ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

Development of Volitional Qualities in 6-7 Year Old Children through Active Games

Abstract

This article is devoted to the development of volitional qualities in 6-7 year old children with the help of games. Play activities are a natural need for children, through which the child develops not only play skills, but also patience, independence, goal-orientedness and self-control. The article analyzes the young characteristics of children, highlights the role and importance of active games in voluntary education, and also gives recommendations on the organization of games through pedagogical approaches and methods.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

6-7 YOSHLI O’QUVCHILARNING IRODASINI FAOL O’YINLAR YORDAMIDA

RIVOJLANTIRISH SHARTLARI

Suyunova Jasmina Olim qizi

Termiz Iqtisodiyot va Servis universiteti

Maktabgacha ta’lim yo’naalishi 1-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar: Ma’rufjonova Rohila Lutfulla qizi

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim

nazaryasi kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya: Mazkur maqola 6-7 yoshli bolalarning irodaviy sifatlarini faol o’yinlar yordamida rivojlantirish masalasiga bag’ishlangan. O’yin faoliyati bolalar uchun tabiiy ehtiyoj bo’lib, ular orqali bola nafaqat o’yin mahoratini, balki sabr-toqat, mustaqillik, maqsadga intilish va o’zini boshqarish qobilyatlarini rivojlantiradi. Maqolada bolalarning yosh xususiyatlari tahlil qilinib, faol o’yinlarning irodaviy tarbiyadagi o’rni va ahamiyati yoritiladi Shuningdek, pedagogik yondashuvlar va metodlar orqali o’yinlarni tashkil etish bo’yicha tavsiyalar berilgan. Mazkur tadqiqot irodaviy sifatlarni shakllantirishga ko’mak beruvchi innovatsion usullarni taqdim etadi va o’yinlarning tarbiyaviy imkoniyatlarini chuqur tahlil qiladi.

Kalit so'zlar: maktabgacha yosh, irodaviy sifatlar, o’yin faoliyati, tarbiya, krezislar, psixologik rivojlanish, didaktika.

Аннотация: Данная статья посвящена развитию волевых качеств детей 6-7 лет посредством активных игр. Игровая деятельность является естественной потребностью детей, благодаря которой ребенок развивает не только игровые навыки, но и терпение, самостоятельность, целеустремленность и самоконтроль. В статье анализируются возрастные особенности детей, подчеркивается роль и значение активных игр в воспитании волевых качеств. Также даются рекомендации по организации игр с использованием педагогических подходов и методов. В исследовании представлены инновационные методы, способствующие формированию волевых качеств, и глубоко анализируется образовательный потенциал игр.

Ключевые слова: дошкольный возраст, волевые качества, игровая деятельность, воспитание, кризисы, психологическое развитие, дидактика.

Abstract: This article is active on the will qualities of 6-7 year-old children devoted to the issue of development with the help of games. Play activities are a natural need for children, through which the child develops not only play skills, but also patience, independence, goal-orientedness and selfcontrol. The article analyzes the young characteristics of children, highlights the role and importance of active games in voluntary education, and also gives recommendations on the organization of games through pedagogical approaches and methods. This study presents innovative methods that help in the formation of voluntary qualities and analyzes the educational possibilities of games in depth.

Key words: preschool age, volitional, qualities, game activity , upbringing, crises, psychological development, didactics.

Kirish:Bola hayotining dastlabki yillari uning shaxs sifatida shakllanishi va rivojlanishi uchun asosiy poydevor bo’lib xizmat qiladi. Ayniqsa, 6-7 yosh oralig’i bolalarning ijtimoiylashuv, mustaqil fikrlash va o’z xatti-harakatlarini boshqarish ko’nikmalarini rivojlantirishda muhim bosqich hisoblanadi. Bu davrda bolada iroda-o’z maqsadlariga erishish uchun harakat qilish va turli qiyinchiliklarga bardosh berish qobilyati shakllanadi.

