TARQALGANLIGI
Safarov Sh.B., Qurbonov A.B., Rasulov Sh.M.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Mikrobiologiya, jamoat
salomatligi, gigiyena va menejment kafedrasi
Oʻzbekiston, Termiz shahar Dunyoning koʻpgina mamalakatlarida brutsellyoz bilan kasallanish sezilarli iqtisodiy va ijtimoiy zarar keltiruvchi keng tarqalgan kasallik xisoblanadi. Brutsellyoz infeksiyasi deyarli butun dunyoda tarqalgan boʻlib, endemik tumanlarda kasallanish darajasi 0,01 dan 200 va undan ortiq koʻrsatkichlar oraligʻida saqlanib qolmoqda. Keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasida qator virusli va bakteriyali yuqumli kasalliklarning sezilarlik darajada kamaytirilishiga, ayrimlarining esa butunlay yoʻqotilishiga erishildi. Lekin, brutsellyoz kasalligi tibbiyot fani va amaliyoti uchun dolzarbligicha qolmoqda. Chunki bu kasallik anʼanaviy tarzda ijtimoiyiqtisodiy jihatdan oʻziga xos mavqega ega boʻlib, hayvon va inson organizmida infeksion jarayonning surunkali tus olishi bilan xarakterlanadi va uning bu xususiyati tufayli hayvonlar doimiy faol infeksiya manbaiga, uning mahsulotlari esa kasallikni yuqtirish omiliga aylanib, epizootik jarayon uzluksizligini taʼminlovchi asosiy vosita boʻlib qoladi Tadqiqot maqsadi. Brutsellyoz kasalligining etiologiyasi va epidemiologiyasini tahlili qilish. Tadqiqot materiallari va usullari. Respublika SEO va JSXning brutsellyoz bilan kasallanishi boʻyicha rasmiy hisobotlari va epidemiologik tekshiruv kartalari. Ushbu ilmiy ish bajarilishida epidemiologik va statistik usullardan foydalanildi. Tadqiqot natijalari. Etiologiyasi: Brutsellyoz qoʻzgʻativchisi brutsella oilasiga mansub, bakteryalar guruxiga kiradi. Ular dumaloq yoki tayoqchasimon, polimorfli boʻlib, kattaligi 0,3-0,5 dan 0,6-2,5 mkm ga teng, spora xosil qilmaydi, kam xarakatchan, gram manfiy boʻyoqda boʻyaladi. Brutsellalar tashqi muxitga chidamlidir, ular oʻz xayot davrida 10 dan 45 kungacha, yogʻda 25 – 67, pishlogʻda 14 – 45, goʻshda 14 – 25, suvda 5 – 150, quruq tuproqda 45, nam tuproqda 75 kungacha ipakli materiallarda 3 – 4 oygacha tirik saqlanadi. Eng yaxshi ozuqa muxiti boʻlib, jigar bulyoni va jigar agari hisoblanadi. Muzda va qorda 2-4 oygacha yashaydi. Suyuq oziqalarda 60 0S da 30 daqiqa qaynatilganda darxol xalok boʻladi. Kimyoviy moddalar: 2% fenol, 1% kreolin, 1 – 5 % xlor oxagi, 0,5-1% lizol, 0,2% formalin va 0,5 – 1% xloramin brutsellalarga bakteritsit tasir etib, bir necha daqiqada nobud qiladi. Brutsellyoz kasalligini odamda va hayvonlarda brutsella deb nomlanuvchi birlashgan bakteriyalar keltirib chiqaradi. Hozirda bularni 6 turi mavjud: 1. Brusella mellitensis – mayda shoxli xayvonlarda kasalikni keltirib chiqarib 3 xil biovardan iboratdir. 2. Brusell abortus – yirik shoxli xayvonlarni zararlantirib 9 xil biovardan iborat. 3. Brusella ovis – zotdor qoʻchqorlarni zararlantiradi. 4. Brusell suis – choʻchqalarni shikastlantirib 5 xil biovardan tashkil topgan. 5. Brusella canis – itlarni kasallantiradi 6. Brusella neotomis – choʻl kalamushlarni kasal qilib ularning kishilarni uchun patogenligi hozirgacha aniqlanmagan. Epidemiologiyasi. Brutsellyoz zoonozlar guruhiga mansub. Kasallik tashuvchisi boʻlib qishlok hoʻjalik hayvonlari hisoblanadi (echki, kuy, sigir, chuchka, tuya). Odam uchun patogen mikrob. Bunda kasallik juda ogʻir, qaytalanuvchi va asoratli kechadi. Kasalga chalingan hayvonlar mikroblarni siydik, axlat orqali va sut bilan ajratadilar. Qora oqsoq bilan ogʻrigan hayvonlar koʻpincha bola tashlaydi. Bundan tashqari zootexniklarda, veterinar va laboratoriya xodimlarida yuqish xavfini axamiyati katta. Brutsellyozning epidemiologiyasida professional omil katta ahamiyatga ega. Kasallikni yuqishiga moyil boʻlgan xodimlar bu chorvachilik bilan shugʻullanuvchi va shu soxa boʻyicha ishlovchilarda koʻp boʻladi. Respuplikada oxirgi 10 yil mobaynida kasallikni taxlil qilish shuni koʻrsatdiki, shahar aholi orasida 30 – 35 %, qishloq aholisi orasida 65 – 75% hollarda oʻchraydi (Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlaridan tashqari) Bu viloyatlarda brutsellyoz shahar aholisi orasida qishloq aholisiga nisbattan 2 – 2,5 baravar koʻproq qayt qilingan. Kasallikning shahar aholisi orasida koʻproq uchrashiga sabab – bu yerda malakali shuningdek maxsus shifoxonalar babrpo etilganligidir. Respublikamizda brutsellyoz bilan kasallanish erkaklar va ayollar orasida uchrab tursada, lekin erkaklar orasida tez-tez koʻzatiladi, chunki chorvachilikda asosan erkaklar mehnat qilinadi. Xulosa. Brutsellyoz kasalligidagi profilaktika ishlari sanitariya-veterinariya tadbirlarining xarakteriga bogʻliq. Faqat uy hayvonlari orasida brutsellyozga qarshi samarali chora-tadbirlar oʻtkazilsagina, odamlar orasida kasallanishning oldini olishga muvaffaqiyatli erishiladi.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.