GIYOHVAND MODDALAR VA ULARNING YOSHLARGA TA’SIRI
Tashpulatova Ma'rifat Eshmurodovna
Jarqo'rg'on tumanidagi 47-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi amaliyotchi psixologi
Shamayeva Muxabbat Baratovna
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali assistenti
Annotatsiya: Barchamizga malumki, giyohvand moddalarni qabul qila boshlagan insonning, giyohvand modda iste'moli uning doimiy odatiga aylanadi. Bu illatga o‘rgangan inson mehnatga yaroqsiz boʻlib qoladi. Natijada u jinoyatga qoʻl urishga majbur boʻladi. Ya’ni navbatdagi giyohvandlik vositasini qabul qilish maqsadida oʻgʻirlikni oʻz uyi – oilasidan boshlaydi. Giyohvandlik va giyohvandlikning yosh avlod tarbiyasiga, insoniyat kelajagiga katta zarar yetkazishi butun jahon hamjamiyatini tashvishga solmoqda. Shuning uchun ham bu falokatga qarshi kurash hozirgi kunda yer yuzidagi global muammolardan biriga aylandi. Asr vabosiga qarshi kurashish barchamizning ishimiz. Oʻzini shu yurt farzandi deb bilgan har bir fuqaro bu harakatdan chetga chiqmasligi kerak. Bu jarayon umummilliy kurashga aylanishi kerak. Shundagina minglab yoshlarning kelajagini, oilalarimiz tinchligini asrab avaylaymiz.
Kalit soʻzlar: giyohvandlik, yoshlar, eyforiya, abstinent, zaharli modda, tolerantlik, geroin.
Giyohvand modda-opiy mutaxassislarni aytishlaricha, Hindistondan Sharqiy, Janubiy Osiyoga kirib kelgan. Keyinchalik 50-60 yillarda Yevropada, Osiyo mamlakatlariga tarqalgan. 80-yillarga kelib yer sayyorasida giyohvandlik ancha kuchaygan. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Kavkaz, Janubiy Ukraina, Belorusiya va Uzoq Sharqda yovvoyi koʻknor va kanop oʻsimliklari koʻp oʻsgan. Shu sababli bu joylarda gashish va sunʼiyopiy (geroin) pereparatlarini isteʼmol qilish rivojlangan. Keyingi yillarda Markaziy Osiyo davlatlarida giyohvand moddalarni isteʼmol qilish koʻpaygan. Afgʻoniston narkotik moddalarni yetishtirish boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinda turadi. Narkotik moddani birinchi marta totib koʻrgandayoq odam oʻzning sog‘lom hayotiga nuqta qoʻyishi mumkin, - deyishadi mutaxassislar.
Davlatimiz sogʻlom turmush tarzini hosil qilish uchun yoshlarni ehtiyot qilishga eʼtibor berib turli xil jaholatparastliklardan saqlash boʻyicha katta ishlarni amalga oshirmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1987 yil 7-dekabrdagi qaroriga asosan BMT bosh Assambeliyasi tomonidan har yili “26 iyun Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni” deb eʼlon qilingan. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Biz narkotik moddalar tarqatilishining halokatli oqibatlarini sergaklik bilan baholagan holda, bu illatga qarshi kurashda saʼy-harakatlarimizni birlashtirishimiz zarur. Oʻzbekiston barcha manfaatdor mamlakatlar va tashkilotlar bilan bu borada hamkorlik qilishga tayyor”, - degan edilar. 1993 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish va jinoyatchilikni oldini olish Boshqarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi Toshkent shahrida ochilgan u ayni kunlarda ham faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi 1995 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1961 yildagi “Narkotik moddalar toʻgʻrisidagi” Konvensiyasiga, 1971 yildagi “Psixotrop vositalar toʻgʻrisidagi” va 1988 yildagi “Narkotik moddalar va psixotrop vositalarning gʻayriqonuniy aylanishiga qarshi kurash toʻgʻrisidagi” Konvensiyalariga aʼzo boʻlib kirgan. 1996 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha Milliy axborot – tahlil Markazi tashkil etildi va u hozir faoliyat koʻrsatib kelmoqda. 1999 yilda esa “Narkotik vositalar va psixotrop moddalar” toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan. Giyohvandlikka qarshi kurashish boʻyicha bir necha meʼyoriy hujjatlar qabul qilinganiga qaramasdan bu illat nima uchun borgan sari koʻpayib bormoqda.
