YOSHLARDA MADANIY XULQ-ATVORNI SHAKLLANTIRISH
Yaxyoyeva Sojida Abdurahimovna
Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
instituti Samarqand filiali dotsenti
Annotatsiya. Ushbu maqola o‘quvchilarda gender o‘ziga xoslikni shakllantirishning dolzarbligi, gender o‘ziga xoslik shaxsning asosiy qiyofasini belgilovchi hodisa ekanligi, bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonida ularni gender modellar hamda madaniy xulq atvorni shakllantirishga oid pedagogik, psixologik bilimlar bilan qurollantirish zarurati asoslangan. Maqola ta’lim sohasi mutaxassislari, о‘qituvchilar, talabalar hamda ilmiy pedagogik jamoatchilik uchun muhim manba bо‘lib xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar: O‘zbekistonda gender ta’lim, gender o‘ziga xoslik, gender, gender madaniyat, qiz bolalar, о‘g‘il bolalar, gender ta’lim, о‘quv-tarbiya jarayoni, ijtimoiymadaniy muhit.
ФОРМИРОВАНИЕ КУЛЬТУРНОГО ПОВЕДЕНИЯ ШКОЛЬНОЙ И
СТУДЕНЧЕСКОЙ МОЛОДЕЖИ ЧЕРЕЗ ГЕНДЕРНЫЕ МОДЕЛИ
Аннотация. В основе данной статьи лежит актуальность формирования гендерной идентичности у студентов, тот факт, что гендерная идентичность является феноменом, определяющим основной образ человека, и необходимость вооружения будущих учителей педагогическими и психологическими знаниями, связанными с формированием гендерных моделей и культурного поведения в процессе их обучения. Статья является важным источником информации для специалистов в области образования, преподавателей, студентов, а также научнопедагогического сообщества.
Ключевые слова: гендерное образование в Узбекистане, гендерная идентичность, гендер, гендерная культура, девочки, мальчики, гендерное образование, образовательный процесс, социокультурная среда.
FORMATION OF CULTURAL BEHAVIOR IN STUDENTS AND STUDENTS
THROUGH GENDER MODELS
Annotation. This article is based on the relevance of the formation of gender identity in students, the fact that gender identity is a phenomenon that determines the main image of a person, and the need to arm future teachers with pedagogical and psychological knowledge related to the formation of gender models and cultural behavior in the process of training them. The article serves as an important resource for education specialists, teachers, students, and the scientific and pedagogical community.
Key words: gender education in Uzbekistan, gender identity, gender, gender culture, girls, boys, gender education, educational process, socio-cultural environment.
O‘quvchi qizlar va o‘g‘il bolalarda gender o‘ziga xoslikni shakllantirish ularni milliy-madaniy yondashuv asosida ijtimoiy hayotga tayyorlashning muhim shartidir. Chunki gender o‘ziga xoslik o‘quvchi shaxsining tashqi hamda ichki qiyofasidagi uzviylik va o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkonini beradi. Ma’lumki, shaxslararo munosabatlarda o‘zaro qarama-qarshiliklarning ko‘lami kengayib bormoqda. Gender modellar aksariyat hollarda o‘ziga xosligini yo‘qotmoqda. O‘g‘il va qiz bolalarning har biriga xos bo‘lgan g‘ziga xoslik ommaviy va marginal madaniyat ta’sirida yo‘qolib bormoqda. Buni birinchi navbatda gender modellarning dunyoqarashidagi og‘ishlar va cheklanishlarda ko‘rish mumkin. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat va jamiyat hamda uning asosiy mexanizmi bo‘lgan ta’lim tizimini shaxs tarbiyasiga alohida e’tibor qaratishga undamoqda.
Tarbiyaviy jarayonlarning asosiy vazifalaridan biri gender modellarda gender o‘ziga xoslikni shakllantirishdan iborat bo‘lishi kerak. Buning uchun uzluksiz tarbiya jarayonlarida gender modellarda o‘ziga xoslikni shakllantirish va uzluksiz rivojlantirish mexanizmlarini o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish vazifasi kun sayin dolzarblashmoqda. Chunki o‘ziga xoslikning ko‘rinishlaridan biri gender mansublikdir. Gender o‘ziga xoslik har bir shaxsning gender model (o‘g‘il yoki qiz bola sifatida) o‘zini namoyon qilishiga imkoniyat yaratadi. Bu o‘z navbatida gender modellarning jamiyat madaniy-ma’naviy taraqqiyotini ta’minlashiga sharoit yaratadi. O‘quvchilarda esa o‘z “men”ining obrazini shakllantirishga ko‘maklashadi. Natijada gender modellar o‘zligini anglagan holda ijtimoiy funksiyalarini bajarishga moslashadilar.
