KOMPLEKS TAHLILI VA HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MASALALARI
Reyimboyeva Munavvar Sodiqjon qizi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
“Xalqaro huquq” fakulteti 3-kurs talabasi
Ilmiy rahbar: Tashev Farruh Muzaffarovich
“Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi
ANNOTATSIYA
Bilamizki, inson hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish va ta’minlash – yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda1 va bir qancha milliy va xalqaro hujjatlarda mustahkamlangan. Ammo, bugungi zamonaviy jamiyatimizda, insoniyat hayotiga tahdid soluvchi bir qancha global muammolarga duch kelmoqdamiz. Bu muammolardan biri sifatida, odam savdosi singari transmillliy jinoyatlarni ham kiritishimiz mumkin. Afsuski, odam savdosi kabi mudhish jinoyatlar soni XXI asr oxirlaridan ko‘paya boshlagan va yildan-yilga ko‘rsatkishlar sezarli darajaga yetgan. Xalqaro hamjamiyat tomonidan, odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan qonunchilik hujjjatlari qabul qilingan va ularning amalda to‘g‘ri ishlashi uchun chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Kalit so‘zlar: ekspluatatsiya, qullik, transmilliy jinoyatlar, majburiy mehnat, transplantastiya, jinsiy ekspluatatsiya, konvensiya, protokollar, Odam savdosi qurbonlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun standartlari (TVPA), reabilitatsiya.
ANNOTATION
We know that protecting human life, freedom, honor and dignity, as well as respecting and ensuring human rights and freedom is enshrined in our newly revised 1 https://lex.uz/docs/-6445145#-6445423 Constitution and in a number of national and international documents. However, in today’s modern society, we are facing several global problems that threaten human life. As one of these problems, we can include transnational crimes such as human trafficking. Unfortunately, heinous crimes like human trafficking began to increase from the end of the XXI century and the indicators have reached a significant level year by year. By the international community, legislative documents aimed at preventing crimes related to human trafficking have been adopted and measures are being implemented to ensure their proper functioning in practice.
Keywords: exploitation, slavery, transnational crimes, forced labor, transplantation, sexual exploitation, convention, protocols, Trafficking Victims Protection Act standards (TVPA), rehabilitation.
Odamlarni ekspluatatsiya qilish - qonun bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmishlar sirasiga kiradi. Chunki, bu milliy huquq bilan ham, xalqaro huquq bilan ham taqiqlanadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasining 1948-yil 10- dekabrdagi 217 A(III) rezolyutsuyasida qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”2 – inson huquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi ilk qabul qilingan xalqaro hujjatlardaan biri hisoblanadi va unda odam savdosining har qanday shakli taqiqlangan.
- Har bir inson yashash, erkin bo‘lish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga egadir (3-
modda);
- Hech kim qullikda yoki erksiz holatda saqlanishi mumkin emas, qullik va qul
savdosining barcha ko‘rinishlari taqiqlanadi (4-modda);
- Hech kim qiynoqqa yoki shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni xo‘rlovchi
muomala va jazoga duchor etilmasligi kerak (5-modda).
Odam savdosi jinoyati asosiy 3 unsurdan iborat: maqsad, vosita va harakat. Odam savdosi – bir shaxs tomonidan boshqa shaxsga pul moddiy qimmatliklar (mulk) va mulkiy xizmatlar yoki shartlar evasiga foyda olish yoki foydalanish maqsadida odamlarni kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish, majburlashning boshqa shakllarini qo‘llash orqali ya’ni aldash, firibgarlik, ishonchini suiste’mol qilish yo‘llari orqali yo‘llash, tashish, 2 https://constitution.uz/oz/pages/humanrights o‘tkazish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish demakdir. Shu maqsaddda sotuvchilar og‘zaki yoki yozma bitimlar tuzishadi, hozirgi vaqtda bunday kelishuvlarni onlayn shaklda tuzishmoqda. Dunyoning har bir mintaqasidagi bu jinoyat qurbonlari kelib chiqishidan qat’iy nazar, har qanday yoshdagi erkaklar, ayollar va yoshlar bo‘lishi mumkin3.
