ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

EKSPORT VA EKSPORT SALOHIYATI TUSHUNCHALARIGA NAZARIY QARASHLAR

Abstract

Ushbu maqolada eksport va eksport salohiyat tushunchalariga turli iqtisodchi olimlarning qarashlari va ularning nazariy jihatdan tahlili keltirilgan


Full PDF Document

Related Articles

Full text

QARASHLAR

Xurramov Ramazon Allayor o’g’li

Termiz davlat universiteti xurramovr@tersu.uz

Annotatsiya: Ushbu maqolada eksport va eksport salohiyat tushunchalariga turli iqtisodchi olimlarning qarashlari va ularning nazariy jihatdan tahlili keltirilgan.

Kalit so’zlar: eksport, salohiyat, xalqaro savdo, iqtisodiy rivojlanish,

Har qanday mamlakat jahon xo‘jaligiga kirib borish jarayonida ishlab chiqarishda nisbiy ustunlikka ega bo‘lgan tovar va xizmatlarni eksport qilib, ichki iste’moli uchun zarur, yetarli samaradorlik bilan ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lmagan tovar va xizmatlarni import qilish orqali xalqaro savdo aloqalarida ishtirok etadi.

Xalqaro savdoda ishtirok etish mamlakatlar o‘rtasida tovar va xizmatlar ayriboshlash ko‘lamini oshiradi, buning natijasida mamlakatning mavjud resurs salohiyatidan samarali foydalanish darajasi ortib boradi, aholi ehtiyojlari to‘laroq qondiriladi, jahonda erishilayotgan fan va texnika yutuqlaridan imkon qadar samarali foydalanish natijasida mamlakatda ishlab chiqarish sur’ati ortib borib eksport salohiyatidan samarali foydalanishga o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Eksport salohiyatidan samarali foydalanish natijasida mamlakatda tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashuv barobarida resurs unumdorligi ortadi, ishlab chiqarishning umumiy hajmi oshib boradi.

“Eksport” so‘zi aslida lotincha “exporto” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, o‘zbek tiliga tarjima qilinganda “chetga chiqaraman” degan ma’noni bildiradi. Bunda, odatda, bir mamlakatdan bosha mamlakatga u yoki bu xildagi moddiy boyliklar, kapital, bilimlar, ishchi kuchi va hokazolar olib chiqib ketish tushuniladi. Ayni paytda, Qonunda eksport tushunchasiga ikki xil tarif berilgan. Ularning birinchisi – tovarlar eksportiga, ikkinchisi ishlar (xizmatlar) eksportiga taalluqli. Yani, “Tovarlar eksporti deb tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan ularni qaytarib olib kelish majburiyatisiz, - agarda Qonunchilikda boshqasi ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, - olib chiqib ketishga; ishlar (xizmatlar) eksporti deb esaO‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsiga, qaerda bajarilishi (ko‘rasatilishi)dan qat’iy nazar, ishlar (xizmatlar)ni bajarib berish (ko‘rsatish)ga aytiladi”1.

Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi uning eksport salohiyati qanchalik rivojlanganligi, tashqi savdodagi katta ijobiy saldosi orqali ko‘zga tashlanadi. avvalo, tashqi savdoning tez o‘sishi hisoblanadi. Tashqi savdo xalqaro hamkorlikning ishlab

Xalqaro savdo – bu turli davlat milliy xo‘jaliklari o‘rtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo‘lsada, faqat XIX asrga kelib, ya’ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi. Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi. ok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo‘yadi. Bu vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida bu siyosatning proteksionizm (tashqi ta’sirdan himoyalash) va fritrederlik (savdoga to‘liq erkinlik berish) kabi shakllari keng tarqalgan.

Respublikamiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va isloh qilish tashqi sadoni erkinlashtirish va valyuta amaliyotlarini tartibga solish, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish va xususiy biznesni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi va sanoatda ijobiy natijalarga erishish imkonini yaratib, mamlakatimizda investitsiyaviy va ishbilarmonlik harakatini faollashuvini rag‘batlantiradi. Eksportga tashqi talabning o‘sish tendensiyasini saqlanib qolishi, investitsiyaviy faollikning ortishi hamda iqtisodiyotning real sohasini barqaror amal qilishi iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatadi.

Milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi ko‘p jihatdan mamlakatning eksport salohiyatini yuksaltirishga bog‘liqdir. Bugungi kunda eksport salohiyatini yuksaltirish bu makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga, ishlab chiqarishni rivojlantirishga, investitsion faoliyatni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan mamlakatimizning umumiy iqtisodiy siyosatining ajralmas bir qismidir. O‘zbekiston katta xom-ashyo zahiralari va yuqori ishlab chiqarish salohiyatiga ega. Bu esa davlatimizning jahon mehnat taqsimotida keng ishtirok etishiga imkon yaratadi. Iqtisodiyotimizdagi yetakchi tarmoq va sohalarning jahon iqtisodiy 1 Ўзбекистон Республикасининг “Ташқи иқтисодий фаолият тўғрисида”ги Қонуни (2000 йил 26 майдаги янги таҳрири). aloqalariga uyg‘unlashib ketishi milliy iqtisodiyot rivojlanishining muhim omili sanalib, mamlakatning yetakchi tarmoqlarini jahon bozorlarida mavjud shart-sharoit va talab nuqtainazaridan takomillashtirib borishni hamda korxonalarda xo‘jalik yuritishning butunlay yangicha iqtisodiy va boshqaruv munosabatlarini shakllantirishni taqozo etadi.

Davlatimizning jahon iqtisodiyoti va unda ro‘y berayotgan jarayonlarda ishtirok etishi iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, qo‘shimcha imkoniyatlar ochib beradi, tashqi iqtisodiy aloqalarning qayta qurilishi milliy iqtisodiy mexanizmning zamonaviy talablarga moslashishi va shu orqali ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining shakllanishini tezlashtiradi.

Bugungi kunda hech kimga sir emaski, jahon bozori yuqori sifatli va jahon andozalariga javob bera oladigan tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni talab etadi. Shuning uchun hozirgi koronavirus pandemiyasi davrida jahon talablariga mos tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va ularni erkin harakatini kengaytirish, tashqi savdo faoliyatini tartibga solish muhim masala hisoblanadi.

Shuni e’tirof etishimiz joizki, mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishidagi eng muhim omillardan biri bu eksport. Eksport natijasida kirib kelgan xorijiy valyutalar mamlakatning tashqi qarzi kamayishiga, ichki ishlab chiqaruvchilarni yuqori texnologiya va jihozlar bilan ta’minlashga, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etishda, infratuzilmani rivojlantirishda, shuningdek iqtisodiy va siyosiy barqarorlikka erishishga hamda mahsulotning raqobatbardoshligi tufayli jahon xo‘jaligi iqtisodiy aloqalarida teng huquqli ishtirok etishiga imkon yaratadi. Shuning uchun ham hozirgi kunda eksport salohiyatidan oqilona foydalanishning eng muqobil yo‘lini topish iqtisodiy izlanishlarning dolzarb yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda.

Eksport salohiyati to‘g‘risida dastlabki tushunchalar klassik iqtisodchi olimlar A.Smit va D.Rikardolarning xalqaro mehnat taqsimoti to‘g‘risidagi nazariy qarashlarida o‘z ifodasini topgan. Ular mamlakatlar o‘rtasidagi savdo sotiq munosabatlarining doimiy rivojlanib borishining nazariy asoslarini yaratganlar. Bu olimlar mutloq va nisbiy afzalliklar nazariyasida xalqaro savdoning afzalliklari ustida fikr yuritadi. Ular mamlakat ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda boshqa mamlakatga nisbatan mutloq afzallikka ega bo‘lmasada, ammo nisbiy afzallikka ega bo‘lishi mumkinligini e’tirof etadilar.

Bir mamlakat muayyan mahsulotni boshqasiga qaraganda samaraliroq ishlab chiqara olishi mumkin bo‘lsa, mahsulot ishlab chiqarishdagi mutloq afzalliklar vujudga keladi. Bir mamlakatda biror mahsulotni ishlab chiqarishning muqobil qiymati boshqa mamlakatdagiga qaraganda past bo‘lsa, ana shu mamlakatning nisbiy afzalliklari to‘g‘risida gapirish mumkin.

