ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

G’ijduvon tumani Muazzam aya fermer xo’jaligida muttasil mo’l va sifatli hosil olish omillari.

Abstract

Buxoro  viloyatida sug’oriladigan yerlarning umumiy maydoni 229.2 ming gektarni tashkil etadi,shu jumladan 205,2 ming gektari turli darajada (sho’rlanmagan -24,0;kuchsiz sho’rlangan-125,8;o’rtacha sho’rlangan 48,2 va kuchli sho’rlangan -31,2 ming gektar) sho’rlangan maydonlardan iboratdir.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

Mavzu: G’ijduvon tumani Muazzam aya fermer xo’jaligida muttasil mo’l

va sifatli hosil olish omillari.

BuxDu Agronomiya va tuproqshunoslik kafedrasi professori

Yunusov Rustam.

BuxDu Agronomiya va tuproqshunoslik kafedrasi o’qituvchisi

Hamroyev Diyorjon Xonnazar o’gli

BuxDu Mevachilik va uzumchilik ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabalari

Hamitova Dildora Mirzo qizi,Istamova Dilnoza Zaynitdinovna.

Buxoro viloyatida sug’oriladigan yerlarning umumiy maydoni 229.2 ming gektarni tashkil etadi,shu jumladan 205,2 ming gektari turli darajada (sho’rlanmagan - 24,0;kuchsiz sho’rlangan-125,8;o’rtacha sho’rlangan 48,2 va kuchli sho’rlangan -31,2 ming gektar) sho’rlangan maydonlardan iboratdir.

Bu tuproqlar sug’oriladigan o’tloqi-taqirli va sug’oriladigan o’tloqi- allyuvial tuproqlar toifasiga kiradi va shuni alohida qayd qilish lozimki,G’ijduvon tumani yerlarining 79% i sho’rlanmagan,11,5% kuchsiz,2,5% o’rtacha va 7% i esa kuchli sho’rlangan hisoblanadi.Tuproqning mexanik tarkibi bo’yicha qum va qumloq - 17,5%,yengil qumoq-20,3%,o’rta qumoq-52,6% ni tashkil etsa,9,6% og’ir qumoq va loyli tuproq turlaridan tashkil topgan.Yuqorida keltirilgan tuproqlarning mexanik tarkibi,sho’rlanish tipi va darajalarini atroflicha o’rganish,ya’ni shu hududdagi tuproqlar unumdorligini saqlash,oshirish va samarali foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Shuni qayd etish joizki,Muazzam aya fermer xo’jaligi o’zining joylanishi bo’yicha issiq iqlim mintaqasiga kiradi,quruq kontinental iqlim toifasiga kiradi.G’ijduvon tumani iqlim sharoiti asosan ikki omil,ya’ni cho’l va chala cho’llar iqlim ta’sirida shakllangan.Shu jumladan Muazzam aya fermer xo’jaligini iqlimning umumiy xususiyatlari tekislik hududida joylashganligi bois uning keskin kontinental quruqligi,yerlarida esa havo haroratini o’zgarib turishi,yog’inlar miqdorini ko’payib borishi,quyosh radiatsiyasining miqdori ortib borishi,atmosfera yog’inlarining yil davomida bir maromda tekis taqsimlanishiga o’z aksini topgan.

Muazzam aya fermer xo’jaligi sharoitida ko’p yillik o’rtacha harorat +130C bo’lib,ilk sovuq urishi davri bu oktabr oyini oxiri,oxirgi sovuq urish davri mart oyi oxirlariga,hatto aprel oyining o’rtalariga ham mos kelishi mumkin.Iyunning o’rtacha temperaturasi +270C,+100Cdan yuqori davr esa 28 martdan 28 oktabrgacha 210 kunni tashkil etadi,bu ko’rsatkich foydali haroratga ega kunlari hisoblanadi.Eng sovuq oy yanvarlarda,ya’ni -10C ni tashkil etadi.Absolyut minimum harorat esa 27-290C gacha pasayadi.

Keltirilgan ob-havo ma’lumotlari shundan dalolat beradiki,mazkur fermer xo’jaligini tuproq iqlim sharoiti qishloq xo’jalik ekinlaridan muttasil mo’l va sifatli hosil olish imkoniyatiga ega hisoblanadi.

Shuningdek,G’ijduvon tumani Muazzam aya fermer xo’jaligi joylashgan hududda yog’inlarning o’rtacha miqdori yillar bo’yicha katta miqdorda o’zgarib turadi va 170 mm-280 mmni tashkil qiladi.Bu ko’rsatkichlarning maksimal miqdori qish va bahor oylariga to’g’ri keladi.

