ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

CARDUEAE TRIBASIGA MANSUB DORIVOR O‘SIMLIKLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT

Abstract

hbu maqolada Asteraceae oilasining Cardueae tribasiga mansub dorivor o‘simliklar haqida umumiy ma’lumotlar berilgan. Maqolada Centaurea L., Echinops L., Cirsium Mill., Carduus L., Onopordum L., va Dolomiaea DC. kabi o‘simlik turkumlariga oid turlar, ularning taksonomik tarkibi va dorivorlik xususiyatlari yoritilgan. Har bir turkumga xos bo‘lgan biologik faol moddalar va ularning tibbiyot hamda xalq tabobatidagi ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bu o‘simliklar jigar, qon aylanishi, immun tizimi, asab va ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarini davolashda samarali vosita sifatida qo‘llanilishi mumkin. Mazkur o‘simliklarning kimyoviy tarkibini chuqur o‘rganish ularning farmakologik qo‘llanilishini kengaytirish imkonini beradi.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

УЎК 581.8:581.9:581.55:582.998:633.88

UMUMIY MA’LUMOT

Ch.D.Ro’zimova1 ., A.I.Iskandarov2 .

1 Urganch davlat universiteti

2 Xorazm Ma’mun akademiyasi

charosrozimova212@gmail.com

Anotatsiya; Ushbu maqolada Asteraceae oilasining Cardueae tribasiga mansub dorivor o‘simliklar haqida umumiy ma’lumotlar berilgan. Maqolada Centaurea L., Echinops L., Cirsium Mill., Carduus L., Onopordum L., va Dolomiaea DC. kabi o‘simlik turkumlariga oid turlar, ularning taksonomik tarkibi va dorivorlik xususiyatlari yoritilgan. Har bir turkumga xos bo‘lgan biologik faol moddalar va ularning tibbiyot hamda xalq tabobatidagi ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bu o‘simliklar jigar, qon aylanishi, immun tizimi, asab va ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarini davolashda samarali vosita sifatida qo‘llanilishi mumkin. Mazkur o‘simliklarning kimyoviy tarkibini chuqur o‘rganish ularning farmakologik qo‘llanilishini kengaytirish imkonini beradi.

Kalit so‘zlar; Cardueae tribasi, dorivor o‘simliklar, Asteraceae oilasi, Centaurea L., Echinops L., farmakologiya, biologik faol moddalar, xalq tabobati.

Аннотация; В данной статье представлены обобщённые сведения о лекарственных растениях, относящихся к трибе Cardueae семейства Asteraceae. Рассмотрены такие роды, как Centaurea L., Echinops L., Cirsium Mill., Carduus L., Onopordum L. и Dolomiaea DC., их таксономический состав и лекарственные свойства. Для каждого рода приведены данные о биологически активных веществах и их значении в народной и современной медицине. Результаты исследования показывают, что данные растения могут быть эффективно использованы для лечения заболеваний печени, кровообращения, иммунной и пищеварительной систем. Глубокое изучение химического состава этих растений откроет новые перспективы их применения в фармакологии.

Ключевые слова; триба Cardueae, лекарственные растения, семейство Asteraceae, Centaurea L., Echinops L., фармакология, биологически активные вещества, народная медицина

Abstract: This article provides general information about medicinal plants belonging to the Cardueae tribe of the Asteraceae family. It explores genera such as Centaurea L., Echinops L., Cirsium Mill., Carduus L., Onopordum L., and Dolomiaea DC., along with their taxonomic composition and medicinal properties. The study presents the biologically active compounds of each genus and their importance in both traditional and modern medicine. Research results indicate that these plants can be effectively used in the treatment of liver diseases, blood circulation, immune and digestive system disorders. Further investigation of their chemical composition may expand their pharmacological applications.

Keywords; Cardueae tribe, medicinal plants, Asteraceae family, Centaurea L., Echinops L., pharmacology, biologically active compounds, traditional medicine.