Gender modellarga asoslangan ta’lim jarayoni kо‘pincha о‘quvchilarni о‘g‘il yoki qiz bolaga ajratish nuqtai nazaridan yondashiladigan hodisa sifatida baholanadi. Ta’lim jarayonida esa aksariyat hollarda о‘quvchilarning gender xuxusiyatlariga e’tibor qaratilmaydi. Bu о‘z navbatida о‘quvchilarda gender о‘z о‘zini anglash tuyg‘usining yetarlicha shakllanmasligiga asos bо‘ladi. Gender modellarga asoslangan ta’limda о‘quvchilarning jinslarga kо‘ra rollarini shakllantirish hamda jismoniy rivojlanishini nazarda tutishi kerak. Shu bilan bir qatorda uyg‘un tarzda rivojlangan shaxsni shakllantirish, gender stereotiplarning ildizlarini bartaraf etishdan iborat. Shuning uchun ham о‘quvchi hamda talaba yoshlarda gender madaniyatni shakllantirish О‘zbekiston jamiyatidagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda pedagogika fanida ta’lim jarayoniga gender modellarni tatbiq etishga yetarlicha e’tibor qaratilmayapti. Gender model tushunchasi lotinchadan kirib kelgan bо‘lib, gens - lot. “tug‘ilish” ma’nosini anglatib, qiz yoki о‘g‘il bola modelini о‘z ichiga oladi. Biologik jinsdan farqli tarzda jamiyatda tuzilma shaklida ifodalanadi. Jamiyatdagi turli-tuman madaniyatlarda tarixiy jihatdan shakllangan milliy xarakterdagi modellar mavjud. О‘zbekiston jamiyatida garchand о‘zbek millatiga xos bо‘lgan gender model mikrosotsiumning asosini tashkil etsada, boshqa gender modellarga nisbatan tolerant yondashuv amalga oshirilmoqda. О‘quvchi hamda talaba yoshlarni ham xuddi mana shu yondashuvga asoslangan holda tarbiyalash natijasida О‘zbekiston jamiyatida gender madaniyatni rivojlantirish imkoniyatlari kengayadi. Har bir jamiyat о‘z taraqqiyoti davomida ayollarga xos bо‘lgan (feminlik) hamda erkaklarga xos bо‘lgan (maskulin) belgilar majmuini shakllantiradi.
Mazkur belgilar о‘zida milliy mentalitetga xos bо‘lgan jihatlarni mujassamlashtiradi. Ushbu belgilar yordamida о‘quvchi hamda talaba yoshlarda xulqatvor shakllari tarkib topadi. Gender xususiyatlar bola tug‘ilgan dastlabki kunlardan boshlab ota-onalar tomonidan shakllantiriladi. Bu о‘g‘il va qiz bolalarning kiyimlari, о‘yinchoqlari, anjomlar va ularni erkalovchi sо‘zlarda о‘z ifodasini topadi. Masalan, о‘g‘il bolalarga “toychog‘im”, qizlarni “qizg‘aldog‘im” deb erkalash, qizlarga pushti, qizil kiyimlar olib berish, qо‘g‘irchoqlar hadya qilish, о‘g‘il bolalarga esa koptoklar, mashinalar, harbiy kiyimchalar hadiya etish an’anasi shakllangan. О‘g‘il bolalar uchun qat’iylashgan model ularning oila boshlig‘i, oilaning ta’minotchisi, unda yashovchi qizlar va ayollarning himoyachisi ekanligida namoyon bо‘lsa, qiz bolalarni esa bо‘lajak ona, uy bekasi, nazokat, nafosat, ibo-hayo sohibi qilib tarbiyalash an’anasi kо‘p asrlar davomida shakllanib kelgan.
