CHET TILLARINI O’QITISH METODIKASI VA TEXNOLOGIYASI
Аминова Муниса
Амалий фанлар университети рус тили кафедраси укитувчиси
Til o’rganish kishilik jamiyatida bag’oyat muhim sohalardan biri hisoblanadi. Muloqot vositasi bo‟lmish tilni tabiiy muhitda ya’ni oilada, jamoatchilik orasida yoki uyushgan holda amaliy egallash mumkin. Til hodisalariga oid bilimlar esa nazariy jihatdan o‟rgatiladi. Xalqaro munosabatlar avj olgan zamonamizda tillarni bilish, ayniqsa ko‟p tillilik ulkan ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda tahsil oladigan o‟quvchi va talabalar odatda uch tilni o‟rganadilar. Ushbu tillar maxsus nomlar bilan yuritiladi. Bular quyidagilar: ona tili, ikkinchi til, va chet til. Ona tili tafakkur shakllanishida alohida xizmat o‟taydigan birinchi til hisoblanadi. Ikkinchi til haqida so‟z yuritilganda, unga boshqa millat vakillaridan iborat qardoshlar, qo‟shnilar tili sifatida qaraladi.
Chet til – bu xorijiy mamlakat tilidir. Respublikamizda G‟arbiy Yevropa (ingliz, ispan, nemis, faransuz) tillari va Sharq (arab, turk, fors, xitoy, hind) tillari o‟qitilib kelinmoqda. Bu tillar ta‟lim muassalarining o‟quv rejalaridan o‟rin olgan. Uchala tilni o‟qitish jarayoni turlicha kechadi. Ona tili va ikkinchi til tabiiy vaziyatda, chet til esa sun‟iy muhitda o‟rganiladi. Chet tildagi muloqot, asosan, darsda muallim rahbarligida kechadi. Uchala til orasida chet tilni o‟rganish va o‟rgatish muayyan jihatlari bilan keskin farq qiladi. Bu esa, o‟z navbatida, tegishli chet til o’qitish texnologiyasini qo‟llashni taqozo etadi. Chet til muallimi metodika fani yutuqlarini puxta o‟zlashtirish orqali o‟quvchi-talabaning to‟plagan til tajribasi me’yorini aniq bilishga va uni yanada takomillashtrishga erishadi. Chet tillarni samarali o’rgatish uning metodikasini bilishni taqozo etadi. Chet tillarni o‟rganish va o’rgatish ko‟p jihatdan chet til o’qitsih metodikasi masalalarini nazariy tomondan ishlab chiqilishiga va nazariyaning amalda ijodiy qo’llanilishiga bog’liqdir.
Metodikaning asosiy tushunchalari – metod, usul, prinsip. Didaktika- nimani o‟rgatamiz? o‟qitish mazmuni hisoblanadi. Metodika – qanday o‟rgatamiz? ta‟lim usullari va metodlari demakdir. Metod – metodika tushunchasi grek-lotincha “metodos-“metodus” so‟zidan olingan bo‟lib, ma‟lum maqsadga eltuvchi yo‟llar, usul ma‟nosini anglatadi. Turli adabiyotlarda atamaning tor va keng ma‟nosini uchratish mumkin. “Metodika” atamasi tor ma‟noda ta‟limning konkret dars jarayoni bilan bog‟liq tushunchani anglatadi. Mashg‟ulotlarni rejalashtirish va o‟quv materiallarini tayyorlash bilan bog‟liq bo‟lgan ko‟rsatmalarni qamrab oluvchi boshqariladigan dars jarayoni sifatida talqin etiladi.“Metod” atamasi keng ma‟noda o’quv materialini tanlash, tabaqalash va taqsimlanishni nazarda tutadi. Germaniya Federativ Respublikasida 60-yillardan boshlab “didaktika” va “metodika” tor ma’noda qo’llanilib kelinmoqda. Shunga ko’ra didaktika ta‟lim mazmuni nima o’rgatiladi? Metodika esa ta‟lim usullari qanday o‟rgatiladi? Masalalari bilan shug‟ullanadi. Chet tillarini o’rganish faqat aqliy tarbiya vositasi emas, balki o‟zga madaniyat ta’limiy boyliklari va qadriyatlari bilan tanishish va ularni o’z madaniy hayotiga tadbiq qilish orqali kishi shaxsining shakllanish jarayoni hisoblanadi. Yevropada chet tillarni o’rganish uzoq vaqt yuqori darajadagi ta’lim olishda imtiyoz sanaladi va jamoat maktablarida imtiyozga ega bo‟lgan kishilarni tarbiyalash deb qaraladi. Chet til o’qitish metodikasi fan sifatida 200 yildan ortiq tarixga ega. Bu davr ichida chet til o‟qitish metodikasiga turlicha munosabatlar bildirilganini kuzatish mumkin. Bunday qarashlardan biri akademik L.V.Shcherbaga mansub hisoblanadi. Uning fikricha, har qanday fanni o‟qitish metodikasi fan bo‟lishiga qaramasdan, nazariy fan hisoblanmaydi. U amaliy masalalarni hal qiladi.Jumladan, chet til o‟qitish metodikasi ham faqat psixologiya dalillariga tayanmaydi, balki umumiy va xususiy tilshunoslik tadqiqotlariga asoslanadi.
Bizga ma’lumki, dunyoda xorijiy tillarni o’rganish va o’rgatish turli soha vakillarini jalb etib kelmoqda. Va bu albatta ulardan hamkorlikda ishlashni taqozo etmoqda. Jahon amaliyotida o’quvchilarning xorijiy tillar bo’yicha kasbiy kompetentligini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashga doir innovatsion faoliyatini modernizatsiyalash alohida ahamiyatga molikdir.