D.Rikardo, hozirda nisbiy afzalliklar qoidalari deb yuritiladigan konsepsiyani yaratgan. Ushbu afzalliklarni tahlil qilish orqali u shunday xulosa chiqargan: bir mamlakat eksport qiluvchiga nisbatan tovarlarni kamroq xarajatlar bilan ishlab chiqara olsa ham, ularni boshqa mamlakatdan import qilishi mumkin. Bunda D. Rikardo nisbiy afzallikni nazarda tutgan.

Bugungi kunda eksport salohiyati xalqaro savdoda mamlakat raqobatbardoshligini ifodalovchi va ta’minlovchi eng muhim omil sifatida tavsiflanadi. Mamlakatlar xalqaro mehnat taqsimoti tiplariga binoan o‘zlarida taqchil resurslarni o‘zlashtirib, ehtiyojlarni qondirishning samarali muqobil imkoniyatlarini ishlab chiqish bilan bog‘liq amaliy vazifalarni hal etishda eksport salohiyatiga tayanadilar. Ayrim mamlakatlarda ma’lum turdagi tovarlarni ishlab chiqarish uchun zaruriy resurs mavjud bo‘lmasada ular jahon bozori uchun zaruriy tovarlarni eksport qiladilar. Mamlakat eksport salohiyatining ortib borishi tovar ishlab chiqarishda milliy xarajatlarning pasayib borishiga, pirovordida eksport qilinadigan tovar va mahsulotlardan olinadigan daromadning ortishiga sabab bo‘ladi. Xalqaro savdoda tovarlarning eksport tarkibi fan-texnika revolyusiyasi va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ta’siri ostida takomillashib boradi.

Hozirgi davrda xalqaro savdoning eksport tarkibida qayta ishlovchi sanoat mahsulotlari yetakchi o‘ringa ega bo‘lib, uning hissasiga jahon tovar ayriboshlashining 3/4 qismi to‘g‘ri keladi. Oziq-ovqat, xomashyo va yoqilg‘i ulushi faqat 1/4 qismni tashkil qiladi2. Bunga asosiy sabab XX asrda fan texnologiya sohasida ulkan yutuqlarning qo‘lga kiritilishi, jahon mamlakatlarida ishchi kuchi sur’atining keskin o‘sib borishi natijasida mehnat sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish sur’atining ortib borishi va boshqa bir qator holatlar sabab bo‘ldi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab jahon mamlakatlari ishlab chiqargan mahsulotlarning katta qismini tashqi bozorlarda ayribosh qila boshladilar. Bunday holat jahon mamlakatlari iqtisodiy rivojlanish strategiyasida ulkan o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Bu o‘z navbatida iqtisodiy rivojlanishning ikki xil modelini yuzaga keltirdi. Ayrim mamlakatlar eksportni rag‘batlantirish, ayrimlari esa import o‘rnini bosuvchi iqtisodiy rivojlanish modelini tanladilar. Ushbu holat jahon iqtisodiyotida “Yangi industrial” mamlakatlarni shakllanishiga sabab bo‘ldi. Bu esa jahon xalqaro savdo jarayonlarida eksport hajmini barqaror sur’atda o‘sib 2 А.М. Муталипов: “Инновацион иқтисодиётни шакллантиришда корхона экспорт салоҳиятини ошириш йўллари”. borishida o‘z aksini topdi. Dunyo mamlakatlarining eksport salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan harakatlari natijasida jahon iqtisodiyotida barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari ta’minlandi.

Bugungi kunda eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiy rivojlanish modelini tanlagan mamlakatlar, xususan Sharqiy Osiyo mamlakatlari yalpi ichki mahsulotida eksport ulushi 60% ga yaqin ko‘rsatkichni ifoda etadi3. Bunday holat eksport salohiyati tushunchasini ilmiy nazariy asoslarini chuqur o‘rganish va uning mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rnini tahlil qilish zaruratini yuzaga keltiradi.