Keng ko‘lamli amaliyot, tegishli targ‘ibotlar olib borilishiga qaramasdan, dunyo bo‘ylab har yili millionlab insonlar “zamonaviy qullik” ya’ni odam savdosi deb nomlangan ayanchli qilmish qurboniga aylanmoqdalar. BMT statistik ma’lumotlariga ko‘ra, odamlar kamida 127 ta davlatdan savdoga chiqarilib, 137 ta davlatda ekspluatatsiya qilinmoqda. Har yili 20-40 million kishi qullikning zamonaviy shakli bo‘lgan odam savdosi jinoyati qurboniga aylanmoqda. Jinoiy faoliyat yashirin tarzda amalga oshirilganligi sababli, aniq jabrlanuvchilar sonini aniqlash qiyin hisoblanadi. Shu sababli ham, xalqaro miqyosda jabrlanganlarning atigi 0,04 foizi aniqlanar ekan. Xalqaro ekspertlarning baholashicha, ushbu jinoyat natijasida olinayotgan yillik daromad 10 milliard AQSH dollarni tashkil qilmoqda4.
BMTning odam savdosiga qarshi ixtisoslashgan asosiy tuzilmasi bo‘lgan Giyohvand moddalar va jinoyatchillik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC)5 ma’lumotlariga ko‘ra, odam savdosi jinoyatidan jabrlanganlarning 80 foizini ayollar va bolalar tashkil qiladi. Har yili dunyo bo‘ylab 600-800 ming nafar ayollar va bolalar turli yo‘llar bilan sotib yuborilmoqda. Bugungi kunda odam savdosining 3 ta keng tarqalgan turi mavjud bo‘lib, bular jinsiy ekspluatatsiya (tanfurushlik), majburiy mehnat va inson ta’na a’zolarini transplantatsiya qilishdir6
Bilamizki, zamonaviy jamiyatda inson sha’ni va huquqlariga qarshi eng xavfli jinoyatdan biri – jinsiy ekspluatatsiya, majburiy mehnat va noqonuniy transplantatsiya hisoblanadi. 3 https://www.unodc.org/unodc/en/human-trafficking/human-trafficking.html 4 https://qaraqalpaqstan.sud.uz/uz/archives/8839 5 https://dunyo.info/undefined/unp-oon-otmechaet-konstruktivnuyu-rol-tashkenta-v-ukreplenii-regionalnoy 6 https://www.lex.uz/docs/-2102200
Jinsiy ekspluatatsiya – shaxsdan uning roziligisiz, aldash, majburlash, tahdid orqali jinsiy maqsadlarda foydalanishdir. Asosan, jinsiy ekspluatatsiya uchun ayollarning (jumladan yosh qizlar) 72 foizi sotilmoqda.
Insonning eng muhim va shaxsiy huquqlaridan biri bu mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlarida ishlash va mehnatiga mutanosib tarzda adolatli maosh olish demakdir. Shaxsni aldab yoki ishonchini suiste’mol qilib, tahdid, zo‘ravonlik, qo‘rqitish yoki kuch ishlatish orqali tekinga yoki haq evasiga foydalanish yoki foyda olish maqsadida yo‘llash, sotish, qabul qilish, tashish va boshqacha tarzda mehnatga jalb qilishdir. Aqshning odam savdosi bo‘yicha hisobotlariga ko‘ra majburiy mehnatdan jabrlanganlarni asosiy qismini erkakalar tashkil qilib, odam savdosidan jabr ko‘rgan erkaklarning 85,7 foizi shu maqsadda sotilgan.
Noqonuniy transplantatsiya – shaxsning organ yoki to‘qimalasini uning erkin va ongli roziligisiz, majburlash, aldov yoki moddiy manfaat evasiga noqonuniy olish, sotish yoki transplantatsiya qilishga jalb etishdir. Bu holat xalqaro tibbiy etik standartlarga ko‘ra jiddiy huquqbuzarlik hisoblanadi va xalqaro so‘g‘liqni saqlash tashkilotlarining prinsp va normalariga zid hisoblanadi. Odam a’zolarini sotish eng yashirin, ko‘zga kam tashlanadigan va jinoyatni fosh etish ham mushkul bo‘lgan jinoyat tur bo‘lib, umumiy savdonining 1 foizini tashkil qiladi. Ammo, yildan yilga bu ko‘rsatkich ortib bormoqda. Chunki, bu kabi savdodan yiliga 1 milliard dollar foyda olishmoqda7.