Ajdodarimiz gender modellarga tayangan holda ta’lim-tarbiyaning mazmuni, shakllari, vositalarini belgilaganlar. Bunday yondashuv xalq pedagogikasi va ajdodlarimiz merosida qat’iylashgan. Gender modellarga tayangan holda kasb-hunar turlari belgilangan.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, gender modellar har doim kо‘p yoqlamalik va bir-birini inkor etuvchi xarakterga ega. О‘g‘il bolalar kuchli, qat’iyatli, qizlar esa nozik, erkalanishga moyil, kо‘ngilchan bо‘ladilar. Jamiyatda qaror topgan gender modellar uning a’zolari tomonidan tasdiqlanadi va qо‘llab quvvatlanadi. Bunday modellarni qa’iylashtirishda oila, ta’lim muassasalari, huquq tartibot muassasalari mas’ul hisoblanadilar. Gender modellarga asoslangan ta’lim jarayoni kо‘pincha о‘quvchilarni о‘g‘il yoki qiz bolaga ajratish nuqtai nazaridan yondashiladigan hodisa sifatida baholanadi. Ta’lim jarayonida esa aksariyat hollarda о‘quvchilarning gender xususiyatlariga e’tibor qaratilmaydi. Bu о‘z navbatida о‘quvchilarda gender о‘z о‘zini anglash tuyg‘usining yetarlicha shakllanmasligiga asos bо‘ladi. Gender modellarga asoslangan ta’limda о‘quvchilarning jinslarga kо‘ra rollarini shakllantirish hamda jismoniy rivojlanishini nazarda tutishi kerak.
Shu bilan bir qatorda uyg‘un tarzda rivojlangan shaxsni shakllantirish, gender stereotiplarning ildizlarini bartaraf etishdan iborat. Shuning uchun ham о‘quvchi hamda talaba yoshlarda gender madaniyatni shakllantirish О‘zbekiston jamiyatidagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunga qadar pedagogik jarayonlarda gender modellar orasidagi munosabatlarni shakllantirish mexanizmlari, shart-shaoitlari, qonuniyatlari еtarlicha ochib berilmagan. Gender modellarga pedagogik ta’sir ko‘rsatish imkonini beradigan didaktik vositalar aniqlanmagan. Gender modellar orasidagi munosabatlarning qadriyatli yo‘nalshlari ishlab chiqilmagan. Bo‘lajak o‘qituvchilarni gender modellar orasida qadriyatli munosabatlarni shakllantirish, gender modellarni shaxs sifatida shakllantirish metodikalari yaratilmagan. Gender modellar orasidagi munosabatlarning nazariy-metodologik asoslarini ishlab chiqishga yеtarlicha e’tibor qaratilmayapti.
Gender modellar orasidagi munosabatlar masalasi keng ko‘lamli hodisa bo‘lib, unda aksariyat belgilari asosida tenglikni ta’minlash nazarda tutiladi. O‘g‘il va qiz bolalar orasidagi farqlarning ijtimoiy pedagogik, ijtimoiy-psixologik tavsiflari ham muammoning еchimini ta’minlashda o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. O‘g‘il va qiz bolalarning o‘quv jarayonida faoliyat ko‘rsatish imkoniyatlarini o‘rganish ham alohida pedagogik muammo hisoblanadi. XXI asrning boshlariga kelib, gender munosabatlarning pedagogik yo‘nalishini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar amalga oshirila boshlandi. Gender munosabatlar sohasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlarda gender modellarning tarixiy taraqqiyoti va ular bajaradigan funksiyalardagi o‘zgarishlarga e’tibor qaratish bugungi kunda gender modellarning jamiyatda tutgan mavqeini aniqlashda o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.
O‘quvchilarda gender o‘ziga xoslikni shakllantirish maqsadida ta’lim tarbiyaviy jarayonlar, o‘quv dasturlari, darsliklar mazmuni hamda o‘quv-metodik ta’minotni gender yondashuv asosida takomillashtirish zaruriyati mavjud. Ushbu maqsadda bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonida ularni gender modellar hamda madaniy xulq-atvorni shakllantirishga oid pedagogik, psixologik bilimlar bilan qurollantirish alohida dolzarblik kasb etmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Ibraimov X, Quronov M va boshq. Ota-ona – murabbiylar uchun uslubiy metodik qo‘llanma. Toshkent.: - 2024.- 220 b. 2. Наумова Т.А., Причинин А.Е., Титов А.В. ФОРМИРОВАНИЕ ГЕНДЕРНОЙ
КУЛЬТУРЫ УЧАЩИХСЯ ОСНОВНОЙ СЕЛЬСКОЙ МАЛОКОМПЛЕКТНОЙ
ШКОЛЫ НА УРОКАХ ТЕХНОЛОГИИ // Современные наукоемкие технологии. – 2020.–№3.–С.178-182; URL: https://top-technologies.ru/ru/article/view?id=37963 (дата обращения: 30.04.2024). 3. Tojiboyeva X.M. Gender madaniyatning zamonaviy shakllarini vujudga keltiruvchi ijtimoiy-pedagogik omillar // Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar. – Buxoro davlat universiteti, 2022. – №1. B.178-182. 4. Шатон Г.И. Гендерные аспекты образования // Гендерные аспекты образования: Сб. науч. докладов преподавателей и студентов жен. негос. ин та «Энвила». – Мн., 1998.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.