Bolalar irodasini rivojlantirish murakkab va ko’p qirrali jarayon bo’lib,bunda faol o’yinlar faol vosita sifatida qaraladi. Faol o’yinlar nafaqat bolaning jismoniy va psixalogik rivojlanishini taminlaydi, balki ular o’zini o’zi boshqarish, intizomli bo’lish va jamoa ichida ishlash ko’nikmalarini shakllantiradi. Shu bois o’yin jarayoni tarbiyaviy va pedagogik vosita sifatida alohida ahamiyatga ega.

O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni bolalarning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishini taminlashni maqsad qiladi.

Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi nizom va dasturlar bolalarning maktabga tayyorgarligini va shu jumladan, irodaviy sifatlarni rivojlantirishni ko’zda tutadi.

Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi

Ushbu mavzu bo’yicha tahlil qilingan adabiyotlar 6-7 yoshli bolalarning irodaviy sifatlarini rivojlantirishda o’yinlarning muhimligi va ularni qo’llashning samarali usullarini ochib beradi.

Vigotskiy “Bolalikda o’yinlar psixologiyasi” ushbu manbada rolli va harakatli o’yinlar bolalarning ijtimoiy ko’nikmalarini rivojlantirish bilan bir qatorda, ularga o’z his-tuyg’ularini boshqarish va qaror qabul qilish qobilyatini shakllantirishga yordam berishi aytilgan. Ayniqsa o’yin davomida qoida va shartlarga rioya qilish bolaning iroda mustahkamligini ta’minlaydi.

J.Piaget-“Bolalar fikrlashining rivojlanishi” Piagetning tadqiqotlari ko’rsatadiki, 6-7 yoshli bolalarda faol o’yinlar nafaqat irodaviy sifatlarni rivojlantiradi, balki ularning mantiqiy tafakuri va tasavvurini boyitadi. Faol o’yinlarda qoidalar orqali bolalarning ijtimoiy javobgarligi va o’z-o’zini nazorat qilish qobilyati shakllanadi.

A.N.Leontyev- “Faoliyat va ong” Bu manbada bolalarning faoliyati orqali rivojlanadigan psixologik jarayonlar, jumladan, iroda, intizom, va hissiy boshqaruv tushuniladi. Leontyev “Faol o’yinlar bolaning maqsadga yo’naltirilgan faoliyatni boshqarish ko’nikmalarini rivojlantirishdaa muhim ahamiyatga ega “ deydi.

Z.M.Nishanova-“Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi” Bu asarda maktabgacha yoshdagi bolalarda o’zini boshqarish va o’yinlar orqali intizomni shakllantirish jarayonlarini tahlil qiladi. Nishanova rolli o’yinlarni o’quvchilarning psixologik tayyorgarligini oshirishda eng samarali usul deb biladi.

D.Elkonin-“Bolalarning o’yin faoliyati rivojlanishi” Elkonin o’yin faoliyati bolalarda irodaviy sifatlarning asosini tashkil etishini ta’kidlaydi. Ayniqsa, guruhli o’yinlar orqali bolalar o’zaro muvofiqlashuv, liderlik va qoidalarga rioya qilish qobilyatlarini rivojlantiradi.

O’zbekiston Respublikasi Ta’lim Vazirligi-“Jismoniy tarbiya va sog’lomlashtiruvchi dasturlar” Mazkur hujjatda maktabgacha ta’lim muassasalarida harakatli va rolli o’yinlarning tashkil etilishi bo’yicha amaliy tavsiyalar keltirilgan. Bu dastur o’quvchilarning sog’lig’ini mustahkamlash va psixologik barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.

Muhokama 6-7 yoshdagi bolalar hayotning yangi bosqichiga qadam qo’yayotgan va o’zlarining psixologik va jismoniy rivojlanishida muhim o’zgarishlarni boshdan kechirishayotgan davrda turli xil faoliyatlar ularning irodasini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Aynan shu yoshdagi bolalar uchun o’yinlar, ular uchun nafaqat ko’ngilochar, balki tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vosita bo’lib xizmat qiladi. O’yin orqali bolalar bir nechta muhim ko’nikmalarni rivojlantiradi, jumladan irodani mustahkamlash, e’tibor va qat’iyatni oshirish, jamoada ishlash, vazifalarni bajarishga bo’lgan intilish kabi xususiyatlar shakllanadi.

