YUQISHI.
Azimjonov Mirjahon Azamatovich
TDTUTF talabasi
azimjonovmirjahon@gmail.com
Telefon raqami:+99893 990 10 21
Maxmudov Farhod Baxodir o`g`li
TerDMAU talabasi
farxodmaxmudov@gmail.com
Telefon raqami:+99893 215 53 06
To`lqinov O`rolbek Elbekovich
TDTUTF talabasi
tolqinovorolbek48@gmail.com
Telefon raqami:+99891 721 82 07
Isroilov Mirshod Xolmurodovich
TDTUTF talabasi
isroilovmirshod497@gmail.com
Telefon raqami:+99894 531 44 43
ANNOTATSIYA
Mazkur ishda brutsellyoz (brusellyoz) kasalligi, uning tarixi, etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, yuqish yo‘llari va profilaktik choralari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Brutsellyoz — zoonoz kasallik bo‘lib, u Brucella turiga mansub bakteriyalar bilan chaqiriladi. Kasallik chorva hayvonlaridan odamlarga asosan ovqat, kontakt, nafas olish yoki vertikal yo‘llar orqali yuqadi. Kasallik uzoq davom etuvchi, ko‘p tizimli shikastlanish bilan kechadi hamda iqtisodiy va sanitariya jihatdan katta zarar yetkazadi.
Ishda kasallikning qo‘zg‘atuvchilari, yuqish mexanizmi, klinik ko‘rinishlari, aniqlash usullari va oldini olish choralari keltirilgan. Profilaktika choralariga hayvonlarni emlash, kasal hayvonlarni ajratish, shuningdek sut mahsulotlarini qaynatish, shaxsiy gigiyena va mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kiradi. Kalit so‘zlar: Brutsellyoz, Brucella melitensis, zoonoz infektsiya, hayvonlardan odamlarga yuqish, patogenez, isitma, profilaktika, bakteriya, surunkali yallig‘lanish, emlash, gigiyena.
Brutsellyoz (lot. brucellosis), qora oqsoq — zoonoz infektsiya, kasallangan hayvonlardan odamlarga yuqadi va inson organizmining a’zolari va tizimlariga ko’plab shikast yetkazishi bilan tavsiflanadi.1886 yilda ingliz olimi Devid Bryus tomonidan aniqlangan. Olimning sharafiga mikroblar brutsella, ular chaqiradigan kasallik esa brutsellyoz deb nomlangan. Brutsellyoz — bu zoonoz turdagi, ya’ni hayvonlardan odamga yuqadigan yuqumli kasallik bo‘lib, u Brucella turiga mansub bakteriyalar bilan chaqiriladi. Kasallik odamlarda va turli chorva hayvonlarida uchraydi, iqtisodiy zarar yetkazadi hamda sog‘liq uchun xavfli hisoblanadi. Brutsellyozning qo‘zg‘atuvchisi — Brucella bakteriyasi. Ular harakatsiz, sporalar hosil qilmaydigan, hujayra ichi parazitlardir. Brutsellyozning qo’zg’atuvchilari — brucella avlodiga mansub, hujayra ichida parazitlik qila oladigan grammanfiy bakteriyalardir. Brutsellyozning 6 tur qo’zg’atuvchisi va 17 ta biovari aniqlangan. Odamlar uchun uchtasi pathogen ya`ni yuqush ehtimoli baland hisoblanadi:
- Mayda shoxli mollar: echki, qo’ylar brutsellyozi qo’zg’atuvchisi (Brucella melitensis);
-Yirik shoxli qoramollar: sigir brutsellyozi qo’zg’atuvchisi (Brucella abortus);
-Cho’chqalar brutsellyozi qo’zg’atuvchisi (Brucella suis).
-ba’zi manbalarda itlar brutsellyozi qo’zg’atuvchilari (Brucella canis) ham inson uchun xavfli deb ko’rsatilgan.
Hayvonlar brutsellyoz bakteriyalarini sut, siydik, amniotik suyuqlik orqali tarqatadi. Stomaxys calcitrans pashshasi ham brutsellyoz tashuvchisi hisoblanadi. Asosan surunkali isitma, bo‘g‘im og‘rishlari, asab, jigar, yurak va reproduktiv tizim zararlanishi bilan kechadi.
Kasallik insonlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita hayvonlardan yuqadi. Bunda brutsellyoz bilan kasallangan hayvondan insonga kasallangan hayvon mahsulotlari orqali yuqishi mumkin. Bundan tashqari misol qilib quydagilarni keltirishimiz mumkin: siydik, najas, urug‘ suyuqligi, tug‘ruq paytidagi oqimlar (yo‘ldosh, suyuqliklar) bilan ajratadi. Odamga kasallikning asosiy yuqish yo‘llari:
1. Ovqat orqali (alimentar yo‘l):
Eng keng tarqalgan yuqish yo‘li bo`lib qaynatilmagan sut yoki xom sutdan tayyorlangan mahsulotlar (qaymoq, pishloq, yogurt) orqali. Bu mahsulotlarda Brucella bakteriyasi sutda 10 kun, sovitilgan holatda esa 30 kungacha yashay oladi.
