ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

ERK MUXTORIYATI (PARTY AUTONOMY) PRINSIPINING TARIXIY VA NAZARIY ASOSLARINING QIYOSIY HUQUQIY TAHLILI

Abstract

Ushbu maqolada erk muxtoriyati prinsipining tarixan va nazariy rivojlanishi bosqichlari muhokama qilinadi. Erk muxtoriyati prinsipining vujudga kelishi va rivojlanishi uzoq vaqt davomida amalga oshgan. Turli davrda turlicha evrilishlarga uchragan. Ushbu prinsipning rivojlanishi dastlabki bosqichlari xalqaro munosabatlarda ommaviy manfaatlarning ustunligi bilan xarakterlansa, keyinchalik ushbu evrilishlar ommaviy manfaatlardan xususiy manfaatlar tomon ko’chib borgan.          Taraflar faqatgina mamlakat qonunchiligi tomonidan qat’iy belgilangan tamoyillar va qoidalar asosida munosabatga kirishganlar. Individual taraflarning tashabbuskorligi rag’batlantirilmagan. Individual taraflar shartnomalar orqali mamlakat qonunchiligi tomonidan o’rnatilgan qoidalardan chetga chiqish imkoniyatlari mavjud bo’lmagan. Taraflarning shartnomalari qonunchilikni chetlab o’tish uchun asos bo’la olmaydi deb hisoblangan. Taraflar yurisdiksiyani tanlashari mumkinligi haqidagi tushunchalar faqatgina taraflarning bilvosita harakatlari asosida bo’lgan. Bunday tanlovlarni ochiq tarzda ifodalash qonuniy deb hisoblanmagan va hech qanday huquqiy oqibat tug’dirmagan. XIX asr ohirlari va XX asr boshlarida xalqaro munosabatlarda individual shaxslarning manfaatlariga xizmat qiluvchi g’oyalar va tamoyillar rivojlana boshlagan. Aynan shu g’oya va tamoyillar erk muxtoriyati prinsipning rivojlanishi yo’nalishini boshlab bergan.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

NAZARIY ASOSLARINING QIYOSIY HUQUQIY TAHLILI

Xatamjonova Gulsanam Yasharjon qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti

ORCID: 0000-0001-8553-0315

gkhatamjonova@gmail.com

+998938090600

Annotatsiya. Ushbu maqolada erk muxtoriyati prinsipining tarixan va nazariy rivojlanishi bosqichlari muhokama qilinadi. Erk muxtoriyati prinsipining vujudga kelishi va rivojlanishi uzoq vaqt davomida amalga oshgan. Turli davrda turlicha evrilishlarga uchragan. Ushbu prinsipning rivojlanishi dastlabki bosqichlari xalqaro munosabatlarda ommaviy manfaatlarning ustunligi bilan xarakterlansa, keyinchalik ushbu evrilishlar ommaviy manfaatlardan xususiy manfaatlar tomon ko’chib borgan.

Taraflar faqatgina mamlakat qonunchiligi tomonidan qat’iy belgilangan tamoyillar va qoidalar asosida munosabatga kirishganlar. Individual taraflarning tashabbuskorligi rag’batlantirilmagan. Individual taraflar shartnomalar orqali mamlakat qonunchiligi tomonidan o’rnatilgan qoidalardan chetga chiqish imkoniyatlari mavjud bo’lmagan. Taraflarning shartnomalari qonunchilikni chetlab o’tish uchun asos bo’la olmaydi deb hisoblangan. Taraflar yurisdiksiyani tanlashari mumkinligi haqidagi tushunchalar faqatgina taraflarning bilvosita harakatlari asosida bo’lgan. Bunday tanlovlarni ochiq tarzda ifodalash qonuniy deb hisoblanmagan va hech qanday huquqiy oqibat tug’dirmagan.

XIX asr ohirlari va XX asr boshlarida xalqaro munosabatlarda individual shaxslarning manfaatlariga xizmat qiluvchi g’oyalar va tamoyillar rivojlana boshlagan. Aynan shu g’oya va tamoyillar erk muxtoriyati prinsipning rivojlanishi yo’nalishini boshlab bergan.

Kalit so’zlar: yurisdiksiya, shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar, individual taraflar, ommaviy manfaat, xususiy manfaat, hududiy bog’liqlik, taraflar tanlovi, sud vakolati.