Eksport salohiyati tushunchasini yoritishdan oldin “salohiyat” tushunchasini yoritish maqsadga muvofiq. E.Nabiev va A.Qayumovlar ilmiy izlanishlarida - «...salohiyat (iqtisodiy, ishlab chiqarish, mehnat) ma’lum makon va zamonga bog‘liq resurslarni umumlashtirish, jamlash xususiyatini bildiradi»4. E.Nabiev va A.Qayumovlar iqtisodiy salohiyatni mamlakat mehnat salohiyati tushunchasi bilan bevosita bog‘liqligini ifoda etadilar. Bundan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki salohiyat mavjud resurs va shart- sharoitlardan samarali foydalana olish imkoniyatidir.“Salohiyat” atamasi “imkoniyat” tushunchasidan ancha keng ma’noni bildiradi. “Imkoniyat”ni harakat va rivojlanish jarayonidagi tarkibiy element yohud xatto uning funksional “salohiyati” sifatida qabul qilish mumkin. “Salohiyat” tushunchasi ma’lum makon va zamon doirasida resurslarni umumlashtirish, jamlash ma’nosini bildiradi. “Iqtisodiy salohiyat” tushunchasi esa jamiyatni moddiy va inson resurslari bilan ta’minlanganlik darajasini, ulardan foydalanish bo‘yicha imkoniyatlar miqyosi bilan baholanadi5. Iqtisodiy salohiyatni baholashni tabiiy va inson resurslarini baholashdan boshlash lozim6. Chunki, iqtisodni asosini cheklangan resurslar orqali insoniyatning cheksiz ehtiyojlarini optimal qondirish hisoblanadi. Bunda ishlab chiqarishning asosini hom-ashyo resurslari hamda inson mehnati tashkil qiladi.

Eksport salohiyatiga faqat rivojlanish imkoniyati sifatida qarash mazkur tushunchani belgilashda juda tor va bir taraflama yondashuv bo‘ladi, chunki uning haqiqiy (real) shaklini hisobga olmaydi. Shu bilan birga, “salohiyat” (inglizcha potential – imkoniyat, kuch, qudrat) 3 А.М. Муталипов: “Инновацион иқтисодиётни шакллантиришда корхона экспорт салоҳиятини ошириш йўллари”. 4 Э.Набиев, А.Қаюмов “Ўзбекистоннинг иқтисодий салоҳияти”. «Академия» Тошкент 2000 й. 5 Токарев Ю.А. Формирование и использование экспортного потенциала. Автореферат дисс. на соиск. канд. экон. наук: 6 Qayumov A.A. va boshqalar. Mintaqaviy iqtisodiyot. O’quvqo’llanma. Toshkent: O’zMU 2004.yil, 32 - bet. so‘zining etimologiyasida ham uni muayyan tizimning imkoniyatlarini baholash uchun foydalanish nazarda tutiladi7.

Tadqiqot jarayonida bir nechta xorij va mahalliy olimlarning “eksport salohiyati” tushunchasiga bergan ta’riflari va nuqtai nazarlari o‘rganildi.

Rossiyalik iqtisodchi olimlar Yu.A. Savinov, V.A. Oreshkin, A.A. Lebedevlar eksport salohiyati tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradilar: ...«eksport salohiyati - milliy iqtisodiyotning ma’lum sohalarida tashqi bozor uchun mahsulot va xizmatlar yetishtirib berish va ularni keng miqyosida maqbul narxlarda sotish qobiliyatidir8».

