ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

DARSLARDA LOYIHLASH TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH

Abstract

Maqolada loyihalash texnologiyasining mazmun mohiyati hamda axamiyati haqida fikrlar bildirilgan.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

DARSLARDA LOYIHLASH TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH

Toshkent Shahar PYMO'MM "Aniq va tabiiy fanlar metodikasi" kafedrasi

katta o'qituvchisi

M.A.Abdullaxo'jayeva

Toshkent Shahar PYMO'MM "Aniq va tabiiy fanlar metodikasi" kafedrasi

katta o'qituvchisi

N.M.Xalikova

Annotatsiya: Maqolada loyihalash texnologiyasining mazmun mohiyati hamda axamiyati haqida fikrlar bildirilgan.

Kalit so'zlar: loyihalash, kommunikativlik, hamkorlikda ishlash, MineKraft, Roblox Studio.

Hozirgida ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan, jahon pedagogikasining ilg’or metodlaridan samarali foydalanish dolzarb masalalardan bo’lib, loyiha metodi ta’limning ilg’or usullarini o’zida mujassamlashtirgan.

Loyiha metodida o’quv mashg’uloti jarayonida mavjud tajribani o’zlashtirish va ta’limning barcha bosqichlarida qo’llashdek muhim vazifa turadi.

Loyihalash - oldindagi faoliyat modelini tuzish, mavjud sharoitlarda o’rnatilgan vaqt mobaynida yo’l va vositalarni tanlash uchun, maqsadga erishish bosqichlarini ajratish, ular uchun alohida vazifalarni shakllantirish, o’quv axborotini yetkazish vositasi va yo’llarini aniqlash usulidir. Loyihalash texnologiyasi bilim va malakalarni amaliy qo’llash, tahlil va baholashni nazarda tutuvchi majmuali o'qitish usulini amalga oshiradi. Ta’lim oluvchilar yuqori darajada, boshqa o'qitish usullaridan foydalanishga qaraganda, rejalashtirishda, tashkillashtirishda, nazoratda, tahlil qilish va vazifani bajarish natijalarini baholashda ishtirok etadilar.

O’quv loyihalar usuli ta’lim beruvchining ta’lim oluvchilarga muammoni, faraz, vazifalarni ifodalashda yordam beradi va tezkor boshqaradi. Loyihalarda o’qitish nafaqat natijalar, balki jarayonini o’zi ham qimmatli. Loyiha fanlararo, bir fan yoki fan tashqarisida bo’lishi mumkin. Loyihalash ikki usulda - shaxsiy va guruhiy asosda amalga oshiriladi. Har ikki yo’nalishning ijobiy va afzallik xususiyatlari bor.

Informatika fanini loyihalash ta’limning sifati va samaradorligini oshiradi, o'quvchilar loyiha ustida ishlashda loyiha rejasi asosida aniq maqsad uchun faoliyatlarini amalga oshirishadi. Natijada qatnashchilarda loyihani bajarilishi o’zining faoliyatiga bog’liq ekani tushunchasini anglash yuqori mas’uliyat hissini yuzaga keltiradi; loyihaning barcha bosqichlarini bajarish jarayonida fikrning tug’ilishidan yakuniy refleksiyagacha o’quvchilar tajriba orttiradilar; o’quvchilarda eng muhim o’quv ko’nikma va malakalari (tadqiqotchilik, baholash, mustaqil fikrlash, mustaqil qarorlar chiqarish, taqdimot qilish) shakllantirish to’la boshqariladigan jarayonga aylanadi. O`quv loyihasining metodik pasporti bu – o`quv loyihasining mazmun-mohiyatidan kutiladigan maqsadi, o`quv dasturidagi o`rni to`g`risida qisqacha tavsif hisoblanadi.

O’quv loyiha faoliyatida o’quvchilarda tadqiqotchilik, ijodiy, o’yin, axborot izlanish faoliyatlarini qamrab olib, ijtimoiy ehtiyoj qiziqishlar hisobga olinadi, natijaga aniq yo’naltiriladi. Loyihalash jarayonida boshqa fanlar bilan integratsiya qilinishi o'quvchilarda yangi tushunchalarni shakllanishiga olib keladi. Masalan "Uyni loyihalash" degan mavzudagi loyiha ishini ko'rib chiqsak. Bunda o'quvchilarga beriladigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: uyning xonalar joylashuvini bironta amaliy dasturda yoki maket xolatda yaratish, unga ketadigan jami xarajatni taxminan xisoblash, tayyor bo'lgan uy maketini taqdimotini o'tqazish. Ushbu jarayonda o'quvchilarga ko'mak sifatida arxitektorni yoki qurilish bo'yicha mutahasisni taklif etish mumkin. U bolalarga xonalar joylashuvi haqida ma'lumotlar berib o'tishi mumkin. O'quvchilar uyning maketini MineKraft yoki RobloxStudio dasturlarida loyihalashtirishlari mumkin. Uyni kerakli jixozlar bilan ham to'ldirish imkoni bor albatta. Uy xonalari uchun ishlatilgan jixozlarning narxlarini esa Google qidiruv tizimidan o'rtacha narxlarini bilib olib umumiy summani xisoblab chiqshadi. Bunda matematik bilimlari ularga yordamga keladi. Loyiha ishining vaqtini qancha muddatga borishini o'qituvchi o'zi aniq qilib berishi kerak bo'ladi. Loyiha ishlari o'qituvchilar orasida albatta kelishilgan xolda ma'lum ketma-ketlik asosida rejalashtirilib olinishi juda muhim. Bu ta'limni samarali olib boorish imkonini beradi, loyiha ishlari qisqa muddatli va uzoq muddatli bo'ladi. Bajariladigan ishga qarab vaqt belgilanadi. Tayyor bo'lgan loyiha ishini o'quvchilarimiz ota-onalarini taklif qilib taqdimot shaklida o'tqazishadi. Yuqoridagi loyihamiz uyni loyihalash edi. Bunda o'quvchilar o'z uy loyihalarini ota-onalariga namoyish qilib berishadi. Bu esa ularda o'z qilgan ishini, fikrlarini namoyish etish imkonini beradi. Bunda bolalarda kommunikativ ko'nikmalar shakllanadi, hamkorlikda ishlashga o'rganishadi.

Adabiyotlar 1. R.Ishmuxamedov, A.Abduqodirov, A.Pardayev. Ta’limda innovatsion texnologiyalar (ta’lim muassasalari pedagog o‘qituvchilar uchun amaliy tavsiyalar). O'quv qo‘llanma. Toshkent, “Iste’dod”, 2008 y. 2. M. Mamarajabov va boshqalar. “Axborot texnologiyalari” fanini kasbiy sohalarga yo`naltirib o`qitish metodikasi. Metodik qo`llanma. T.: TDPU, 2012y. 3. http://www.metod-kopilka.ru

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.