QOSHG‘ARIY VA NAVOIY ASARLARIDA UCHRASHI.
Hamidov Abdumalik
Termiz davlat pedagogika instituti filologiya fakulteti dekani
Rajabova Sabohat
Termiz davlat pedagogika instituti O'zbek tili va adabiyoti 2-kurs magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola Eshqobil Shukur “Bobo so‘z izidan” asarida keltirilgan so‘zlarning Mahmud Qoshg‘ariy va Navoiy asarlarida uchrashini va hozirda o'sha so'zlardan qay tarzda foydalanilishi tahlil qilinadi. O'zbek tilida so'zlarning asarlarda va kundalik so'z boyligimizda ishlatilishi ham anchayin muhim hisoblanadi. Shu sababli yozuvchining ushbu asarini keng o'rgansa arziydi. Bu bilan nutqimizda ulardan to'g'ri foydalana olish imkoniyatimiz oshadi.
Kalit so'zlar: Alisher Navoiy, "Muhokamat ul lug'atayn", Mahmud Qoshg'ariy, "Devonu lug'otit turk", ibora, maqol, so'zlar.
МАХМУД О СЛОВАХ, ЦИТИРОВАННЫХ В ПРОИЗВЕДЕНИИ «БОБО
СОЗ ИЗИДАН» ЭШКАБИЛЯ ШУКУРА
ВСТРЕТИЛИСЬ В РАБОТАХ КАШАГАРИ И НАВОИ.
АННОТАЦИЯ
В данной статье анализируется встреча слов, упомянутых в произведении Эшкабила Шукура «Баба Соз Изидан», в произведениях Махмуда Кашгари и Навои и то, как эти слова используются в настоящее время. Очень важно также использование слов узбекского языка в произведениях и в нашем повседневном словаре. Поэтому стоит изучить это произведение писателя. Это повысит нашу способность правильно использовать их в речи.
Ключевые слова: Алишер Навои, «Мухокамат ул лугатайн», Махмуд Кашгари, «Девону луготит тюрк», фраза, пословица, слова.
MAHMOUD OF THE WORDS QUOTED IN THE WORK OF "BOBO SOZ
IZIDAN" BY ESHQABIL SHUKUR
MET IN THE WORKS OF KASHAGARI AND NAVOI.
ABSTRACT
This article analyzes the meeting of the words mentioned in the work of Eshkabil Shukur "Baba Soz Izidan" in the works of Mahmud Kashgari and Navoi and how those words are used now. The use of words in the Uzbek language in works and in our everyday vocabulary is also very important. Therefore, it is worth studying this work of the writer. This will increase our ability to use them correctly in our speech.
Key words: Alisher Navoi, "Muhokamat ul lug'atayn", Mahmud Kashgari, "Devonu lug'otit turk", phrase, proverb, words.
KIRISH.
Eshqobil Shukur "Bobo so'z izidan" asari tamomila lingvistik usulda yozilgan hisoblanadi. Unda dialektal so'zlarni ham, tarixiy so'zlarni ham, chetdan o'zlashgan va yasama so'zlarni ham uchratishimiz mumkin. Yana Eshqobil Shukur o'zining ushbu asarida jami 418 ta so'zni keltirib o'tgan. Bu so'zlarni izohlashda yozuvchi izohli lug'at, etimologik lug'at, Mahmud Qoshg'ariy, Navoiy va boshqa adiblarning asarlaridan foydalangan. Yozuvchi har bir so'zning kelib chiqishini astoydil bilishga uringani ko'rinib turadi. Kitobda har bir so'z sarlavha qilib berilgan va o'sha so'z haqida so'z yuritilgan. So'zlarni o'rganilishida folklorshunoslikka ham e'tibor qaratilgan ya'ni urfodatlar, o'yinlar, mavsumiy qo'shiqlarning kelib chiqishi ham tushuntirib o'tilgan.