Faol o’yinlarning bolalar irodasini rivojlantirishdagi ahamiyati shundaki, ular nafaqat jismoniy faollikni, balki emotsional va intellektual rivojlanishni ham qo’llab- quvvatlaydi. Oyin jarayonida bolalar muvaffaqiyatlarga erishish va mag’lubiyatlarni yengish tajribasini o’rganadilar, bu esa ularda qat’iyat va sabr-toqatni rivojlantirishga yordam beradi. O’yinlar shuningdek, bolalarni vaqtni samarali boshqarish, o’z fikrlarini mantiqiy tarzda ifodalash va o’z his-tuyg’ularini boshqarish kabi ko’nikmalarga o’rgatadi. Bundan tashqari o’yinlar orqali bolalar o’zlarining cheklovlarini va imkoniyatlarini tushunadilar. Bu o’z navbatida, o’z-o’zini nazorat qilish, mas’uliyatni olish va hamkorlik qilish kabi ko’nikmalarni rivojlantiradi. Bunda o’qituvchilar va tarbiyachilarning faol ishtiroki zarur, chunki ular o’yin jarayonini boshqarish va bolalarga irodani rivojlantirishga yo’naltirishda muhim rol o’ynaydi.

Shu bilan birga, faqat o’yinlar orqali bolalar irodasini shakllantirish mumkin degan fikr noto’g’ri bo’lishi mumkin. Boshqa tarbiyaviy vositalar bilan birgalikda faol o’yinlar maksimal natijalarga olib keladi. O’yinlar shunchaki bolalarga vazifalarni bajarayotganda motivatsiya berib, irodani mustahkamlashda yordam beradi.

Umuman olganda 6-7 yoshli bolalar uchun faol o’yinlarni o’z ichiga olgan tarbiyaviy dasturlar irodani rivojlantirishda samarali vosita bo’lib, ular orqali bolalar o’zlarining ichki kuchlarini va irodalarini kashf etishlari mumkin.

Natijalar 6-7 yoshdagi bolalar uchun faol o’yinlar yordamida irodani rivojlantirishda quyidagi natijalarga erishildi:

Motivatsiyaning oshishi: Faol o’yinlar bolalarda vazifalarga bo’lgan qiziqisni kuchaytiradi, bu esa ularning motivatsiyasini oshiradi. O’yinlarda qatnashish orqali bolalar o’z maqsadlariga erishish uchun intilishadi va bu o’z navbatida irodani mustahkamlashga yordam beradi.

Qat’iyat va sabr-toqatning rivojlanishi;O’yin jarayonida bolalar ba’zida muvaffaqiyatga erishish uchun ko’p mashaqqatlar va qiyinchiliklarga duch keladilar. Bu esa ularni sabr-toqatli va qat’iyatli bo’lishga o’rgatadi, bu irodani rivojlantirishda katta rol o’ynaydi.

Jamoada ishlash ko’nikmalarining shakllanishi: faol o’yinlar ko’pincha jamoaviy faoliyatni o’z ichiga oladi, bu esa bolalarda jamoada ishlash, hamkorlik qilish va o’zaro yordamni rivojlantiradi. Bu ko’nikmalar ularning irodasini yanada mustahkamlashga yordam beradi, chunki bolalar o’z jamoalariga xizmat qilishga va guruhdagi rolini bajarishga harakat qilishadi.