G’ijduvon tumanida joylashgan Muazzam aya fermer xo’jaligida tuproqlar ustki qatlamida gumus miqdori o’rta 0,85-1,10% ni,harakatchan fosfor esa 12,0-16,0 va almashinuvchi Kaliy 127-219 mg/kg ni tashkil qiladi.Ko’pgina tadqiqotlar va adabiyotlarda bu toifadagi tuproqlar tarkibida gumus miqdorining kamligi,harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy ko’rsatkichlari kam,ayrim holatlarda o’rta ta’minlangan tuproqlar guruhiga kiradi.(1,2B-215b,271-736).

Muazzam aya fermer xo’jaligi kuzgi bug’doy ekish uchun 2021 yil avgust oylarida yer joriy tayyorlandi. Shuni aytish lozimki,tuz miqdori va uning qatlamlarida tarqalishiga ko’ra sho’r tuproqlar,sho’rxok hamda sho’rtob tuproqlar toifasiga bo’linadi.

Tuproqlarni haddan ko’p miqdorda sho’rlanishi qishloq xo’jalik ekinlari,jumladan donli ekinlar va g’o’zaning rivojlanishiga zarar yetkazadi.

Shuni qayd etish lozimki,tuz miqdorining ko’payishi tuproq eritmasining osmotic bosimini oshiradi va ildizlarini suvning olishiga manfiy ta’sir ko’rsatadi.

Pirovard natijada tuproqdagi tuzlar miqdorini ortishiga keltiradi,o’simlikning ildiz tizimini mo’taqil o’sishiga ta’sir qiladi,natijada qishloq xo’jalik ekinlari,shu jumladan g’o’za va kuzgi bug’doyning optimal o’sishi va maksimal mo’l va sifatli hosil berishini kamaytiradi. (3-85 b,4,54-55 b,6,35-39 b,7-20,21,1,598)

Tajriba natijalari: G’ijduvon tumani Muazzam aya nomidagi fermer xo’jaligi kuzgi boshoqli donli ekinlarni yig’ishtirishdan keyin 2021 yil yerlarni iyul-avgust oylarida tekis shudgor qilindi,Sho’r yuvish o’tkazish uchun yer maydonlarini 1200- 1500 m3/ga miqdorda sho’ri bir tekisda yuvildi. Sho’r yuvish uchun mayda hajmdagi yerlarga bo’lib ( 10-2- sotix) o’tkazilishi katta agrotexnik ahamiyatga ega. Sho’r yuvish ekishdan 1-2 oy oldin sifatli qilib o’tkaziladi.

1-jadval

Gijduvon tumani Muazzam aya nomidagi fermer xo’jaligini sug’oriladigan allyuvial o’tloqli tuproqning mexanik tarkib tavsifi. Chuqurligi,sm Fraksiyalar o’lchami,mm

0,25 0,10 0,05 0,01-0,05 0,001 Fizik loy 0-50 0,60 0,80 4,55 0,85 2,10 3,50 50-70 1,10 21,10 7,90 0,30 2,10 5,10 70-140 0,85 14,30 32,50 0,60 3,75 7,52 140-170 1,50 5,60 77,60 24,30 24,30 70,50

1-jadvalda keltirilgan ma’lumotlar shundan darak beradiki,qadimdan sug’oriladigan allyuvial o’tloqi tuproqlarda tuproqning mexanik tarkibi o’zining ijobiy ko’rsatkichlariga ega bo’lganligi ko’rinib turibdi va bu maydonlarda asosan donli ekinlar,go’za va mevali daraxtlar parvarish qilinad,mo’l va yuqori sifatli hosil olinadi.

2021 yil oktabr oyini oxirlarida tuproq ishlov berishga tayyor bo’lgandan keyin,ya’ni mo’tadil namlikka ega bo’lgandan so’ng chisel va boronalab,ekish seyalka orqali bug’doy urug’lari ekildi.

1 ga yerga 220-250 kg me’yorda ekildi.Bug’doy navi-Starshina.

Mexanik tarkibini aniqlash uchun bug’doy ekilgan yerlardan turli xil chuqurlikdan fraksiyalar olindi.

Qishloq xo’jalik ekinlarida yuqori hosil olishning yana bir muhim omili bu olinadigan,ya’ni bug’doy hosildorligini miqdoriga mos ravishda mineral o’g’itlarni yerga kiritish talab etadi va pirovard natijasida mo’l hosil olishga keltiradi.