Asosiy qism
Eshqobil Shukur "Bobo so'z izidan" asarida kelgan bir so'z diqqatimni tortdi bu 'beshik kertti' degan so'zdir. 'Beshik kertti' so'zini eshitganman, bu bir udum hisoblanadi. Unga yaqin-yaqindan beri amal qilib kelishadi. Bu udumning ma'nosi shuki, qiz bola chaqaloqlida kimgadir unashtirish degani, ba'zi joylarda bu udum "qulog'ini tishlatdi" deb ham ataladi. Endi qaraydigan bo'lsak, "beshik kertti" so'zidagi "beshik" bu hammamizga tanish, lekin "kertti" nima degani ekan?! Mahmud Qoshg‘ariy izohlashiga ko'ra "kertik so'zi" "belgi" degan mazmunda keladi. "Kertik" esa "kesilgan", "o'yiq" deb ta'riflangan. Bunday olib qarasak bu ibora, bu udum "beshigida belgili qildi" degan ma'noni englatar ekan.
Biror joyga qo'yilgan nomlar ham odamni o'ziga tortadi, ma'nosi nima ekan, nega bunaqa nom qo'yilgan ekan degan qiziqish paydo qiladi. Bunday joy nomlaridan biri Toshkent viloyatidagi "So'qoq" deb ataladigan so'lim maskandir. "So'qoq" so'zini mahalliy aholi "suvi ko'k" ma'noda izohlaydi. Lekin qadimda "so'qaq" so' zi "oq kiyik" degan ma'noni bildirgan. Mahmud Qoshg‘ariy "soqaqlig' tağ" (kiyikli tog') degan iborni ham keltirib o'tgan.
Tilimizda ishlatiladigan bir so'z bor bu "kuyov" so'zidir. Bu so'z ham Mahmud Qoshg‘ariyning asarlarida kelgan. "Kuyov" so'zi Mahmud Qoshg‘ariyning asarida "kuzagu" shaklida kelgan. "Kuyov" so'zining ma'nosi "chiroyli" degani deb aytib o'tilgan. Chunki "kuyov" so'zida ko'rk va navqironlik bordir.
Zo'r karvon yo'lida yetim bo'tadek,
Intizor ko'zlarda halqa-halqa yosh.
Eng kichik zarradan Yupitergacha
O'zing murabbiysan, xabar ber, quyosh.
Ushbu misra G'afur G'ulomning "sog'inish" she'ridan keltirilgan. "Sog'inish" bu so'z ham uzoq tarixdan beri ishlatilib kelinadi. Mahmud Qoshg‘ariy ham uning mazmunini shunday sharhlagan: Bu mazmun juda qiziq va ajoyib! Bunda "Men uni sog'indim" deyayotgan odamning kechinmalaridan ko'ra sog'inilgan odamning siymosi oldinda turadi. Darhaqiqat, bu so'z hozir ham birov uchun kuyinish, birov uchun qayg'urish va intilish mazmunini anglatadi.
Yana bir so'zga e'tibor qaratadigan bo'lsak, bu so'z "gapning dangal" idir. Rostan ham bittagina so'z ko'p kechinmalarni ifoda eta oladi. Biz hozirda "dangal" so'zini lo'nda, bir so'zli, mard ma'nolarida tushunamiz. Xo'sh, "dangal" so'zi qanday paydo bo'lgan? Uning dunyoga kelishiga asos nima? Qadimda bu so'zning asl ma'nosi shunday bo'lgan: arpa va bug'doylar o'rilgach, ularning dastma-dasta qilib bog'langan bog'i "dangal" deyilgan. Bu Mahmud Qoshg‘ariyninh izohidir. Qarangki, odam ham o'zini eplay olmay har tarafga hasday sochilib yotsa, bir butun holga kelolmasa, u hech qachon dangal bo'lolmaydi. "Dangal odam" iborasi asosan odamning qat'iyatlini va mustahkam sifatlarini ifodalash uchun qo'llaniladi.
Nutqimizda qo'llab kelayotgan "tirik" so'zi haqida ham to'xtalib o'tmoqchiman. Tirik" nimasi bilan tirik? Biz har kuni ko'p va takroriy ishlatadiganimiz "tirik" so'zi har Qoshg‘ariy izohlashiga ko'ra "tir" so'zi asli "yasha" degan ma'noni anglatadi. Demak, "tirik" so'zi ham aynan shu "tir" so'zidan kelib chiqqan. O'z-o'zindan ayonki, tirik yashashi bilan tirik.
