Buxoro xonligi va amirligi elchilik a’loqalarining manba va adabiyotlarda
yoritilishi.
Toshmirzayeva Dilafro’z Alimardonova Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti Tarix Mamlakatlar va yo’nalishlar
bo’yicha 3- kurs 8 ts talabasi
Annotatsiya: Maqolada Buxoro xonligi va amirligi elchilik a’loqalarining manba va adabiyotlarda yoritilishi tadbiq etilgan.
Аннотация: В статье применяется освещение посольских отношений Бухарского ханства и Эмирата в источниках и литературе. Abstract: In the article, the coverage of the embassy relations of the Khanate of Bukhara and the Emirate in sources and literature is applied..
Kalit so‘zlar: Бухоро амирлиги, элчи, Рус элчилари, хонлик, савдо алоқалари, транзит савдо, тадқиқотчи, элчилик манбалари, савдо карвони, иқтисодий муносабат.
KIRISH
O‘zbekistan o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, jamiyatimiz xayotining barcha soxalarida tubdan o‘zgarishlar va isloxotlar amalga oshirila boshlandi. Vatanimiz mustaqilligi barcha soxalarda bo‘lgani kabi, tarixchi olimlar zimmasiga xam mas’uliyatli vazifalarni yukladi. Jumladan, sovet xukmronligi yillarida soxtalashtirilgan tariximizni turli tazyikdardan xoli ravishda xaqqoniy va ob’ektiv yoritish vazifasi tarixchi olimlar oldiga qo‘yilgan asosiy talablardan biriga aylandi. O‘zligimizni anglash, vatanimiz tarixiga nisbatan xolis va xaqqoniy qarash, milliy qadriyatlarimizning qayta tiklanishi aynan mustaqillik sharofati bilan yuzaga chikdi.
O‘rta Osiyo davlatlari o‘zoq davrlar mobaynida Xitoy, Xindiston, Eron, Afgoniston va Sharqdagi boshqa mamlakatlar xamda Rossiya bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarda bo‘lib keldilar. Ayniqsa, O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan xozirgi kundagi yaqin do‘stona aloqalar o‘rnatishga qaratilgan tashqi siyosatining ildizlari usha o‘zoq tarixiy davrlarga borib taqaladi.
XVI-XIX asrlarda O‘rta Osiyoda uchala xonlikning hukmronlik davrida Buxoro, Xiva, Toshkent, Qo‘qon savdogarlari Xindiston, Eron, Qoshg‘ar, Sibir, Qozoq va No‘g‘oy xonliklariga tovar olib borib savdo-sotik qilardilar. AsrlarMUXOKAMA VA NATIJALAR. davomida bu iqtisodiy aloqalar xonliklarning xo‘jalik xayoti - ikdisodiy va madaniy taraqqiyotiga, ayniqsa shaxarlar hayotining rivojlanishiga sezilarli turtki bo‘lgan edi.
Shu jumladan, Buxoro xonligining qo‘shni sharq davlatlari bilan savdoiqtisodiy munosabatlari usha mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy axvoliga bog‘lik xolda tarixiy manbalarda o‘z ifodasini topgan.
Buxoro xonligining, kolaversa xar uchchala xonlikning qo‘shni Sharq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini o‘rganishda qo‘lyozma manbalar, rus elchilari va diplomatlarining faoliyatlari bilan bog‘liq yozma yodgorliklar katta rol o‘ynaydi. Ular, xususan Sharq davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tarixi hakida xam qimmatli ma’lumotlar qoldirganlar. Masalan, Buxoro xonligi va u bilan bog‘lik xolda bir qator Sharq mamlakatlari хаqидаги мухим маълумотлар савдогарлар ва qочоq рус асирларининг ахборотларида хам ўз аксини топган.
Eslatib o‘tish joizki, ilmiy ma’lumotlar davr jixatidan birmuncha kechroq chop kilingan. Masalan: XVI-XVIII asrlardagi rus elchi va diplomatlarining materiallari asosan XIX asrlarda nashr qilingan. Lekin, O‘rta Osiyo xonliklarining qo‘shni Sharq davlatlari bilan savdo aloqalari xaqidagi xabarlari asosan, XVIII asr oxirlari va XIX asr boshlarida chop qilingan asarlardan o‘rin olgan.