Giyohvandlik narkomaniya, bangilik —narkotik moddalarga oʻrganib qolish, ruju qilish, aniqrogʻi tabiiy yoki sintetik zaharli moddalar (ayrim dori moddalari)ni vaqtincha yoki surunkasiga isteʼmol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallik holati.
Giyohvandlik organizm somatik va ruhiy holatining chuqur oʻzgarishiga sabab boʻladi va giyohvandni tanazzulga olib boradi. Giyohvandlikda oʻzini toʻxtatib boʻlmaydigan darajada giyohvand moddalarni isteʼmol qilish mayli paydo boʻladi, giyohvand moddaning miqdoriga nisbatan ehtiyoj, ruhiy va jismoniy bogʻliqlik ortib boradi. Giyohvandlik asta-sekin boshlanib, surunkali davom etadi. Giyohvand moddalar dastlab xushnudlik, dimogʻchogʻlik (qarang Eyforiya), xotirjamlik hissini uygʻotib, kayf qildiradi, keyin bora-bora bu kasallikka aylanadi. Ayrim hollarda vrach buyurgan va bemorning ruhi hamda kayfiyatini oshirish xususiyatiga ega boʻlgan dorilarni uzoq vaqt va notoʻgʻri qabul qilish; ogʻriq, uyqusizlik va boshqa dardlardan qutilish maqsadida dori miqdori (dozasi)ni oshirib borish; darddan tuzalib doriga unchalik ehtiyoj boʻlmasa ham, uni qabul qilaverish natijasida dorining narkotik taʼsiri va miqdori orta borib, pirovardida giyohvand moddaga moyillik kuchayib, u humor qiladigan boʻlib qoladi. Ikkinchi hol ongli ravishda kayf qilish maqsadida giyohvand moddalarga oʻrganishdir.
Giyohvandlikka, odatda, irodasi kuchsiz, oʻzini tiya olmaydigan, oʻtkir sezgilarni oʻzida sinab koʻrishga qiziquvchan, ruhan zaif va oʻta xudbin o‘zining mustaquil fikriga ega bo‘lmagan, o‘zgalarga bo‘ysunuvchi kishilar beriluvchan boʻladi. Xalqimizda shunday naql bor “Tarbiyada tanaffus bo‘lmaydi”.Shunday ekan. Yoshlar tarbiyasidagi nuqson va kamchiliklar, giyohvand moddalarni isteʼmol qilib yuruvchi katta yoshdagilarga taqlid va havas, giyohvand moddalarga bo‘lgan qiziqish, ota-ona bolaninig ehtiyojidan ko‘proq miqdorda unga pul mablag‘larini berishi, berilatgan mablag‘larning nima uchun sarflanyotganligi bilan qiziqmaslik, atrofidagi insonlar, oiladagi noxush sharoit (ota-onaning ichkilikboz yoki giyohvand boʻlishi) oiladagi shaxslararo munosabatning yaxshi emasligi, ota-onaning farzand tarbiyasiga vaqt ajratmasligi oqibatda farzand ota-ona e‘tiboridan, mehridan chekkada qolishi , hamda giyohvand moddalarning oson topilishi yoki qoʻl ostida boʻlishi ham giyohvandlikka sabab boʻlishi mumkin.
Giyohvandlikka mubtalo boʻlganlarda xastalik borgan sari kuchaya borib, odatda, kutilmagan yomon oqibatlarga olib keladi. Giyohvandlik eyforiyasida, yaʼni kayfi chogʻlikda 2 bosqich kuzatiladi: qisqa muddatli —1-5 daqiqa davom etadigan oʻtkir hissiyotli bosqich (haqiqiy eyforiya) va uzoq (1—3 soat) choʻziladigan boʻshashish, tinchlanish davri. Bu bosqichlarning qisqa yoki uzoq boʻlishi qanday giyohvand modda qabul qilinganiga va miqdoriga bogʻliq. Giyohvandlikning hamma turi ham oʻz rivojida giyohvand moddalarga oʻrganib qolish yoʻli bilan Giyohvandlik sindromining shakllanishiga olib keladi.
Bu sindromning rivojlanishida ham 3 bosqich farqlanadi:
1) giyohvand moddaga nisbatan organizm reaktivligining oʻzgarishi va ruhiy bogʻlanishning paydo boʻlishi;
2) xumor (abstinent) sindromi koʻrinishida jismoniy bogʻlanishning yuzaga kelishi;
3) organizm barcha sistemalarining zaiflashishi (tolerantlikning pasayishi, yaʼni giyohvand moddalarning avvalgi miqdorini koʻtara olmaslik, xumorning surunkali davom etishi va ayrim hollarda poli narkomaniyaning vujudga kelishi).