Emotsional o’z-o’zini boshqarish: O’yinlarda bolalar o’z emotsiyalarini boshqarish va hissiyotlarga moslashishni o’rganadilar. Mag’lubiyatni qabul qilish va yutishdagi quvonchni boshqarish ularda psixologik mustahkamlikni oshiradi. Bu o’z-o’zini boshqarish va irodani mustahkamlashga

O’zini anglash va o’z cheklovlarini tushunish: Faol o’yinlar orqali bolalar o’z imkoniyatlarini va chegaralarini aniqlaydilar. Bu, o’z navbatida, o’z-o’zini anglash va irodani rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

O’qituvchilarning roli: O’qituvchilarning o’yinlarni to’g’ri tashkil etishdagi roli juda katta. O’yinlarni maqsadli ravishda boshqarish, o’yinlar orasida tenglikni saqlash va bolalar o’rtasidagi ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash ularda samarali o’yin tajribasini yaratadi.

Natijada, faol o’yinlar yordamida 6-7 yoshdagi bolalarning irodasini rivojlantirishda ijobiy natijalar kuzatildi. Bularning barchasi bolalarning psixologik va jismoniy rivojlanishida muhim bosqich bo’lib, ularni kelajakdagi hayotga tayyorlaydi. Shuningdek, faol o’yinlar bolalar uchun nafaqat qiziqarli va foydali vaqt o’tkazish vositasi, balki ijtimoiy va psixologik ko’nikmalarni rivojlantirish uchun samarali metod hisoblanadi.

Xulosa 6-7 yoshli o’quvchilarning irodasini rivojlantirishda faol o’yinlar samarali pedagogik vosita sifatida o’zini namoyon qildi. Ushbu o’yinlar bolalarning faolligini oshiradi, ularni qat’iyat, sabr-toqat, o’zini boshqarish va maqsad sari intilish kabi sifatlarni shakllantirishga yordam beradi.

Tahlillar shuni ko’rsatadiki:

Bolalar faol o’yinlar orqali jamoaviy ishlash, muammolarni hal qilish va mas’uliyatni his qilish kabi ko’nikmalarni egallaydi.

O’yin jarayonida bolalarning emotsional rivojlanishi bilan birga ularning intellektual va jismoniy o’sishi ham qo’llab-quvvatlanadi.

O’qituvchilarning o’yinlarni to’g’ri tashkil etishi va boshqarishi bolalarda irodani rivojlantirish jarayonini samarali qiladi.

Shuningdek, faol o’yinlarning boshqa tarbiyaviy vositalar bilan uyg’unligi ta’lim jarayonining sifatini oshiradi. Bu esa 6-7 yoshdagi bolalarning keying hayotida muvaffaqiyatlarga erishishida

Xulosa qilib aytganda, faol o’yinlar orqali irodani rivojlantirish nafaqat bolalar tarbiyasida, balki ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlarini taminlashda ham muhim omildir.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi (o’quv qo’llanma) Nishanova, Alimova, turg’unboeva, Asranboeva. 2017

2. L.S.Vigotskiy- “Bolalikda o’yinlar psixologiyasi”. Moskva: Pedagogika, 1984

3. J.Piaget-“Bolalar fikrlashining rivojlanishi”. London: Routledge va Kegan Paul, 1972

4. A.N.Leontyev-“Faoliyat va ong”. Moskva: Nauka, 1977

5. Z.M.Nishanova-“Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi”, Toshkent: 2012

6. D.Elkonin-“Bolalaarning o’yin faoliyati rivojlanishi”. Moskva: Prosveshcheniye, 1978

7. O’zbekiston Respublikasi Ta’lim Vazirligi-“Jismoniy tarbiya va sog’lomlashtiruvchi dasturlar”. Toshkent: 2023

8. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29- dekabrdagi “Talim to’risidagi” qarori

9. S.L.Rubinshteyn-“Inson va uning psixkasi”. Moskva: 1962

10. A.R.Shveytsar-“Bolalik davri psixologiyasi”. Moskva: Pedagogika, 1992

11. O.Ergashev-“Bolalar rivojlanishida faol o’yinlarning roli”. Toshkent: 2018.

12. I.A.Goncharov-“Maktabgaacha yoshdagi bolalar uchun rolli o’yinlar”. Moskva: Uchitel,

13. Maktabgacha pedagogika (o’quv qo’llanma) Qodirova, Toshpo’latova, Kayumova, A’zamova. 2019

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.