XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
DORIVOR QIZILMIYA ILDIZINING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI
Xolniyozova Xurshida Maxmudjon qizi, talaba
Turdiqulova Kumush Turdiqulovna, talaba
Majidova Rayxona Botir qizi, talaba
Ilmiy rahbar: Negmatova M.U.
barchasi:ToshDavTU Termiz filiali, Termiz shahri, O‘zbekiston
Kirish:Qizilmiya ilmiy jihatdan Glycyrrhiza glabra nomi bilan tanilgan va Leguminosae oilasiga tegishli. Uning 30dan ortiq turlari butun dunyoda keng tarqalgan. Markaziy va Janubiy-G‘arbiy Osiyo va O‘rta yer dengizi mintaqasida o‘sadigan o‘simlik bo‘lib, dunyoning mo‘tadil va subtropik mintaqalarda yetishtiriladi. Qizilmiya ildizi ekstrakti turli xil foydali ta‘sirlarga ega: tomoq infeksiyalari, sil, nafas olish, jigar kasalliklari, antibakterial, yallig‘lanishga qarshi, oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yaralari va saraton yaralarini davolashda foydalaniladi. Qizilmiya turlarining diuretik, xoleritik, insektitsid sifatida ishlatiladigan va yo‘tal, shamollash va og‘riqli shishlar uchun an‘anaviy tibbiyotda ko‘rsatilgan turli patologik holatlarda samarali davo hisoblanadi.
Kalit so‘zlar: Glycyrrhiza glabra, leguminosae, diuretik, xoleritik, lavonoid, kumarin, insektitsid, Isoliquiritigenin, apoptoz.
Tadqiqot maqsadi: Qizilmiya ildizining shifobaxsh xususiyatlarini o‘rganish va uni tibbiyotda qo‘llash samaradorligini aniqlash. Qizilmiya ildizining kimyoviy tarkibini, biologik va farmakologik ta‘sir mexanizmini o‘rganish.
Materiallar va tadqiqot usullari: Tajribada sichqonlarga qizilmiya ildizidan olingan ekstrakt va uning asosiy bioaktiv komponentlari – izoliquiritiginin, flavonoidlar va kumarin birikmalari turli dozada berildi. Tadqiqot davomida sichqonlarning umumiy holati, tana massasi, faoliyati va patologik jarayonlardagi o‘zgarishlar nazorat qilindi. Sichqonlarning makrofag hujayralarida prostaglandin E va azot oksidi ishlab chiqarishni sezilarli darajada kamaytirish orqali sichqonlarda yo‘g‘on ichak saratonini bostirishi ko‘rsatilgan. Isoliquiritigenin ham dozaga va vaqtga bog‘liq holda prostata va ko‘krak saratoni hujayralarining ko‘payishini sezilarli darajada ingibir qilishi ko‘rsatildi. Isoliquiritigenin shuningdek, sichqonchaning buyrak hujayrali karsinomasida o‘pka metastazini sezilarli darajada kamaytirdi va 5- fluorouratsilni qo‘llash natijasida kelib chiqqan leykotsitopeniyani oldini oldi. Likoumaron sifatida aniqlangan kumarin birikmasi qizilmiyada apoptozni keltirib chiqaradigan omil ekanligi ko‘rsatildi.
Tadqiqot natijalari: Qizilmiya ildizi ekstrakti qabul qilgan sichqonlarda yallig‘lanish jarayonlari kamaygani, immun javob kuchaygani va tumor hujayralarining o‘sish sur’ati sekinlashgani kuzatildi. Shuningdek, buyrak va ichak hujayrali karsinoma modellarida qizilmiya ildizi komponentlari o‘pka metastazlarining sonini sezilarli kamaytirgani kuzatildi. 5-fluorouratsil bilan birgalikda qo‘llanganda esa antitumor samarasi yanada oshdi. Kumarin birikmalari esa sichqonlarning saraton hujayralarida apoptoz jarayonini faollashtirgani va sog‘lom to‘qimalarga tosik ta’sir ko‘rsatmaganligi bilan ajralib turdi.
Xulosa: Qizilmiya ildizidan olingan bioaktiv moddalarning antioksidant xususiyati hujayralarni erkin radikallar ta’siridan himoya qiladi, bu esa yurak-qon tomir
“FARMAKOLOGIYA, FARMATSEVTIKA VA XALQ TABOBATI
DOLZARB MUAMMOLAR VA INNOVATSIYALAR”
kasalliklari, diabet va o‘smalar rivojlanish xavfini kamaytiradi. Bundan tashqari, u endokrin tizim faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, gormonal muvozanatni me’yorlashtiradi. Uning biologik faol komponentlari inson organizmida bir vaqtning o’zida bir nechta tizimlarga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, qizilmiya ildizi xalq tabobati va zamonaviy farmakologiyada yuqori baholanib, turli kasalliklarni kompleks davolashida samarali tabiiy dori vositasi sifatida keng qo‘llanilishi maqsadga muvofiqdir.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.