FIZIOLOGIYA FANIDAN AMALIY KO‘NIKMALAR VA LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARI
Abstract
Mazkur «Fiziologiya fanidan amaliy ko‘nikmalar va laboratoriya mashg‘ulotlari» nomli o‘quv qo‘llanma tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanmada normal fiziologiya fanining asosiy bo‘limlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar va laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish tartibi tizimli ravishda yoritilgan. Har bir mavzu bo‘yicha amaliy mashg‘ulotning maqsadi, nazariy asoslari, ishni bajarish tartibi, zarur asbob-uskunalar va reaktivlar, olingan natijalarni tahlil qilish usullari hamda bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashga xizmat qiluvchi nazorat savollari keltirilgan. Qo‘llanma talabalarda fiziologik jarayonlarning mexanizmlarini chuqur anglash, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, laboratoriya ko‘nikmalarini shakllantirish va mustaqil ta’lim olish kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. O‘quv qo‘llanma tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari, magistrantlar, fiziologiya fani o‘qituvchilari hamda ushbu yo‘nalishga qiziquvchi mutaxassislar uchun tavsiya etiladi.