ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

HARBIY TA’LIM MUASSALARIDA PEDAGOGIKA

Abstract

Harbiy pedagogika va uning rivojlanish jarayoni mazmuniga mamlakatning tarixiy rivojlanish shart sharoitlari, ko‘p vaqt davomida u yoki bu mamlakat armiyasining hal qiluvchi vazifalari, shaxsiy tarkibning milliy xususiyatlari va boshqalar o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Maqolada O’zbekiston Respublikasi Harbiy ta’lim muassasasi rivojlantirishda yangi vailgʻorpedagogik menejment samaradorligini oshirish va ushbu jarayonning samarali tashkil etilishidabirnechta muhim omillar qay darajada ahamiyat kasb etishi va istiqboldagi samarali jihatlar haqida ilmiy fikr va mulohazalar yoritilgan.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

HARBIY TA’LIM MUASSALARIDA PEDAGOGIKA

Niyazov Erkin Shamsiyevich

Buxoro davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi

Annotatsiya: Harbiy pedagogika va uning rivojlanish jarayoni mazmuniga mamlakatning tarixiy rivojlanish shart sharoitlari, ko‘p vaqt davomida u yoki bu mamlakat armiyasining hal qiluvchi vazifalari, shaxsiy tarkibning milliy xususiyatlari va boshqalar o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Maqolada O’zbekiston Respublikasi Harbiy ta’lim muassasasi rivojlantirishda yangi vailgʻorpedagogik menejment samaradorligini oshirish va ushbu jarayonning samarali tashkil etilishidabirnechta muhim omillar qay darajada ahamiyat kasb etishi va istiqboldagi samarali jihatlar haqida ilmiy fikr va mulohazalar yoritilgan.

Kalit so’zlar: Pedagogika, menejment, nizom, tarix, inson, mutafakkir,menejer, xizmat, bilim, ko‘nikma.

XXI- asr globallashuv, axborot texnologiyalar asri sifatida eʼtirof etiladi. Gegemon davlatlar tomonidan o‘zlarining siyosiy maqsadlarini amalga oshirish uchun armiya saflarini yuqori aniqlikka ega qurollar bilan butlash, har tomonlama puxta tayyorlangan yuqori salohiyatga ega harbiy xizmatchilarni tayyorlash vazifalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Dunyoning turli burchaklarda urush o‘chog‘i kuzatilishi davom etmoqda. Jangovar harakatlar hamda qurolli to‘qnashuvlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy qurol-aslaha, jangovar texnikalar bilan birgalikda jangda g‘alaba qozonishning asosiy omili bu, inson, yaʼni zamonaviy bilimlarga ega, yuqori vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan harbiy xizmatchilar ekanligi namoyon bo‘lmoqda. Jumladan, davlatimiz rahbari tomonidan harbiy kadrlarni tayyorlash tizimiga alohida eʼtibor qaratilishi, so‘zimizning yaqqol misoli ekanligiga yana bir karra ishonch hosil qilish mumkin. Harbiy taʼlim jarayonini tashkil etish, samarali natijalarga erishish sohadagi bugungi dolzarbmasalalardan hisoblanadi. Prezidentimiz Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qomondoni Sh.M.Mirziyoyev2018 yil 13 yanvar kuni Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisidagi nutqida:“Qoʼshinlar istalgan daqiqada oʻz oldiga qoʼyilgan vazifalarni bajarishga qodir boʼlishi kerak. Ular jangovar tayyorgarlikning yangi tizimi boʻyicha muntazam shug’ullanib borishi, barchaharbiyxizmatchilar haqiqiy professional kadr boʼlishi uchun oʻz sohasini puxta egallashi shart”, - debtaʼkidladi. Buning uchun esa harbiy taʼlim jarayonini zamonaviy talablardan kelibchiqibtashkillashtirish lozim. Darhaqiqat, taʼlim jarayonini tashkil etishda pedagog salohiyati bilanbirqatorda mashgʼulot moddiy taʼminotini sifati ham muhim. Pedagoglar va harbiytaʼlimmuassasalarida mashgʼulotga tayyorgarligi, oʼzlashtirishi, bilim, koʼnikmalar bilan qurollantirilishidazamon talabidan kelib chiqib tayyorlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Shiddat bilan o‘zgarib borayotgan zamonda yashar ekanmiz, kompьyuter texnologiyalarini mukammal o‘zlashtirgan, yuqori intellektual salohiyatga ega, bozor iqtisodiyoti talablariga to‘liq javob bera oladigan, tegishli pedagogik kompetentsiyaga ega talabalarni tayyorlash davr talabiga aylanib bormoqda. Bugungi kunda oliy taʼlim muassasasi bitiruvchisi nafaqat yaxshi professional bilimlarini namoyon etishi, balki o‘zi tanlagan faoliyat sohasida kasbiy bilimga ega bo‘lishlari bilan bir qatorda yetarli darajada kasbiy kompetentsiyaga ega bo‘lishi fundamental taʼlimni ana shu asosda qurish imkoniyatiga ega bo‘lish, yangi shartlarga muvofiq yangi konkret bilimlar, tegishli pedagogik kompetentsiyalarga ega bo‘lishi ham talab etiladi. Harbiy taʼlim fakulьteti talabalarida pedagogik va harbiy kompetentsiyalar, ularning zarur turlari haqida bir qancha ilmiy izlanishlar olib borilganiga qaramasdan yagona bir to‘xtamga kelinmagan. Shu o‘rinda kompetentsiya, kompetentlik iboralarini yana bir bor tahlil qilishga harakat qilib ko‘ramiz. E.G.Аzimovga ko‘ra, kompetentsiya - bu shaxsning qobiliyatini belgilaydigan xususiyatlari, fazilatlari o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarga asoslangan faoliyatni amalga oshirish mahorati deya eʼtirof etadi.