2. Teri orqali (kontakt yo‘l):
Kasal hayvonning qoni, najasi, yo‘ldoshi yoki tug‘ruq suyuqligi bilan qo‘l, yara yoki tirnalgan joy orqali.Bu yo‘l asosan veterinarlar, chorvadorlar, sog‘uvchilar, so‘yuvchilar orasida uchraydi.
3. Nafas yo‘li orqali (aerozol yo‘l):
Brucella bakteriyalari chang, hayvon terisi, jun, go‘sht bilan muomalada bo‘lganda havoga ko‘tarilib, nafas yo‘li orqali tanaga kirishi mumkin. Bu yo‘l laboratoriya xodimlari, so‘yish korxonalari ishchilari uchun xavfli.
4. Vertikal (ona va bola) yoki jinsiy yo‘l Kam holatlarda kasal onadan bolaga tug‘ruq vaqtida yoki emizish orqali yuqadi. Shuningdek, erkaklardan ayollarga jinsiy aloqa orqali o‘tish holatlari ham aniqlangan.
Kasallik rivojlanish (patogenez). Brusellyoz yuqtirilgan odamda kasallik alomatlari
odatda 1 haftadan 3 haftagacha (ba’zan 1 oygacha) vaqt o‘tgach sezila boshlaydi
ya’ni, inkubatsion davri — 7 kundan 21 kungacha, ayrim hollarda 60 kungacha
davom etadi. Bakteriya tanaga kirgach, limfa tugunlari orqali qon oqimiga o‘tadi.
Qonda ko‘payib, jigar, taloq, suyak iligi, bo‘g‘imlar va asab tizimiga joylashadi. Bu
joylarda surunkali yallig‘lanish o‘choqlari hosil qiladi. Natijada tana harorati
ko‘tariladi, bo‘g‘im og‘rishlari, charchash, uyqusizlik, terlash paydo bo‘ladi.
Odamlarda brutselyoz belgilari quydagicha kichadi:
• 38–40°C gacha isitma
• Bo‘g‘im, bel va mushak og‘rishlari
• Teri osti limfa tugunlarining kattalashishi
• Taloq va jigar kattalashishi
• Charchoq, bosh og‘rishi, uyqusizlik
• Ba’zida reproduktiv tizim (ayollarda abort, erkaklarda orxit) zararlanadi
Kasallik o‘tkir (1–2 oy) yoki surunkali (6 oydan ortiq) shaklda kechishi mumkin. Kasallikni aniqlash usullari: Qon tahlili (Brucella antitellari yoki bakteriyasi), Serologik testlar (RA, RBT, ELISA), Madaniyat o‘stirish (bakteriologik aniqlash), PCR testi (eng aniq usul). Hayvonlar orasida bu kasallikni oldini olish maqsadida Brutselyozga qarshi emlash (vaksinatsiya) – Rev-1 yoki S19 vaksinasi, kasal hayvonlarni ajratish va yo‘qotish, tug‘ruq, so‘yish va hayvon chiqindilarini dezinfeksiya qilish kabi chora tadbirlar ko`riladi. Odamlar uchun esa sutni qaynatib yoki pasterizatsiya qilib iste’mol qilish, qo‘lqop, niqob, maxsus kiyim ishlatish (chorvadorlar, veterinarlar uchun), hayvonlar bilan ishlagandan so‘ng qo‘lni sovun bilan yuvish, laboratoriya xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish kerak. Bu kasallik O‘zbekistonda asosan cho‘l va tog‘ oldi hududlarida (suruvli chorvachilik joylarida) uchraydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotiga ko‘ra, har yili dunyoda 500 mingdan ortiq odam brutselyoz bilan kasallanadi. Eng xavfli turi – Brucella melitensis (echkilardan yuqadigan) hisoblanadi. Xulosa: Brutselyoz — bu hayvonlardan odamlarga yuqadigan, uzoq davom etuvchi, ko‘p tizimli kasallik bo‘lib, profilaktika choralari (sutni qaynatish, hayvonlarni emlash, gigiyena) uning oldini olishda asosiy omil hisoblanadi. Vaqtida aniqlansa, antibiotiklar bilan (tetratsiklin, rifampitsin va boshqalar) to‘liq davolash mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Devid Bryus D. “The Discovery of Brucella melitensis”, British Medical Journal,
1887.
2. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO). Brucellosis in humans and animals,
Geneva, 2006.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. “Brutselyoz profilaktikasi
bo‘yicha sanitariya qoidalari”, Toshkent, 2021.
4. Yuldashev A.A., To‘xtayev Sh.R. “Veterinariya mikrobiologiyasi va immunologiya”,
Toshkent: O‘qituvchi, 2019.
5. Axmadjonov M. va boshqalar. “Yuqumli kasalliklar”, Toshkent tibbiyot akademiyasi
nashriyoti, 2020.
6. Centers for Disease Control and Prevention (CDC). “Brucellosis (Brucella spp.) –
Epidemiology and Prevention”, Atlanta, 2022.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.