СРАВНИТЕЛЬНО-ПРАВОВОЙ АНАЛИЗ ИСТОРИКО-

ТЕОРЕТИЧЕСКИХ ОСНОВ ПРИНЦИПА ПАРТИЙНОЙ АВТОНОМИИ

Хатамжонова Гулсанам Яшаржон кизи

Докторант Ташкентского государственного юридического университета

В данной статье рассматриваются этапы историко-теоретического развития принципа автономии воли. Возникновение и развитие принципа автономии воли происходило на протяжении длительного периода времени. В разные периоды оно претерпело разную эволюцию. Если начальные этапы развития этого принципа характеризовались доминированием публичных интересов в международных отношениях, то это развитие перешло от публичных интересов к частным интересам.

Стороны вступили в отношения только на основе принципов и правил, строго определенных законодательством страны. Инициатива отдельных партий не поощряется. Возможностей для отдельных сторон отступить от правил, установленных законодательством страны посредством договоров, не было.

Считалось, что договоры сторон не могут быть основанием для обхода законодательства. Понимание того, что стороны могли выбирать юрисдикцию, основывалось лишь на косвенных действиях сторон. Публичное выражение такого выбора не считается законным и не имеет юридических последствий.

Ключевые слова: Подсудность, договорные споры, отдельные стороны, публичный интерес, интересы частных лиц, территориальная связь, выбор сторон, юрисдикция судов.

COMPARATIVE LEGAL ANALYSIS OF THE HISTORICAL AND

THEORETICAL FOUNDATIONS OF THE PRINCIPLE OF PARTY

AUTONOMY

Khatamjonova Gulsanam Yasharjon kizi

PhD student at

Tashkent State University of Law

This article examines the stages of historical and theoretical development of the Party Autonomy principle. The emergence and development of the principle of autonomy of will occurred over a long period. It has undergone different evolutions in different periods. If the initial stages of the development of this principle were characterized by the dominance of public interests in international relations, then this development moved from public interests to private interests.

The parties entered into relations only based on principles and rules strictly defined by the legislation of the country. The initiative of individual parties is not encouraged. There was no opportunity for individual parties to deviate from the rules established by the laws of the country through contracts.

It was believed that agreements between the parties could not be a basis for circumventing the law. The understanding that the parties could choose jurisdiction was based only on the parties' indirect actions. Public expression of such a choice is not considered legal and has no legal consequences.

Keywords: Jurisdiction, contractual disputes, individual parties, public interest, private parties’ interests, territorial connection, parties’ choice, jurisdiction of courts.

Taraflarning erk muxtoriyati prinsipi asosida yurisdiksiyani tanlash huquqlarining vujudga kelishi va rivolanib borishini tushunishimiz uchun, avvalo, yurisdiksiya masalalariga oid doimo mavjud bo’lgan yo’nalishni o’rganib chiqishimiz lozim. Chunki erk muxtoriyati prinsipi taraflar uchun istisno tarzda ularning xohishi asosida yurisdiksiyani tanlashga imkon beradi. An’anaviy tarzda, nizolashuvchi taraflar ularning nizolarini hal etish uchun imkoniyatga ega bo’lmaganlar.

Rim huquqi an’analariga asosan, fuqarolik huquqiy masalalar uchun yurisdiksiyaning uch xil o’ziga xos turi mavjud bo’lgan. Ushbu an’analar bugungi kunda ham fuqarolik huquqi davlatlarida ayrim o’zgarishlar yoki istisnolar bilan saqlanib kelmoqda

Birinchisi, da’vogar javobgarning yashash hududiga har qanday turdagi fuqarolik nizolari ustidan da’vo qo’zg’atishi mumkin bo’lgan. Bu keyinchalik huquqiy munosabatlar rivojlanib nfaqat javobgarning aynan yashash hududifdagi sudga, balki javobgarning fuqaoligi hisobga olinib uning mamlakatidagi istalgan sudga fuqarolik da’volari kirtilishi mumkinligi qoidasi vujudga kelgan. Ikkinchisi, taraflarning shartnomaviy munosabatlarida shartnoma tuzilgan yoki shartnoma shartlari bajariladigan hududdagi sudlarga yoki da’vogarning da’vosiga asos bo’lgan harakat sodir etilgan joydagi sduga da’vo qo’zg’atish mumkin bo’lgan. Uchinchisi, ko’chmas mulkka oid nizolarda esa o’sha ko’chmas mulk joylashgan joydagi sudlarda da’vo qozg’atish mumkin bo’lgan.

Ushbu uchchala holatda ham sudlar uchun nizolarni ko’rish uchun asos hududiy asoslar bo’lib xizmat qilgan. Ya’ni, javobgarning yashash joyi, shartnomalarning tuzilgan yoki bajariladigan joyi va ko’chmas mulkning joylashgan o’rni sudlar uchun nizolarni ko’rishga yo’l ochgan. Shu sababdan ham yurisdiksiyaning ushbu turlari hududiy yurisdiksiyaviy tartib deb ham atalgan [1].