Armiya o‘ziga xos ijtimoiy hodisa sifatida paydo bo‘lganidan beri shaxsiy tarkibni o‘qitish va tarbiyalash harbiy faoliyatning eng muhim tarkibiy qismi bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Ushbu tarkibiy qism o‘z mazmuni bo‘yicha amaliy harbiy pedagogika hisoblanib, harbiy xizmatchilarni har tomonlama jangovar harakatlarning muvaffaqiyatli amalga oshirishiga zaruriy, majburiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Dastlab harbiy pedagogika qo‘mondonlar va bo‘ysunuvchilarning amaliy faoliyati sifatida paydo bo‘ldi. Vaqt o‘tishi bilan jangchilarni o‘qitish va tarbiyalash haqidagi bilimlar to‘planib, ular avloddan-avlodga afsonalar, rivoyatlar, maqollar, matallar tarzida yetkazilgan. Harbiy ishlarning murakkabligi, ayniqsa, davlatlarning shakllanishi, nisbatan ko‘p sonli doimiy qo‘shinlar yaratish davrida harbiy pedagogik fikr yanada rivojlanib bordi bular esa tegishli tajriba ko‘rsatmalar, qo‘llanmalar, nizomlar, buyruqlar va boshqa yozma manbalarda o‘z aksini topdi.