Giyohvandlikka mubtalo boʻlgan bemorlar asosan shifoxona (statsionar) sharoitida 2—4 oygacha davolanib, 4—5 yilgacha ambulatoriya kuzatuvi va hisobida boʻladilar. Oʻzbekistonda giyohvand vositalarni ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullangan kishilar jinoiy javobgarlikka tortiladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganining dastlabki kunlaridan boshlab, narkotik moddalarning gʻayriqonuniy aylanishi va uning isteʼmoliga qarshi kurash boshlandi. Mamlakatimizning tinchligi va xavfsizligiga tahdid solayotgan bir qator ichki va tashqi omillarga: kashandalik, odam savdosi, diniy ekstremizm, giyohvandlik va ichkilikbozliklar kiradi.
Giyohvandlik – narkotik moddalar jumlasiga kiruvchi dorilar yoki boshqa moddalarni isteʼmol qilish natijasida yuzaga keladigan kasallikdir.
Giyohvandlik – inson sogʻligʻiga xavf soluvchi illat boʻlib, kishi organizmini taʼsirchan moddalarga oʻrganib qolishini anglatadi.
Giyohvandlik – insonning giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilishga mukkasidan ketish bilan bogʻliq hastalikdir.
Giyohvand – forscha - tojikcha soʻzdan olingan boʻlib – nasha, qoradori, koʻknori va shu kabi narkotiklarni isteʼmol qilishga odatlangan odam; bangi, nashavand, koʻknori - deyiladi.
Giyohvandlik - sigaret chekish, ularni hidlashdan boshlanadi. Agar ota-onalar farzandiga sigaret, nos sotib olib kelib berishni buyursalar, ular ota-onalaridan, yashirib sigaret, nos chekishni, hidlashni oʻrganadilar. Giyohvandlik ota-onalarning eʼtiborsizligi, loqaydligi uzoqni oʻylamay ish qilishi oqibatida kelib chiqadi. Birgina misol: xavfli oʻsmani-rakni keltirib chiqaruvchi moddaning 45 foizi sigareta orqali organizmga oʻtar ekan.
Giyohvandlik – inson salomatligi uchun oʻta xavfli hisoblanadi. Mutaxassislarni fikricha baʼzi hollarda giyohvandlikni belgisi koʻzga tashlanmasligi xam mumkin. Narkotik moddaga oʻrgangan organizmda fizologik oʻzgarishlar yuz beradi. Narkotik moddaga tashnalik vujudga keladi, usiz tura olmaydigan holat yuz beradi, ogʻir kasalliklar paydo boʻladi. Yurak muskullari jarohatlanib surunkali yurak yetishmovchiligi boshlanadi. Mutaxassis shifokorlarni aytishlaricha gastrit, oshqozon yarasi, jigar serrozi, pnevmaniya va plevrit kasalliklari paydo boʻladi. Giyohvandlik davolab boʻlmaydigan kasallik. Giyohvandlikka berilgan fuqaroni oxir-oqibat faqat oʻlim kutadi. Shuning uchun giyohvandlikni davosi yoʻq vaboga tenglashtiriladi. Koʻchada, toʻy-marakada giyohvandni turli belgilaridan ham bilsa boʻladi. Giyohvand, avvalo, rangi uniqqan, sal sargʻaygan, rangi chiqmaydigan, havo issiq boʻlishiga qaramay uzun yengli kiyim kiyishi, qoʻl panjasining shishi, tishlarining qorayishi va sargʻayishi, sinishi, muomalasining gʻalatiligi, spirtni hidi kelmay turib sarxush holatda, oʻzicha kulib, xursand boʻlib yurishi, serharakat boʻlmasligi, tez taʼsirga tushishi, tajanglik, uyidan narsalar va pullarni yoʻqolishi kabilardan ham giyohvandni bilib olsa boʻladi.
Oʻsmirlar orasida giyohvandlikning kelib chiqish sabablari va oqibatlari.
