--⊱⊱ 419 ⊰⊰--
TAʼLIM TASHKILOTLARINING RIVOJLANISH TAMOYILLARI
Mongiyev Abdulhokim Ibragimovich
MTTDMQTMOI 1-bosqich tayanch
doktoranti 13.00.07– Taʼlim menejmenti
Toshkent viloyati pedagogik mahora
markazi Akademik faolyatni
muvofiqlashtirish boʻlimi yetakchi
mutaxassisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining (MTT) rivojlanish tamoyillari chuqur tahlil qilinadi. Mamlakatda maktabgacha taʼlim tizimini isloh qilish jarayonida davlat va xususiy sektor oʻrtasidagi hamkorlikning oʻziga xos shakli sifatida DXSh modeli ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik, taʼlim sifatini oshirish hamda taʼlim muassasalarining son va sifati boʻyicha erkin raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Shu jihatdan olib qaralganda, DXSh asosidagi nodavlat MTTlarning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur boʻlgan asosiy rivojlanish tamoyillari – qonuniylik, ochiqlik, samaradorlik, innovatsion yondashuv, ijtimoiy adolat va monitoring tizimining mavjudligi alohida oʻrganiladi.
Kalit soʻzlar: davlat-xususiy sheriklik, maktabgacha taʼlim, nodavlat MTT, rivojlanish tamoyillari, boshqaruv modeli, taʼlim sifati
Аннотация: В данной статье всесторонне анализируются принципы развития негосударственных дошкольных образовательных учреждений (ДОУ), функционирующих на основе государственно-частного партнёрства (ГЧП). В процессе реформирования системы дошкольного образования в стране модель ГЧП, как особая форма сотрудничества между государственным и частным секторами, способствует социально-экономической стабильности, повышению качества образования, а также формированию конкурентной среды по количеству и качеству образовательных учреждений. В этом контексте подробно изучаются основные принципы развития негосударственных ДОУ, работающих на основе ГЧП, – законность, открытость, эффективность, инновационный подход, социальная справедливость и наличие системы мониторинга.
Ключевые слова: государственно-частное партнёрство, дошкольное образование, негосударственные ДОУ, принципы развития, модель управления, качество образования.
Annotation: This article provides an in-depth analysis of the development principles of nongovernmental preschool educational institutions (PEIs) operating on the basis of public-private partnership (PPP). In the course of reforming the preschool education system in the country, the PPP model, as a specific form of cooperation between the public and private sectors, contributes to socioeconomic stability, improvement of education quality, and the creation of a competitive environment in terms of both the number and quality of educational institutions. In this regard, the article examines the key development principles necessary for the effective operation of PPP-based non-governmental PEIs, including legality, transparency, efficiency, innovative approach, social justice, and the presence of a monitoring system.
--⊱⊱ 420 ⊰⊰--
Keywords: public-private partnership, preschool education, non-governmental PEI, development principles, management model, education quality.
Kirish.
Oʻzbekiston Respublikasida soʻnggi yillarda taʼlim tizimini isloh qilish, jumladan, maktabgacha taʼlim qamrovini kengaytirish hamda taʼlim sifatini oshirish boʻyicha tub oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan islohotlar strategiyasida erta yoshdagi bolalarning har tomonlama rivojlanishini taʼminlash, ularning maktabga tayyorligini kuchaytirish va sifatli taʼlim muhitini yaratish dolzarb vazifa sifatida belgilangan. Ayni paytda, davlat taʼlim muassasalari bilan bir qatorda, xususiy sektor ishtirokini kengaytirish ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat bilan, maktabgacha taʼlim tizimida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosidagi nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatining ahamiyati ortib bormoqda.
Mamlakatimizda DXSh modelining joriy etilishi orqali taʼlim tizimini moliyalashtirish va boshqarishda yangicha yondashuvlar shakllanmoqda. Xususan, davlat tomonidan resurslar bilan taʼminlash, xususiy sektor tomonidan esa xizmat koʻrsatish, taʼlim muhiti yaratish va boshqaruvni amalga oshirish kabi funksiyalar boʻlinib, ijtimoiy sheriklik asosida samarali taʼlim tizimi shakllantirilmoqda. Bu holat oʻz navbatida maktabgacha taʼlimda yangicha rivojlanish tamoyillarini yuzaga keltirmoqda.