Rim huquqi an’analariga o’xshash tarzda, odat huquqi mamlakatlarida ham taraflarning yurisdiksiyani tanlash imkoni mavjud bo’lmagan. Taraflar nizolarining turi va mavzusiga qarab qonun bilan belgilangan qoidalar amal qilgan.

Odat huquqi mamlakatlarda, dastlab, nizolar faqatgina da’vo qo’zg’atish uchun asos bo’lgan harakat yoki hodisa qayerda sodir bo’lgan bo’lsa, o’sha hududdagi sudlarda nizolarni hal etish uchun yurisdiksiyasi mavjud deb hisoblangan. Bunga asosiy sabab esa nizolarni ko’rib hal etish mahalliy tayinlangan hakamlar tomonidan olib borilishi haqidagi qoidaning mavjudligidir. Odat huquqi mamlakatlarida nizolarni ko’rish mahalliy ta’yinlangan hakamlar tomonidan olib borilishi to’g’risida qoida mavjud bo’lgan. Chunki mahalliy hakamlar ishning o’zga xos xususiyatlarini va ishga jalb etilishi mumkin bo’lgan guvohlar va ishda foydalanish mumkin bo’lgan dalillarni boshqa hakamlardan ko’ra yaxshiroq bilishi ko’zda tutilgan. Bu esa o’z navbatida ish jarayonlarining sifatli va tezlik bilan ko’rilishiga ta’sir o’tkazgan. O’sha vaqtlarda nizolar faqatgina mahalliy hakamlar tomonidan ko’riladi degan qoida mavjud bo’lmaganida, taraflar uchun ishga taalluqli bo’lishi mumkin bo’lgan guvohlar va dalillarni topish qiyichilik tug’dirib sud jarayonlarning uzoq muddatlarga cho’zilishiga sabab bo’lishi mumkin edi. Nizolar o’ziga xos xususiyatlari bilan ham farqlanmagan. Shu boisdan ham odat huquqi mamlakatlarida ham hududiy yurisdiksiyaviy tartib amal qilgan.

Lekin aynan shu fuqarolik huquqiy masalalari uchun mahallliy ta’yinlangan hakam mavjud bo’lishi keyinchalik nizolarning sudlar tomonidan ko’rilishida muammolar yuzaga kelishiga ham olib kelgan. Mahalliy hakamlar tomonidan nizolar ko’rilishiga oid qoida keyinchalik xorijiy elementlari mavjud bo’lgan fuqarolik nizolarida ishlarni amaliyotda ko’rib chiqish imkonsiz holga aylanib qolgan. Keyinchalik ushbu qoidadan chekinish yuz berib mahalliy hakamlar ishtirok etmagan sudlarning qarorlari ham haqiqiy deb sanala boshlagan [2]. 1664 – yilda Qirol Charles II tomonidan chiqarilgan Statut bilan mahalliy hakamlar qatnashmagan sudlarning qarorlari haqiqiy sanalishiga oid qoida qirol qarori bilan qonunlashtirilgan [3]. Chet el elementi mavjud bo’lgan ishlarning ko’payishi esa ushbu qoidadan butkul yuz o’girishga olib kelgan.

Ushbu holat odat huquqi mamlakatlarida fuqarolik nizolarining ikkita o’ziga xos turga bo’linishi uchun asos bo’lgan. Real yoki hudud bilan bog’liq bo’lgan fuqarolik nizolari va shaxsiy fuqarolik nizolari. Ko’chmas mulkka oid da’volar faqatgina ko’chmas mulk turgan hududdagi sudlar tomonidan ko’rib chiqilishi mumkin bo’lgan. Bunday turdagi nizolar real, ya’ni hudud bilan qat’iy bog’langan nizolar deb nomlangan. Ikkinchi turi esa shaxsiy manfaatlar bilan bog’langan nizolardir. Bularga shartnomalarning buzilishi va har qanday mulk bilan bog’liq bo’lmagan nizolar kirgan. Bu toifadagi nizolar da’vogar tomonidan javobgarning yashash joyidagi sudlarda da’vo qo’zg’atish yo’li bilan ko’rib chiqilgan.