V.V.Bartol’dning yozishiga ko‘ra, XVI asrdan boshlab Buxoro xonligining tashqi aloqolariga doir ma’lumotlar Rossiyaga no‘g‘oy knyazlari orqali yetib kelgan ekan.
Ma’lumki, O‘rta Osiyo xonliklarining qo‘shni davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalari qanchalik zarur va axamiyatli bo‘lmasin, bu aloqalar ichki ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlarda barqarorlik yuqligi tufayli tranzit savdo uchun yaxshi imkoniyatlar ochib bera olmagan. Zero, tranzit savdo O‘rta Osiyo uchun muxim rol uynardi. Shu bilan birgalikda, so‘nggi o‘rta asrlarda - jaxon savdo yo‘llarining o‘zgarishi, buyuk geografik kashfiyotlar, Eronning doimiy ravishda Turkiya va O‘rta Osiyo xonliklari bilan xarbiy ziddiyatlari, XVI asrdan boshlab o‘rta Osiyodagi siyosiy beqarorlik Movarounnaxrning oldingi dovrug‘iga, ya’ni uning jaxon tranzit savdo markazi maqomiga putur yetkazgan. Shuning uchun, XVI asrdan boshlab O‘rta Osiyo Rossiya bilan savdo aloqalaridan: kuproq va ishonchliroq manfaatdor bula boshlagan. Asta-sekin Moskva davlati O‘rta Osiyoning tashki savdosida muxim rol o‘ynay boshlagan.
Ikkinchi tomondan, g‘arbda kapitalistik munosabatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi Yevropa davlatlarining Sharq davlatlariga yaqinlashuviga sabab bo‘ldi. Jumladan, ingliz savdo kompaniyasining vakili A. Jenkinsonning O‘rta Osiyoga yuborilishi (XVI asr) bu xarakatning yaqqol isboti edi. Biroq A. Jenkinsonning hisobot va ma’lumotlari O‘rta Osiyo xonliklari tashqi iqtisodiy munosabatlari tarixi uchun qimmatli material ekani biz uchun muxim 1
A. Jenkinson sayoxatining maqsad va vazifalari tarixchilar tomonidan bir qadar o‘rganilgan. Ammo tadqiqotchilar bu masalaga xar bir xolda o‘zlarining maqsadlari nuktai nazaridan yondoshganlar. Masalan: Yu.A. Sokolov, "Moskva kompaniya"sining asosiy maqsadlaridan kelib chiqqan xolda, Xindistonga Rossiya Sharq bilan savdo aloqalari olib borgan yullari orqali kirib borishi lozim edi, deb xisoblab, quyidagicha yozgan: «Inglizlarning Rossiya orkali Xindistonga kirib borish yulini qidirib topish ishiga kompaniyaning eng faol vakillaridan biri Antoniy Jenkinson asos solgan» 2
Demak, A. Jenkinsonning O‘rta Osiyoga sayoxat qilishidan asosiy maqsad xonliklar orqali Xdovdistonga boradigan eng yaqin va qulay yulni топишдан иборат болган. У Ўрта Осиёда савдо ишларини йулга qуйиш ниqоби остида Бухорога боришга рухсат олган.
Рус олими С.В.Жуковский Женкинсоннинг Бухорога бориши хаqидаги фикрларини баён qилиб qуйидагича ёзади: "Айтиш qийин, нахотки Женкинсон чиндан хам Иванн Грознийни ўз томонига оg‘дириб олган, ва гуё Ivan Grozniy inglizlarga yokish uchun uni O‘rta Osiyoga borishiga ruxsat bergan. Jenkinsondan balki podsho (Ivann Grozniy - R.A.) foydalangandir va uni, 1557 yilda Rossiyada erkin savdo qilishlari uchun ruxsat surab xadya va tortiqlar bilan Moskvaga kelgan Xiva va Buxoro elchilik missiyasiga javob tariqasida Jenkinsonni Buxoro va Xivaga elchi qilib yubormadimikan?»3.