BMT Palermo protokoliga muvofiq, odam savdosiga qarshi, davlatlarning qay darajada kurashayotganligini baholash va tavsiyaviy xulosalar berish dasturi mavjud. Ung muvofiq, davlatlar asosiy 3ta guruh va protokolga a’zo bo‘lmagan yoki kuzatuv davlatlaridan iborat8.
- 1-guruh odam savdosiga qarshi tegishli chora-tadbirlarni yetarli darajada amalga
oshirgan, odam savdosi jinoyati kam va deyarli uchramaydigan, AQShning Odam
savdosi qurbonlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonuni” Trafficking Victims
Protection Act (TVPA) minimal standartlarga javob beradigan davlar; 7 https://www.state.gov/reports/2025-trafficking-in-persons-report/ 8 https://www.state.gov/reports/2025-trafficking-in-persons-report/
- 2-guruh TVPAning to‘liq standartlarga javob bermaydigan, ammo, standartlarni
muvofiqlashtirish uchun zarur sa’y-harakatlarni amalga oshirayotgan davlatlar;
- 3-guruh TVPA tegishli standartlariga to‘liq javob bermaydigan va zarur sa’y-
harakatlarni amalga oshirmayotgan davlatlar.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, odam savdosidan jabrlanganlar soni 2021-yilda 175 nafarni, 2022-yilda 93 nafarni tashkil etgan. 2023-yilda 193 nafarni tashkil etib, shulardan 111tasi jinsiy savdo qurboni va 82 tasi majburiy mehnat qurboni ekanligi aniqlangan. 2024-yilda esa, 186 nafar jabrlanuvchi aniqlanib, ulardan 175 tasi jinsiy savdo qurboni va 11 tasi majburiy mehnat qurboni ekanligi aniqlangan.
Savdogarlar O‘zbekiston fuqarolarini Yaqin Sharqda, Yevropada va Markaziy, Janubiy va Sharqiy Osiyoning quyidagi davlatlariga transport, qurilish, neft va gaz, qishloq xo‘jaligi, chakana savdo va oziq-ovqat sohalarida majburiy mehnatga jalb qilishmoqda. Yollovchilar, asosan, odamlarni masofaviy tarzda (onlayn) yollaganligi aniqlangan.
Yaqin Sharq Yevropa Osiyo
Saudiya Arabistoni Estoniya Qozog‘iston
Eron Finlandiya Shri-Lanka
Bahrayn Gruziya Hindiston
BAA Latviya Malayziya
Moldova Tailand
Rossiya
Turkiya
Odam savdosiga sabab bo‘layotgan asosiy omillar:
1. Moliyaviy nochorlik – ijtimoiy jihatdan qiyinchilliklari mavjud bo‘lgan oilalar,
farzandlarini ta’minlashda qiyinalayotgan yolg‘iz beva onalar yoki otalar, to‘y
qilishi, farzandining kontrakt to‘lovlarini to‘lashga imkoniyati yo‘q bo‘lgan
insonlar har qanday mehnat orqali bu muammolarni hal qilishga tayyor bo‘lishadi.
Bunday ojizliklaridan xabardor bo‘lgan shaxslar odam savdosi bilan
shug‘illanuvchi shaxs nimani so‘rasa, uni qabul qilish va bajarishga tayyor bo‘ladi;
2. Ishsizlik – odam savdosi bilan shug‘illanuvchilar, vaqtincha yoki doimiy ishsiz
bo‘lgan shaxslarga istiqbolli ko‘ringan mo‘may daromadli, aslida esa jirkanch
ishlarni taklif qilib, xorijga chiqarishadi. Bu holatda davlatdagi ish o‘rinlarining
mavjud bo‘lmasligi yoki pulning qadrsizlanishi eng birlamchi omillardir. Chaqirib
olishgan shaxslarni, qochib ketmasliklari uchun passport va guvohnomalarini ham
olib qo‘yishadi;
3. Urush va siyosiy beqarorliklar – urushlar natijasida ko‘pchilik urush bo‘layotgan
yoki urushning ta’siri bo‘lgan davlatlar aholisi o‘z yashash va ish-joylarini tashlab
boshqa hududlarga ko‘chishga majbur bo‘lishadi. Natijada, ishsiz va pulga muhtoj
shaxslarni aldab majburiy mehnatga jalb qilishlari yoki jinsiy ekspluatatsiyada
foydalanishlari mumkin;
4. Huquqiy ong va huquqiy madaniyatning, yetarli bilim va tajribaning yoqlig‘i –
bilimsiz va tajribasiz shaxslarni ekspluatatsiya qilish oson bo‘ladi. Asosan,
o‘smirlarga qulay va imkonatlarga boy ish taklif qilib, ularni ishontirishlari qiyin
bo‘lmaydi. Shuningdek, milliy va xalqaro huquq normalarini bilmagan kishilar,
qayerda bo‘lsa ham o‘z huquqlarini himoya qilolmaydilar. Natijada, bilib-bilmagan
holda, noqonuniy shartnomaviy munosabatlarga kirishadilar va majburiyatlarni
bajarishlari lozim bo‘lib qoladi;
5. Oilaviy munosabatlar bekor qilingan oilalarda – ota-onasi tashlab ketgan bolalar,
yolg‘iz yashovchi shaxslar, doimiy tahdid va zo‘ravonlikka uchragan ayollarni –
odam savdosi qurboni qilish juda oson kechadi. Ishonchlariga kirish orqali aslida
mavjud bo‘lmagan sevgi va mehr orqali ularga ta’sir qilishadi va xorijiy davlatga
chaqirib olishadi.