Rim huquqi mamlakatlarida ham, odat huquqi mamlakatlarida ham yurisdiksiyaga oid masalalardagi asosiy o’xshashlik hududiy yoki shaxsiy bog’liqlikning mavjudligida bo’lgan. Javobgarning yashash hudud yoki mulkiy nizolar uchun esa mulk joylashgan hudud yursdiksiyani aniqlash uchun asos deb hisoblangan. Ushbu mamlakatlarning har biri yurisdiksiyani hal etish bu davlatning vakolati deya hisoblashgan [4] va mustaqil shaxslar yoki taraflarda yurisdiksiyani tanlashda vakolat ajratilmagan. Hattoki XVIII yoki XIX asrlara ham Ingliz qonunchiligida taraflarning shartnoma yoki kelishuv bilan sudlarning nizolarni ko’rishga oid huquqini cheklash yoki uni rad etih imkoniyati bo’lmagan. Buni Scott v Avery (1856) keyslarda ham ko’rishimiz mumkin. Ushbu keysda da’vogar Alexandr Scott va javobgar George Avery o’rtasida sug’urta shartnomasi mavjud bo’lib ular ushbu shartnomaviy munosabatlardan nizo yuzaga keladigan bo’lsa, nizolar arbitrajda hal etilishiga kelishiladi. Taraflar o’rtasida arbitraj kelishuvi mavjud bo’lishiga qaramasdan, da’vogar Scott nizoni hal etish uchun sudga murojat qiladi. Ushbu holat yuzasidan javobgar Avery nizolarni arbitrajda hal etish kerakligini bildirganida sudlar tomonidan taraflar sudlarning nizolarni ko’rishga bo’lgan vakolatini chetlab o’tolmasligi va nizolarni hal etish uchun yurisdiksiyasi mavjud ekanligi haqida qaror chiqaradi. Bu esa o’sha vaqtlarda yurisdiksiya masalalari ommaviy huquqning bir qismi sanalganligini ko’rsatadi. Bu esa milliy huquq tizimlarida sudlarning nizolarni ko’rishga bo’lgan vakolati ommaviy hokimyatning namunasi deb ko’rilgan. Bu esa milliy sudlar uchun xalqaro nizolarni ham agar ularning vakolatini hududiy yoki shaxsiy bog’liqlik mavjud bo’lganida, ko’rishga imkon bergan [5].

Yurisdiksiaga oid qarashlarda e’tibor da’vo qo’zg’atish uchun asos bo’lgan voqeaning sodir bo’lgan joyidan javobgarning yashash hududiga ko’chib borgan [6]. Yurisdiksiyani tanlash qonunlar tomonidan o’rnatilgan hududiy ustunlikning qat’iy tamoyillaridan fuqarolik huquqi taraflarning individual tanlovlari asosida olib borilishi tamoyillariga qarab siljib borgan. Ommaviy manfaatlardan xususiy manfaatlar tomon sekinlik bilan o’zgarishlar amalga oshirilgan. Yurisdiksiyaga oid masalalar rivojlanish va o’zgarish jarayonlarining har biri mustaqil taraflarning o’z xohishlari asosida manfaatlari uchun yurisdiksiyani tanlay olish tamoyilining vujudga kelishiga xizmat qilgan. Qoidalar qat’iy qoidalardan o’zgaruvchan, dispozitiv qoidalar bilan o’rin almasha boshlagan.

Albatta, bu o’zgarishlar sekinlik bilan kechgan. Buni esa mustaqil taraflarning kelishuvi mamlakat qonunlari tomonidan o’rnatilgan qoidalarni chetlab o’tolmasligi haqidagi qoida bilan bog’lashimiz mumkin. Darhaqiqat, yurisdiksiya mamlakatlarning suveren vakolatlari deb hisoblanishi mustaqil shaxslar uchun hattoki fuqarolik masalalarida ham kelishuv bilan ham yursdiksiyani chetlab o’tolmaganlar.