Shu nuqtai nazardan, mazkur maqolada davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining rivojlanishiga taʼsir etuvchi omillar, ularning huquqiy, boshqaruv va iqtisodiy asoslari, xalqaro tajribalar hamda amaliyotdagi natijalar tahlil qilinadi. Rivojlanish tamoyillari, xususan samaradorlik, ochiqlik, ijtimoiy adolat, innovatsionlik va monitoring tizimlari asosida nodavlat MTTlarning rivojlanish istiqbollari yoritiladi. Maqola yakunida esa mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Asosiy qism: Soʻnggi yillarda mamlakatimizda taʼlim tizimini isloh qilish, ayniqsa maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini kengaytirish borasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda davlat bilan xususiy sektor oʻrtasidagi hamkorlik alohida oʻrin tutmoqda. Bunday hamkorlik turini ilmiy adabiyotlarda davlat-xususiy sheriklik (DXSh) deb ataladi.
Umuman olganda, davlat-xususiy sheriklik deganda davlat va xususiy sektor oʻrtasida uzoq muddatli, oʻzaro manfaatli va shartnomaviy asosda quriladigan hamkorlik tushuniladi. Ushbu model nafaqat iqtisodiy sohalarda, balki taʼlim, sogʻliqni saqlash, transport kabi ijtimoiy sohalarda ham samarali qoʻllanilmoqda. Maktabgacha taʼlim sohasida esa bu yondashuv bogʻchalarning sonini koʻpaytirish, ularni jihozlash, boshqaruv tizimini takomillashtirish va taʼlim sifatini oshirishda muhim vosita boʻlib xizmat qilmoqda. Oʻzbekistonda davlat-xususiy sheriklikni huquqiy jihatdan tartibga solish boʻyicha bir nechta muhim hujjatlar mavjud. Jumladan, 2019-yil 10-mayda qabul qilingan “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonun ushbu sohadagi asosiy meʼyoriy hujjat hisoblanadi. Ushbu qonunda DXShning tamoyillari, tomonlarning majburiyatlari, shartnoma tuzish tartibi va boshqa qoidalar belgilab berilgan. Shuningdek, 2024-yil 30-sentyabrda Prezident tomonidan imzolangan PF–152-sonli Farmon asosida taʼlim sifatini oshirish va maktabgacha taʼlimda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish yoʻnalishlari aniqlab berilgan. Bu farmonda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat MTTlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ularga subsidiya ajratish, yer ajratish va boshqa imkoniyatlar haqida aniq koʻrsatmalar mavjud. Davlat-xususiy sheriklik xususan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi yoki mahalliy hokimliklar — yer ajratish, nazorat
--⊱⊱ 421 ⊰⊰-- qilish va metodik yordam koʻrsatish bilan shugʻullanadi. Xususiy tadbirkor esa bogʻchani qurish, taʼlim xizmatini koʻrsatish va uni boshqarish bilan shugʻullanadi. Bu ikki tomonning imkoniyatlari uygʻunlashganda, natijada bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrovi ortadi, xizmat sifati yaxshilanadi, oilalarga esa tanlov imkoniyati yaratiladi.
Bugungi kunda taʼlim tizimining eng muhim boʻgʻinlaridan biri boʻlgan maktabgacha taʼlim sohasida nodavlat tashkilotlar soni yildan-yilga oshib bormoqda. Bu esa davlat tomonidan yaratilgan qulay sharoitlar, huquqiy asoslarning takomillashuvi va xususiy sektorga boʻlgan ishonch natijasidir. Shu sababli nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (MTTlar)ni rivojlantirishda qatʼiy amal qilinishi lozim boʻlgan tamoyillarni aniqlash va ularni amaliyotga tatbiq etish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Birinchi navbatda, samaradorlik va natijadorlik tamoyiliga alohida eʼtibor qaratish lozim. Yaʼni, tashkilot faoliyati samarali boʻlishi, belgilangan maqsadlarga erishish, bolalarning rivojlanish darajasi va ota-onalarning qoniqish darajasi orqali baholanadi. Bu tamoyilni taʼlim jarayonida aniq mezonlar va indikatorlar asosida kuzatish mumkin.
Ikkinchidan, qonuniylik va ochiqlik tamoyili ham dolzarbdir. Nodavlat bogʻchalarining faoliyati qonun asosida, yaʼni akkreditatsiyadan oʻtgan holda, belgilangan talablarga amal qilgan tarzda olib borilishi kerak. Shu bilan birga, ular moliyaviy va pedagogik faoliyatini ochiq tarzda yuritishi, davlatga va ota-onalarga hisobot berib borishi maqsadga muvofiq.
Uchinchi muhim tamoyil — bu ijtimoiy adolat va imkoniyatlarning tengligi. Davlat vaucheri yoki subsidiya asosida kam taʼminlangan oilalar farzandlariga nodavlat MTT xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratish orqali taʼlimda tenglikka erishish mumkin. Bu esa nafaqat taʼlim tizimini ijtimoiy adolatli qiladi, balki qamrov darajasini ham oshiradi.