A.A. Malsevning fikriga ko‘ra: “Biror bir hududning eksport salohiyati mazkur mintaqaning aniq bir tashqi bozorga chiqish va uni mustahkamlash imkoniyatlari bo‘yicha baholanadigan eksport bazasidir. Mintaqa eksport bazasi deganda korxonalarning eksportga ishlab chiqarayotgan tovar va xizmatlar bilan birgalikda shu hududda raqobatbardoshlik bo‘yicha jahon standartlariga mos keladigan, ammo ba’zi sabablarga ko‘ra xorijga jo‘natilmayotgan mahsulotlarning yig‘indisidir”9. Yondashuvning avzallik tomoni uning eksport salohiyatini mavjud koeffitsientlar bo‘yicha miqdoriy baholash belgilab ko‘rsatilganligi, berilgan parametrlar tahlili uchun keng bazaning mavjudligi, eksport salohiyatini aniqlash bo‘yicha universal metodikaning qo‘llanishi, 2 ta kategoriya: “eksport salohiyati” va “eksport bazasi”ning o‘zaro bog‘liqlik darajasi ko‘rsatib berilganligida o‘z aksini topgan. Y.A. Tokarevning ta’rificha: “Eksport salohiyati – xalq xo‘jaligi va butun iqtisodiyot korxonalari va tarmoqlarining tashqi bozorlarda raqobatbardosh sanoat hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish; chet el fuqarolariga xizmat ko‘rsatish, shu bilan birga ma’lum bir tarixiy davrda kapitalni chetga chiqarish bo‘yicha qobiliyati majmuasidir”10. Ushbu yondashuvda Y.A. Tokarev eksport salohiyatini nafaqat moddiy tovarlarni, balki, nomoddiy ishlab chiqarish – xizmatlarni yetkazib berish ham eksport salohiyatini belgilab beruvchi omil deb qaraydi. Jumladan, kapital eksportini ham e’tiborga oladi. Shu bilan birga olim mazkur tushunchani kengaytirib, makro va mikro darajada ko‘rib chiqqan. Iqtisodchi olim V.A.Suprunning fikricha eksport salohiyati va eksport ishlab 7 Hamedov I.A., Alimov A.M. O`zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari. T.: O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi “Adabiyot jamg’armasi” nashr., 2001. - 328b. 8 Ю.А. Савинов, В.А. Орешкин, А.А. Лебедевлар. Экспортный потенциал отрасли по разработке и сбыту информационнокоммуникационных технологий. Российский внешнеэкономический вестник. 6 – 2013. 9 Мальцев А.А. Государственное регулирование внешнеэкономической деятельности в РФ 1994-95 гг. Учебное пособие. - Екатеринбург: Изд-во ЕАИУП, 2004. - 260с. 10 Токарев Ю.А. Формирование и использование экспортного потенциала. Автореферат дисс. на соиск. канд. экон. наук: chiqarishi nisbati, yaxlitlik va bir qismning nisbatidir. Eksport salohiyati yanada kengroq tushuncha sifatida eksport ishlab chiqarishini o‘z tuzilmasiga kiritadi. U “Iqtisodiyotda qanchalik katta salohiyat bo‘lsa, uning eksport salohiyati shunchalik yuqori bo‘ladi” deb ta’kidlaydi. Eksport salohiyatini amalga oshirish darajasi eksport ishlab chiqarishi bo‘lib, u jahon xo‘jalik aloqalari tizimida qay darajada amal qilsa, shunday darajada mehnat taqsimotining asosini tashkil qiladi.

Mahalliy olimlardan A.F.Rasulev “eksport salohiyati – milliy iqtisodiyotning jahon bozorida raqobatbardosh bo‘lgan mahsulotlarni io‘lab chiqarish va yetkazib berish, eksportga ixtisoslashgan tarmoqlarni tadrijiy almashtirish bilan birgalikda ichki rivojlanish va jahon bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlash maqsadida turli mahsulotlarni tashqariga olib chiqish hajmini ko‘paytirish”11 deb ta’rif beradi. U bergan ta’rif tadqiq qilinayotgan tushuncha elementlarining tadqiqot ob’ekti bilan bog‘liqligi, eksportga moliyaviy-iqtisodiy ko‘maklashuvchi omillarning mavjudligi bilan ahamiyatga molikdir.

Mamlakatimiz yosh olimlaridan R.Raxmonov eksport salohiyati tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi: … «eksport salohiyati – bu milliy iqtisodiyot, mintaqalar, alohida olingan tarmoqlar yoki korxonalarning eksportga kerakli darajada raqobatbardosh mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish va yetarli hajmda yetkazib berish qobiliyatidir»12.

“Mintaqaviy iqtisodiyot” nomli o‘quv qo‘llanmada mualliflar eksport salohiyati tushunchasiga quyidagicha ta’rif berishadi: “Eksport salohiyati – bu milliy iqtisodiyot, mintaqalar, alohida olingan tarmoqlar yoki korxonalarning eksportga kerakli miqdorda raqobatbardosh mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish va yetarli hajmda yetkazib berish qobiliyati”13.