XIX asrdan boshlab huquqiy konteksdagi o’zgarishlar ham yurisdiksiya masalalarida ommaviy huquq manfaatlaridan xususiy huquq mafaatlariga tomon harakatlana boshladi. Taraflar faqatgina mavjud hududiy yurisdiksiyaviy tartib qoidasidan tashqari biror bir boshqa mamlakatning huquqiga “topshirish” yo’li bilan ham yurisdiksiyani tanlashi imkoniyatlari ochila boshladi. Shunga qaramay, bu dastlabki vaqtlarda ishoraviy topshirish shaklida amalga oshirilardi. Chunki o’sha vaqtda ham taraflar kelishuv tuzib kelishuvlarida nizolarini ko’rishi mumkin bo’lgan mamlakat yoki sudni tanlay olmasdilar. Lekin taraflar bilvosita shartnomalari bilan emas, balki harakatlari bilan yurisdiksiyani tanlay olardi [7]. Misol uchun, taraflar shartnomalarini xorijiy mamlakatlarda tuzish yoki shartnomalarini boshqa mamakatlarda bajarishga kelisha turib bilvosita o’sha mamlakat yurisdiksiyasini tanlashi mumkin edi. Taraflar shartnomalarini boshqa mamlakatlarida bajarishga kelishganlarida bevosita ular o’sha mamlakatning qonunlari ularning shartnomaviy munosabatlarini hal etishiga ham kelisha olardi. Albatta, bu vaqtlarda ham hududiy (territorial) yurisdiksiya amalda qo’llangan. Qonuniy jihtadan taraflarning o’z mamlakatlari qonunchiligini rad etib boshqa mamlakat qonunlari asosida o’z shartnomaviy munosabatlarini ko’rib hal etish imkoniyati mavjud bo’lmagan. Shu sababli taraflar shartnomalari va shartnomaviy munosabatlarini boshqa mamlakatlarda olib borish orqali o’z mamlakatlari qonunchiligidan chetga chiqa olgan. Bu holatni taraflarning ishoraviy tarzda boshqa mamlakatlar qonunchiligiga topshirishiga misol qilib keltirishimiz mumkin. Aynan shu holatlar keyinchalik taraflarning bilvosita harakatlari bila emas, balki taraflarning bevosita xohishlari asosida ham taraflar shartnomaviy nizolarini boshqa mamlakatlar qonunchiligiga topshirishi mumkinligi g’oyasini ilgari sura boshladi. Xalqaro munosabatlarda individual taraflarning manfaatlariga xizmat qiluvchi g’oyalar va prinsiplar mustahkamlana bordi. Ayni shunday g’oyalardan biri bu xalqaro xususiy huquq taraflarning bevosita xohishlari asosida shartnomaviy munosabatlarini yoki shartnomadan kelib chiqqan nizolarini hal etishni boshqa mamlakatlar qonunchiligiga topshirishdir.

XIX asrning boshlariga kelib ushbu g’oya kengayib huquqshunoslar tomonidan taraflarning xohishlari asosida yurisdiksiyani tanlash masalalari yanada chuqurlashib bordi. Chunonchi, nemis huquqshunosi Karl Fon Savigny o’zining 1849 – yildagi qaytida, yurisdiksiya masalalari taraflarning bilvosita harakatlari bilan emas ochiq ifodalangan xoshishlari bilan tanlanishi mumkinligini ko’rsatib o’tgan. Albatta, ushbu fikr dastlabki erk muxtoriyati prinsipining tan olinishi sifatida tuyulishi mumkin. Shunga qaramasdan, Savigny shartnomaviy munosabatlarda taraflarning shartnomalari bajariladigan joydagi sudlar ushbu munosabatlarni hal etishda hamisha yurisdiksiyasi mavjud deb hisoblaydi. Bunga asos sifatida esa taraflarning shartnomaviy majburiyatlarni bajarish joyi ularning shartnomaviy munosabatlari bilan uzviy bog’laganligini va taraflar shartnomani bajarish joyini tanlashi bilan yurisdiksiyani ham tanlashlarini keltiradi [8].

XIX asr davomida mustaqil taraflarning xoshishlari yurisdiksiyani tanlashda ahamiyatli bo’lishi muhokama qilingan bo’lsa ham, qonunan haligacha taraflarning shartnomalari ular uchun sudlarning vakolatini rad etish uchun asos sifatida baholanmagan edi. 1854 – yildagi Angliyadagi XI Odat Huquqi Protseduraviy Akti (XI Common Law Procedure Act 1854)da ham taraflar arbitraj bitimi tuzganlarida ham sudlarning ushbu bitimlar yuzasidan vakolati hali ham mavjud edi [9]. Bu esa qonunan taraflar uchun shartnomaviy nizolarini boshqa mamlakatlar yurisdiksiyasiga topshirishni imkonsizligini anglatar edi. Taraflar shartnomalarida boshqa mamlakatlar yurisdiksiyasini tanlaganlarida ham taraflarning ushbu shartnomasi sudlarning ular ustidan qonuniy vakolatini chetlab o’tishga imkon bermasdi. Bu vaqtda taraflar faqatgina bilvosita harakatlari bilangina shartnomaviy nizolarini boshqa mamlakatlar yurisdiksiyasiga topshirishi mumkin edi. Bunda taraflarning xohishlaridan ham ko’ra ularning harakatlari muhim ahamiyat kasb etgan.