Inson insoni bir tovar o‘rnida ko‘rishi bu daxshatli hodisadir. Shu sababli xalqaro hamjamiyat bu illatga qarshi birgalikda kuarshmoqda. BMT tomonidan odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurash maqsadida bir qator muhim startegik va tavsiyaviy hujjatlar qabul qilingan. BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi BMT tizimidagi odam savdosi jinoyatining oldini olish va muvofiqlashtirish bo‘yicha yetakchi tashkiloti sifatida faoliyat olib bormoqda.
Xususan, odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha BMTning 1949-yil “Odam savdosiga va uchinchi shaxslar tomonidan tanafurushlikdan foydalanishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi va 1956-yildagi konvensiyasi9 O‘zbekiston Respublikasida 2003-yil 12- dekabrdagi Oliy Majlisning 276-II-sonli qonuni bilan ratifikastiya qilingan10.
BMTning 1956-yildagi “Qullik va qul savdosini, qullikkka o‘xshash institutlar va odatlarni bekor qilish to‘g‘risida”gi qo‘shimcha konvensiya odam savdosiga qarshi kurashishda asosiy hujjatlardan sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasi odam savdosiga qarshi kurashda BMTning 2000-yil 15- noyabrdagi Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasini11 Oliy Majlisning 2003-yil 30-avgustdagi “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilish tog‘risida’gi 536-II-sonli qonuni bilan qabul qilgan.
Shuningdek, ushbu Konvensiyani to‘ldiruvchi “Odam savdosi, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosini oldini olish hamda chek qo‘yish va uning uchun jazolash haqida”gi Protokol (Palermo protokoli)12 va bayonnomasini13 ratifikatsiya qilgan va bu hujjat odam savdosiga ta’rif keltirilgan birinchi hujjat hisoblanadi. 2025-yil ma’lumotlariga ko‘ra 182 ta davlat bu qonunni ratifikatsiya qilgan. Keyinchalik shu protokolga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining 2008-yildagi “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi14 O‘RQ-54-sonli qonuni qabul qilingan.
Protokolning qanchalik muhim ahamiyatli ekani haqida huquqshunos L.DYeroxina shunday deb ta’kidlaydi - “Protokolning maqsadi ayollar savdosining oldini olish, bunday jinoyatlarni tergov qilish, aybdorlarni jazolash yuzasidan amalga oshiriladigan keyinggi harakatlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mavjud huquqiy va budjet normalariga 9 https://lex.uz/docs/-2102200 10 https://lex.uz/docs/-228847 11 https://lex.uz/docs/-1304566 12 https://treaties.un.org/pages/viewdetails.aspx?src=ind&mtdsg_no=xviii-12-a&chapter=18 13 https://lex.uz/docs/-1463681 14 https://lex.uz/mact/-1339436 asoslanib, tegishli davlat va Yevropa darajasida xuddi shu xildagi, malakali yordam ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlashdan iborat”. Ushbu achinarli holatdan jabrlangan shaxslar uchun reabilitatsiya masalari belgilandi. Qonundagi eng muhim jihatlardan biri – bu reabilitatsiya masalasining tartibga solinganligidir.