Zamonaviy dunyo nafaqat koʻplab ijobiy tomonlarga ega, balki salbiy hodisalarga ham daxli yoʻqdek go‘yoki. Biroq oʻsmirlar orasida giyohvand moddalarni iste'mol qilish hollari mavjud. Misol uchun, Rossiyada giyohvandlikning ko‘chasiga kirib qolgan o‘smirlar soni mamlakat aholisining 1,7 foizini tashkil qiladi. Bolaning giyohvandlikka boʻlgan munosabati koʻplab omillarga bogʻliq. Har kuni diskotekalarda, koʻplab filmlarda, qoʻshiqlarda va maktabda giyohvand moddalar haqida eshitadilar. Koʻpincha giyohvandlik va giyohvandlik kabi oʻsmirlar qiziqishlarini qondirishga intilgan shaxslar orasida mashhurdirlar, ammo bu kasbning oqibatlari haqida hech narsa bilishmaydi. Bundan tashqari, giyohvandlik – irodasi zaif yoshlar orasida keng tarqalgan. Giyohvandlik vositalari sotishni o‘ziga kasb qilgalar, oilasida moddiy ta’minoti yuqori bo‘lagan yoshlarni jalb qilib, ular hisobidan boylik ortirishadi. Ammo bu zaxri qotilni istemol qilayotgan yoshlar salomatligini yo‘qotishi, o‘lim bilan tugashi yoki ulardan nogiron farzandlar tug‘ilishi mumkin.
Oʻsmirlar oʻrtasida giyohvandlikning oldini olish
Afsuski, yoshlar ushbu turdagi (noqonuniy) moddani olish uchun turli xil manbalar mavjud. Giyohvand moddalarni ushbu manbalarini bilish bolalarini giyohvand moddalarni noqonuniy iste'mol qilishdan himoya qilishni istaydigan va giyohvandlik xavfini cheklaydigan ota-onalar uchun muhimdir.
Giyohvandlik dunyoda ommaviy xarakterga ega boʻlganligi uchun, profilaktika uni yengishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Eng yaxshi natijalarni olish uchun siz maksimal xususiyatlardan foydalanishingiz kerak:
Farzandingizning ta’ilm- tarbiyasida oilaning roli kuchaytirilishi kerak;
Ota-onalar farzandlarining yosh psixologiyasiga sezgir boʻlishi kerak;
Maktablar va universitetlarda tegishli kirish darslari oʻtkazilishi kerak;
Televizion ekranlardan siz bema’ni va nosogʻlom turmush targʻibotiga jalb qilingan barcha film va dasturlarni olib tashlashingiz va ularning telefonlarini vaqti - vaqti bilan tekshirib turishingiz kerak.
Farzandingizning do‘stlari kimlar ekanligiga e’tibor berish kerak.
Farzandingizning bo‘sh vaqtidan unimli foydalanishi uchun, farzandingizning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda, biror kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini ortishi uchun, sharoitlar yaratishingiz turli xil fan va sport to‘garaklariga jalb qilinishini ta’minlashingiz kerak.
Farzandingiz bilan do‘stona suhbatlar qurishingiz, uning orzu, istak va xohishlari bilan qiziqishingiz kerak. Shundagina, farzandingizning sizga bo‘lgan merhri, hayotga bo‘lgan qiziqishi ortadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Karimov I.A. “Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch” T.: 2008 y.
2. Sh. M. Mirziyoyev. Erkin va farovon , demokratik Oʻzberkiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Oʻzberkiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisidagi nutqi . Toshkent: Oʻzbekiston , 2016 – 56 b.
3. Sh.M . Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent: “Oʻzbekiston” 2017 – 17, 448 b.
4. X.Ibragimova, Sh.Abdullayeva “Pedagogika nazariyasi” Toshkent-2008. 269bet.
5. Nodira Egamberdiya “Ijtimoiy pedagogika” Toshkent-2009. 77-15bet.7
6. T.G. Kobyakova, O.A. Smerdov “Giyohvandlik va alkogolga qaramlikning birlamchi profilaktikasi boʻyicha oʻsmirlar koʻngillilar xizmatini tashkil qilish nazariyasi va amaliyoti”.
7. S. Belogurov "Giyohvandlik va giyohvandlik haqida mashhur".
8. V. V. Dunaevskiy V.D.Stajjkin "Giyohvandlik va giyohvandlik".
9.Timoti Dimoff Stiv Karper "Bolalarni giyohvandlikdan qanday himoya qilish kerak"
INTERNET SAYTLARI
1. Ziyonet.uz
2.Arxiv.uz
3.Lex.uz
4. Wikipedia
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.