Yuqoridagi fikrlarga tayanib, aytish mumkinki, Jenkinson Moskva Rusining Buxoroga yuborgan birinchi rasmiy elchisi edi. Uylaymizki, Jukovskiyning ikkinchi fikri xaqiqatga yaqin bulsa kerak, ya’ni podsho O‘rta Osiyo bilan savdo aloqalarini 1 Антоний Женкинсон 1558 йилда Моквага Лондон савдо компаниясининг вакили сифатида ташриф буюрган, хамда Россия подшоси Иван ГУнинг ёрлиги билан Хива ва Бухорога келган эди: Дженкинсон Антоний. Путешествие в С р е дн ю ю А зи ю в 1558 — 1560 гг. //А н гли й ски е п у теш ест вен н и к и в М о с ко вско м государ-стве в ХУ 1 веке. /Пер. с англ. Ю.В.Готье. - М.: ОГИЗ. 1937. 2 Соколов Ю.А. К вопросу о причинах провала английских устремлений в Восточную Европу, Среднюю Азию и Персию (ХУ 1 — XVII вв.) //Труды САГУ. Вып. 68. 1955. с. 17. 3 Жуковский С. В. Сношения России с Бухарой и Хивой за последнее трехсосотлетие. - Пг., 1915. - С.З o‘rnatish maqsadida ingliz savdogari Jenkinsonga rasmiy yorlik bergan. Jenkinsonning Rossiya nomidan O‘rta Osiyoga junatilishi Rossiyaning O‘rta Osiyo savdosida ma’lum bir manfaati bo‘lgani tasdiqlaydi va Rossiya bilan O‘rta Osiyo o‘rtasida savdo aloqalarining rivojlanishiga yo‘l ochgan.
1558 yil 23 dekabrda Jenkinson Rossiya podshosi Ivan IV ning ishonch yorligi bilan Buxoroga keladi va u yerda savdoning xolati bilan tanishadi. Jenkinson Moskvaga kaytayotganida u bilan birga Buxoro, Urganch, Balx elchilari xam birga kelishgan.
Tarixchi P. P. Ivanov missiyami baxolab, Rossiya bilan O‘rta Osiyo O‘rtasida savdo-iktisodiy munosabatlarni Jenkinson kashf etmagan. Jenkinson bilan Moskvaga kelgan savdo karvoni 1000 tuyadan iborat bo‘lgani avvaldan Moskva - O‘rta Osiyo savdo munosabatlari an’anaviy darajada bo‘lganidan dalolatdir, deb yozgan edi4 Xaqiqatdan xam, 1556 yil Astraxan bosib olinganda, bu yerda O‘rta Osiyo savdogarlari bo‘lgani ma’lum. Ular o‘z tovarlari bilan Moskva davlati ichkarisigacha kirib borgan. Fikrimizcha, P. P. Ivanovning bu muloxazasida xaqiqat bor.
Ma’lumki, XVI asrdan boshlab O‘rta Osiyo xonliklarining Moskva bilan savdo aloqalari rasmiy tus ola boshlaydi. Bizni bu o‘rinda Jenkinson tomonidan Buxoroning qo‘shni Shark davlatlari bilan aloqalari xaqida bergan ma’lumotlari axamiyatlidir.
Jenkinsonning Buxoroga kelishi arafasida O‘rta Osiyo Xindiston va Eron bilan faol savdo iqtisodiy aloqalar o‘rnatgan edi. Jenkinson, “Buxoroda savdogarlarning xar yilgi yig‘ilishi bo‘lib, u yerga Xindiston Eron, Balx, Rossiya va boshqa davlatlardan savdogarlar katta karvonlar bilan kelib yig‘ilib turadi»5, - deb yozgan edi.
Bu xolat XVI asr O‘rtalarida Buxoro kadimgiday xalqaro savdo markazlaridan biri bo‘lib qolganligidan dalolat beradi. Lekin ba’zi mualliflar Ushbu masalaga shubxa ko‘zi bilan qaradilar. Masalan, M.Yuldashev - "Jenkinsonning Buxoro savdosi xaqidagi ma’lumotlarini to‘liq xakikat deb bilish kiyin. Aftidan savdoda raqobatchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan savdogarlarni bu savdodan chalg‘itmokchi bo‘lgan bo‘lsa kerak. Buxoroda xar yili Xindiston, Eron, Buxoro, Rossiyadan kelgan savdogarlarning yigilishi bo‘lib turadi, deb yozib, Jenkinson yana ko‘shib qo‘yadi, «guyoki bu savdogarlar shu darajada kashshoqki, ular xam tovarlar olib kelishiga 4 Иванов П. П. Очерки по истории Средней Азии (ХУ1 — середина XIX вв.). - М.: ИВЛ. 1 9 5 8 .-С .7 6 . 5 Д ж е н к и н с о н А. У ш а аср. - Б . 184. qaramay bu tovarlarni xatto uch yillab sotadi, shuning uchun bu yerda foydali savdo qilish uchun xech kanday ishonch yuq”, - deb yozadi6.
