yangi biologik davo usullariga ehtiyoj tug‘iladi. Tadqiqot maqsadi: Omalizumab – bu rekombinant, insoniy monoklonal antitel bo‘lib, u IgE molekulalariga spesifik bog‘lanadi. Bu bog‘lanish natijasida erkin IgE darajasi kamayadi, Ssemiz hujayralar hamda bazofillarning IgE orqali faollashuvi to‘xtaydi. O‘z navbatida, allergik yallig‘lanish reaksiyalari susayadi va klinik belgilar kamayadi.6 oy davomida bu preparat boshqa bronxolitiklar bilan birgalikda qabul qilindi. Tadqiqot materiallari va usullari: Bronxial astma kasalligi bo’lgan 40-60 yoshdagi 40 nafar bemor olindi, shundan 15 tasi erkak 25 tasi ayol. Bemorlarning barchasida sub’ektiv va ob’ektiv tekshiruvlar,laborator-instrumental (umumiy qon,umumiy siydik,qon biokimyoviy tahlili, IFA(IgE),Ekg,Pikflometriya,Spirometriya,Rentgen) tekshiruvlaridan o’tkazildi. Tekshiruvlar natijasiga ko’ra bemorlarda Bronxial Astmaning yengil(8ta bemor),o’rta og’ir(20ta bemor),og’ir(12ta bemor) tashxisi qo’yildi. Bemorlarga 6oy davomida ingalyatsion GKSlar,beta-2 uzoq ta’sir etuvchi agonistlar,leykotrien retseptor antogonistlari bilan birgalikda Omalizumab preparati 2 haftada bir marta teri ostiga vazn va IgE miqdorini tekshirib doza belgilanib inyeksiya qilindi. Preparat qabuli davomida bemorlarda hansirash,bo’g’ilish kabi simptomlar kamayib bordi. Tadqiqot natijalari: Nazorat guruhidagi bemorlarning 12 tasida 6 kursda, 16 tasida 8 kursda, 8- tasida 10 kursda klinik belgilarning sezilarli pasaygani va bemorlarning ahvoli yaxshilangani kuzatildi. Qolgan 4 nafar bemorning klinik belgilari biroz pasaydi.Kursimiz davomida bemorlarning 95 foizida nojo’ya ta’sirlar kuzatilmadi. Qolgan 5 foizida bir oz bosh og’rig’i va bosh aylanishi kabi holatlar kuzatildi.Omalizumab preparati 2 haftada bir marta teri ostiga vazn va IgE miqdorini tekshirib doza belgilandi va kurs davomiyligi asosan kasallik darajasiga

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.