- Odam savdosi jinoyatidan jabranlgan shaxslarning rasmiy huquqiy maqomlarini
tiklash uchun tegishli vakolatli organlarga biriktiriladi;
- Davlat tomonidan ijtimoiy jihatdan ta’minlash (turar-joy, oziq-ovqat, kiyim-kechak
va boshqalar);
- Bolalar katta yosh vakillaridan alohida tartibda ta’minlanadi va himoya qilinadi;
- Jabralnuvchilarga psixologik, tibbiy, huquqiy va ijtimoiy jihatdan yordamlar
ko‘rsatilishi;
- Advokat, mutaxasisslar va boshqa huquqiy soha vakillari va huquqiy vositalari
bilan himoya qilinishlarini ta’minlash choralarini ko‘riladi;
- Savdo qurbonlarining shaxsiy hayoti xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘riladi;
- Jamoatchilik bilan muloqatga kirishi va ish yoki muayyan mashg‘ulot bilan
ta’minlanishlari uchun yordamlar ko‘rsatiladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi MDH doirasida 2005-yilda odam savdosiga qarshi kurashish yuzasidan davlatlararo hamkorlikni kuchaytirish maqsadida tuzilgan bitim va 2006-yil a’zo davlatlar doirasida “Odam savdosiga qarshi kurashishning 2007-2010 yillarga mo‘ljallangan dastur”ini qabul qilgan. Dasturda belgilangan vazifalarni amalga oshirish va faoliyat yo‘nalishlarini tartibga solish maqsadida 20 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Shuningdek, Xalqaro mehnat tashkiloti va Xalqaro migratsiya tashkilotining 6 ta konvensiya va protokollarini ratifikatsiya qilgan15.
O‘zbekiston Respublikasida ham odam savdosiga qarshi kurashishda 2008-yil 17- aprelda “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 154-sonli qonun16 qabul qilingan. Keyinchalik, O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 17-avgustdagi “Odam 15 http://pravacheloveka.uz/oz/articles/odam-savdosi-global-muammo 16 https://lex.uz/uz/docs/-1339436 savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 633-sonli yangi tahrirdagi qonunnni17 qabul qilingan.
Qonunda O‘zbekiston Respublikasining odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati yo‘nalishlari belgilangan. Bu yo‘nalishlar asosan, odam savdosiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlashga, shuningdek, ularning oldini olishga qaratilgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, axboratga oid keng startegik profilaktika chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan. Shu jumladan, bu jinoyat qurboni bo‘lib qolishning oldini olishga qaratilgan chora - tadbirlarni va jabrlanuvchilarning davlat tomonidan ijtimoiy jihatdan himoya qilinishi va qo‘llabquvvatlanishiga qaratilgan choralarni ko‘rish tartibga solingan. Muhim jihati, odam savdosi bilan shug‘illanuvchi shaxslarga nisabatan jinoyat uchun jazoning muqarrarligi prinsipini amalda ta’minlashdan iborat.
Shuningdek, odam savdosi va majburiy mehnatga jalb qilishga qarshi kurashishda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi – bu sohadagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi davlat organi sifatida faoliyat yurituvchi kollegial organ hisoblanadi. Komissiya odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha ikkita kichik komissiya va hududiy komissiyalardan tashkil topgan. Komissiya raisi har yili odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi vaziyat va uni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va dasturlar haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot taqdim qiladi, shuningdek bu axboratlarni keng jamoatchilik va ommaviy axborat vositalariga ham taqdim etadi.
Keyinchalik, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrda “Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini keng joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-210-sonli yangi farmoni qabul qilindi18. Unda odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish va to‘liq barham berish, munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash, xorijdagi fuqarolarimizning mehnat munosabatlari sohasidagi holatlarini o‘rganish, huquq va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha tashkiliyhuquqiy asoslarni belgilash, xususan, odam savdosidan jabrlangan shaxslarni davlat tomonidan ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va odam savdosi va majburiy mehnatni 17 https://lex.uz/docs/-4953314 18 https://lex.uz/docs/-6703984 oldini olishga qarshi kurashish va munosib mehnat munosabatlarini o‘rnatishda davlat va nodavlat tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va xalqaro hamkorlik masalalari belgilangan.
Qonunga muvofiq, odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya etib qayta tashkil qilindi. Milliy komissiya tarkibi odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiya va munosib mehnat masalalari bo‘yicha kichik komissiya va hududiy komissiyalardan tuzildi.