Ba’zi tarixchilarning fikricha, Jenkinson Angliya manufak- turalarida to‘qilgan movut matolarni O‘rta Osiyoda sota olmagani uchun ataylab Buxorodagi xind savdogarlarining faoliyati va rolini pasaytirgan. Jenkinsonning ma’lumotlariga ko‘ra, xind savdogarlari Buxoroga quyidagi mollarni olib kelishgan: salla uchun ishlatiladigan yupqa oq mato, kuylak uchun ishlatiladigan oq matolar. Buxorodan esa xind savdogarlari ipak matolar, oshlanmagan teri, dullar va otlar olib ketgan, lekin karazeya va movut matolarini kadrlashmagan7.
Shunday qilib, Jenkinsonning ma’lumotlariga asoslanib aytish mumkinki, Buxoro bilan Xindiston O‘rtasida barkaror savdo aloqalari o‘rnatilgan bo‘lgan. Bu savdodagi asosiy tovarlardan biri indigonil buyogi bulgan. Nil buyogi shu kadar kup ediki, uni sotish uchun Xindiston savdogarlari ikki-uch yillab qolib ketardi.
XVI asrda ikkala davlat O‘rtasidagi savdo va diplomatik alodalar jonlanganini tasdikdovchi ma’lumotlar mavjud. Jumladan, Abdullaxon davrida Buxoro bilan Rossiya O‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilgan. 1585 yil Buxorolik elchi Muxammad Ali Rossiya podshosi Fyodor Ivanovichga Abdullaxon nomidan tortiqlar olib kelgan, xadyalar tarkibida 40 pud nil buyogi dam bo‘lgan8.
Bu ma’lumot, o‘sha davrda Buxoro bilan Xindiston O‘rtasidagi savdoda Buxoroning tranzit mollar bozori vazifasini o‘taganligidan dalolat beradi. N.I.Kostomarov va M.V.Fexnerlar o‘z asarlarida Buxoro orqali xind tovarlarining Rossiyaga keltirilishi dadida yozib qoldirgan.
Rus manbalarining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zok vaktlardan buyon davom etib kelayotgan baxs XVI- XVII asrlarda O‘rta Osiyo Rossiya uchun - Xindistonga kirib borish yulida bir vajmi, yoki rus xukumatining manfaatlariga xizmat qiladigan Sharkning muxim mintaqasi - yirik savdo markazimi, degan savolni tug‘dirdi9. XX asrning boshlarigacha bo‘lgan ko‘plab tarixchilar birinchi nuktai nazarning tarafdorlari bo‘lib, ular Rus podsholari O‘rta Osiyoga jo‘natadigan 6 Юлдашев М.Ю. К истории торговых и посольских связей Средней Азии с Россией в ХУ1 - XVII вв. - Ташкент. 1964, - С.18-19. 7 Дженкинсон А. Уша асар. — С.185 . 8 Дженкинсон А. Уша асар. — С.185 . Материалы по истории Узбекской, Таджикской и Туркменской ССР. Ч .1. - JL: Изд-во АН СССР. 1932. - С.9. 9 Веселовский Н.И. Прием в России и отпуск среднеазиатских послов в XVII и XVIII столетиях //Журнал Министерства народного просвещения. — СПб., 1884. Кн.: 7; Уляницкий В.А. Уша асар.; Бартольд В.В. История изучения Востока в Европе и России. elchilarining aksariyatiga rus qullarini sotib olish va Xindistonga boradigan eng yaqin, qulay va xavfsiz savdo yulini topish topshirilgan, deb xisoblaydilar.
Sovet adabiyotida bu kabi nuktai nazarni Ye.V.Bunakov, P.P.Ivanov, D.M.Lebedevlar qo‘llab quvvatlaganlar. Ularning fikricha, Xindistonga kirib borish russlar uchun natija bermagan taqdirda xam, O‘rta Osiyoga борадиган йул маълум бир маънода нафакат топилди, балки ўзлаштирилди хам10.