Shuningdek, innovatsion yondashuv va yangilikka ochiqlik tamoyili ham nodavlat MTTlarning rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. Koʻpgina xususiy bogʻchalar zamonaviy oʻquv metodikalari, STEAM, Montessori, Tez oʻrganish texnologiyalari, axborot texnologiyalarini oʻz faoliyatiga tatbiq qilmoqda. Bu esa ularni raqobatbardosh qiladi va sifatni oshiradi.
Yana bir tamoyil bu — doimiy monitoring va baholash tizimi. Har qanday nodavlat taʼlim tashkiloti sifatni oshirish uchun oʻz faoliyatini doimiy baholab borishi, mustaqil ekspertiza yoki otaonalar fikri asosida tahlil qilishga tayyor boʻlishi kerak. Aynan shu tamoyil orqali muammolar erta aniqlanadi va hal qilinadi. Maktabgacha taʼlimda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boʻyicha jahon tajribasi shuni koʻrsatmoqdaki, davlat va xususiy sektor oʻrtasidagi samarali hamkorlik taʼlim sifatini oshirish, xizmat koʻrsatish koʻlamini kengaytirish va innovatsiyalarni joriy etish imkonini beradi. Turli davlatlarda bu model turlicha shakllangan boʻlsa-da, ularning umumiy jihati — bolalarning taʼlimga boʻlgan kirish imkoniyatini kengaytirish va sifatli xizmat koʻrsatishdir.
Masalan, Buyuk Britaniyada “Free Schools” va “Academy” modeli orqali xususiy tashabbus asosida bogʻchalar ochishga ruxsat beriladi, biroq ular davlat taʼlim standartlariga qatʼiy rioya qilishi kerak. Davlat bu bogʻchalarga mablagʻ ajratadi, lekin boshqaruv mustaqil qoladi.
Singapurda esa maktabgacha taʼlimning aksariyati xususiy sektor tomonidan tashkil etilgan, ammo ular davlatdan subsidiya, grant va oʻquv dasturlari koʻrinishida yordam oladi. Davlat oʻz navbatida barcha MTTlar faoliyatini sifat nazoratidan oʻtkazib boradi. Shu orqali xususiy va davlat manfaatlari muvozanatda saqlanadi.
Xulosa
--⊱⊱ 422 ⊰⊰--
Xulosa qilib aytganda, davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari zamonaviy taʼlim tizimining ajralmas boʻgʻini sifatida shakllanmoqda. Biroq ularning faoliyatida taʼlim sifatini boshqarish boʻyicha izchil va samarali tizimning mavjud emasligi muammoli holatlarni yuzaga keltirmoqda. Sifat menejmenti jarayonida normativ-huquqiy asoslar, baholash mezonlari, monitoring mexanizmlari va pedagogik resurslar tizimlashtirilgan holda faoliyat yuritmagani bois, bu tashkilotlarda taʼlim samaradorligining hududlararo farqlari kuzatilmoqda.
Tadqiqot natijalari taʼlim sifatini boshqarishda kompleks yondashuvlar zarurligini koʻrsatdi. Xususan, sifat koʻrsatkichlarini aniqlovchi indikatorlar tizimini ishlab chiqish, DXSh doirasida shaffof va ochiq monitoring mexanizmlarini joriy etish, hamda raqamli texnologiyalar asosida baholash platformalarini ishlab chiqish lozim. Shuningdek, xorijiy tajribalarga asoslangan holda taʼlim sifatini mustahkamlovchi modellarni mahalliy sharoitlarga moslashtirish ham muhim vazifa sanaladi.
Maqolada ilgari surilgan taklif va xulosalar davlat va xususiy sektor oʻrtasidagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi hamda maktabgacha taʼlim sohasida barqaror va raqobatbardosh muhitni shakllantirishga hissa qoʻshadi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Oʻzbekiston Respublikasi. (2019). “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonun. 2019-yil 10-may.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti. (2024). PF–152-son Farmon — Taʼlim sifatini oshirish va maktabgacha taʼlimda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida. 2024-yil 30-sentyabr.
3. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi. (2023). Maktabgacha taʼlim tizimida davlatxususiy sheriklikni rivojlantirish boʻyicha metodik qoʻllanma. Toshkent.
4. Abdurahmonov, Q. (2021). Taʼlim menejmenti asoslari. Toshkent: “Fan va texnologiya”.
5. Yoʻldoshev, J., & Hasanov, S. (2020). Maktabgacha taʼlimda boshqaruv va monitoring tizimlari. Toshkent: Oliy taʼlim nashriyoti.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.