Ko'p so'zlarni orzu qilganimizda, hissiyotga berilganimizda so'zlaymiz. Shunday so'zlardan biri bu "quloch och" biz orzularimizga erishish uchun unga "quloch och"ishimiz haqida ko'p aytamiz. Aslida bu so'z qanday paydo bo'lganini hozir aytib o'taman. Mahmud Qoshg'ariy "quloch" so'zini "qo'l va och"dan kelib chiqqan deya izohlagan. Yana boshqa olimlar turli tahminlarni ilgari suradilar. Lekin Qoshg'ariy fikri asosli quriladi. Chunki quloch odamning ikki qo'li ikki yonga yoyilganda, qo'li keng ochilganda hosil bo'ldi. "O'zbek tilining etimologik lug'ati" da bu so'zni "qo'l" va "uch" otlarining qo'shilishidan hosil bo'lib, ikki qo'l uchi orasidagi o'lchov ma'nosini ifodalaydi. Bu faraz ham mulohazaga yo'l ochib beradigan faraz.
Yana bir so'zdan biri bu "yoz" so'zidir. Biz faslga nisbatlab bu so'zni ishlatamiz. Navoiyning "Layli va Majnun" dostonida shunday misralar bor.
So'kso'k kibikim chu bo'ldi suda,
Yotqay yozi uzra to'da-to'da.
Mazmuni: bu suyaklar cho'llardagi chirigan saksovullardek to'da-to'da bo'lib yotar edi. Bundan ko'rinadiki Navoiy ham "yozi" so'zini cho'l ma'nosida qo'llayapti.
Eshqobil Shukur "Bobo so'z izidan" kitobida yana bir "qaymoq-quymoqsuymox" nomli sarlavha bilan bu so'zlarni izohlab bergan. Mahmud Qoshg‘ariy "Devon" ida "qaymoq" so'zi "quyuqlandi" so'zidan kelib chiqqan deb izohlanadi. Qadimda "yoğ"ning" moy" so'zidan tashqari "qay" shakli ham bo'lgan ekan. Demak, "qaymoq" "yog'landi", "yog'li bo'ldi" ma'nolarini ifoda etadi. Bu o'rinda "quyuqlandi" so'zi ham tub ildizga yaqin keladi. Endi "quymoq" so'ziga keladigan bo'lsak, bu so'zning paydo bo'lishiga "quyish, quymoq" fe'li asos bo'lgan bo'lishi ehtimolga yaqin. Lekin quymoq pishirishda ham suyuq tuxum quyuqlanadi. Xakas tilida ham "suymox" so'zi bor. Ma'lumki, turkiy tillarda "sok", "sharbat" ma'nosida ifodalangan so'zni kam uchratamiz. "Suymox" so'zi shu "sharbat" ma'nosini ifoda etadi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, yozuvchining ushbu kitobini har bir o'zini o'zbekman degan inson olib o'qishi kerak. Chunki unda ozmi-ko'pmi milliyligimiz, so'zlarimizning asrlar osha yashaganligi, qaysi tildan qay holda tilimizda o'rnashganligi, urf-odat, udumlarimiz, tilimizda ishlatib kelinayotgan ibora, maqollar aslida qay ko'rinishda bo'lgan, ularning ma'nolari qanday, nega bu so'z shu shaklga kelganligi aniq izohlar bilan, tushuntirishlar bilan juda yaqqol ta'riflab berilgan. Bu kitobni o'qish oson, anglash osondir. Adabiy tilning shakllanishi, baland maqomi, sheva xazinasidagi so‘zlarni iste’molga olib kirishi va esdan chiqqan tub so‘zlarning qayta qo‘llanishida adiblarning benazir badiiy tafakkuri vosita bo‘ladi. Xalq ichidan olingan jonli so‘zlar ularning ijod xumdonida toblanadi, pishadi, qayralib sayqal topadi. Shu zaylda xalqning tuganmas xazinasiga, muomala-munosabatlarida ma’naviy mulkiga aylanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. https://www.wordunscramble
2. https://cyberleninka
3. https://www.iberdrola.com
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.