Erk muxtoriyati prinsipining bugungi kundagi ko’rinishga kelgunga qadar mavjud bo’lgan keying masala bu qonunan sudlarning faqatgina da’vogar va javobgar sud zalida mavjud bo’lgandagina ishlarni ko’rishi mumkinligi edi [10]. Bu sudlar oldiga ayrim qiyinchiliklarni qo’yar edi. Javobgar sud zalida mavjud bo’lmaganida sud ishlarining ko’rilmasligi ko’p holatlarda sud ishlarining juda uzoq muddatlarga cho’zilishiga olib kelgan. Sud ishlarining uzoq vaqt olishi o’z vaqtida da’vogarning ham huquqlari buzilishiga shuningdek buzilgan huquqlarini tiklanish holatlari yanada uzoq vaqt olib da’vogarga qiyinchilik tug’dirishi mumkin. Bundan tashqari, javobgar sud majlisiga kelmaganida, javobgarni sud majlisiga olib kelish vakolati sudlarda mavjud bo’lgan. Shunga qaramasdan, sudlarning ushbu vakolati javobgar faqatgina mamlakat ichida bo’lganidagina qo’llanishi mumkin bo’lardi javobgar mamlakatdan tashqarida bo’lganida esa uni sud majlisida qatnashish uchun olib kelishning biror bir samarali amaliy mexanizmi mavjud bo’lmagan. Bunday holatlarda ham sud ishlari javobgar qatnashamaganligi uchun noma’lum muddatga kechiktirilgan. Misol uchun 1896 – yildagi British Wagon Company v Gray kompaniyalari o’rtasidagi sud ishida sudlarning ushbu ikki tarafning ishlarini ko’rishni rad etishning asosiy sababi javobgar tarafning sud majlisida ishtirok eta olmasligi bo’lgan. Sudlar ushbu taraflarga taraflar shartnoma asosida susning vakolatini tanlashi mumkin emasligi va sudlar ishni faqatgina har ikki taraf ham sud majlisida qatnashganida ko’rib chiqishi mumkinligini asos qilib keltirgan [11].

Ushbu to’siqlarning amalda mavjud bo’lishi ko’plab sud ishlarining ko’rilish imkoniyatini yo’qqa chiqarganligi uchun ushbu holatni to’g’rilash uchun birin-ketin qarorlar qabu qilina boshlangan. Shunday qaror birinchi marotaba Angliyada 1852 – yilda Odat Huquqi Protseduraviy Aktida vujudga kelgan. Keyichalik ham ushbu qarorga bir necha marotaba o’zgartirishlar kiritilgan. 1896 – yilda Angliya Oliy Sudi Qarorlari To’plami (Order XI of the Rules of the Supreme Court 1896)da sudlarning vakolatini javobgar shartnomada tan olganda, u qatnashmaganda ham sudlarning sud majlisini o’tkazishga vakolati [12] tasdiqlangan.

Keyinchalik ushbu to’plam 1920 – yilda Angliya Oliy Sudi tomonidan o’zgartirilib taraflar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratilgan. Unga asosan sudlar taraflardan biri sud ishi yuritilayotgan mamlakatda bo’lmasa ham ularning shartnomaviy kelishuvlari asosida ish yuritishi mumkinligi belgilangan. Taraflar boshqa mamlakatlar yurisdiksiyasini nafaqat bilvosita harakatlar orqali, balki shartnomalarida o’zaro kelishuv orqali ham tanlash imkoniyatlariga ruxsat etilgan.

Bilamizki, erk muxtoriyati prinsipi asosida taraflar shartnomaviy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni hal etish uchun yurisdiksiyani erkin tanlay oladilar. Ushbu tanlovni taraflar shartnomalar tuzish orqali aks ettiradilar. Taraflarning shartnomaviy kelishuvga erishuvi sudlar uchun ularning tanlovini amalga oshirishga yetarli asos deb baholanadi. Sudlar aynan shu shartnoma asosida taraflarning nizolarini ko’rib chiqadi va hal etadi. Lekin har doim ham shunday bo’lmagan. Taraflar mustaqil tarzda shartnomalar orqali yurisdiksiyani tanlay olmaganlar. Taraflarning shartnomaviy munosabatlari va nizolarining tabiatidan kelib chiqib ushbu nizolar sudlar tomonidan ko’rib chiqilgan. Yurisdiksiyani tanlash yagona faktor hududiy (territorial) faktorga bog’liq bo’lgan. Taraflar esa ushbu faktorni rad eta olmaganlar. Ya’ni, qadimgi Rim huquqi qonunlariga o’xshash tarzda nizolar kelib chiqishiga asos bo’lgan hodisa yoki voqea qayerda sodir etilgan bo’lsa, shu mamlakat yoki mamlakat sudi taraflar nizolarini ko’rib chiqish uchun vakolatli deb hisoblangan. Taraflar shartnomalarining va nizolarining o’ziga xos xususiyatidan kelib chiqib mustaqil tarzda nizolarini samarali hal etishi mumkin bo’lgan sudlarni tanlash vakolati mavjud bo’lmagan. Bularning bari mamlakatlar tomonidan qat’iy belgilangan qoidalarning mavjudligiga borib taqaladi.