Ta’lim jarayonini rivojlantirish va o’zgartirish o’qituvchi va o’quvchilarning dars jarayonida o’zaro ochiq muloqotga kirisha olishiga bog’liqdir. Ta’lim jarayonida qo’llaniladigan metod va texnologiyalar butun bir dars jarayonini va o’quvchilarning faolligini oshiradi, desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Pedagogik texnologiyalar o’quvchilarga yangi bilim berish, konikma hosil qilish, o’quvchilarning ijodiy qobiliyatini rag’batlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Yangi tamoyillar asosida rivojlanayotgan ta’lim tizimini yosh avlodni barkamol, ma’naviy yetuk inson sifatida shakllantirishga qarata olgandir.
Xorijiy til o’qitish metodi- deyilganda xorijiy til o’rgatishning amaliy, umumta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga erishuvni ta’minlovchi muallim va o’quvchi faoliyatining majmuasi tushuniladi. Metod atamasi “ta’lim usullari yig’indisi” va “talimning yo’nalishi” ma’nolarida qo’llanadi. Birinchisi ta’lim nazariyasida jarayon metodlar ma’nosida ishlatilsa, ikkinchi ma’noda uni o’qitish metodikasi tarixiga oid asarlarda uchratishimiz mumkin. Masalan, xorijiy til o’qitishning tarjima metodi, to’g’ri metod, ongliqiyosiy metod, an’anaviy metod, intensiv metod va boshqalar hisoblanadi.xorijiy til o’qitish metodikasi didaktika bilan uyg’un, o’zaro bog’langan holda rivojlanib kelgan. Barcha o’quv fanlarining o’qitish nazariyalari didaktika faniga asoslanishi, undan ilmiy ozuqa olishi shubhasiz barchamizga ma’lum. Xorijiy til o’qitish ham didaktikaga asoslanadi. Didaktika ta’limning umumiy nazariyasi, metodika muayyan o’quv predmetini o’qitish ilmi, lingvodidaktika tillarni tillarni o’qitish umumiy nazariyasi, lingvometodika aniq bir tilni o’qitish ilmi sifatida qaraladi. “Metod”atamasi bilim, malaka, ko’nikma egallash, o’quvchilarda dunyoqarashni shakllantirish va bilish imkoniyatlarini yartish yo’lidagi o’qituvchi-pedagog va talabaning yoki o’quvchining ish usuli ma’nolarini bildiradi. Ushbu tushuncha son-sanoqsiz ta’riflarga ega. Xorijiy tillar o’qitilishida metodlarni tadbiq etish uzoq davrlardan boshlangan, prinsiplar esa nisbatan yangiroq metodik atamalardir. Tarixan metodlar 4 guruhga birlashtirib, ularning nomlariga “tarjima”, “to’g’ri”, “qiyosiy”, “aralash” deb atash qabul qilingan.
Xulosa qilib aytganda, xorijiy til o’rganish ko’p qirrali ta’limot bo’lib, bu jarayonda inson murakkab psixologik o’zgarishlarni boshdan kechiradi. Jumladan, ona tili bilan chet tilini taqqoslash jarayoni yuzaga keladi. Bu jarayonda o’rgatishning turli metod va texnologiyalaridan foydalaniladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida xorijiy til bilan ona tilini taqqoslab o’rgatish samarali natija beradi. Xorijiy tilni o’rgatish uning metodikasiga oid bilimlarga ega bo’lishni taqozo etadi. Metodika va texnologiyalar xorijiy til o’rganish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Darsni tashkil qilishda metodika fanining turli usullari mavjud. Xorijiy til o’qitish metodikasida keng qo’llaniladigan metodlar: kommunikativ didaktika metodi, madaniyatlararo muloqotni tashkil qilish metodi va mashqni tashkil qilish metodi hisoblanadi. Uchala metod bir-biri bilan chambarchas bog’liq va bir-birini to’ldiradi. Metodika fani didaktika fani bilan bog’liq bo’lganligi sababli, xorijiy tilni o’rganish mobaynida kommunikativlikka asoslanadi va kommunikativ didaktika metodi yuzaga keladi.
Kommunikativ didaktika metodini qo’llash jarayonida pedagogning madaniyatlararo muloqotni shakllantirish metodi ham shakllanadi. Xorijiy til o’rganish jarayonini kommunikativlikka yondashgan holda tashkil qilish, keying bosqich madaniyatlararo muloqot darajasiga yetkazish, bunday natijalarga erishish uchun esa, so’nggi qadam “mashq texnologiyasi”ga e’tibor qaratish muhim. Xorijiy tilni o’rgatish jarayonini natijaviy tashkil etish uchun zamonaviy pedagogik axborot kommunikatsiya texnologiyalariga oid bilimlar egallash lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Samarova, S.R. (2019). Methods and technologies for the development of creative thinking of pupils. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 7(10), 37-43.
2. Samarova, S.R., & Mirzayeva, M.M. (2020). The problem of the formation of creative abilities of students in foreign psychology. An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 1937-1943.
3. Rahmanova, M.K. (2019). Talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishning nazariy metodologik asoslari. Xalq ta’limi. (1), 24-29.
4. Shokarimova, K.A. (2020) pedagogik qobiliyat va pedagogik mahoratning ta’lim tarbiya berishdagi ahamiyati. Science and Education, 1 (Special Issue 2).
5. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev.Sh.M. 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli farmoni, O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami. - 2017-yil 6-son 70-modda.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.