Eksport salohiyati undan foydalanilganlik darajasiga qarab ikki qismga: aktiv va passiv eksport salohiyatlariga bo‘linadi.

Aktiv eksport salohiyati – bu yalpi eksport salohiyatidan faqatgina foydalanilayotgan qismi, jahon bozorlariga yoki chet davlatlarga eksport qilinayotgan raqobatbardosh mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarishdagi imkoniyatlar yig‘indisi. 11 Хакимов Ф.Х. Экономический механизм повышения экспортного потенциала промышленности Узбекистана. 08.00.03 - Макроэкономика. Авт.дисс.на соис. Науч. Степю к.э.н. Ташкент-2004 г. 12 Раҳмонов Р.Н. “Фарғона минтақаси экспорт салоҳиятидан оқилона фойдаланиш ва уни такомиллаштириш йўллари” мавзусидаги автореферати. Тошкент: ТМИ, 2012 йил. - 23 бет. 13 Qayumov A.A. va boshqalar. Mintaqaviy iqtisodiyot. O’quvqo’llanma. Toshkent: O’zMU 2004-yil, 33-bet.

Passiv eksport salohiyati esa ma’lum bir jahon standartiga mos raqobatbardosh mahsulot va xizmatlar ishlab chiqara olish imkoniyati, lekin undan ma’lum sabablarga ko‘ra foydalana olmaslik. Masalan, mahsulot va xizmat ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lsada, lekin uni jahon bozoriga yetkazib berishda qulay, arzon transport tizimining mavjud emasligi yoki chet el texnik talablariga mos emasligi evaziga eksport qilina olmasligi va hokazo14.

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasi hamda YaIM hajmi ko‘p jihatdan mamlakat eksport salohiyati va undan naqadar oqilona foydalanishga bog‘liq bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Ўзбекистон Республикасининг “Ташқи иқтисодий фаолият тўғрисида”ги Қонуни (2000 йил 26 майдаги янги таҳрири).

2. Bekmurodov A.Sh., Berkinov B.B., G'afurov U.V. “O'zbekiston – iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiyalash yo'lida”. Ekspress-prospekt. T.: Iqtisodiyot, 2009. - 52 b.

3. Hamedov I.A., Alimov A.M. O`zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari. T.: O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi “Adabiyot jamg’armasi” nashr., 2001. - 328b.

4. Qayumov A.A. va boshqalar. Mintaqaviy iqtisodiyot. O’quv qo’llanma. Toshkent: O’zMU 2004.yil, 32 - bet.

5. Мальцев А.А. Государственное регулирование внешнеэкономической деятельности в РФ 1994-95 гг. Учебное пособие. - Екатеринбург: Изд-во ЕАИУП, 2004. - 260с.

6. Муталипов А.М. “Инновацион иқтисодиётни шакллантиришда корхона экспорт салоҳиятини ошириш йўллари”. Магистр академик даражасини олиш учун ёзилгандиссертация. ТМИ, Тошкент-2016.

7. Набиев Э., Қаюмов А. “Ўзбекистоннинг иқтисодий салоҳияти”. «Академия», Тошкент, 2000 й.

8. Раҳмонов Р.Н. “Фарғона минтақаси экспорт салоҳиятидан оқилона фойдаланиш ва уни такомиллаштириш йўллари” мавзусидаги автореферати. Тошкент: ТМИ, 2012 йил. - 23 бет. 14 Bekmurodov A.Sh., Berkinov B.B., G'afurov U.V. “O'zbekiston – iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiyalash yo'lida”. Ekspress-prospekt. T.: Iqtisodiyot, 2009. - 52 b.

9. Савинов Ю.А., Орешкин В.А., Лебедев А.А. Экспортный потенциал отрасли по разработке и сбыту информационно-коммуникационных технологий. Российский внешнеэкономический вестник. 6 – 2013.

10. Токарев Ю.А. Формирование и использование экспортного потенциала. Автореферат дисс. на соиск. канд. экон. наук: 08.00.05 Казань, 1997. 8с.

11. Хакимов Ф.Х. Экономический механизм повышения экспортного потенциала промышленности Узбекистана. 08.00.03 - Макроэкономика. Авт. дисс. на соис. науч. степ. к.э.н. Ташкент-2004 г.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.