Keyinchalik XIX asr ohirlariga borib ushbu qat’iy qoidalar birmuncha yengilroq qoidalar va tamoyillar bilan o’zgara bordi. Taraflarning nizolarini ko’rib chiqishda mamlakatlar qonunchiligida qat’iy belgilangan hududiy bog’liqlik tamoyili sekin astalik bilan taraflar uchun odillik va munosiblik tamoyillari tomon siljiy boshladi. Ushbu jarayonlarni Angliya va Amerika Qo’shma Shtatlari qonunchiligi va sud amaliyotida yuz bergan o’zgarishlarda ko’rishimiz mumkin. 1927 – yilda Hess v Pawloski [13] keysi ushbu jarayonlar uchun yaqqol misoldir. Ushbu keysda sud ishlarini ko’rib chiqish uchun eng muhim asos sifatida ko’rilgan ikki faktor bo’lmasa ham, sudlar tomonidan ishlar ko’rib chiqilgan. Birinchi hududiy bog’liqlik tamoyili va ikkinchisi javobgarning sudda mavjud bo’lish tamoyilidir. Ilgarigi qoidalar asosida ushbu ikki omil mavjud bo’lmaganida sudlar qonun talablari asosida sud ishlarini ko’rish imkoniyati mavjud bo’lmagan. Ushbu keysda esa javobgar Pawloski aslida Pennsilvaniya shtatida istiqomat qilsa ham, sud ishlari Masachusetes shatati sudlarida ko’rib chiqilgan. Bunga asos esa javobgarning o’sha vaqtda Masachusetes shatatida bo’lganligidir. Bu holatda ham javobgarning bevosita tanlovi emas, balki bilvosita harakatalari orqali amalga oshirgan tanlovini ko’rishimiz mumkin. Sudlar ham ushbu holatda javobgarning ushbu vaqtda Masachusetes shatati bilan aloqasi mavjud bo’lmasa ham, harakatlari orqali nizolarini ushbu sud orqali ko’rishga ishora qilgan bo’lishi mumkin deb hisoblagan va shu sababli ham ushbu ish javobgarning o’zi istiqomat qiladigan joy sudida emas, balki sud ishlari u istagan hudud sudida ko’rib chiqilgan. Ushbu holat Amerika Qo’shma Shtatlari qonunchiligida erk muxtoriyati prinsipining vujudga kelib rivojlanishi uchun muhim qadam deb baholangan.

Ushbu o’zgarishlarning barchasi ommaviylikdan xususiylikka qarab yo’nalishdir. Mamlakat qonunlari tomonidan qat’iy o’rnatilgan tamoyillar va qoidalarning xususiy shaxslar va taraflar uchun qulaylik yaratadigan tamoyillar va qoidalar bilan almashinishidir. Bu o’zgarishlarni xalqaro munosabatlarda davlat manfaatlarining birlamchi ahamiyat kasb etishidan individual shaxslarning va taraflarning manfaatlari ham asosiy o’rin egallab borishi tomon o’zgarishi deb hisoblashimiz mumkin. Chunki mamlakatlar qonunchiligi o’zgarib borishi bilan individual shaxslarning tashabbuskorligini va ularning manfaatlariga kengroq yo’l ochuvchi qoidalar ko’zga tashlana bordi. Bu esa xususiy huquqiy munosabatlarning o’zgarishi va mustahkamlanib borishiga yo’l ochdi.

Erk muxtoriyati prinsipining taraflarni yurisdiksiani tanlash masalalarida vujudga kelishi va rivojlanishi faqatgina Odat huquqi mamlakatlari yoki Amerika Qo’shma Shtatlari qonunchligi bilan cheklanib qolmagan. Roman huquqi tamoyiliga asoslanuvchi mamlakatlarda ham taraflarning yurisdiksiya yoki taraflarning shartnomaviy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni ko’rib chiqish uchun sudlarni tanlash vakolati mavjud bo’lmagan. Ushbu masala faqatgina mamlakatlar huquqi doirasida deb baholangan. Mamlakat qonunchiligi bilan hududiy bog’liqlik asosida ushbu masala hal etilgan. Dastlabki davrlarda, individual taraflarning shartnomalar asosida mamlakat qonunchiligi asosida o’rnatilgan tamoyillarni kesib o’tishga huquqi mavjud bo’lishi mumkinligi to’g’risida hattoki tushuncha ham mavjud bo’lmagan [14]. Taraflar mamlakat qounchiligi tomonidan qat’iy belgilangan qoidalarga bo’ysunishdan boshqa muqobil tanlovlari mavjud bo’lmagan. Nizolashuvchi taraflarning har biri bir mamlakat fuqarolari bo’lganida ularning nizolarini ko’rib chiqishni topshirish qat’iyan qonun bilan rad etilgan. Taraflarning o’z mamlakatlari sudlari orqali nizolarini hal eta olish huquqlari rad etib bo’lmaydigan huquq [15] deb baholangan.