Fikrimizcha, ikkinchi qarash xaqiqatga yaqin ko‘rinadi. Masalan: O‘rta Osiyoga Rossiyaning munosabati masalasi tarixchi N.B.Baykova asarida o‘z aksini toptan. Muallif inkilobgacha bo‘lgan tarixchilar va yuqorida nomlari tilga olingan olimlarni to‘g‘ri tanqid qilgan. N.B.Baykovaning fikricha, Ўрта Осиё xonliklariga boradigan savdo yo‘llari XVI asrdayok Rossiyaga ma’lum bo‘lgan. Uning ta’kidlashicha, Rus davlati Xindistonga boradigan yo‘lni qidirib O‘rta Osiyoga boradigan yo‘lni ochgan va o‘zlashtirgan. Aslida esa O‘rta Osiyodagi Xiva va Buxoro bozorlarida rus savdogarlari xind savdogarlari bilan uchrashganlar, rus xukumatiga qulayrok yulni, ya’ni xindlar uchun odatiy bo‘lgan Astraxan, Kaspiy dengizi va Eron orqali boradigan yo‘lni ko‘rsatganlar 11
XULOSA
Yuqoridagi elchilik aloqalari manba va adabiyotlarda yoritilishicha xulosa qilish mumkinki, Rossiya, Hindiston va Eron mamlakatlari o‘rtasidagi savdoda Buxoro vositachi vazifasini o‘tagan. XVI asrda Rossiya Xindiston bilan diplomatik munosabatlar urnatmagan, ammo Eron va Urta Osiyo orkali savdo qilish yuli bilan Xindiston - Buyuk Mo‘g‘ullar davlati bilan rasmiy munosabatlar o‘rnatish sari yo‘l tutgan. O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan xozirgi kundagi yaqin do‘stona aloqalar o‘rnatishga qaratilgan tashqi siyosatining ildizlari o‘sha uzoq tarixiy davrlarga borib taqaladi. 10 вропе и России. 2 Лебедев Д.М. География в России XVII века: (Допетровский период). — М.-Л.: Изд-во АН СССР. 1949. - С. 106. 11 Байкова Н.Б. Уша асар. — С. 10.
REFERENSES
1. Алимова Р. Р ЎРТА ОСИЁ ХОНЛИКЛАРИНИНГ QЎШНИ
ДАВЛАТЛАР БИЛАН ДИПЛОМАТИК ВА САВДО-ИQТИСОДИЙ
МУНОСАБАТЛАРИ (XVI-XX АСР БОШЛАРИ РУС ТАРИХШУНОСЛИГИ
ВА МАНБАЛАРИ АСОСИДА) Тошкент-2017 йил
2. Хофиз Таниш Ал-Бухорий. Абдулланома. (“Шарафномайи шохий). - Тошкент: Шарк, 2000. 288 б.
3. 22. Байкова Н.Б. Рол Средней Азии в русско-индийских торговых связях (первая половина XVI-вторая половина ХУШ в.). — Ташкент: Наука, 1964. - 192 с.
4. Iskandar, O. (2023). The Organization of the Khorazm Soviet Republic. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(4), 794-798.
5. Ismadiyarov, Y., Nabiulina, L., Matnazarova, M., Mulahmetov, R., Suleimenova, U., & Satimbekova, A. (2021). Multicomponent Structural and Logical Model of Innovative Management in Higher Education and the Mechanisms for its Implementation. Известия высших учебных заведений. Технология текстильной промышленности, (3), 187-195.
6. Ochilov, I. (2023). IMPORTANCE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN
FORMING THINKING AND SKILLS IN HISTORY LESSONS. Science and
innovation, 2(B4), 481-484.
7. Omongaldi o’g’li, O. I. (2023). QADIMGI DAVRLARDAGI
KO’CHMANCHI SAK, MASSAGET QABILALARI HAQIDA
MUSHOHADALAR. IQRO JURNALI, 2(2), 597-600.
8. Omongaldi o’g’li, O. I. (2022). QADIMGI XORAZM SIRLI QAL’ALARI.
PEDAGOGS jurnali, 10(4), 182-185.
9. Abdurahmanova, M., & Malikova, Z. (2022). O ‘ZBEK TILIDA
SOTSIOLEKT. FAN, TA'LIM, MADANIYAT VA INNOVATSIYA, 1(2), 104-107.
10. Iskandar, O. (2022). XIVA TARIXI VA RIVOJLANISHIDA TURIZMNING
AHAMIYATI. PEDAGOG, 1(3), 327-329.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.