Kirish. Asteraceae oilasi O’zbekiston hududida eng keng tarqalgan o’simlik oilalaridan biri bo’lib 32000 dan ortiq turni o’z ichiga oladi [2;5]. Bu oila vakillari ichida dorivorlik xususiyatiga ega bo‘lgan o‘simlik vakillari ham yo‘q emas. Xususan, Cardueae tribasiga mansub o‘simliklar dorivorlik xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi. Ushbu triba tarkibidagi Centaurea L., Echinops L., Cirsium Mill., Carduus L., Onopordum L., va Dolomiaea DC. turkumlari boy biologik faol moddalarga ega bo‘lib, ularning tibbiyotdagi ahamiyati va qo‘llanilish sohalari kengdir. Cardueae tribasiga mansub o‘simliklar asosan jigar, teri, qon aylanishi va immun tizimini yaxshilashda ishlatiladi, shuningdek xalq tabobatida keng qo‘llaniladi [3;6].

Natijalar. Asteraceae oilasining Cardueae tribasiga mansub o‘simliklarning taksonomik tarkibi o‘rganilganda quyidagicha ma’lumotlar aniqlandi (1-jadval).

1-jadval

Cardueae tribasiga mansub dorivor o‘simliklarning taksonomik tarkibi.

Oila

Triba

Turkum Turlar

Aste

race

Car

due Centaurea L, C.depressa M.Bieb. (1808), C. cyanusL

(1753)

Echinops L E. ritro Georgi. (1775), E. sphaerocephalus

L(1753)

Cirsium Mill C. arvense Scop.(1771)

Carduus L C.nutans L (1753)

Onopordum L Onopordum acanthium L. (1753)

Dolomiaea DC. Saussurea costus Lipsch. (1964)

Asteraceae oilasining Cardueae tribasiga tabiatda qayd etilgan 8 ta dorivor o’simlik turlarini 6 ta turkumga mansubligi aniqlangan. Centaurea L turkumiga 2 ta tur C.depressa M.Bieb. (1808), C. cyanusL (1753); Echinops L turkumiga 2 ta tur E. ritro Georgi. (1775), E. sphaerocephalus L(1753); qolgan turkumlarga 1 ta turdan Cirsium Mill - C. arvense Scop.(1771); Carduus L -C.nutans L (1753); Onopordum L - Onopordum acanthium L. (1753); Dolomiaea DC. - Saussurea costus Lipsch. (1964) uchrashi qayd qilingan.

1-rasm. Cardueae tribasiga mansub dorivor o‘simliklarning % nisbati

Yuqoridagi jadvalda 6 ta turkumlardan Centaurea L (C.depressa M.Bieb. (1808), C. cyanusL (1753)), va Echinops L (E. ritro Georgi. (1775), E. sphaerocephalus L(1753)) turkumlari 2 tadan o’simlik uchrab 25% qismini egallashi aniqlandi. Qolgan 4 ta turkum Cirsium Mill – (C. arvense Scop.(1771)), Carduus L – (C.nutans L (1753)), Onopordum L - (Onopordum acanthium L. (1753)), Dolomiaea DC. – (Saussurea costus Lipsch. (1964)) 1 tadan o‘simlik uchrab 12,5%, qismini egallashi aniqlandi (1- rasm).

25%

25%

12,5%

12,5%

12,5%

12,5%

Centaurea L

Echinops L

Cirsium Mill

Carduus L

Onopordum L

Dolomiaea DC.

Dorivorlik xususiyati: Cardueae tribasiga mansub turli o‘simliklar dori sifatida qadimdan qo‘llanib kelinadi. Ushbu tribaga kiruvchi Centaurea L., Echinops L., Cirsium Mill., Carduus L., Onopordum L., va Dolomiaea DC. kabi turkumlar o‘zining boy kimyoviy tarkibi bilan ajralib turadi. Ularning dorivorlik xususiyatlari xalq tabobati va zamonaviy tibbiyotda keng qo‘llaniladi. [3,4] Quyida ushbu turkumlarning dorivor xususiyatlari haqida umumiy ma’lumot keltiriladi:

1. Centaurea L. (Ko‘kbo‘talar Turkumi) Faol moddalari: Flavonoidlar, polifenollar, efir moylari, alkaloidlar. Dorivorlik xususiyatlari: Antiinflammator (yallig‘lanishga qarshi) ta’sirga ega; Diuretik (siydik haydovchi) va antioksidant xususiyatlari mavjud; Xalq tabobatida jigar va buyrak kasalliklari, shuningdek, oshqozon-ichak traktining muammolarini davolashda qo‘llanadi.