2-jadval

G’ijduvon tumani Muazzam aya nomidagi fermer xo’jaligini o’rtacha sho’rlangan tuproqlarida parvarish qilinadigan kuzgi bug’doyga o’g’it qo’llash T/R Yillik o’g’it

Ekish davri Tuplanish

davri

Naychalash Sust

mumlanish

N P K N P K N P K N P K N P K

1 200 100 50 40 60 30 60 40 20 80 20 2 250 50 50 50 60 30 75 40 20 100 25 3 250 50 50 50 30 30 75 20 20 100 25

2-jadval ma’lumotlari shuni ko’rsatadiki,bir sentner bug’doy yetishtirish uchun 8.0 kg azot,5,6 kg fosfor va 4,0 kg kaliy o’giti o’zlashtirish qobiliyatiga ega.

3-jadval Vegetatsiya oxirida kuzgi yetishtiriladigan ekinlarda tuproqdagi gumus va ozuqa elementlarining umumiy miqdori,% hisobida. Variant Qatlam

chuqurligi

Gumus% Azot

umumiy%

Fosfor

umumiy%

Kaliy % N 0-30 1,11 0,095 0.160 1,62 P 30-50 0,92 0,083 0,158 1,56 K 50-70 0,86 0.076 0,141 1,47

G’ijduvon tumani Muazzam aya nomidagi fermer xo’jaligida yerlardan samarali foydalanish maqsadida kuzgi boshoqli don ekinlari yig’ib olingandan so’ng yerni kuzgi bug’doy ekishga tayyorlanadi. Barcha agrotexnik omillar yuqori saviyada,ya’ni talab darajasiga o’tkazildi.

Sug’oriladigan tuproqlarni unumdorligiga tuproqning fizikaviy xossa va xususiyatlarining ahamiyati kattadir.va tuproqni optimal zichligida o’simliklar mineralizatsiyasi uchun qulay sharoit yaratiladi,hamda havo yaxshi almashinib turadigan tuproqlarda foydali organizmlarni ko’payishiga xizmat qiladi. Pirovard natijada o’simliklarni yaxshi o’sishiga sharoit yaratiladi.

Shuningdek G’ijduvon tumani Muazzam aya nomidagi fermer xo’jaligida kuzgi bug’doy yetishtirishda mineral o’g’itlarni qo’llashni ilmiy asoslangan parvarishlash texnologiyalari asosida yerga kiritib berish va o’simlik o’g’itga bo’lgan miqdorini o’zlashtirishni optimal me’yorini bilish zarurligi ta’kidlangan.Shuningdek,2022 yilda G’ijduvon tumani Muazzam aya nomidagi fermer xo’jaligida to’g’ri parvarish qilingan kuzgi bug’doyni hosildorligi 55-60 ts/gani tashkil qildi va pirovard natijasida bu xo’jalikda katta iqtisodiy samara keltirdi,hamda aholi yashashi tubdan yaxshilanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Axmedov A., Qo’ziyev R., Parpiyev G., Sho’r yuvishni ilmiy asosda tashkil etish. Agronomiya jurnali-№-1–(45), 2017, 71-73 bet.

2.Tohirov B., Begimqulova N.,Raxmonov R., Buxoro viloyatida tuproqlarning ekologik holati. O’zbekiston tuproqlarining unumdorlik muhofazasi va ulardan samarali foydalanish .Respublika ilmiy amaliy anjumani materiallari Toshkent - 2013,39-42 betlar

3.Hamidov G.,Nazarov O.,Nazarov M, Tuproqlarning sho’rlanishiga sabab bo’luvchi ekologik jarayonlarni kamaytirish tadbirlari. Agronomiya jurnali-№-5-son – (45), 2017, 85 bet.

4. Qurvontoyev R.,Nazarova S, Buxoro tuproqlarining agrokimyoviy xossalari .

Agronomiya jurnali-№-3-son. 2012 yil, 54-55 bet.

5. Toshqo’ziyev M.,Muhammadrasulov Sh, Zahkash (Zovurlar )meliorativ holatini yaxshilash va unumdorligini oshirish omillari. Marg’ilon-2017 yil,35-39 b

6. Shamsiyeva O’.,Yunusov R. Kogon tumani Sh.Salomov xo’jaligi tuproqlarining melliorativ holatini yaxshilash. Ma’mun akademiyasi axborotnomasi, 2022,126-128 betlar.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.