KIRISH: maqolada XVIII asrning ikkinchi yarmidan XX asrning birinchi choragiga qadar hukm surgan Buxoro amirligining davlat tuzilishi va uning ma’muriy boshqarilishi tahlil qilinadi. Maqola amirlik ma’muriyati, sud-huquq tizimi, shariat qonun-qoidalari, harbiy ishlar, mahalliy boshqaruvga e’tibor qaratadi. MAQSAD: maqolaning maqsadi-Buxoro amirligining davlat tuzilishi va uning ma’muriy boshqarilishini o‘rganishdir. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi materiallari, Ahmad Donish, Amir Sayyid Alimxon asarlari hamda Enpe va G. Meyendorfning tarixiy-analitik ishlari asosida olib borildi. qiyosiy-tarixiy va analitik metodlar qo‘llanildi. NATIJALAR VA MUHOKAMA: tadqiqot natijalari amirlik boshqaruvi qushbegi (bosh vazir), devonbegi (kengash rahbari), qozilar (sudya) kabi lavozimlar orqali amalga oshirilganini ko‘rsatdi. sud tizimi shariat qonunlariga asoslangan, harbiy ishlarda beklar va oqsoqollar muhim rol o‘ynagan. moliya boshqaruvi markazlashgan bo‘lsa-da, mahalliy sharoitlarga moslashgan. amirlik boshqaruvi ramziy ahamiyat bilan birga amaliy jihatdan ham muhim bo‘lgan. XULOSA: buxoro amirligi aholisi hayotida davlat tuzilishi va uning ma’muriy boshqarilishi eng yuqoridan quyi bo‘g‘inlarigacha muhim o‘rin tutgan. O‘rganilgan manbalar shuni ko‘rsatadiki, amirlikda davlat boshqaruvi bo‘g‘inlari asrlar davomida shakllanib kelgan va o‘z davru uchun mukammal boshqaruv tizimi bo‘lgan. Shu bois, bunday davlat boshqaruvini ilmiy asosda o‘rganish xalqimiz tarixini yanada chuqurroq anglashga xizmat qiladi.
INTRODUCTION: the article analyzes the state structure and administrative administration of the Bukhara Emirate, which existed from the second half of the 18th century to the first quarter of the 20th century. The article focuses on the emirate's administration, judicial system, Sharia law, military affairs, and local governance. AIM: the purpose of the article is to study the state structure of the Bukhara Emirate and its administrative administration. MATERIALS AND METHODS: the research was based on materials from the Central State Archive of the Republic of Uzbekistan, the works of Ahmad Donish, Amir Sayyid Alimkhan, and the historical-analytical works of Enpe and G. Meyendorf. comparative-historical and analytical methods were applied to reconstruct the emirate’s governance system. RESULTS AND DISCUSSION: findings show that the emirate’s administration was characterized by hierarchical offices such as kushbegi (chief minister), divanbegi (head of the council), and qazi (judge). the judicial system was rooted in sharia law, while military affairs were organized through bekdoms and local elders. financial management was centralized yet adapted to local conditions. the study demonstrates that the emirate’s governance system was both symbolic and practically significant, reflecting centuries of institutional development. CONCLUSION: the state structure and its administrative management occupied an important place in the life of the population of the Bukhara Emirate. The studied sources show that the links of state administration in the emirate were formed over centuries and were a perfect system of governance for their time. Therefore, the scientific study of such state governance serves to better understand the history of our people.