2. Echinops L. (Tipchak) Faol moddalari: Ekhinopsin alkaloidi, efir moylari, karotinoidlar. Dorivorlik xususiyatlari: Markaziy nerv tizimini rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi; Mushak faoliyatini yaxshilash va gipotoniyada yordam beradi; Radikulit va boshqa asab tizimi kasalliklarida foydalaniladi; Zamonaviy tibbiyotda regeneratsiyani tezlashtiruvchi vosita sifatida qo‘llanadi [1,8].

3. Cirsium Mill. (Qirqbo‘yin) Faol moddalari: Flavonoidlar, saponinlar, kofeik va xlorogen kislotalar. Dorivorlik xususiyatlari: Gepatoprotektor (jigarni himoya qilish) va detoksikatsiya qiluvchi xususiyatlari bor; Diuretik va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi; Xalq tabobatida teri kasalliklari va jarohatlarni davolashda keng qo‘llaniladi.

4. Carduus L. (Tikanaklar Turkumi) Faol moddalari: Silimarin, flavonoidlar, acetylen birikmalar. Dorivorlik xususiyatlari: Jigarni toksinlardan himoya qilishda va tiklashda asosiy o‘simliklardan biri hisoblanadi; Qon aylanishini normallashtiradi va immunitetni oshiradi; Antiviral xususiyatlari mavjud [2,4].

5. Onopordum L. (Sariq Bo‘tan) Faol moddalari: Glikozidlar, taninlar, alkaloidlar. Dorivorlik xususiyatlari: Tonik va immunomodulyator ta’sir ko‘rsatadi; Oshqozonichak muammolarini bartaraf etishda yordam beradi; Revmatizm va bo‘g‘im og‘riqlarida qo‘llaniladi.

6. Dolomiaea DC. Faol moddalari: Sesquiterpen laktonlar, efir moylari, flavonoidlar. Dorivorlik xususiyatlari: Yallig‘lanishga qarshi va og‘riqni qoldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi; Antibakterial va antiseptik xususiyatlari mavjud; Oshqozon va ichak kasalliklarida samarali [7].

Xulosa: Cardueae tribasiga mansub turkumlarning dorivorlik xususiyatlari ularning biologik faol moddalarga boyligi bilan bog‘liq. Ushbu o‘simliklar xalq tabobati va zamonaviy farmakologiyada jigarni himoya qilish, yallig‘lanishni kamaytirish, immunitetni oshirish, va boshqa ko‘plab kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi. Mazkur o‘simliklarni yanada chuqurroq o‘rganish, ularning yangi qo‘llanish sohalarini aniqlash va tibbiyotda samarali foydalanish imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar 1.Ivan A. Ross. Medicinal Plants of the World: Chemical Constituents, Traditional and Modern Uses. Humana Press – 1999, P:8-12 2. James A. Duke. Handbook of Medicinal Herbs. CRC Press ISBN: 978-0-8493-1284- 1. 2002. P:502,659,223 3. Jansen and Stuessy. "The Compositae: Evolution and Systematics". 1980. P:200-300 4. Kubitzki, Jansen, Stuessy. "The Families and Genera of Vascular Plants, Volume 8". 2007. P: 28-30 5.Bremer.”Compositae: Biology & Utilization”. 1994. P:300 dan ortiq sahifa. 6. J.K.Maheshwari va R.R.Rao. The Economic Botany of the Compositae”.1981. P: 150-200 7.M.A.Jo’rayeva. Dorivor o’simliklar atlasi.Toshkent NOSHIR 2019-yil.152-bet 8. Афанасьев С. Род тысячелистник Achillea L. //Флора СССР. - М.; Л., 1961.- Т.26.-С. 70-104.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.