Xalqaro munosabatlarda taraflarning yurisdiksiyani va taraflarning shartnomaviy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni hal etish uchun sudlarni tanlashga oid birinchi xalqaro instrument 1958 – yilda qabul qilingan Sudlarni tanlashga oid Shartnomalar yuzasidan Gaaga Konvesiyasidir. Ushbu Konvensiya taraflarga xalqaro munosabatlarda sudlarni tanlash imkoniyatini ochib bergan.

1958 – yilda qabul qilingan Nyu York Konvensiyasida taraflar uchun nafaqat sudlarni tanlash, balki nizolarni hal etishning muqobil vositalaridan hisoblangan arbitrjani nizolarni hal etish vositasi sifatida tanlash imkoniyatini beradi. Taraflar nizolarini mamlakat sudlari bilangina emas, nizolarni muqobil hal etish vositalari bo’lgan arbitraj orqali ham hal etishi mumkin bo’lgan. Bu taraflarning erk muxtoriyati prinsipining rivojlanishida eng muhim qadamlaridan hisoblanadi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, erk muxtoriyati prinsipining vujudga kelishi va rivojlanishi uzoq bir davrni tashkil etgan. Dastlabki davrda, xalqaro munosabatlarda davlatlarning ommaviy manfaatlari ustun bo’lgan. Taraflarning har qanday munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalar faqatgina mamalakatlar tomonidan qat’iy belgilangan. Individual shaxslarning mamlakatlar tomonidan qat’iy belgilangan qoidalarni o’zgartirish imkoniyati mavjud bo’lmagan. Taraflar yurisdiksiyani tanlash masalalarida ommaviy manfaatlarni ko’zda tutib harakatlanganlar. Mamlakat qonunchiligi tomonidan qoidalar hududiy bog’liqlik eng muhim asos deb baholangan. Hududiy bog’liqlik bo’lmaganida esa taraflar nizolarni ko’rishning asosi mavjud emas deb baholangan. Keyinchalik xalqaro munosabatlarda xususiy manfaatlar ham aks eta boshladi. O’zgarishlar ommaviy manfaatlardan xususiy manfaatlar tomon ko’chib bordi. Davlatlarning ommaviy manfaatlari ko’zda tutuvchi qarashlardan xususiy taraflar uchun adolatlilik va maqbullik tomon ko’chib borgan.

References:

1. Mills A. Party Autonomy in Private International Law, Cambridge University Press, 2013, pp.580.

2. G. Koziol, H. Koziol Austrian Private Law, Wien, 2017.

3. The Conventicle Act of Parliament to prevent and suppresse seditious Conventicles, 1664.

4. Johns F. Performing Party Autonomy, American Journal of Comparative Law, 2012. No.71, pp. 78-80.

5. Scott v Avery case 1856, available at https://danil-hristich.com/en/scottv-averyclause/#:~:text=In%20Scott%20v%20Avery%20%5B1856,for%20a%20claim%20in %20court.

6. A. Orford Jurisdiction Without Territory: From the Holy Roman Empire to the Responsibility to Protect Responsibility to Protection, Michigan Law University, 2009.

7. D. Liakopoulos Jurisdiction agreements and comparative interpretations between England and US courts. the role of private international law of European union,

8. Reese Willis L. M. Power of parties to choose law governing their contract, Proceedings of the American Society of International Law at Its Annual Meeting (1921-1969) © 1960 Cambridge University Press.

9. A. Mills, Conceptualizing Party Autonomy in Private International Law, available at https://www.cairn.info/revue-critique-de-droit-international-prive-2019-2- page-417.htm

10. Keyes M. and Marshall B. Jurisdictional agreements: Exclusive, optional and asymmetrical, 11 Journal of Private International Law, 2017.

11. Fentiman R. Unilateral Jurisdiction Agreeents in Europe, Cambridge Law Journal, 2013, no 24, pp.72 -75.

12. Basedow J. The Hague Principles on Choice of Law: their addressees and impact, Uniform Law Review, 2017, pp.304.

13. Hess v Pawloski 1927, available at

14. C. Pejovic Civil Law and Common Law: Two Different Paths Leading to the Same Goal, Poredbeno pomorsko pravo 40(155), 2001.

15. Mills A. The privatization of private law (and) International Law, 2023 Current Legal Problems, https://doi.org/10.1093/clp%2Fcuad003

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.