Eng qadimgi harbiy tarbiyalash haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita yetib kelmagan turkiy va forsiyzabon xalqlarning hayot kechirish san’ati, donolik majmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bo‘lishning namunasi sifatida e’tirof etilgan ma’naviy madaniyat yodgorliklari qadimgi grek tarixchisi Gerodotning “Tarix”, Strabonning “Geografiya” hamda Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atitturk” kabi asarlari, shuningdek, Urxun- Yenisey bitiklari kabi adabiy-tarixiy manbalarda saqlangan va ular orqali bizgacha yetib kelgan. Ushbu yodgorliklar mohiyatini o‘rganish insonning shakllanishida moddiy va ma’naviy madaniyat qay darajada katta rol o‘ynaganligidan darak beradi. Eng qadimgi harbiy tarbiyalash haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita yetib kelmagan turkiy va forsiyzabon xalqlarning hayot kechirish san’ati, donolik majmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bo‘lishning namunasi sifatida e’tirof etilgan ma’naviy madaniyat yodgorliklari qadimgi grek tarixchisi Gerodotning “Tarix”, Strabonning “Geografiya” hamda Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atitturk” kabi asarlari, shuningdek, Urxun- Yenisey bitiklari kabi adabiy-tarixiy manbalarda saqlangan va ular orqali bizgacha yetib kelgan. Ushbu yodgorliklar mohiyatini o‘rganish insonning shakllanishida moddiy va ma’naviy madaniyat qay darajada katta rol o‘ynaganligidan darak beradi. Tarixga nazar tashlasak, komil inson xarakteri va xulq-atvori qanday degan masala bilan Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr alForobiy, Abu Ali Ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Yusuf Xos Hojib, Amir Temur, Alisher Navoiy va boshqa mutafakkirlar o‘z asarlarida Komil inson xarakteri, ezgu va odil xislatlarni uch xislatga jam qilganlar: “ Saxo – bor narsani hech kimdan qizg‘anmaslik; Safo – qalbni kibru – havo, gina - qudrat, qasd – g‘azabdan poklash; Vafo – hamma vaqt xalq xizmatida bo‘lish”. Shunday qilib, Saxovatlilik faqat moddiy yordam bilan emas, balki o‘zgacha ilm ato etish bilan ham bo‘ladi. Safolik (poklik) esa birovning qalbini nurga to‘ldirish, Vafolik o‘zganing baxtidan xushnud bo‘lishidir. Demak, Komil inson o‘z xarakteri, axloqi va odobi bilan o‘zgani tarbiyalaydi, o‘ziga baxt ato etadi. Uning xarakteri, axloqi jamiyatda tipikdir, xarakter tipiklashmasa komillik bo‘lmaydi.

Xulosa oʼrnida shuni taʼkidlash lozimki, Harbiy taʼlim muassasalarida pedagogikmenejmentsamaradorligini oshirish uchun zamonaviy yondashuvga alohida eʼtibor qaratish kerak. Harbiytaʼlimmuassasalarida asosan Menejment deganda, odatda rahbarlik lavozimiga rasman tayinlanganshaxslarning ishigina tushuniladi. Harbiy taʼlim muassasalarida pedagogik menejment boʻyichamashgʼulotni, oʼzlashtirishi, bilim, koʼnikmalar bilan qurollantirilishida zamon talabidankelibchiqibtayyorlanishi oʻquvchilarga muhim ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Электр токидан жароҳатланиш ва унинг инсон организмига таъсири

СМ Мардонова PROBLEMS OF BIOLOGY AND MEDICINE БИОЛОГИЯ

ВА ТИББИЁТ МУАММОЛАРИ 5, 2021

2. Mardonova, S. (2022). ЭФФЕКТИВНОСТЬ СОЗДАНИЯ И

ИСПОЛЬЗОВАНИЯ МУЛЬТИМЕДИЙНЫХ УЧЕБНЫХ КУРСОВ В СИСТЕМЕ

ОБРАЗОВАНИЯ. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.Uz), 8(8).

извлечено от https://journal.buxdu.uz/index.php/journals_buxdu/article/view/4431

3. Соғлом авлодни тарбиялашда оилада соғлом муҳитни яратиш

СМ Мардонова Профессионал таълим муассасаларида дуал таълимни ташкил этишнинг замонавий муаммолари, 2021

4. Inson salomatligiga zararli omillarning ta'siri va yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarziga qo'yiladigan talablardan keng foydalanish M.S.Muzaffarovna Ilmiy jurnali" Magistratura dasturining axborotnomasi 111, 2020 yil

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.