O‘zbeksiton Respublikasida Odam savdosiga qarshi kurashishga doir vazifalarni amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilar qilib belgilandi:
- O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
- O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;
- O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi;
- O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining
xorijdagi vakolatxonalari va konsullik muassasalari;
- O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Odam savdosi jinoyatga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 135- moddasida “…uch yildan besh yilgacha ozodlikdan cheklash yoxud ozodlikdan mahrum qilish” jazolari belgilandi, shuningdek og‘irlashtiruvchi holatlarda “besh yildan o‘n yilgacha, shuningdek, o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” jazolari belgilandi.
Shunga qaramasdan, insoniyat uchun xavfli transmilliy jinoyat hisoblangan odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish uchun keng chora-tadbir va targ‘ibotlarni amalga oshirishimiz lozim, jumladan:
1. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etilganligi, aniq ilmiy faoliyat yoki
muayyan kasb bilan mashg‘ul ekanligini doimiy nazorat qilib borilishi lozim.
Chunki, yoshlar – qulay imkoniyatdan foydalanishim kerak degan fikr bilan
jabrlanib qolishi mumkin;
2. Odam savdosi jinoyatining asosiy nishoni – bu ayollar. Yaqin yillardan beri,
jinsiy ekspluatatsiya maqsadida ayollarni sotish va sotib olish darajasi ortgan.
Shu sababli, Mahalladagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha xotin-qizlar faollari
har oyda mahalladagi ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolidan xabar olib
turishlari, sayyor qabullar tashkil qilishlari lozim;
3. Shuningdek, ajrashgan oila farzandlari, ajrashgan va beva qolgan ayollarning
nima ish bandligi, qayerdaligi, kimlar bilan uchrashayotganligi va umuman
olganda har qanday noodatiy xatti-harakatlari mahalla profilaktika inspektori
tomonidan nazorat qilib borilishi kerak;
4. Xorijiy davlatdagi migrantlarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish,
ish faoliyatini tekshirish uchun xalqaro hamkorlik dasturlari yo‘lga qo‘yilishi
lozim. Xususan, xorijiy vakolatxonalarimizda shu masala bilan shug‘illanish
uchun vakolatxona va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkami huzuridagi
Migratsiya agentligi hamkorligida ishchi guruh tuzilishi maqsadga muvofiq
bo‘lar edi;
5. Odam savdosidan jabrlanganlar bilan hamkorlikda ishchil va kengroq ishlash
orqali, huquqni muhofaza qiluvchi organlar odam savdosi bilan
shug‘illanuvchi jinoyatchi va jinoiy guruhlarni fosh etishda, qochib
ketishlarini oldini olish va topishda kengroq xalqaro hamkorlik dasturlarini
yo‘lga qo‘yishi lozim deb hisoblayman.
Xulosa qilsak, raqamli texnologiyalar rivojlangan va dunyo tassavur qilmas
darajada globallashayotgan davrda, sun’iy intellekt orqali mehnat jarayonlarini
yegillashtiradigan turli ishchi va yordamchi robot va uskunallar
yaratilayotganligiga qaramasdan, ibtidoiy davrdan beri, barham berilmagan
odamlarni turli g‘ayriqonuniy maqsadlarda sotish va sotib olish bu achinarli
holatdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi https://lex.uz/docs/-6445145#-6445423
2. BMTning “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”
3. BMTning 1949-yil “Odam savdosiga va uchinchi shaxslar tomonidan
tanafurushlikdan foydalanishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi 1956-yildagi
konvensiyasi https://lex.uz/docs/-2102200
4. “Qullik va qul savdosini, qullikkka o‘xshash institutlar va odatlarni bekor qilish
to‘g‘risida”gi qo‘shimcha konvensiya https://lex.uz/docs/-228847
5. Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasin
6. “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ https://lex.uz/docs/-4953314
7. 2023-yil 21-dekabrda “Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat
tamoyillarini keng joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
O‘RQ https://lex.uz/docs/-6703984
8. https://www.state.gov/reports/2025-trafficking-in-persons-report/ hisobotlari;
9. https://www.unodc.org/unodc/en/human-trafficking/human-trafficking.html
10. https://qaraqalpaqstan.sud.uz/uz/archives/8839
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.